Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/248
Sana06.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#110577
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   248
Bog'liq
ABw9KJIO6mmD3xRs2QpJyCrMmSGNqx07VZpbfi7a

 
7.2. Xom g‘ishtli
 
konstruksiyalar
Xom g‘ishtdan ishlangan binolar har qanday yo‘llar bilan mustahkamlangan 
bo‘lsa  ham  9  balli  zilzilaga  bardosh  bera  olmaydi.  SHuning  uchun  9  balli 
zonalarda hom g‘ishtdan imorat qurish tavsiya etilmaydi. Umuman, hom g‘isht
 
duch  kelgan  tuproqdan  tayyorlamagani  ma’kul,  tuproq  tuzlarsiz,  qumsiz  va 
ortiqcha salbiy tashkil etuvi tosh va boshqa materiallardan holi bo‘lishi kerak 
 


 198 
 
 
 
 
7.1. rasm. G‘isht devor konstruksiyasi. 
 
Xom  g‘isht  tayyorlaganda  ma’lum  bir  jarayonga  amal  qilish  lozim,  ya’ni 
tanlangan  tuproqqa  tegishli  suv  quyilib,  bir  sutka  saqlab  so‘ngra  yaxshilab 
pishitib, keyingina qoliplarga solinadi va mahsulot yaxshilab quritiladi. 
     G‘isht asosiy devor materiallaridan biri bo‘lib, hozirgi turar joy va jamoat 
binolarining  40%  dan  ko‘pi  g‘ishtdan  quriladi.  G‘ishtli  binolarga  me’moriy  va 
badiiy  ko‘rinish  berishda  katta  imkoniyatlar  bor.  G‘isht  devorlar  pishirilgan  va 
silikat  g‘ishtlardan  bunyod  etiladi.  Standart  g‘isht  o‘lchami  250*120*65  mm, 
qalinlashtirilgan  g‘isht  o‘lchami  250*120*88  mm  ga  teng  bo‘ladi.  Bulardan 
tashqari markasi 75, 100, 125, 150, 200, 250 bo‘lgan sopol g‘ishtlar ham bo‘lib, 
bunday g‘ishtlar ichi g‘ovak qilib tayyorlanadi, g‘ovaklari ochiq yoki bir boshi 
ochiq  bo‘shliqlardan  iborat  bo‘ladi.  Devor  g‘ishtlari  bo‘yiga  va  ko‘ndalang 
yotkizib  terilishi  mumkin.  G‘isht  devor  choklari  10-12  mm  qalinlikda  bo‘ladi. 
G‘isht  devor  qalinligi  65,  120,  250,  380,  510,  640,  770  mm  va  undan  katta 
bo‘lishi ham mumkin. G‘ishtlarning ma’lum tartibda terilishi bog‘lash sistemasi 
deb  ataladi.  G‘ishtli  devorlarni  tiklashda  quyidagi  bog‘lash  sistemalari 
qo‘llaniladi: 
 -  bir  qatorli  (zanjirli)  bog‘lash  sistemasi  -  bunda  ko‘ndalang  yotqizib  terilgan 
g‘isht  qatorlari  navbatlashib  keladi.  CHoklarni  bog‘lashning  bu  sistemasi, 
osonligi va devorning mustahkamligi etarlicha bo‘lishi bilan ajralib turadi, biroq 
bunda mehnat unumdorligi past bo‘ladi; 


 199 
 
 
-  ko‘p  (olti)  qatorli  bog‘lash  sistemasi-  bunda  besh  qator  uzunasiga 
yotqizilgan qator ko‘ndalang yotqizilib terilgan bir qator bilan navbatlashadi. Bu 
sistema  qo‘llanilganda  mehnat  unumdorligi  bir  qatorli  sistemadagidan  ancha 
yuqori bo‘lsada, ammo devorning mustahkamligi 3-5% ga kamayadi. Balandligi 
88  mm  bo‘lgan  g‘ishtlarni  terishda  to‘rt  qator  uzunasiga  yotqizilgan  qator 
ko‘ndalang bir qator bilan navbatlashadi; 
-  uch  qatorli  bog‘lash  sistemasida  uzunasiga  yotqizib  terilgan  uch  qator 
g‘ishtlar  ko‘ndalang  terilgan  bir  qator  bilan  navbatlashadi.  Bu  holda  uchta 
qo‘shni  qatorning  vertikal  choklari  bir  biriga  to‘g‘ri  keladi.  Bino  devorini 
kamaytirish va sopol g‘ishtlarni tejash maqsadida g‘ishtlarning ma’lum bir qismi 
issiqlik, izolyasiyasi katta bo‘lgan engil materiallar bilan almashtiriladi. Orasiga 
issiqlik  o‘tkazmaydigan  material  joylashgan  yoki  orasi  bo‘sh  qoldirilgan 
devorlar engillashtirilgan devorlar deyiladi. Bunday devorlarni qurishda mehnat 
kam sarf bo‘ladi. Ana shunday devorlarning besh turi keng tarqalgan: 
diafragmali devor. Bunda g‘ishtli devor uzunasiga joylashtirilgan nchki va 
sirtqi qatlami oralig‘idagi har besh qatordan keyin gorizontal holda (diafragma) 
terilgan qator bilan bog‘lanadi. Devorlar orasidagi bo‘shliqqa engil beton, shlak 
yoki  issiklik  o‘tkazmaydigan  boshqa  material  to‘ldiriladi.  Bunday  devorlar  uch 
qavatgacha bo‘lgan binolarda qo‘llaniladi; 
  - quduqsimon devor. Bu vertikal diafragmalar vositasida tutashtirilgan ikki 
devordan  iborat.  Devorlar  orasidagi    quduqchalarga  engil  beton,  shlak  yoki 
issiqlik  o‘tkazmaydigan  boshqa  material  to‘ldiriladi.  Quduqchalardagi  shlak 
qatlami  cho‘kishining  oldini  olish  uchun  har  5-6  qatordan  keyin  ma’lum  bir 
qalinlikda  qorishma  yotqiziladi,  bunday  devorlar  bir-ikki  qavatli  binolarda 
ishlatiladi; 
   - ankerli g‘ishtli
 
devor. Beton devor oralig‘i engil beton bilan to‘ldirilgan 
ikki  qavat  devordan  iborat  bo‘ladi.  Ko‘ndalang  yotqizilgan  g‘ishtlarning  ichki 
tomonga  turtib  chiqqan  uchlari  beton  qatlami  orqali  tashqi  qator  bilan 
bog‘lanadi. Bunday devorlar to‘rt qavatgacha bo‘lgan binolarda qo‘llaniladi; 


 200 
 
 
oralig‘i bo‘sh qoldirilgan yoki oralig‘iga issiqlik o‘tkazmaydigan material 
joylangan  devor.  Bunday  devorlar  g‘ishtini  terganda  choklar  ko‘p  qatorli 
sistemada  bog‘lanadi.  Bunday  devorlar  besh  qavatgacha  bo‘lgan  devorlarda 
qo‘llaniladi; 
 - termosoldiqli devor. YArim g‘isht qalinlikda bo‘ylamasiga terilgan va bir 
biriga parallel ikki devordan iborat bo‘lib, devorlar orasi engil yoki g‘ovak beton 
bilan to‘ldiriladi. To‘rt va undan kam qavatli bo‘lgan binolarda qo‘llaniladi. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish