Iqtisodiy sosiologiya fanining rivojlanishida xissa kushgan olimlar.
Iqtisodiy sosiologiya fanining rivojlanishida S.Sismondi, U.Petti, A.Smit,
D.Rikardo kabilar tarmoq xususiyatlaridan qat’i nazar, ishlab chiqarish,
shuningdek ne’matlarning taqsimlanish masalalarini o’zlarining asosiy tadqiqot
obyektlari qilib olishgan edi. Bu iqtisodchilar ko’plab iqtisodiy jarayonlarning
ilmiy ifodasi bo’lgan tushunchalarni va kategoriyalar sistemasini ishlab chiqishdi
va ularni asoslab berishdi
Iqtisodchilardan A.Smit, Uilyam Petti, D.Rikardolar tomonidan
boshlangan qiymat nazariyasini yorqin va tushunarli qilib xulosaladi. U ishlab
chiqarish jarayonida iste’molda bo’lgan ishlab chiqarish vositalarining qiy-mati,
ishchi o’zining iste’moli uchun ketadigan zaruriy mahsulot qiymatidan tashqari
qo’shimcha mehnat qilib, qo’shimcha mehnat yarata olishini ko’rsatib berdi,
qo’shimcha mahsulot hisobidan jamg’arish, tibbiyot, maorif, madaniyatni
rivojlantirish, davlatni boshqarishni, mudofaani mustahkamlash va ularni
mablag’lar bilan ta’minlash mumkinligini isbotlab berdi.
Qo’shimcha mahsulot faqat ekspluatasiyaning mavjudligini isbotlaydigan
ko’rsatkich emas. Shu barcha taraqqiyotning iqtisodiy mezoni, uning manbai
ekanligi isbotlandi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan “marjinalizm” (fransuzcha mar-ge
«yozilgan sahifada qoldirilgan ochiq joy (pole)» ma’nosini bil-diradi) deb
atalgan oqim vujudga kelib, shakllana boshladi. Bu oqim tarafdorlari o’z
tadqiqotlarida individual iqtisodiy xulq-ning subyektiv ta’rifini asos qilib oldilar.
Bundan tashqari, iqtisodiy tahlilda og’irlik nuqtasi ishlab chiqarish xarajatlari va
sarflaridan natijalarga o’tkaziladi. Marjinalizm nazariyasi aniq olingan tovarga
bo’lgan talab va uning bahosi o’rtasidagi bog’liqlik hamda o’zaro ta’sirni tahlil
qilishda keng qo’llanildi. Ular tomo-nidan chegaraviy fanga chegaraviylik
qoidasi kiritildiki, bu matematik tahlil usullaridan keng foydalanish imkonini
yaratdi. Ushbu yo’nalishda iqtisodiy fanda bir qator maktablar shakllandi,
ularning bir qismi hozirda e’tirof etilib, tan olingan. Jumladan, avstriya maktabi
namoyondalari
K.Menger,
E.Bem-Bevorklar
ne’matlarning chegaraviy
foydaliligi nazariyasi bilan taniqlidir. Unga muvofiq ne’matlarning qiymati
uning chegaralanganligi va noyobligi bilan aniqlanadi
1
.
Iqtisodiy sosiologiyaning yangi yo’nalishi neoklassik (ya’ni yangi klassik)
deb nom oldi. Bu nazariyaning yirik namoyandalaridan biri A.Marshall bo’lib,
iqtisodiy jarayonlarning funksional bog’-lanishi va funksional nisbatlarini ishlab
chiqishga harakat qildi. Uning fikricha, bozor muvozanati va bahosini aniqlovchi
omillar talab va taklifdan iborat. Bu nazariy yo’nalishning namoyonda-laridan
biri Shveysariya iqtisodchisi Leon Valras bo’lib, u umumiy iqtisodiy muvozanat
modelini ishlab chiqishga harakat qildi.
Avstriya iqtisodiy maktabining namoyandasi S.Shumpeter «Iq-tisodiy
taraqqiyot nazariyasi» (1912) deb atalgan kitobida iqtiso-diy tizimlar
o’zgarishining ichki kuchlarini, uning ichki mazmunini va turtki beruvchi ichki
kuchini ko’rsatishga harakat qilib, iqtisodni asosiy harakatga keltiruvchi kuch
tadbirkordir, degan xulosaga keladi.
Ingliz iqtisodchisi Djon Keyns o’zining «Bandlik, foiz va pulning umumiy
nazariyasi» (1936) degan kitobida makroiqtisodiy ko’rsatkichlar – daromad
(kapital xarajatlar), iste’mol va jamg’a-rishlarning o’zaro bog’liqligini tahlil
qilib, investisiya va iste’-molning eng maqsadga muvofiq tarzda tashkil topishi
iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili ekanligini isbotlab beradi. Keyns ta’siri
bilan iqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil yo’lga qo’yildi.
Hozirgi iqtisodiy nazariyaning muhim yo’nalishlaridan biri “monetarizm”
deb ataladi. Uning asoschilaridan biri amerikalik iqtisodchi Milton Fridmen
tadqiqotining negizida iqtisodiyotni barqaror qilishda pul omili asosiy rol
o’ynaydi, degan g’oya yotadi.
Amerikalik olim Vasiliy Leontyev «xarajat-natija», deb atalmish iqtisodiy
nazariyaning asoschisidir.
Hozirgi paytda marjinalizm, monetarizm, keynschilik va boshqa qator
yo’nalishdagi iqtisodiy ta’limotlar majmui «Ekonomiks» («Iqtisod») nomli
1
Абдураҳмонов Ф.Р., Саидхўжаев Х.Б. Социология. Маърузалар курси. Т.: ЎзРИИВА, 2000.
kitobda mujassamlashgan bo’lib, u AQSh, Angliya va boshqa qator
mamlakatlarda darslik hisoblanadi. Rus tiliga tarjima qilingan va bizga ma’lum
bo’lgan P.Samuelson, Makkonnell va Bryular kabi iqtisodchilarning asarlari
uning namunalaridir. Shunday qilib, Iqtisodiy sosiologiya fani avvalda
politicheskaya ekonomiya (siyosiy iqtisod), keyin esa ekonomiks nomi bilan
yuri-tila boshlandi.
Hozirgi paytda bu fan yurtimizda va boshqa qator mamlakat-larda
Iqtisodiy sosiologiya deb atala boshladi.
Iqtisodiy sosiologiya fan sifatida shakllangungacha bosib o’tilgan yo’llar,
vujudga kelgan g’oyalar, oqimlar juda murakkab, bir-biriga zid va qarama-
qarshidir. Shunday bo’lsa-da, ular bir-birini to’ldirib, iqtisodiy jarayonlar va
hodisalarning ichki ziddiyat-larini, qonunlarini ma’lum darajada ifodalab keldi.
Shuning uchun ularni bilish va Vatanimiz iqtisodiy ravnaqi yo’lida ulardan
foydalanish zarurdir.
Iqtisodiy sosiologiya fani nimani o’rganadi, degan savolga to’g’ri javob
berish uchun, avvalo, iqtisod, iqtisodiyot tushunchalari-ni va Iqtisodiy
sosiologiya fanining mazmunini, uning maqsad va vazifalarini bilish lozimdir
1
.
Insonlar faoliyati ichida eng muhimi va asosiysi iqtisodiy faoliyatdir. Bir-
biri bilan chambarchas bog’liklikda amal qiladigan iqtisodiy faoliyatlarning
barchasi yaxlit qilinib bir so’z bilan iqtisod deb, ataladi.
Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo’jaligi tarzida
bo’lganligi uchun iqtisod degan tushuncha paydo bo’lgan edi (uning kelib
chiqishi haqida yuqorida ma’lumot berilgan edi). Lekin hozirgi davrda iqtisod
faqat uy yoki individual xo’jalikdan iborat emas, balki yirik jamoa, hissadorlik,
davlat xo’jaliklari, moliya va bank sistemalari xo’jaliklararo, davlatlararo
qo’shma kor-xonalar, davlatlar o’rtasidagi turli iqtisodiy aloqalardan tashkil
topgan bo’lib, juda murakkab soha hisoblanadi. Buning ustiga, hamma resurslar,
ya’ni mablag’lar, tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari cheklangan. Shu
11
Абдураҳмонов Ф.Р., Саидхўжаев Х.Б. Социология. Маърузалар курси. Т.: ЎзРИИВА, 2000.
cheklangan resurslardan oqilona foydalanib, aholining to’xtovsiz o’sib boruvchi
talabini qondirish, shu yo’lda eng kam resurs sarflab, ko’proq natijaga erishish,
resurslar va mahsu-lotlarni to’g’ri taqsimlash yo’llarini topish ham iqtisodiyot
naza-riyasi fanining mazmunini tashkil etadi. Hamma fanlar kabi iqtisodiy
sosiologiya fani ham, eng avvalo, bilish vazifasini bajaradi. U jamiyat iqtisodiy
hayotining jarayonlari va hodisalarini o’rganish va ularni tushuntirib berishga
da’vat etadi. Bu fan funda-mental bo’lib, iqtisodiy hayotning ayni mohiyatiga
kirib borishi, iqtisodiy jarayonlarni boshqaruvchi qonunlarni kashf etishi va bu
qonunlardan foydalanish yo’llarini ko’rsatib berishi lozim. Iqti-sodiyot
nazariyasi bilishning nazariy va amaliy vazifalari bir-biri bilan uzviy aloqador
ekanligini ham ifodalaydi. Zero, iqti-sodiyot nazariyasi fani raqam va dalillarni
faqat yig’ib, yuzaki kel-tirib o’tish bilan chegaralanib qolmay, ularni nazariy va
ilmiy ji-hatdan chuqur tahlildan o’tkazib, jamiyatning rivojlanish qonun-larini
kashf etadi va ularni hayotga tatbiq qiladi.
Iqtisodiy sosiologiya fanining yana bir vazifasi – tarmoq sohalar
iqtisodiyoti fanlari uchun metodologik manba bo’lib hisoblanishidadir. U tarmoq
(sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport va hokazolar iqtisodi), fundamental
(mehnat iqtisodiyo-ti, moliya, pul muomalasi va kredit, iqtisodiy statistika va
boshqalar) kabi fanlarning nazariy poydevori sifatida maydonga chiqadi. Bundan
tashqari, mazkur fan bilimning turli tarmoqlari chegarasida tutashgan fanlar,
masalan, iqtisodiy geografiya, demo-grafiya, iqtisodiyot tarixi, boshqarish
nazariyasi kabilar bilan aloqador bo’lib, bu fanlarning rivojlanishiga xizmat
qiladi.
Shuning uchun iqtisodiy sosiologiya fanini hozirgi davrda qisqa qilib,
ijtimoiy xo’jalikni samarali yuritish va boshqarish qonun-qoidalarini o’rgatuvchi
fan desa bo’ladi. Iqtisodiyot nazariya-si fani iqtisodiy tizimlar, ularning tarkibi
va o’zgarishi yo’lla-rini ham o’rganadi.
Tarixiy taraqqiyot darajasiga qarab, turli davrlarda va turli mamlakatlarda
iqtisodning tizimlari turlicha bo’lishi mumkin.
Hozirgacha iqtisodning bir necha tizimi ma’lum:
1) an’anaviy iqtisod tizimi;
2) bozor iqtisodi tizimi;
3) ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiy tizim;
4) ongli ravishda tartibga solinadigan uyushgan iqtisodiy tizim.
Iqtisod qamrab olish darajasiga qarab ham turlicha bo’lishi mumkin.
Masalan: xalq xo’jaligi yoki mamlakat iqtisodi, tarmoq iqtisodi, funksional
iqtisod, mintaqa iqtisodi, korxona yoki firma iqtisodi va boshqalar
1
.
Ba’zan ular yaxlitlashtirilib makroiqtisod va mikroiqtisod deb ataladi.
Sanab o’tilgan tarmoq va funksional iqtisodni o’rga-nuvchi fanlar alohida bo’lib,
ulardan har birining o’z predmeti va vazifalari mavjud.
Iqtisodiy sosiologiya bu fanlar bilan chambarchas bog’langan holda amal
qiladi, ulardan o’z ifodasini topgan ayrim aniq jihat-larni oladi va o’rganadi. Shu
bilan birga, Iqtisodiy sosiologiya fani aniq iqtisodiy fanlarning nazariy asosi va
ularning funda-mental asosi bo’lib xizmat qiladi, ularga nazariy va uslubiy
yo’nalish beradi.
Iqtisodiy sosiologiya fani ijtimoiy fan bo’lganligi uchun, falsafa, huquq,
siyosatshunoslik, tarix kabi ijtimoiy fanlar bilan chambarchas bog’liqdir, chunki
ulardan uslubiy va boshqa ilmiy ozuqa oladi, hamda o’z navbatida, ular uchun
ham manba bo’lib xizmat qila-di. Lekin ularning birontasi ham Iqtisodiy
sosiologiya fanining o’rnini bosa olmaydi, chunki uning o’z vazifasi va predmeti
bordir.
Iqtisodiy sosiologiya fani siyosiy iqtisod nomi bilan yuri-tilganda uning
predmeti ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rta-sida sodir bo’ladigan
munosabatlarni, ya’ni ishlab chiqarish muno-sabatlarini o’rganishdan iborat fan
deb qaralar edi.
Iqtisod (Ekonomiks)ning predmeti kishilarning moddiy talablarini to’laroq
qondirish
maqsadida
cheklangan
resurslardan
samarali
foydalanish
muammolarini tahlil qilish, kishilarning hulq-atvorini o’rganishdan iborat.
1
Дикарева А.А., Мирская М.И. «Социология труда». ўқув қўлланма. Т. 2001 й.
Bundan ko’rinib turibdiki, siyosiy iqtisodda ishlab chiqarish jarayonida
qatnashayotgan kishilar o’rtasida bo’ladigan munosabatni o’rganishga alohida
e’tibor bergan bo’lsa, ekonomiksda kishilarning resursda, ashyo va buyumlarga
muno-sabatini o’rganishga, resurslardan unumli foydalanishga alohida e’tibor
berilgan.
Iqtisodiy sosiologiya fani masalaning u tomonini ham, bu tomonini ham
chetda qoldira olmaydi. Chunki har qanday mehnat, har qanday ishlab chiqarish,
eng avvalo, tabiat ashyolari, moddiy vosita-lar orqali amalga oshiriladi va
ulardan foydalaniladi. Shuning uchun bu fanda mavjud resurslarga, ishlab
chiqarilgan tovar va xiz-matlarga, ulardan unumli foydalanishga bo’lgan
munosabat, ular-ning o’zaro bog’liqligi va bir-biriga ta’siri o’rganilishi lozim.
Ikkinchi tarafdan, hyech qanday mehnat yoki ishlab chiqarish alohida olingan
kishi yoki guruh tomonidan, boshqalar bilan aloqalarsiz amalga oshirilmaydi.
Ular ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida, albatta, o’zaro bir-birlari
bilan ham, boshqalar bilan ham alohida munosabatda bo’ladilar, va shu
munosabatga qarab harakat qiladilar, o’z xulq-atvori, xatti-harakatini
belgilaydilar. Demak, Iqtisodiy sosiologiya fani shu munosabatlarning har ikki
tomonini qamrab olgan bo’lishi, ularni o’rganishi lozim. Bundan tashqari,
mazkur munosabatlar, xatti-harakatlar ishlab chiqarish jarayonining hamma
fazalarida ishlab chiqarish, pul orqali ayirboshlash (sotib olish, sotish),
taqsimlash va foydalanish, ya’ni iste’mol qilish jarayonlarida ham sodir bo’ladi.
Mana shularni hisobga olib, iqtisodiy sosiologiya fanining predmeti
iqtisodiy resurslarni va mahsulotlarni hamda xizmat-larni yaratish, taqsimlash,
ayirboshlash, unumli foydalanish bo’yicha kishilar o’rtasidagi munosabatlar
tizimini, ijtimoiy xo’jalikni samarali yuritish va boshqarish qonun-qoidalarini
o’rganishdan ibo-ratdir, deb aytish mumkin.
Iqtisodiy sosiologiya fani iqtisodni sof holda emas, balki sosial-siyosiy,
ruhiy-axloqiy, milliy-demografik omillar ta’si-rini inobatga olgan holda
o’rganadi.
Iqtisodiy sosiologiya fanining maqsadi va vazifalarini ikki tomonlama,
ya’ni amaliy va nazariy tomonlari haqida so’z yuritish mumkin
1
.
Amaliy
iqtisodiyotning
asosiy
maqsadi
iqtisodiy
rivojla-nishni
ta’minlashdan iborat. Shu maqsaddan kelib chiqib, uning vazifalari
quyidagilardan iborat ekanligini ta’kidlash mumkin: cheklangan turli xil
resurslardan samarali foydalanib, uning har bir birligi evaziga ko’proq tovarlar
ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishni ta’minlash, har bir faoliyat turi
bo’yicha xarajatlar miqdori bilan erishilgan natija, ya’ni tovar va xizmatlar
miqdorini taqqoslash, resurslarlardan samaraliroq foydalanish yo’llarini topish
va boshqalar. Bundan tashqari, Iqtisodiy sosiologiya ishchi kuchini ish bilan
ta’minlash, pul qadrsizlanishining oldini olish, aholini ijtimoiy himoya qilish
yo’llarini aniqlab berish kabi muammolarni hal etib berishi lozim. Mazkur fan
masalalarni mak-roiqtisod darajasida tahlil qilib, uning sohalari, ko’rsatkichlari,
omillari o’rtasida bog’lanishlarni, iqtisodiy o’sish yo’llarini aniqlab beradi va
davlatning tashqi va ichki siyosatida ilmiy asos bo’lib xizmat qiladi. Binobarin,
yuqoridagi tahlillarga asoslanib iqtisodiy sosiologiya fanining predmetini
quyidagi umumlashgan ilmiy tushunchaga asoslanib-cheklangan iqtisodiy
resurslardan samarali va oqilona foydalanish natijasida yuksalib borayotgan
inson ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish maqsadida tobora ko’proq
moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash va
ayirboshlashni optimallashtirish jarayonida yuzaga keladigan aloqa va
bog’lanishlarni, ijtimoiy xo’jalikni samarali yuritish, boshqarish soxasidagi
qonun-qoidalarni o’rganish. Shuningdek, Iqtisodiy sosiologiya fani iqtisodiy
munosabatlarning doimo shaklan va mazmunan o’zgarib turishi, ularni asoslab
beruvchi iqtisodiy tushunchalar, qonun-qoidalarning ham o’zgarib turishi
ularning doimiy harakati, rivojlanishi kabi masalalarni o’rganadi. Turli iqtisodiy
voqyea-hodisalar va jarayonlarning mazmuni, mohiyati va ularning o’zaro
1
1
Дикарева А.А., Мирская М.И. «Социология труда». ўқув қўлланма. Т. 2001 й.
aloqadorligi hamda bir-biriga ta’sirini ham o’rganish iqtisodiy sosiologiya
fanining vazifasidir
1
.
Har qanday fanlar qatori Iqtisodiy sosiologiya fanining ham asosiy
vazifasi iqtisodiy munosabatlar haqida ma’lumotlar yig’ish, sistemalashtirish,
izohlab berish va ular asosida tegishli xulosalar chiqarishdan iboratdir. Kuzatish
va ta’riflash, aniqlash, va tasnif qilish - bular faqat tayyorgarlik ishi hisoblanadi.
Lekin biz erishmoqchi bo’lib, intilayotgan narsa iqtisodiy voqyea-hodisalarning
bog’liqliini bilishdan iboratdir. Boshqacha qilib aytganda, Iqtisodiy sosiologiya
fanining asosiy vazifasi iqtisodiy qonun-larni bilish va ularning mazmunini
ochib berish hisoblanadi. Har qanday jamiyatda iqtisodiy jarayonlar, ularga xos
bo’lgan ichki qonunlar, iqtisodiy faoliyat qonunlari bilan boshqariladi. Iqtisodiy
hayot qonunlarining mavjudligi taraqqiyot jarayonida kutil-magan, tasodifiy
hodisa va voqyealarning pastu balandliklari mavjudligini inkor etmaydi. Lekin
iqtisodiy qonunlar alohida olingan bir hodisada namoyon bo’lmaydi, balki
hodisalar va jarayonlarning yig’indisida ko’rinadigan hukmron tendensiyalar
tarzida namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |