Ishga qabul qilishda dastlabki sinovni qo'Ilash. Mehnat shartnoma
munosabatlari uning ishtirokchilarining erkin va teng ekanliklariga asos-
lanadi. Shunga ko'ra ular o'zaro munosabatlarini bir-birlarini yaqindan
o"rganish, sinab ko'rish, ma'qul kelganda davom ettirish asosiga qurilish-
lari murnkin. Mehnat Kodeksining 84-moddasida aytilishicha: «Mehnat
shartnomasi quyidagi maqsadda dastlabki sinov sharti bilan tuzilishi
mumkin;
xodimning topshirilayotgan ishga layoqatliligini tekshirib ko'rish;
xodim mehnat shartnomasida shartlashilgan ishni davom ettirishning
maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelishi.
Dastlabki sinovni o'tash haqida mehnat shartnomasida shartlashilgan
bo'lishi lozim. Bunday shartlashuv bo'lmagan taqdirda xodim dastlabki
sinovsiz ishga qabul qilingan deb hisoblanadi. Homilador ayollar, uch
yoshga to'lmagan bolasi bor ayollar korxona uchun belgilangan kvota
hisobidan ishga yuborilgan shaxslar ishga qabul qilinganda, shuningdek
,olti oygacha muddatga ishga qabul qilish haqida xodimlar bilan mehnat
shartnomasi tuzilganda dastlabki sinov belgilanmaydi». Dastlabki sinov
muddati uch oydan ortiq bo'lishi mumkin emas.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri va xodim uzrli sabablarga
ko'ra ishda bo'lmagan boshqa davrlar dastlabki sinov muddatiga kiritil-
maydi, ya'ni masalan, dastlabki sinov sharti bilan ishga qabul qilingan
xodim sinov davrida aytaylik 10 kun davomida vaqtincha mehnatga
yaroqsiz bo'lgani sababli ishga chiqa olmasa, sinov davri uning uchun 10
kunga uzaytiriladi. Aytaylik, sinov muddati 15 martda tamom bo'lishi
lozim bo'Isa, yuqoridagi hoi tufayli u 25 martgacha cho'ziladi.
Dastlabki sinov davrida xodimlarga mehnat to'g'risidagi qonun
hujjatlari va korxonada o'matilgan mehnat shartlari to'liq tatbiq etiladi.
Dastlabki sinov davri mehnat stajiga kiritiladi. Dastlabki sinov muddati
tugagunga qadar har bir taraf ikkinchi tarafni uch kun oldin yozma
ravishda ogohlantirib, mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir.
Bunday holda ish beruvchi mehnat shartnomasini sinov natijasi qoniqarsiz
bo'lgandagina bekor qilishi mumkin.
Mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risida ushbu moddaning
birinchi qismida nazarda tutilgan ogohlantirish muddatini qisqartirishga
faqat shartnoma taraflarining kelishuvi bilan yo'l qo'yiladi. Agar dastlabki
sinov muddati tugagunga qadar taraflardan birortasi ham mehnat shartno
masini bekor qilishni talab qilmasa, shartnomaning amal qilishi davom
etadi va bundan keyin uni bekor qilishlikka umumiy asoslarda yo'l qo'yi-
ladi, ya'ni sinov muddati vaj qilib ko'rsatilib, ishdan bo'shatishga yo'l
qo'yilmaydi.
Dastlabki sinovning qonunda belgilanganidan eng ko'p muddatidan
uzoqroq sinov muddati belgilanishi mumkin emas va uch oydaa ortiq
muddatga belgilangan sinov muddati hech qanday yuridik kuchga ega
emas. Sinov muddati tamom bo'lmasidan avval ham mehnat shartnomasi-
ning tomonlari kelishuvi bilan umumiy asoslarda bekor qilinishi mumkin.
Sinov natijalari noto'g'ri, noxolis baholangan holda ishdan bo'sha-
tish amalga oshirilganidan xodim sud tomonidan ishga qayta tiklanadi.
Dastlabki sinov mehnat shartnomasining qo'shimcha, tomonlar kelishuvi-
ga ko'ra belgilanadigan sharti sifatida ishga qabul qilish vaqtidagina
belgilanishi mumkin bo'lib, ishlab turgan xodimga uni boshqa ishga
o'tkazish paytida dastlabki sinov qo'llashlikka, shu asosda uni ishdan
bo'shatishlikka yo'l qo'yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |