Mehnat muhofazasi



Download 2,45 Mb.
bet8/18
Sana13.06.2022
Hajmi2,45 Mb.
#663639
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
MM metrolog

Nazorat savollari :

  1. Bernulli tenglamasiga ta’rif bering?

  2. Quvurning qaysi nuqtalarida havo bosimi yuqori bo’ladi?

  3. Pnevmatik naychaning vazifasi nima?



To’qimachilik korxonalarining barcha sexlari xavfliligi yuqori bo’lgan yoki o’ta xavfli xonalarga mansubdir, chunki bunda qo’llaniladigan elektr uskunalarining, yoritgichlarning, signal beruvchi uskunalarning qismlari yuqori harorat, yuqori namlik sharoitlarida ishlaydi. Buning natijasida simlarning ixotasi buziladi, qarshiligi kamayadi, qobiqlariga tok o’tish xavfi ortadi va provard natijada mashinalarni boshqaruvchi va sexdagi boshqa ishchilarning shikastlanish ehtimoli ortadi.


Tokdan saqlanish uchun uskunalarning tok yuruvchi qismlariga yaqin kelmasligi, qo’l tegizmasligi, behosdan tegib ketmasligi kerak. Qobiq va boshqa metall qismlarda tok paydo bo’lganda, xavfni oldini ola bilishi, past kuchlanishda ishlashi, ikki qayta ixotalash, yerga ulash, nol simiga ulash, himoyalovchi o’chirib qo’ygichlarni qo’llash bilan erishiladi.
Elektr uskunalarining tok yuruvchi qismlariga behosdan tegib ketmaslik uchun ularni ixotalash, qo’l yetmaydigan balandlikka o’rnatish, to’siqlar bilan ta’minlash va boshqa tadbirlarni qo’llash kerakdir.
Bundan tashqari o’ta xavfli sharoitlarda, metall idishlarning ichida ishlayotganda, tok o’tkazuvchi polda o’tirib yoki yotib ishlayotganda qo’l asboblari uchun past kuchlanish – 12 V qabul qilinadi.


Himoyalovchi yerga ulash

Mashina va dastgohlarning tok yurmaydigan metall qismlarini ataylab o’tkazgich yordamida yerga ulab qo’yiladi (42-rasm). Bundan maqsad qobiqqa o’tib ketganda u mashinani boshqaruvchi ishchini behosdan tegib ketgan mahalda tok urishdan saqlaydi.


Himoyalovchi yerga ulash qurilmalari ikki xil: tashqariga chiqarilgan (yoki bir yerga to’plangan) va konturli (yoki bir tekis taqsimlangan) bo’ladi. Tashqariga chiqarilgan qurilmalarda ko’pincha ulovchi asbob-uskunalar turgan sexdan tashqariga chiqarib, ma’lum bir maydonchaga to’planib o’rnatiladi.

42-rasm. Himoyalovchi yerga ulash sxemasi.
1-elektrodvigatel’ qobig’i, 2-yerga ulovchi, 3-qoziqlar.

Yerga ulashning bu turi asosan kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan qurilmalarda ishlatiladi. Buning afzalligi shundaki, elektrod vazifasini bajaruvchi qoziqlarni yerga qoqish uchun qarshiligi kam bo’lgan (nam, serloy va sh.o’.) yerlarni tanlash imkoni bor. Konturli yerga ulashda yakka ulovchilar asbob-uskunalar o’rnatilgan sex konturi (perimetri) bo’ylab bir tekis qilib joylashtiriladi. Bunda xavfsizlik kuchlanishining ulovchilar orasida bir tekis taqsimlanishi hisobiga erishiladi (43-rasm).



43-rasm. Mashinalarni yerga ulash sxemalari.
a-tashqariga chiqarilgan. 1-mashinalar; 2-magistral sim; 3-elektrod qoziqlari.
b-konturli yerga ulash. 1- mashinalar; 2-kontur simi; 3-elektrod qoziqlari.

Kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan uskunalarda himoyalovchi yerga ulovchining qarshiligi yilning xohlagan paytida 4 Om dan oshmasligi kerak.


Ochiq joylarda, xavfliligi yuqori hamda o’ta xavfli xonalarda o’rnatilgan elektr uskunalari kuchlanishning qiymati 42 V dan katta, xavfliligi kam bo’lgan xonalarda esa 380 V va undan yuqori bo’lgan barcha hollarda yerga ulanishi shart. Portlash xavfi mavjud bo’lgan xonalarga kuchlanish miqdoridan qat’iy nazar barcha hollarda elektr uskunalari yerga ulanadi.



Download 2,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish