Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


 Yog‘och  konstruksiyalardan qurilishda foydalanish



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/248
Sana06.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#110577
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   248
Bog'liq
ABw9KJIO6mmD3xRs2QpJyCrMmSGNqx07VZpbfi7a

5.22. Yog‘och  konstruksiyalardan qurilishda foydalanish 
Yog‘och  konstruksiyalari  boshqa  konstruksiyalardan  ustunliklari  tufayli 
qurilishda  juda  keng  foydalaniladi,  albatta  buning  uchun  etarli  sharoit  va 
o‘rmonlar kerak. 
Qurilishda  ishlatiladigan  yog‘ochlarning  turlari.  Germaniyada  qurilish 
uchun  yog‘och  materiali  sifatida  qattiq  turdagi  evropa  igna  bargli  daraxtlari 
qo‘llaniladi.  U  erda  o‘sadigan  qattiq  bargli  daraxtlar  (dub,  buk)  faqatgina 
maxsus konstruksiyalarni tayyorlash uchun xizmat qiladi. 
Igna bargli daraxt yog‘ochi. Bu xil daraxtlardan tayyorlangan yog‘och kam 
zichlikka  ega  bo‘lib  etarlicha  mustahkamlikka  ega,  namlikdan  kengayish 
ko‘rsatkichlarining  sezilarli  emasligi  bilan  harakterlanadi.  Unga  ham  qo‘lda, 
ham mashinalar yordamida ishlov berish oson. 
Archa  -  o‘rta  va  shimoliy  Evropada  asosiy  qurilish  materiali  hisoblanadi. 
Ko‘ndalang  kesimidagi  xalqalar  yordamida  uning  yoshini  aniqlash  mumkin. 
Pixta va archa taxtalarining sirtiga moy bo‘yokda ishlov berish osondir. Ammo 
maxsus ishlov  berishsiz u tashqi atmosfera ta’siriga chidamsizdir. Archa daraxti 
ham  tashqi,  ham  ichki-konstruksiyalar  sifatida,  elimlangan  taxtalar  paketi, 
pardoz ishlarida, qobiqlar, pol konstruksiyalarini tayyorlashda ishlatiladi. 
Oq  qaragay  -  archa  daraxtiga  nisbatan  rangi  ochroq  bo‘ladi.  Tarkibi  va 
boshqa  ko‘rsatkichlari  archaga  yaqin.  Pixta  archa  kabi  qurilishda  keng 
ishlatiladi.  SHuning  uchun  pixta  va  archa  daraxtidan  tayyorlangan  yog‘ochlar 
pixta va archa yog‘ochi aralash sortament material sifatida birgalikda sotiladi. 


 192 
 
 
Qaragay  -  Evropaning  barcha  erlarida,  bundan  tashqari  Osiyo  (Sibir)  da 
keng tarqalgan. Ko‘ndalang kesim yuzasi ko‘p yillik xalkalarga ega bo‘lib, rangi 
archaga  nisbatan  to‘qroq  bo‘ladi.  Unga  ishlov  berishda  undagi  ko‘zlarga, 
smolaga  e’tibor  berish  lozim.  Sosna  atmosfera  ta’siriga  archaga  nisbatan 
bardoshlidir.  Lyokin  tashqi  konstruksiyalarda  ishlatilganda  kerakli  himoya 
ishlarini talab kiladi. 
Sosna  tashqi  va  ichki  konstruksiyalar  sifatida,  deraza  va  eshiklarni 
tayyorlashda,  elimlangan  taxtalar  paketi,  pardoz  ishlarida,  qobiqlar,  pol 
konstruksiyalarini tayyorlashda, hovli devor tom yopishda ishlatiladi. 
Tilag‘och  -  markaziy  Evropada  keng  tarqalgan.  Ko‘ndalang  kesimining 
rangi  to‘q-jigarrang  bo‘lib,  yillik  xalkalari  aniq  ko‘zga  tashlanadi.  Tarkibida 
smola  miqdori  juda  ko‘p  bo‘lib,  pardoz  ishlariga  yaroqlidir.  YUqorida  sanab 
o‘tilgan  yog‘ochlarga  nisbatan  qattiq  hisoblanadi.  SHuning  uchun  mix 
qoqishdan  oldin  teshiladi.  Tashqi  konstruksiyalar  sifatida,  eshik  va  deraza 
romlari uchun, qishloq qurilishida ham keng qo‘llaniladi. 
Oddiy bargli daraxt yog‘ochlari: zichligi katta bo‘lganligi uchun igna bargli 
daraxt  yog‘ochiga  nisbatan  unga  ishlov  berish  qiyinroqdir.  Ko‘ndalang 
siqilishda  yuqori  mustahkamlikka  ega  bo‘lib,  qurish  va  namlik  ta’siriga 
chidamliroq. 
Qora  qayin  -  Evropa  bo‘ylab  keng  tarqalgan.  Ko‘ndalang  kesimida 
mutaxkam o‘zakka ega bo‘lib, rangi sariq-jigarrang. Yillik xalqalar bu daraxtda 
aniq ko‘rinmaydi. Unga ishlov berish oson bo‘lib, umrboqiy hisoblanadi. 
Bolut (Dub) - evropada tarqalgan bo‘lib, unga o‘xshash turlari YAponiyada, 
Eronda,  Amerikada  uchraydi.  Ko‘ndalang  kesimidagi  yillik  xalqalari  aniq 
tasvirlangan  oqish  rangdagi  daraxtdir.  Dub  daraxtidan  tayyorlangan  yog‘ochlar 
umrboqiy  hisoblanadi.  Buk  yog‘ochiga  nisbatan  qurish  va  namlikka  nisbatan 
chidamlirovdir. Randalangan sirti juda tyokis va silliq bo‘ladi.Umrbok iyligi va 
namlikka  chidamliligi  evaziga  juda  ko‘p  joylarda  (gidrotexnik  inshootlarda, 
ko‘priklarda) ishlatiladi. 


 193 
 
 
    Umuman 
yog‘och 
konstruksiyalarining 
qo‘llaniladigan 
turlari 
quyidagilardan iborat: 
  -  YOg‘och  to‘shamalar-  yuk  ko‘taruvchi  va  faqat  o‘zini  ko‘taruvchi 
yog‘och yopmalar, ustyopmalar; 
-  YOg‘och to‘sin- butun yog‘ochdan tashkil topgan yopma, to‘sinlari; 
-  Yig‘ma to‘sin- turli yog‘ochlarni qo‘shib tayyorlangan to‘sin; 
 -  Elimlangan  to‘sinlar-  turli  o‘lchamdagi  turli  sifatli  yog‘ochlarni  o‘zoro 
elimlab tayyorlangan konstruksiya; 
 
-
  YOG

OCH 
ustunlar-butun,  yig‘ma  va  elimlangan  yog‘ochlardan  bo‘lishi 
mumkin; 
 - YOg‘och fermalar, masalan storopil konstruksiyalari; 
 
-
  YOG

OCH 
arka  va  ramalar  -  aksariyat  sanoat  va  qishloq  xo‘jalik 
imoratlarini ko‘taruvchi konstruksiyalari; 
-  Kombinatsiyalangan  yog‘och  –  metall  -  plastmassalardan  tashkil  topgan 
konstruksilar. 
Respublikamizda boshqa davlatlardan keltirilgan, o‘zimizda etkazilgan turli 
xil  daraxtlar  har  xil  murakkablikka  ega  qurilishlarda  yog‘och  materiali  sifatida 
ishlatiladi.  Bularga  o‘zimizdagi  terakning  bir  necha  turi,  tol,  chinor,  yong‘ok, 
archa, qaragay, oq qayin va h.q lar misol bo‘la oladi. Bularning ichida terak, tol, 
qaragay, chinor daraxtlari qadimdan binokorlikda ishlatilib kelingan. 
Tol  yog‘ochi  juda  elastik  bo‘lib,  bu  hususiyatini  qurigandan  keyin  ham 
saqlab  qoladi.  Terakning  ko‘p  turlari  (ok,  ko‘k)  esa  qurigandan  keyin  bikrligi 
juda  oshib  ketadi.  Quritilgan  terakka  ishlov  berish  qiyin  kechadi.  Oq  qayin 
yog‘ochining xususiyatlari terakka deyarli o‘xshash bo‘ladi. 
YOng‘oq yog‘ochi esa aksincha ishlov berishga oson material hisoblanadi. 
SHuning uchun yong‘oq pardoz ishlarida ko‘prok ishlatiladi. 
6.10-  rasmda  respublikamizda  keng  qo‘llaniladigan  sinchli  bino 
konstruksiyasining umumiy ko‘rinishi keltirilgan. 
 


 194 
 
 
 
5-10 - rasm. Sinchli konstruksiyaning umumiy ko‘rinishi 
 
Mahalliy  usulda  quriladigan  sinchli  binolar  konstruksiyalariga  7-bobda 
batafsil to‘xtalib o‘tamiz. 
Mahalliy qurilish ashyosi sifatida yog‘och nafaqat sinchli binoning karkasini 
tiklash  uchun,  eshik  va  deraza,  pol,  shift,  tom  yopmasi,  oraliq  yopmalar 
konstruksiyalarini  bajarishda,  bundan  tashqari  pardozlash  ishlarida  qadimdan 
keng qo‘llanilib kelingan. 
 
YO
G

OCH 
konstruksiyalari  Respublikamizda  keng  foydalanib  keladigan 
qurilish  ashyosi  bo‘lib  ko‘priklarda,  ba’zi  noyob-tarixiy  binolarda,  imoratlar 
stropilasida  sinchli  imoratlarda,  ustyopmalarda,  eshik,  deraza  va  pollarda  keng 
qo‘llanilib keladi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yog‘och konstruksiyasi qadimdan keng 
qo‘llanilib kelinayotgan va hozirgi kunda ham turli ko‘rinishlarda, turli xildagi 
konstruksiya  shaklida  bino  va  inshootlarning  har  xil  qismlarida  ishlatilib, 
bugungi  qurilish  industriyasi  rivojlangan  bir  davrda  xam  o‘z  mavqeini 
yo‘qotmay kelayotgan qurilish ashyosidir. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish