Tizimning o’ziga xos kategoriyalari.
Bular iqtisodiy taraq-qiyotning
muayyan bir bosqichiga, ijtimoiy-iqtisodiy tizimning tabiatiga aloqador bo’lgan
va o’tkinchi munosabatlarni ifodalovchi maxsus kategoriyalardan iborat.
Masalan, ekspluatasiya, renta, ekspansiya, rantye, aholi ortiqchaligi,
qashshoqlanish, monopoliya, oligopoliya kabi kategoriyalar mavjudligini bilish
lozim.
3.
Davriy oraliq kategoriyalar.
Ular umuminsoniy xarakter-dagi, lekin bir
necha iqtisodiy tizimlar sharoitida amal qiluvchi, tarixan uzoq saqlanuvchi,
ammo
o’tkinchi
mazmundagi
iqtisodiy
munosabatlarni
ifodalovchi
kategoriyalardan iborat. Bularga bozor munosabatlariga xos kategoriyalar: tovar,
pul, talab-taklif, marketing, narx-navo, inflyasiya va boshqalar kiradi.
Iqtisodiy munosabatlar o’zgarib turganligi tufayli birining o’rniga
boshqasi kelishi, ayrimlarining yangilanib turishi, boyib borishi, yangi
qirralarining paydo bo’lishi mumkin. Shu sababli iqtisodiy kategoriyalar ham
o’zgarib turadi, ilgari bo’lmaganlari o’rnida yangilari paydo bo’ladi. Masalan:
integrasiya, diversifikasiya, infrastruktura, konversiya, xususiylashtirish,
tasarrufdan chiqarish va boshqalar.
Iqtisodiy kategoriyalar o’ziga xos tizimlardan iborat bo’lib, unda har bir
kategoriyaning o’z o’rni va mavqyei bor. Masalan, ma’lum iqtisodiy davr
iqtisodiyotining holati bir necha iqtisodiy tushun-chalar orqali ifodalanadi. Jami
ijtimoiy mahsulot (JIM), yalpi milliy mahsulot (YaMM), sof mahsulotlar (SM),
zarur mahsulot (ZM), qo’shimcha mahsulot (QM), yalpi daromad (YaD), milliy
daromad (MD), iqtisodiy tushunchalarning ayrimlari iqtisodiy holatni umuman
aks ettirsa, boshqalari nisbiy ravishda ifodalaydi. Agar sof mahsulot
iqtisodiyotning holatini buyum, mahsulot shaklida ijtimoiy mehnat sarfini
ifodalasa, milliy daromad qiymat-pul hisobi (qiyosiy, qat’iy o’zgarmas narxlar)
dagi holatini aniqlaydi.
AQShda va G’arbiy Ovro’pada mehnat sosiologiyasiga e’tiborning
ortishiga, asosan Rossiya va bir qator Ovro’pa mamlakatlarida ro’y bergan
sosial inqiloblarning sodir bo’lishi, mehnatkashlarning mavjud siyosiy-iqtisodiy
tuzumga qarshi bosh ko’tarib chiqishi va sinfiy kurash ko’lamining ortishi sabab
bo’ldi. XX asrning 20-yillarida bir qator kapitalistik mamlakatlarda bir necha
bor takrorlangan iqtisodiy inqirozlar esa siyosiy vaziyatni yanada keskinlashtirib
qo’ygan edi.
Qanday bo’lmasin siyosiy vaziyatni yumshatish va iqtisodiy tanglikdan
chiqish muammosi mavjud kapitalistik ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning hayot-
mamot masalasiga aylanib qoldi. Bularning barchasi eski ishlab chiqarish
munosabatlarini isloh qilish yo’li bilan, tadrijiy suratda yangilanib borish, ya’ni
zamonaviy mehnat munosabatlarining tarkib topishiga olib keldi. Mehnat
sosiologiyasi xuddi shu tarixiy missiyani bajarishga xizmat qildi. AQShda
mehnat sosiologiyasi asosan boshqaruv sosiologiyasi doirasida o’rganib kelindi.
G’arbiy Ovro’pa mamlakatlarida esa alohida fan sifatida o’rganilib kelinmoqda.
XX asrning 70-yillaridan boshlab G’arb mehnat sosiologiyasi doirasida
mehnatni gumanizasiyalash tendensiyasi o’rganila boshlandi. Mehnat sharoitini
yaxshilashga ko’proq e’tibor berildi. G’arb sosiologlarining fikricha, mehnat
insonga azob-uqubat emas, balki, huzur bag’ishlashi kerak. Bu tamoyil ayniqsa
bizda, kelajagi buyuk davlat qurish yo’lida yanada muhim ahamiyat kasb
etmog’i lozim. O’tish davrining hozirgi bosqichida asosiy vazifalardan biri
“…sermahsul mehnat qilish uchun yaxshiroq rag’bat bilan imkoniyatlar
yaratishdan, iqtisodiy yo’l tanlash va faoliyat ko’rsatish erkinligiga bo’lgan
kafolatli huquqni qaror toptirishdan, aholining mehnat va ijtimoiy faolligini
oshirishdan ham iboratdir”.
Bu yo’lda, mehnat sosiologiyasining muhim vazifalaridan biri mehnat
unumdorligini oshiruvchi sosiologik omillarni va zahiralarni tahlil qilib
o’rganishdir. Uning asosiy ijtimoiy vazifalaridan yana biri, jamiyat hayotida,
xalq xo’jaligidagi iqtisodiy munosabatlarni, mehnat sohasi bilan bog’liq bo’lgan
barcha ijtimoiy munosabatlarni o’rganishni o’z ichiga oladi. Mehnat
sosiologiyasi quyidagi asosiy ijtimoiy munosabatlar jarayonini o’rganadi: ishlab
chiqarish vositalariga va mulkka bo’lgan munosabatlar, mehnat kooperasiyasi va
taqsimoti, bajarilayotgan mehnatning sharoiti va mazmuni, mehnat turlarining
o’zgarishi, mehnatga qarab taqsimlash, jamiyat a’zolarining ijtimoiy foydali
mehnatga bo’lgan ehtiyojlarining o’sib borishi, ishchi va xizmatchilarning
mehnat sharoiti va turmush tarziga qarab, turli ijtimoiy shart-sharoit va omillar
ta’sirida mehnat xulqining o’zgarib borishi, mehnat xulqi motivlari va tiplari,
shaxsiy daromadlarning miqdori va uni olish yo’llari, mehnat qadriyatlari va
boshqalardir. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek:
“Bozorga o’tish dasturini ro’yobga chiqarishdagi ijtimoiy tayanchlardan biri,
birinchi navbatda, jamiyatning ijtimoiy faol qatlamlaridir. Shu bois islohotlar
ikkinchi bosqichining eng muhim vazifasi har bir kishi mehnatining qadrini
oshirish, uning ijodiy faoliyat ko’rsatish imkoniyatlarini nomoyon etishi uchun
sharoit yaratishdan iborat.Har bir kishining iqtisodiy erkinligini uning o’z
muvaffaqiyati hamda o’z oilasining farovonligi uchun iqtisodiy mas’ulligi bilan
qovushtirib borishga asoslangan iqtisodiy munosabatlarni qaror toptirish kerak.
O’z ijodiy qobiliyatlari va imkoniyatlariga tayanishni nazarda tutgan
munosabatlar har bir kishi farovonligining muhim va yagona manbaidir”.
Do'stlaringiz bilan baham: |