Mehnat sosiologiyasi va iqtisodiy sosiologiyaning asosiy kategoriyalari


Mehnat jamoalarining sosial harakteri va asosiy funksiyalari



Download 364,94 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana01.01.2022
Hajmi364,94 Kb.
#301758
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
mehnat sotsiologiyasi va iqtisodiy sotsiologiyaning asosiy kategoriyalari.

Mehnat jamoalarining sosial harakteri va asosiy funksiyalari 

Mehnat  jamoalari  ijtimoiy  hayotning  noyob  hodisasidir,  ular  hozirgi 

jamiyat  hayotida  muhim  rol  o’ynaydi.  Shu  munosabat  bilan  besh  jihatni 

ta’kidlab o’tamiz: 



Birinchidan,

  mehnat  jamoalari  barcha  asosiy  moddiy  va  ma’naviy 

boyliklarni yaratuvchilardir. 

Ikkinchidan,

  ish  bilan  band  aholining  hamma  asosiy  kategoriyalari  – 

barcha  millatlarga  mansub  ishchilar,  dehqonlar,  ziyolilar,  xizmatchilar  mehnat 

jamoalarida jamlangan. 



Uchinchidan,

  mehnat  jamoalari  –  umuminsoniy  va  sinfiy,  shuningdek, 

bizning  sharoitdagi  milliy  jihatlar  dialektikasining,  ularning  demokratik 

negizidagi o’zaro hamkorligining, garchi, yagona bo’lmasada, timsolidir. 



To’rtinchidan, 

mehnat  jamoalari  jamiyatimiz  sosial  strukturasining 

alohida  «qavat»ini  tashkil  etuvchi  sosial  subyektlar  bo’lib,  burjua  davlatlarida 



ularni sosiallashtirish sari bo’lgan barcha harakatlarga qaramay, bunga o’xshash 

«qavat»  umuman  mavjud  emas.  Ana  shu  «qavat»  subyektlari  o’zaro  mehnat 

taqsimoti  hamda  boshqa  aloqalarning  yaxlit  sistemasi  bilan  birlashtirilgan. 

Mehnat jamoalarining o’z a’zolari–jonli kishilar bilan aloqalari ham juda katta 

ahamiyatga  ega,  zero  ularning  qiziqishlari  va  xatti-harakatlari  ana  shu 

jamoalarning  o’z  faoliyatiga  qaraganda  xilma-xilroq,  boyroqdir,  chunki  u 

«o’rtachalashtirilgan» sifatida maydonga chiqadi. 

Mehnat jamosi ishlab chiqarish korxonasi, muassasa va hokazolar bazasida 

faoliyat ko’rsatuvchi sosial guruhdir. 

Beshinchidan,

  bozor  munosabatlariga  o’tish  muammosi  sababli,  mehnat 

jamoalarining ahamiyati haqidagi masala alohida faollik kasb etmoqda. 

So’l-o’ng  yo’nalishi,  biz  allaqachon  ko’rayotganimizdek,  xususiy 

tadbirkorlik  negizlarini  hukmron  negizlariga  aylantirishga,  ya’ni  sinfni-

tadbirkorlar sinfi asosida shakllantirishga, iqtisodiyotda mulkchilikning turli xil 

shakllarini ko’rishga intilmoqda. 

O’ng-so’l  yo’nalish  iqtisodiyotning  bozorga  daxlsiz  shakllari  ustun 

turishini  ko’zlaydi,  tadbirkorlikka  ikkinchi  darajali  o’rin  ajratadi,  mehnat 

jamoalarining  rolini  bo’rttiradi,  lekin  shu  bilan  birga  ular  kuch-harakatlarining 

samaradorligini keskin oshirishga qodir bo’lgan mexanzimlarni olg’a surmaydi. 

Agar  biz  mehnat  jamoalarini  rivojlantirish  asosiy  harakatlantiruvchi  kuch  deb 

e’tirof  etsak,  sobiq  totalitar  tuzum  uchun  ana  shunday  mexanizmlarni 

shakllantirishdan  muhimroq  yumush  bo’lmaydi.  Ana  shu  muammoga 

to’xtashdan oldin shuni eslatish kerakki, jamiyatda har doim olg’a qarab harakat 

qilish uchun ham, bir joyda depsinib turush uchun ham manba bo’lishi mumkin 

bo’ladigan  bir  talay  ziddiyatlar  mavjud.  Depsinishda  ziddiyatlar  ko’pincha, 

ayniqsa jamiyat rivojlanishining teng davrlarida illatli doira shaklida maydonga 

chiqadi.  Juda  murakkab  muammolarni  oxirigacha  hal  etish  uchun  texnologik 

to’ntarishni amalga oshirish talab qilinadi, lekin buning uchun iqtisodiy maqbul 

sharoitlar zarur. Yoki qishloqqa sanoat tomonidan yordam ko’rsatmasdan turib, 

oziq-ovqat muamosi mavjudligi mushkullashib boradi va hokazo. 




Mehnat  jamoalarining  harakatlarini  uyushtirish  orqali  butun  jamiyatimiz 

uchun foydali bo’lgan bir qator maqsad va vazifalarni ro’yobga chiqarish zarur: 

1. 

 

Mehnat  jamoalarining  kuch-g’ayrati  eng  yirik  texnik-iqtisodiy,  sosial, 



siyosiy,  madaniy  muammolarni  hal  etishga  yo’naltiriladi.  Xo’jalik  yuritish 

shakllarini 

tanlashda 

jamoalarning 

mustaqilligi, 

mehnatdagi 

intizom, 

uyushqoqlik,  mas’uliyatlilik,  jonkuyarlik  bilan  tadbirkorlikni  birlashtirish 

ta’minlanadi. Shu jumladan, o’z-o’zini samarali boshqarish negizida tadbirkor-

rahbarlar  bilan  ishlash  mehnat  jamoalari  o’rtasida  yaqindan  o’zaro  hamkorlik 

o’rnatilishiga erishiladi. 

2. 


 

«Samarali,  konstruktiv  ish  yo’lida  plyuralizm»  shiori  ostida  mehnat 

jamoalarini integrasiyalash potesiali ko’paytiriladi. 

3. 


 

Mintaqaviy 

dasturlarni 

ishlab 


chiqish 

va 


bajarishda 

mehnat 


jamoalarining kuch-harakatlari birlashtiriladi. 

4. 


 

Guruhiy  xudbinlik, millatchilik va  boshqa  salbiy  tendensiyalarga qarshi 

turiladi.

 

Mehnat  sohasida  ijtimoiy  birlikning  asosiy  ko’rinishi  mehnat  jamoasi 

hisoblanadi.  Mehnat  jamoalaridagi  mehnatkashlarning  o’zaro  munosabatlari, 

mehnat  jarayonidagi  ijtimoiy  vaziyatlar  va  mehnat  munosabatlari  shular 

jumlasidandir.  Mehnat  munosabatlari  mehnat  jarayonidagi  ishtirokchilar 

o’rtasida  yuzaga  kelib,  iste’mol  qiymatini  yaratish  va  mehnat  kooperasiyasi 

hamda  mehnat  taqsimoti  asosida  sodir  bo’ladi.  Mehnatning  huquqiy 

munosabatlari  mehnat  jamoasi  kasaba  uyushmalarining  korxona,  tashkilot 

ma’muriyati,  xususiy  tadbirkorlar  bilan  bo’ladigan  o’zaro  huquqiy  aloqalarini 

ham o’z ichiga oladi. 

Mehnat unumdorligi, mahsulot sifati, mehnatni muhofaza qilish, mehnat va 

davlat  intizomi,  ishchi  va  xizmatchilarga  ijtimoiy-maishiy  xizmat  ko’rsatishni 

takomillashtirish  bilan  bog’liq  takliflar,  mehnat  jamoasi  kengashi  bilan  kasaba 

uyushmasi  qo’mitasining  birlashgan  kengashida,  korxona  ma’muriyati 

ishtirokida  muhoqama  qilinada.  Shundan  so’ng  tushgan  qo’shimchlar  va 

takliflar  bilan  qayta  ko’rib  chiqilgan  jamoa  shartnamasi  korxona  mehnat 




jamoasining  umumiy  yig’ilishiga  muhokama  va  qabul  qilish  uchun  tavsiya 

etiladi.  Jamoa  shartnomasi  tarkibiy  qismlari  va  mazmunini  mehnat  jamoasi, 

korxona  ma’muriyati  va  kasaba  uyushmasi  qo’mitasi  mustaqil  ravishda 

belgilaydi.  Jamoa  shartnomasi  O’zbekiston  Respublikasi  qonunlari  bilan 

belgilanadigan  xalq  xo’jaligi  tarmoqlarining  mustaqil  balansga  ega  bo’lgan  va 

yuridik shaxs hisoblanadigan korxona va tashkilotlarida tuziladi. 

Mehnat  sosiologiyasida  o’zaro  aloqadorlik  tushunchasi  qo’llanilib,  u  ikki 

asosiy  munosabatni  o’z  ichiga  oladi.  Bular  o’zaro  hamkorlik  va  raqobatdir. 

O’zaro hamkorlikda turlicha ijtimoiy qiziqishlar, manfaatlar o’zaro mos tushadi. 

Raqobatda  esa,  aksincha,  o’zaro  manfaatlar  zid  keladi.  Bu  tendensiyalarni 

o’rganish 

ayniqsa, 

hozirda 

respublikamizda 

xususiy 

mulkchilik 

shakllanayotganligi, 

ijtimoiy-iqtisodiy 

munosabatlarning 

tarkib 


topishi 

jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. 




Download 364,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish