3.
Xususiy iqtisodiy qonunlar
insoniyat taraqqiyotining bir necha
bosqichlarida amal qiladi. Masalan: talab va taklif qonuni, qiymat qonuni, pul
muomalasi qonuni va boshqalar.
Umumiy iqtisodiy qonunlar, ilmiy tushunchalarni bilish, yaxlit va keng
ma’noda, Iqtisodiy sosiologiya fanini yaratish yoxud to’ldirishda muhim rol
o’ynaydi.
Iqtisod nazariyasi yuqoridagi qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiy
kategoriyalarni ham o’rganadi.
Ma’lum bir iqtisodiy munosabat va uning qonunlarini bilib olish ularni
ifodalovchi iqtisodiy kategoriyalarni anglab yetish yo’li bilan amalga oshadi.
Shu sababli iqtisodiyotni o’rganish uning kategoriyalarini bilib olishdan
boshlanadi. Ayrim iqtisodchilar iqtisodiy kategoriyalarni iqtisodiyot ilmining
«kaliti» yoki «tili» deb ham ataydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |