Dars turi: nazariy.
Darsda qollaniladigan o`qitish metodlari: ma`ruza, suhbat, tushintirish.
Fanlararo bog`lanish: texnika, texnologiya, matematika, informatika, fizika, iqtisodiy bilim asoslari va b.
Dars jihozi: tarqatma materiallar, kompyuter, proyektor, ekran, ishlab chiqarish sohalariga oid slaydlar, ko`rgazmalar va b.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
O`tilgan darsni so`rash va baholash:
Texnologik jarayon nima?
Mehnat predmetiga mexanik ta`sir etish qanday amalga oshiriladi?
Mehnat ta`limi ustaxonalarida mexanik ta`sir etish jarayonlariga misol keltiring.
Yangi mavzuni bayon qilish.
Reja:
Texnologiya tushunchasi haqida.
Kimyoviy va fizik- texnologik jarayonlar.
Texnologiya deganda biror sanoat tarmog`ining usul va vositalarini (ishlab chiqarishni) bayon etish tushiniladi. Masalan, metalga ishlov berish usuli va vositasi, mashina va apparatlarni tayyorlash usul yoki vositalari mashinasozlik texnologiyasi fani asosini tashkil etadi. Mexanik texnologiya jarayonida mexanik ta`sir bilan ishlov berilayotgan moddaning tashqi ko`rinishi yoki fizik xossalarini o`zgartiradi, ammo ularning kimyoviy tarkibiga ta`sir ko`rsatmaydi.
Kimyoviy texnologiya jarayonlari tabiatiga ko`ra murakkab kimyoviy va fizikaviy xossalariga asoslangan xomashyoni kimyoviy qayta ishlashini o`z ichiga oladi.Zamonaviy kimyoviy texnologiya tabiiy va texnika fanlari yutuqlaridan foydalanib, fizikaviy va kimyoviy jarayonlar, mashina va apparatlar, ushbu jarayonlarning unumli usullarini amalga oshirish va turli modda, mahsulot, material, buyumlarni sanoatda ishlab chiqarishni boshqarishni o`rganadi.
Texnologiya iborasi yunoncha “tehnos”- san`at, hunar va “logos”-bilim, fan ma`nosini bildirib, xomashyoni foydali mahsulotlarga aylantirish usullarini ko`zda tutadi. Dastlabki xomashyolarni qayta ishlash va olingan yo`nalishlariga qarab metallar texnologiyasi (ularning olinishi va ishlov berilishi), mashinasozlik texnologiyasi (mashinalarni va apparatlarni tayyorlash), oziq-ovqat texnologiyasi (oziq-ovqat mahsulotlari olish) va boshqalarga bo`linadi.
Xom ashyo va materiallarni mahsulotga aylantirish jihatlari hamda jarayonlari yig`indisi texnologik jarayon asosini tashkil etadi. Kimyoviy –texnologik jarayon –
dastlabki ashyolarni maqsadli ravishda mahsulotga ketma-ket ravishda aylantirish jarayoni bo`lib, kimyoviy va fizik-kimyoviy jarayonlarning mujassamlashuvidir.Gazlamaga ishlov berishda ip gazlamani pardozlashdagi asosiy operatsiyalar: tuk kuydirish, oharni yuvish, qaynatish, oqartirish, bo`yash, gul bosish va yakunlovchi pardozlash operatsiyalari bajariladi, bunda kimyoviy va fizik jarayonlar amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |