QILISHNI RASMIYLASHTimSH
1 §. Ishga qabui qilishning umumiy tartibi
Ishga qabul qilishning umumiy tartibi O'zbekiston Respublikasi
Mehnat Kodeksida va uning asosida qabul qilingan qonun hujjatlarida
belgilab qo'yilgan bo'lib, mulkchilikning barcha shaklidagi, turli usulda
xo'jalik faoliyati yurituvchi barcha korxona va tashkilotlar uchun bir xil
talablami ilgari suradi. Bu tartiblar Mehnat Kodeksining 77-87-
moddalarida, ichki mehnat tartibining Namunaviy qoidalarida va boshqa
me'yoriy hujjatlarda nazarda tutilgan.
Ishga qabul qilish yuzasidan qat'iy tartiblaming belgilanishidan
maqsad - fuqarolarning mehnat qilish huquqlarini amalga oshiriUshi uchun
qulay huquqiy sharoit yaratish, mehnat huquqlarini amalga oshirish
borasida asossiz cheklashlar va kamsitishlarga yo'l qo'ymashkdan iborat.
O'zbekiston
Respublikasi
Mehnat
Kodeksining
6-moddasida
aytilishicha:
Barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo'lish va ulardan
foydalanishda teng imkoniyatlarga egadir. Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili,
ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqei, dinga bo'lgan
munosabati, e'tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek,
xodimlaming ishchanlik qobiliyatlariga va ular mehnatining natijalariga
aloqador bo'lmagan boshqa jihatlariga qarab mehnatga oid munosabatlar
sohasida har qanday cheklashlarga yoki imtiyozlar belgilashga yo'l
qo'yilmaydi va bular kamsitish deb hisoblanadi.
Mehnat sohasida mehnatning muayyan turiga xos bo'lgan talablar
yoki davlatning ko'proq ijtimoiy himoyasiga muhtoj bo'lgan shaxslar
(ayollar, voyaga etmaganlar, nogironlar va boshqalar) to'g'risidagi alohida
g'amxo'rligi bilan bog'liq farqlashlar kamsitish deb hisoblanmaydi.
Mehnat sohasida o'zini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitishni
bartaraf etish hamda o'ziga etkazilgan moddiy va ma'naviy zararni to'lash
to'g'risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
Ishga qabul qilishni asossiz rad etishga yo'l qo'yilmaydi. Mehnat
bozorida teng raqobatlasha olmaydigan ayrim toifalarga mansub bo'lgan
fuqarolami (homilador va uch yoshga etmagan bolasi bo'lgan ayollami)
ishga qabul qilishlik rad etilgan taqdirda uning sababi ko'rsatilgani holda
’ O 'zbekision Respublikasi A dliya vazirligi tom onidan 1999-yil 14-iyunda 746-son bilan ro ’yxatga olingan “M ulkchilik
shakli va Ldoraviy b o ’ysunishdan q a t'i nazar b archa korxona m uassasa, tashkilotlar uchun ichki mehnat tartibining
N amunaviy qoidalari” .
yozma javob berish lozim. Mehnat shartnomasi uning taraflari barcha
asosiy shartlar to'g'risida kelishib olgan va uni belgilangan tartibda
rasmiylashtirganlaridan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
Mehnat shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Uning shakli O'zbe-
kiston Respublikasi hukumati tomonidan tasdiqlangan namunaviy shart-
nomaga muvofiq ishlab chiqiladi. Bunday namunaviy shartnoma O'zbekis-
ton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli
qarori bilan tasdiqlangan. Shuningdek, ushbu qaror bilan «Yozma holdagi
mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish yuzasidan tavsiyalar» ham tasdiq
langan bo'lib, unda aytilishicha, bu tavsiyalarga, yozma mehnat shartno
masi namunasiga amal qilish mulkchilikning barcha shakldagi korxonalar
uchun majburiy sanaladi.
Ishga qabul qilish paytida ish beruvchi ishga kirayotgan shaxsdan
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlami talab qilishi lozim.
Mehnat Kodeksining 80-moddasida aytilishicha; «Ishga qabul qilish
vaqtida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlami;
pasport yoki uning o'mini bosadigan boshqa hujjatni, o'n olti yoshga
to'lmagan shaxslar esa, tug'ilganlik haqidagi guvohnoma va turar joyidan
ma' lumotnomani;
mehnat daftarchasini, birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar
bundan mustasno. O'rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat
daftarchasi o'miga asosiy ish joyidan olgan ma'lumotnomani;
harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar tegishli harbiy
guvohnomani yoki harbiy hisobda turganligi haqida guvohnomani;
qonun hujjatlariga muvofiq maxsus ma'lumotga yoki maxsus
tayyorgarlikka ega shaxslargina bajarishi mumkin bo'lgan ishlarga
kirayotgan oliy yoki o'rta maxsus o'quv yurtini tamomlaganligi
to'g'risidagi diplomni yoxud mazkur ishni bajarish huquqini beradigan
guvohnomani yoki boshqa tegishli hujjatni taqdim etadi.
Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun huj
jatlarida ko'rsatilmagan hujjatlami talab qilish ta'qiqlanadi».
Mehnat Kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
hollarda ishga qabul qilishni amalga oshirishdan avval ishga kiruvchining
salomatligiga ko'ra topshirilayotgan ishga muvofiqligini
aniqlash
maqsadida oldindan tibbiy ko'rikdan o'tkazilishi talab etilishi mumkin,
jumladan, Mehnat Kodeksning 214-moddasida aytilishicha; «Ish beruvchi
mehnat shartnomasi tuzish chog'ida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish
davomida) vaqti-vaqti bilan quyidagi xodimlami tibbiy ko'rikdan
o'tkazishni tashkil qilishi shart;
o'n sakkiz yoshga to'Imaganlar;
oltmish yoshga to'lgan erkaklar, ellik besh yoshga to'lgan ayollar;
nogironlar;
mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek,
transport harakati bilan bog'liq ishlarda band bo'lganlar;
oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko'rsatish
bilan bog'liq bo'lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo'lganlar;
umumta'lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassa-
saiaming bevosita bolalarga ta'lim yoki tarbiya berish bilan mashg'ul
bo'lgan pedagog va boshqa xodimlari.
Mehnat sharoiti noqulay ishlar va bajarilayotganida dastlabki tarzda
va vaqti-vaqti bilan tibbiy ko'rikdan o'tilishi lozim bo'lgan boshqa ishlar-
ning ro'yxati va ularni o'tkazish tartibi O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni
saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi».
Ishga kiruvchi shaxsni tibbiy ko'rikdan o'tishdan bosh tortishi yoki
tibbiy ko'rik natijalariga ko'ra uning topshirilayotgan vazifaga nomuvofiq
ekanligi u bilan mehnat shartnomasi tuzilishi rad etilishi uchun qonuniy
asos bo'lib hisoblanadi.
Ishga qabul qilish paytida ishga kiruvchining muayyan vazifa va
lavozimlarda ishlash huquqidan sud hukmiga binoan mahrum etilganligi
rna'lunn bo'lib qolganda bu hoi uning mazkur vazifa (lavozim)ga ishga
qabul qilinishiga to'sqinlik qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1998-yil 17-dekabrda
565-raqam bilan qayd etilgan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa opera-
tsiyalarini yuritish qoidalari»ga ko'ra qasddan g'arazli jinoyatlar sodir
etgan shaxslar pul yoki boshqa moddiy boyliklar bilan bog'liq vazifalarga
qabul qilinishlari mumkin emas. Ammo amaliyotda uni tekshirishning
mexanizmlari yaxshi ishlab chiqilgan emas va bu hoi muammolami
keltirib chiqarmoqda.
Mehnat Kodeksining 79-moddasiga ko'ra: «O'zaro yaqin qarindosh
yoki quda-anda bo'lgan shaxslarning (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar,
o 'g 'il va qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlaming ota-onalari, aka-
ukalari, opa-singillari va bolalari), basharti ulardan biri ikkinchisiga
bevosita bo'ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan bo'Isa, bir
davlat korxonasida birga xizmat qilishlari taqiqlanadi.
Bu qoidadan istisnolar O'zbekiston Respublikasi hukuinali lomoni-
dan belgilanishi mumkin».
^
Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar MahknmuNinin^ l'>
yil ll-martdagi 133-sonIi qarorining 3-ilovasida '«Davliil itkNlttn
korxonalarining O'zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 79-mod-
dasida nazarda tutilgan qarindosh-urug'laming, agar ulaming xizmadari
ulardan binning boshqasiga bevosita bo'ysunishi yoki nazorati ostida
bo'lishi bilan bog'liq bo'Isa, birga xizmat qilishlarini cheklash qoidalari-
dan istisno etilishi mumkin bo'lgan xodimlari ro'yxati» tasdiqlangan
bo'lib, unga ko'ra:
1. Xorijdagi diplomatik xizmat xodimlari.
2. Davlal qishloq xo'jaligi korxonalari va tashkilotlari, shuningdek,
qishloq joylardagi qishloq xo'jaligi bo'yicha ilmiy-tadqiqot muassasalarida
ishlovchi qishloq xo'jaligi mutaxassislari.
3. Temir yo'l transportining liniya korxonalari xodimlari, shuning
dek, «O'zbekiston temir yo'llari» davlat hissadorlik kompaniyasining yo'l,
qurilish-montaj va ko'priksozlik poyezdlari, mexanizatsiyalashgan kolon-
nalari va boshqa harakatlanuvchi tuzilmalarining xodimlari, bu korxona va
tashkilotlaming bosh buxgalterlari va kassirlaridan tashqari.
4. Aloqadan foydalanish korxonalari va tashkilotlari xodimlari.
5. Sog'liqni saqlash davolash-profilaktika va sanitariya-profilaktika
muassasalarining shifokorlari.
6. Barcha o'quv va tarbiya muassasalaridagi pedagog xodimlar,
o'qituvchilar, bibliograflar va kutubxonachilar.
7. Teatrlar, badiiy jamoalar va studiyalaming artistlari, rassomlari va
musiqachilari.
8. Ilmiy muassasa xodimlari, shuningdek, seysmik stansiyalar
xodimlari.
9. Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi tarmoq tashkilotlarining
xodimlari.
10. Daia geologiya ekspeditsiyalari, partiyalari, otryadlari va
uchastkalar xodimlari.
11. Qishloq joylarda ishlaydigan o'rmon va suv xo'jaligi mutaxassis
lari, xalq ta'limi xodimlari, tibbiyot xodimlari, madaniy-ma'rifiy muassa-
salar xodimlari.
12. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llaridan foydalanishni
amalga oshiruvchi yo'l tashkilotlarining xodimlari, bu tashkilotlaming
bosh buxgalterlari va kassirlaridan tashqari.
13. Qurilish-montaj va ko'priksozlik poyezdlari, mexanizatsiya
lashgan kolonnalar va boshqa ko'chma maxsus qurilish tuzilmalarining
xodimlari, bu tashkilotlaming bosh buxgalterlari va kassirlaridan tashqari.
14. Daryo flod kemalarining suzuvchi tarkibi xodimlari va daryo
transportidan foydalanish korxonalari va tashkilotlari xodimlari, bu
tashkilotlarning bosh buxgalterlari va kassirlaridan tashqari.
15. Magistral traboprovodlar qurilishi hamda neft va gaz konlarini
tartibga keltirishni amalga oshiruvchi qurilish, qurilish-montaj va boshqa
ixtisoslashtirilgan boshqarma va uchastkalaming xodimlari, bu tashkilot
larning bosh buxgalterlari va kassirlaridan tashqari.
16. Havza va ko'llardagi baliqchilik xo'jaliklari, baliqchilik zavodla-
ri, baliqlarga uvuldiriq sochish va ulami o'stirish xo'jaliklari va baliqlami
oziqlantiradigan joylaming xodimlari (bu tashkilotlarning bosh buxgal
terlari va kassirlaridan tashqari) shular qatoriga kiritilgan.
Yuqorida qayd etilgan va boshqa tartiblarga xilof ravishda ishga
qabul qilingan shaxslar o 'z roziliklari bilan boshqa ishga o'tkaziladilar,
agar buning iloji bo'lmasa, O'zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi
106-moddasi, 4-bandiga ko'ra ishdan bo'shatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |