Himoyalovchi nol simiga ulash
Mashina va dastgohlarning tok yurmaydigan metall qismlarini ataylab o’tkazgich yordamida nol simiga ulab qo’yiladi.
H imoyalovchi nol simiga ulashni qo’llashdan maqsad ham yerga ulashni qo’llash kabi ixotasining buzilishi natijasida qobiqqa tok o’tib ketgan choqda shikastlanish xavfini kamaytirishdir. Ixotaning buzilishi natijasida elektrodvigatel 1 ning (44-rasm) qobig’iga tok o’tib ketadi. Bunda buzilgan faza bilan nol orasida qisqa tutashuv hosil bo’ladi, saqlagich 2 kuyada va buzilgan faza avtomatik ravishda tarmoqdan uziladi.
44-rasm. Himoyalanuvchi nol simiga ulash sxemasi.
1-himoyalovchi elektrodvegatel qobig’i, 2-yengil eruvchan saqlagich.
Nol simining yerga ulanishi juda ishonchli bo’lishi kerak. Unga zanjirni ajratuvchi uskuna va apparatlarni ulash mumkin emas. Ularning uzilib ketmasligi uchun transshakltor oldida, tarmoqlanish yerlarida va albatta zanjirning oxirgi punktlarida ulab qo’yiladi.
Kishining tokdan shikastlanish xavfi tug’ilganda zudlik bilan avtomatik ravishda elektr uskunasini tokdan uzib qo’yuvchi qurilmalar ishlatiladi. Bu qurilma himoyalovchi yerga ulash va nol simiga ulashlar xavfsizlikni ta’minlay olmagan hollarda ishlatiladi.
45-rasm. Xavf-xatar tug’ilganda avtomatik ravishda elektrodvigatel’ni
tokdan uzib qo’yuvchi qurilma sxemasi.
45-rasmda shunday sxemalarning biri keltirilgan. Bunday qurilmalarda aksariyat hollarda ko’chma uskunalarda qo’llaniladi.
Ixotaning buzilishi yoki boshqa sabablar tufayli elektrodvigatel’ 1 qobig’iga tok o’tganda, yerga ulovchi 2 orqali yerga o’tib ketayotgan tok, tok relesi TRni ishlatadi. U esa o’z navbatida uzib qo’yuvchi g’altak UG’ ni ishlatadi, uning o’ramlarida tok paydo bo’lgach, avtomatik ravishda elektrodvigatel’ni zanjirdan uzib qo’yadi.
.
To’qimachilik sanoati korxonalarida bosim ostida ishlaydigan, apparat, idish va quvurlar ko’p ishlatiladi. Bular ko’pincha portlash xavfini tug’dirishi mumkin. Bunday portlashlarga zanglash natijasida uskuna devorlarining emirilishi va mexanik pishiqligining yo’qolishi, ayrim qismlarining qizib ketishi, biror qattiq jismning urilishi sabab bo’lishi mumkin. Bundan tashqari portlovchi va yonuvchi moddalarga uchqun ta’sir qilishi natijasida ham portlash sodir bo’lishi mumkin. Bunda yonish tezligi sekundiga yuzlab metrni tashkil qiladi.
Bosim ostida ishlaydigan idishlar qayta ta’mirlanib kavsharlangan bo’lsa, bir joydan ikkinchi joyga ko’chirilganda yoki uning xavfsiz ishlashiga javobgar shaxsning talabi bilan muddatidan ilgari texnik ko’rik o’tkaziladi.
Gidravlik sinov esa har sakkiz yilda bir marta o’tkaziladi. Ish harorati 200 0S gacha bo’lgan idishlarning gidravlik sinovi, ularga suv yoki zaharsiz va portlamaydigan boshqa suyuqlik bilan qo’shimcha bosim berish orqali o’tkaziladi. Qo’shimcha bosim idishning ish bosimiga bog’liq bo’lib, quyma idishlardan tashqari barcha idishlar uchun ish bosimidan 25-50 foiz katta bo’ladi. Shunday bosim ostida (devorlarining qalinligi 50 mm gacha bo’lgan idishlarda) 10 minut ushlab turiladi va biror sezilarli o’zgarish bo’lmasa, ya’ni choklardan ajralish, suyuqlik tomishi, tashqi devorlarining terlashi, qoldiq deformatsiyalar ko’rinmasa idishlar gidravlik sinovdan o’tgan hisoblanadi.
Bosim ostida ishlaydigan uskunalar normal texnologik rejimda va xavfsiz ishlashini ta’minlash uchun quyidagi nazorat-o’lchov asboblari va ehtiyot uskunalari bilan ta’minlangan bo’lishi kerak: ulardagi suyuqlik yoki gazning bosimini o’lchash uchun va doimo nazorat qilib turish uchun manometr, haroratni nazorat qilib turish uchun termometr, bosim oshib ketgan taqdirda portlashni oldini olish uchun saqlagich, idishda bir vaqtning o’zida gaz va suyuqlik bo’lgan taqdirda suyuqlikning ko’p yoki ozligini ko’rsatuvchi asbob, idish ichidagi moddani butunlay chiqarib tashlash imkonini beruvchi moslama, agar idish ichida kondensat to’plansa, uni chiqarib tashlash imkonini beruvchi moslama.
Quvurlarning ishonchliligini ta’minlash uchun ularning issiqdan uzayishini hisobga olish kerak. Buning uchun ularning burilgan joylari ravon va silliq qilib yasaladi hamda kondensator halqalari va shunga o’xshash elementlar kiritiladi. Issiqlik deformatsiyalarini bir tekis taqsimlash maqsadida, ularni ayrim uchastkalarga bo’lib chiqib, issiqdan uzayishga imkon qoldirib, oxirgi nuqtalarini tayanchlarga mustahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |