7.4. Mayda blok va tabiiy toshdan terilgan devorlar.
Devor materiali sifatida g‘ishtlar bilan bir qatorda sopol va mayda engil
beton bloklar keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Sopol blok toshlar mayin loydan
quyiladi va ichi g‘ovak (7,15,21 va 28 g‘ovakli) bo‘ladi. Ularning o‘lchamlari:
oddiysi
250*120*138mm;
yiriklashtirilgani
250*250*138mm;
moduli
288*138*138mm bo‘ladi.
Mazkur bloklarning markasi 75-300, zichligi 1400 kg/m
3
ga teng bo‘ladi.
Bunday sopol bloklarning g‘ovaklari ochiq yoki bir tomoni berk bo‘lishi
mumkin va ular g‘ishtga nisbatan issiqlikni kam o‘tkazadi. SHu sababli devor
qalinligini kamaytirishga imkon beradi. Ichi g‘ovak sopol toshlardan devor
qurishda choklar bir qatorli sistemada bog‘lanadi. Bunda toshlar g‘ovaklarini
yuqoriga qarab yotqiziladi. Terilgan bloklarning g‘ovaklari issiqlik oqimiga
nisbatan tik, ya’ni devor o‘qi bo‘ylab joylashishi zarur. Ular ham kam qavatli,
ham ko‘p qavatli binolar uchun yaroqlidir. Engil beton mayda bloklardan
terilgan devor, g‘ishtli devorlardan engilligi va issiqlikni kam o‘tkazishi bilan
farqlanadi. Bu xususiyatlar devor qalinligini kamaytirishga olib keladi.
O‘lchamlari 390*190*188 mm bo‘lgan uch g‘ovakli (ochiq yoki berk) yoki
yaxlit bloklar ko‘proq ishlatilib, uch qatorli sistemada teriladi. Qoliplanadigan
sirtqi yuzasiga rang berilgan yoki naqshlar solingan bo‘lib, ularning markasi 25-
250 ga teng bo‘ladi.
Devor qurish ishlari qo‘lda bajarlishi mo‘ljallangan hollarda bloklarning
massalari 32kg dan ortiq bo‘lmasligi maqsadga muvofiqdir. Qurilishda
boshqacha engil beton bloklar, ya’ni g‘ovaklari tirqishsimon va bir boshi ochiq
bo‘lgan bloklar ham uchrab turadi.
202
7.2-rasm. Blokli devor konstruksiyasi
Bunday bloklardan terilgan devorlar blok tirqishlari bir- biri bilan
tutashmaganligi va tirqishlardan havo almashinuvi bo‘lmaganligi sababli uch
g‘ovakli bloklardan terilgan devorlarga nisbatan iqtisodiy jihatdan samaraliroq
bo‘ladi. Bunda tirqishlar yuqori tomondan yopiq bo‘lib, bloklarni o‘zaro
bog‘lash uchun qorishma yaxlit toshlarni terishdagi kabi yoyiladi. Uch g‘ovakli
blokni terishdagi qiyinchilik bu erda uchramaydi.
Mexaniq ishlov berish oson, g‘ovak strukturaga ega va zichligi kam engil
tog‘ jinslari bor rayonlarda bino devorlarini tabiiy toshlardan terish maqsadga
muvofiqdir.
Tabiiy g‘ovak toshlardan bloklar o‘lchamlari engil beton bloklari kabi, ya’ni
390*190*188 mm qilib arralab olinadi. Bu bloklarni terish ikki va uch qatorli
sistemada olib boriladi. Bu toshlarning tashqi ko‘rinishi chiroyli bo‘lganligi
uchun qo‘shimcha koshinlashga hojat qolmaydi. Noto‘g‘ri shakldagi ohaktosh,
qumtosh va boshqa zich tog‘ jinslari bo‘laklari xo‘jalik binolarni qurishda
asosan xarsangtosh plita sifatida ishlatiladi.
7.3-rasm. Toshlardan qurilgan devor konstruksiyasi
203
Do'stlaringiz bilan baham: |