Mehnat muhofazasi



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/127
Sana04.02.2022
Hajmi6,98 Mb.
#428312
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   127
Bog'liq
mehnat muhofazasi

NAZORAT SAVOLLARI
1. Mehnat muhofazasi fanining kelib chiqish sabablarini tushuntirib bering.
2. Måhnat muhofazasi fanining asosiy qismlari qaysilar?
3. Måhnat muhofazasi fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
4. Måhnat muhofazasi fani qaysi fanlar bilan bog‘liqlikda rivojlanadi?
5. Måhnat muhofazasining mohiyati nima?
Måhnat muhofazasi
fani quyidagi qismlar-
dan iborat:
måhnat
muhofazasining
umumiy masalalari
sanoatda yong‘inga
qarshi kurash chora-
tadbirlari
sanoat sanitariyasi va
ishlab chiqarish
gigiyånasi
xavfsizlik tåxnikasining
umummuhandislik
masalalari


8
II BOB
MEHNAT MUHOFAZASINING HUQUQIY VA
ME’YORIY ASOSLARI
2.1. Måhnat muhofazasi bo‘yicha asosiy qonun, standart va
må’yoriy hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasida måhnat muhofazasi – bu tågishli qonun va
boshqa må’yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning måhnat jarayo-
nidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga
qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, tåxnikaviy, sanitariya-gigiyena va
davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iborat. Måhnat
muhofazasi bo‘yicha bålgilangan barcha tadbirlar O‘zbekiston
Råspublikasining Konstitutsiyasi (1992-yil 8-dåkabr), O‘zbekiston
Råspublikasining Måhnat qonunlari Kodåksi (1995-yil 21-dåkabr), «Måhnatni
muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonuni (1993-yil 6-may), Davlat standarti,
nizom va me’yorlari, xavfsizlik tåxnikasi bo‘yicha qoidalari asosida olib
boriladi. Råspublikamizda dåmokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik
jamiyatining qurilishi inson huquqlari va erkinliklariga to‘liq rioya etilishini
taqozo etadi. O‘zbekiston Råspublikasining Konstitutsiyasida Råspublikamiz
fuqarolarining shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy
huquqlari o‘z ifodasini topgan.
O‘zbekiston Råspublikasining «Måhnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi
qonunida måhnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati aniq aksini
topgan. Unda «Korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan
xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustu-
vorligi» (4-modda) ta’kidlangan. Ushbu
qonun 5 bo‘lim va 29 moddadan
iborat bo‘lib, unda måhnat muhofazasi
bo‘yicha umumiy qoidalar måhnatni
muhofaza qilinishini ta’minlash, ish-
lovchilar måhnatini muhofaza qilishga
doir huquqlarini ro‘yobga chiqa-
rishdagi kafolatlar; måhnatni muhofaza qilishga doir qonun va boshqa
må’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati;
måhnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun va boshqa må’yoriy hujjatlarni
buzganlik uchun javobgarlik masalalari aniq yoritilgan.
O‘zbekiston Råspublikasining måhnat qonunlari Kodåksida ko‘r-
satilishicha, xavfsizlik tåxnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong‘in
chiqishidan saqlanish va måhnat muhofazasining boshqa qoidalariga rioya
etish yuzasidan ishchi va xizmatchilarga yo‘l-yo‘riqlar bårish, shuningdåk,
xodimlarning måhnat muhofazasiga doir qo‘llanmalarda ko‘rsatilgan barcha
talablarga amal qilinishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatish ma’muriyat
O‘zbekiston Råspublikasi Vazirlar
Mahkamasining 7-noyabr 1994-yildagi 538-
sonli qaroriga asosan, korx onalarda
måhnatni muhofaza qilish davlat
boshqaruviga o‘tkazildi va bu masalaga bosh
mutasaddi qilib Måhnat vazirligi tayinlandi.


9
zimmasiga yuklanadi. Måhnat xavfsizligi
xizmatini båvosita tashkilotning bosh rahbari
boshqaradi. Måhnat sharoiti zararli bo‘lgan
ishlarda, shuningdåk, alohida harorat
sharoitida bajariladigan yoki havoni ifloslan-
tiruvchi ishlarda måhnat qiluvchi ishchi va xizmatchilarga bålgilangan
me’yorda sovun, maxsus kiyim-bosh, poyabzal va boshqa shaxsiy himoya
vositalari bepul båriladi.
Måhnat sharoiti ifloslanish bilan bog‘liq va zararli bo‘lgan ishlarda
ishlovchi ishchilar bålgilangan me’yorlarda sut yoki boshqa xil profilaktik
oziq-ovqatlar, issiq såxlarda ishlovchilar esa gaz-suv bilan to‘liq
ta’minlanadi. Måhnat qonunlari Kodåksida balog‘atga yåtmagan yoshlar,
ayollarning måhnatiga alohida e’tibor bårilgan. O‘n sakkiz yoshga
to‘lmagan yigitlarni 16 
kg
dan, qizlarni 10 
kg
dan ortiq yuk ko‘tarishiga,
ularning ish vaqtini haftasiga 36 soatdan ortib kåtishiga yo‘l qo‘ymaslik
kårak. Shuningdåk, ularni tungi va ish vaqtidan tashqari ishlarga hamda
dam olish kunlari ishlashga jalb etish taqiqlanadi. Ishchi xodimlar uchun
ish vaqtining me’yoriy muddati 40 soatdan oshib kåtmasligi, o‘n sakkizga
kirmagan yoshlar hamda måhnat sharoiti zararli bo‘lgan ishlarda måhnat
qiluvchilar uchun ish vaqti miqdori haftasiga ko‘pi bilan 36 soat bo‘lishi
kårak. Ish vaqtidan ortiq ishlash har bir ishchi va xizmatchi uchun
surunkasiga ikki kun davomida 4 soatdan va yiliga 120 soatdan ko‘p
bo‘lmasligi kerak. Måhnat sharoitlarini må’yorlashtirish, ishchilar uchun
sog‘lom va xavfsiz ish sharoitini ta’minlash maqsadida måhnat xavfsizligi
talablari asosida standartlar ishlab chiqilib, ma’lum bir tizimga solingan.
Ishlab chiqarishda yuz båradigan baxtsiz hodisalarning oldini olishga
qaratilgan tadbirlardan biri – sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarni to‘g‘ri tåkshirish
va tahlil qilish, ularning sabablarini aniqlash hamda olingan ma’lumotlar
asosida tågishli tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Shu nuqtai nazardan,
O‘zbekiston Råspublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-
sonli qaroriga asosan, «Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar
salomatligining boshqa zararlanishini tåkshirish va hisobga olish» to‘g‘risida
Nizom qabul qilindi.
«O‘zbekiston Råspublikasining måhnat qonunlari Kodåksi»da hamda
«Måhnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunida måhnatni muhofaza
qilish to‘g‘risidagi qonun va boshqa må’yoriy hujjatlarni buzganligi uchun
javobgarlik bålgilangan. Qonunda, måhnatni muhofaza qilishga doir talablar
ta’minlanmaganligi uchun korxonalarning javobgarligi (25-modda);
måhnatni muhofaza qilish talablariga javob bårmaydigan ishlab chiqarish
ahamiyatidagi mahsulotni tayyorlaganlik va sotganlik uchun korxonalarning
iqtisodiy javobgarligi (26-modda); måhnatni muhofaza qilishga doir qonun
va boshqa må’yoriy hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik (27-modda);
ishlab chiqarishda jabrlangan xodimlarga ziyon yåtkazganlik uchun
korxonalarning moddiy javobgarligi (28-modda); ishlab chiqarishdagi baxtsiz
Vazirlar Mahkamasining 16-fåvral
1995-yildagi 58-son qarori bilan
Måhnat vazirligi qoshida
«Måhnatni muhofaza qilish
boshqarmasi» tuzildi.


10
hodisa oqibatida xodim vafot etgan taqdirda korxonaning moddiy javobgarligi
(29-modda) aniq ko‘rsatib o‘tilgan. Måhnatni muhofaza qilishga doir qonun
va boshqa må’yoriy hujjatlar buzilishida aybdor bo‘lgan yoki davlat va
jamoatchilik nazorati idoralari vakillarining faoliyatiga monå’lik qilgan
mansabdor shaxslar O‘zbekiston Råspublikasi qonunlarida bålgilangan
tartibda intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladi (27-modda).

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish