Mehnat migratsiyasining asosiy yo‘nalishlari va markazlari.
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining 5 ta yo‘nalishini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1) Rivojlanayotgan mamlakatlardan sanoati rivojlangan mamlakatlarga tomon migratsiya;
2) Sanoati rivojlangan mamlakatlardan sanoati rivojlangan mamlakatlarga migratsiya;
3) Rivojlanayotgan mamlakatlardagi o‘zaro migratsiya;
4) Sobiq sosialistik mamlakatlardan sanoati rivojlangan mamlakatlarga tomon migratsiya;
5) Ilmiy xodimlarning, malakali mutaxassislarning sanoati rivojlangan mamlakatlardan rivojlanayotgan mamlakatlarga tomon migratsiyasi;
Sanoati rivojlangan mamlakatlar uchun rivojlanayotgan mamlakatlardan kelgan xorij ishchi kuchlaridan foydalanish ko‘pgina tarmoqlarni, infrastruktura xizmatlarini zarur xodimlar bilan ta'minlash imkonini beradi. Bunday xodimlarning bo‘lishi ishlab chiqarish jarayonini normal olib borishga, ba'zan esa kundalik xayotning normal kechishiga sharoit yaratadi. Masalan, Fransiyada emigrantlar qurilishda band bo‘lganlarning 25 foizini, avtomobilsozlikda band bo‘lganlarning 3\1 tashkil etadi. Bel'giyada ular shaxtyorlarning yarmini, Shveysariyada kuruvchilarning 40 % ini tashkil etadi. Sanoati rivojlangan mamlakatlar doirasida yuz beradigan o‘zaro ishchi kuchi migratsiyasi iqtisodiy sabablardan ko‘ra, noiqtisodiy sabablar bilan ham ajralib turadi, ya'ni “akllilarning ko‘chib ketishi” muammosi ham mavjuddir. Masalan, Yevropadan AQSh ga tomon ularning ko‘chib borishi.
Ba'zi bir mutaxassislarning fikricha, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarning ichida ko‘chib yurish erkinligining berilishi, yuqori malakali kadrlarning, injenerlarning eng rivojlangan mamlakatlarda to‘planib qolishiga olib keladi.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ichida ishchi kuchlarining ko‘chib yurishi uning arzonbahoga ega bo‘lishidan kelib chiqadi. Masalan, Portugaliya korxonalari o‘zlarining ishchilarini Fransiyaga va GFR ga qurilish ishlariga bu mamlakatlardagi mehnatga haq to‘lashning belgilangan milliy standartlaridan past narxlarda yuboradilar.
Ishchi kuchlarini jalb qilishning dunyoda ikkita an'anaviy markazi mavjuddir. Bular AQSh va G‘arbiy Yevropadir.
AQShga keladigan bo‘lsak, bu mamlakatning mehnat resurslari tarixan ko‘chib kelganlar hisobiga vujudga kelgan. AQSh 50-yillarda yuqori malakali kadrlarni o‘ziga jalb qilish siyosatini olib bora boshladi va bu siyosat hozirgi kungacha davom qilib kelmoqda. Past va o‘rtacha malakali kadrlarni jalb qilish (asosan, qo‘shni Meksika mamlakatidan) ayniqsa keng tarqalgan bo‘lib hozirgi kunda ular AQSh immigrantlarining ko‘pchiligini tashkil etadi.
Ishchi kuchlarini jalb qilishning yana bir an'anaviy markazi bo‘lib - G‘arbiy Yevropa hisoblanadi va bu yerda (Evropa Ittifoqida) hozirgi kunda 13 mln. migrantlar va ularning oilalari yashaydi.
Asrimizning 60-70 yillarida kapitalizm rivojining yangi markazlari vujudga kelib, ishchi kuchlarini jalb qilishning ham yangi markazlari shakllanishiga olib keldi.
Bunday markazlar bo‘lib - Yaqin Sharqning neft' qazib oluvchi mamlakatlari: Birlashgan Arab Amirliklari, Katar, Quvayt va boshqalar vujudga keldi. Masalan, 90-yillarning o‘rtalarida birgina Saudiya Arabistonining o‘zida dunyoning turli chekkalaridan kelgan 4 mln. ga yaqin ishchi - migrantlar bo‘lib, ular dunyoning eng neftga boy mamlakati ishlab chiqarishida, iqtisodiy va ijtimoiy xayotining turli jabhalarida mehnat qiladilar.
Bu regionga Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan va ba'zi bir arab mamlakatlaridan juda ko‘plab migrantlar oqimi oqib kelmoqda. Misr - bu regionga asosiy ishchi kuchi eksport qiladigan mamlakat hisoblanadi.
Ko‘pgina arab mamlakatlari bir vaqtning o‘zida ishchi kuchlarini ham eksport qiluvchi, ham import qiluvchi hisoblanadilar. Bunday mamlakatlar qatoriga Yaman, Iroq , Liviya kabilarni kiritish mumkin.
Ishchi kuchlarini jalb qilishning muhim markazi bo‘lib Avstraliya sanaladi. Bu mamlakatda 200 mingdan oshiq xorijlik ishchilar mehnat qilishadi. AQShdagidek Avstraliyada ham immigrantlar mahalliy aholiga qo‘shilib butunlay qolib ketadilar.
Osiyo - Tinch okeani mamlakatlari va Janubiy-Sharqiy Osiyo “yangi industrial davlatlari” ishchi kuchlarini jalb qilishning yangi markazlaridan biriga aylanib bormoqda. Masalan, Tayvan' matbuoti ma'lumotlari bo‘yicha 90-yillarning o‘rtalarida bu orol mamlakatiga 100 ming ishchi va 20 ming injener texnik xodimlar zarur bo‘lgan.
Yana bir xalqaro ishchi kuchlarini jalb qilish markazi 60--yillarda Lotin Amerikasida shakllana boshladi. Bu yerda chetdan ishchi kuchi jalb qiluvchi mamlakatlar bo‘lib asosan Argentina va Venesuela hisoblanadi. Mintaqada mavsumiy qishloq xo‘jaligi migratsiyasi - eng keng tarqalgan shakl hisoblanadi. Bu mamlakatlarga ishchi kuchlari Lotin Amerikasining boshqa mamlakatlaridan, hamda Osiyo va ba'zi bir Afrika mamlakatlaridan ko‘chib kelganlar.
dunyodagi asosiy migratsiya oqimlari to‘g‘risida gapirish mantiqan to‘g‘ri bo‘lardi. Bu oqimlarni xaritaga tushirish, hatto chizma tarzida bo‘lsa ham – ancha qiyin ish, chunki bunday xaritalar va xarita-chizmalar ilmiy adabiyotlarda juda kam.
Do'stlaringiz bilan baham: |