Reja:
1.Elektr xavfsizligi.
2.Elektr tokining inson organizmiga ta’siri.
3.Odamlarning elektr tokidan shikastlanishining asosiy sabablari.
4.Elektr tokidan jarohatlanishningoldini olishga qaratilgan asosiy chora-tadbirlar.
1.Elektr xavfsizligi – Sanoatda elektr energiyadan keng ko’lamda foydalanish yo’lga qo’yilganligi sababli elektr toki ta’sirida ro’y berishi mumkin bo’lgan baxtsiz hodisalar va ulardan saqlanish muhim masalalar qatoriga kirib bormoqda. Elektr toki ta’sirining eng xavfli tomoni shundaki, bu xavfni oldinroq sezish imkoniyati yo’q. Shuning uchun ham elektr toki xavfiga qarshi tashkiliy va texnik chora-tadbirlar belgilash, to’siq vositalari bilan ta’minlash, shaxsiy jamoa muhofaza tizimlarini o’rnatish nihoyatda muhim. Umuman elektr toki ta’siri faqat birgina biologic ta’sir bilan chegaralanib qolmasdan , balki elektr toki ta’siri, magnit vaydoni ta’siri va static elect ta’sirlariga bo’linadiki, bularni bilish har bir kishi uchun kerakli va zaruriy ma’lumotlar jumlasiga kiradi.
Elektr tokidan jarohatlanish asosan quyidagi holatlarda yuz berishi mumkin:
1.Elektr yoyi orqali tok ta’siri.
2.Jihozlar korpusining metal qismlarida bexosdan tok sodir bo’lishi natijasida.
3.Katta o’lchamdagi mashinalarni elektr uzatmalariga ruxsat etilgan miqdordan kam masofada yaqinlashuvi.
Yuqoridagi holatlarga bog’liq holda elektr tokidan jarohatlanish sabablarini quyidagi ikki guruhga, ya’ni tashkiliy va texnik sabablarga ajratish mumkun.
Elektr xavfsizligi deb insonlarni elektr toki , elektr yoyi, elek-tromagnit maydoni va static elektr tokining xavfli, zararli ta’siridan himoya qilishga qaratilgan tashkiliy va texnik tadbirlar hamda vositalar tizimiga aytiladi.
2.Elektr tokidan inson organizmida termik (ya’ni issiqlik), elektrolitik va biologik ta’sir kuzatiladi. Elektr tokining termik ta’siri inson tanasining ba’zi joylarida kuyish, qon tomirlari, nerv va hujayralarning qizishi sifatida kuzatiladi.Elektrolitik ta’sir deganda, qon tarkibidagi yoki hujayralar tarkibidagi tuzlarning parchalanishi natijaida qonning fizik va kimyoviy xususiyatlarining o’zgarishiga olib keladigan holat tushuniladi. Bunda elektr toki markaziy asab tizimi va yurak-qon tizimini kesib o’tmasdan, tananing ba’zi bir qismlarigagina ta’sir ko’rsatishi mumkin. Elektr tokining biologik ta’siri tirik organizm uchun xos bo’lgan xususiyat hisoblanadi. Bu ta’sir natijasida muskullarning keskin qisqarishi tufayli inson organizmidagi tirik hujayralar to’lqinlanadi, bunda, asosan, organizmdagi bioelektrik jarayonlar buziladi. Ya’ni inon organizmi, asosan bioelektrik toklar yordamida boshqariladi. Bunda tashqi muhitdan yuqori kuchlanishdagi elektr tokining ta’siri natijasida biotoklar rejimi buziladi va oqibatda inson organizmida tok urish holativujudga keladi. Ya’ni boshqarilmay qolgan organizmda hayot faoliyatining ba’zi ir funksiyalari bajarilmay qoladi, nafas olishning yomonlashuvi, qon aylanish tizimining ishlamay qolishi va h.k. kuzatiladi.
Elektr tokining inson organizmiga ta’sirining xilma-xilligidan kelib chiqib , uni ikki guruhga bo’lib qarash mumkin: mahalliy elektr ta’siri va tok urishi.
Mahlliy elektr ta’siri natijasida kuyib qolish, elektr belgilari hosil bo’lishi, terining metallashib qolishi hollarini ko’rsatish mumkin. Elektr ta’siridan kuyish, asosan , organism bilan elektr o’tkazgichi o’rtasida volta yoyi hosil bo’lganda sodir bo’ladi. Elektr o’tkazgichdagi kuchlanishning ta’siriga qarab bunday kuyish turlicha bo’lishi mumkin. Yengil kuyish faqat yallig’lanish bilan chegaralaniladi, o’rtacha og’irlikdagi kuyishda pufakchalar hosil bo’ladi va og’ir kuyish hujayra va terilar ko’mirga aylanib, pg’ir asoratlarga olib kelishi mumkun. Elektr belgilari- bu teriningustki qismida aniq kulrang yoki och-sarg’ish rangli 1-5 mm diametrdagi belgi paydo bo’lishi bn ifodalanadi. Bunday belgilar , odatda, xavfli emas. Terining metallashib qolishida, odatda, erib mayda zarrachalarga parchalanib ketgan metell teri ichiga kirib qoladi. Bu holat ham elektr yoyi hosil bo’lganda ro’y beradi. Ma’lum vaqt o’tgandan keyin b uteri ko’chib tushib ketadi va hech qanday asorat qoldirmaydi.
Eelktr urishi (yoki tok urishi deb ham yuritiladi) to’rt darajaga bo’lib qaraladi:
1 daraja – muskullar keskin qisqarishi natijasida odam tok ta’siridan chiqib ketadi va hushini yo’qotmaydi.
2 daraja – muskullar keskin qisqarishi natijasida odam hushini yo’qotadi, ammo yurak va nafas olish faoliyati ishlab turadi.
3 daraja – hushini yo’qotib, nafas olish tizimi yoki yurak urishi to’xtab qoladi.
4 daraja – klinik o’lim holati, bunda insonda hech qanday hayot alomatlari ko’rinmay qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |