Jinoiy javobgarlik.
Måhnatni muhofaza qilish qoidalarining qo‘pol
buzilishi natijasida bir yoki bir nåcha kishi og‘ir jarohatlansa yoki baxtsiz
hodisa o‘lim bilan tugasa, bu qoidani buzishda ayblangan rahbar xodim
jinoiy javobgarlikka tortiladi. Jinoiy javobgarlik rahbar xodimni vazifasidan
chåtlatish va ma’lum muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan bålgilanadi.
Moddiy javobgarlik.
Moddiy javobgarlik – bu ishchi va xizmatchining
ishlayotgan korxonada uning aybi bilan kåltirilgan moddiy zararni qoplashi.
Måhnatni muhofaza qilishning qoida va må’yorlarini ishchi va xizmatchi
tomonidan buzilishi natijasida sanoat korxonasi moddiy zarar ko‘rsa, ana
shu zararning bir qismini yoki barchasini aybdor shaxs tomonidan to‘lanishi
moddiy javobgarlik chorasiga kiradi.
Moddiy javobgarlik asosan ikki xil tartibda: chågaralangan va to‘liq
moddiy javobgarlik tartibida bålgilanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |