Mehnat shartnomasi



Download 53,43 Kb.
bet24/24
Sana30.12.2021
Hajmi53,43 Kb.
#97674
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Mehnat shartnomasi

Tashkilot rahbari

_____________

(imzo, muhr)

_______________

(F.I.Sh..)










Xodim

_____________

(imzo)

_______________

(F.I.Sh..)

Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ish beruvchi xodimga uning mehnat daftarchasini va mehnat shartnomasining bekor qilinishi haqidagi buyruqning nusxasini berishi shart.

Quyida taraflarning kelishuviga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqdan namunani e’tiboringizga havola etamiz.

B U Y R U Q

Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida

2019 y. “25” fevral

40-son

Toshkent shahri

1. Xodim (F.I.Sh.) – bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2019 yil 25 fevraldan boshlab taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilinsin.

2. Bosh buxgalter (F.I.Sh.) tegishli to‘lovlarni amalga oshirsin.

Asos: O‘zR MKning 97-moddasi 1-bandi.

Tashkilot rahbari

_____________

(imzo, muhr)

_______________

(F.I.Sh..)

Mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi taraflarning kelishuvida korxonaning iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda boshqa qo‘shimcha imtiyozlar va kompensatsiyalar qayd etilishi mumkin.

Kelishuvning afzal tomonlari nimada?

Bu usul mehnat shartnomasini bekor qilishning eng maqbul va tinch usullaridan biri. Chunki, ushbu asosga binoan mehnat shartnomasining barcha turlari istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin.

Mehnat shartnomasini xodimning tashabbusi bilan bekor qilish ancha murakkab va chalkash jarayon hamda muddat talab etadi. Masalan, qonunda belgilangan yoki xodim va ish beruvchi kelishuviga ko‘ra qisqartirilgan ogohlantirish muddati davomida xodim mehnat shartnomasi tugatilganligi haqida buyruq chiqarilgan bo‘lishidan qat’i nazar arizasini qaytarib olishga haqli. Xodimning o‘rniga boshqasini taklif etilganligi unga arizasini qaytarib olishni rad qilishga asos bo‘lmaydi, chunki ish beruvchi faqat avvalgi xodim o‘rtasidagi mehnat shartnomasini bekor qilganidan keyingina, bu ishga boshqa xodimni taklif qilishga haqli.

Kelishuvda esa muddatlar faqatgina ish beruvchi va xodimning o‘zaro roziligi bilan belgilanadi. Bu muddat bir necha kun yoki oy ham bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, mehnat shartnomasini xodimning tashabbusi bilan bekor qilish oqibatida nizo kelib chiqsa, ish beruvchi o‘z pozitsiyasini yetarlicha himoya qila olmasligi mumkin. Agar xodim men arizani ish beruvchining qistovi natijasida berganman degan da’vo bilan chiqqan taqdirda, mehnat shartnomasini bekor qilinishining asosliligini isbotlab berish majburiyati ish beruvchiga yuklatilishini esdan chiqarmaslik lozim.

Bundan tashqari mehnat shartnomasini kelishuvga ko‘ra bekor qilish xodim uchun ham manfaatli. Buni quyidagicha asoslaymiz. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari mehnat daftarchasiga yozilmaydi. Lekin ish beruvchining buyrug‘ida mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari yoziladi. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, garchi bu mehnat qonunchiligiga zid bo‘lsa-da, ish beruvchilar avval boshqa joyda ishlagan xodimni ishga qabul qilayotganda, xodimdan avvalgi ishidan qaysi asoslarga ko‘ra bo‘shaganini aniqlash maqsadida, mehnat shartnomasining bekor qilinishi haqidagi buyruqning nusxasini so‘ramoqdalar. Masalan, xodim o‘z mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi uchun mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilindi (Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qism 4-bandi). Bu esa o‘z navbatida xodimni yangi ish topishini qiyinlashtiradi. Shuning uchun ham agar xodim ish beruvchi bilan kelishib, taraflarning kelishuviga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilsa, yangi ish topishida muammolar yuzaga kelmaydi. O‘z navbatida ish beruvchi ham intizomiy jazo qo‘llanilishi bilan bog‘liq ortiqcha qog‘ozbozlik va rasmiyatchilikdan xalos bo‘ladi.
Download 53,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish