IV B O B . T A D B IR K O R L IK N IN G G ‘OYAVIY-
F A L SA F IY A S O SL A R I
4 .1 . TADBIRKORLIK G‘OYASI, UNI SHAKLLANTIRISH VA
AMALGA OSHIRISH
Tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan kishi qanday dir
g ‘oyani o‘ylab, uni amalga oshirish yo ‘llarini izlaydi. Demak, har qan
day tadbirkorlik faoliyati g ‘oyadan boshlanadi. G ‘oyaning mohiyatiga
kelganda u bilim shakllaridan biri hisoblanadi. Lekin g‘oya bilimning
shunday shakliki, unda bilimning ikki darajasi o‘zaro bog‘liq
holda
mujassamlashgandir. Ulardan birinchisi bo‘lajak biror hodisa, voqea,
obyektning tasavvur qilinadigan tasviri, timsoli bo‘lsa, ikkinchisi uni
ro ‘yobga chiqarish rejasi hisoblanadi. G ‘oyada nazariy bilim o ‘z ri-
vojining yuqori cho‘qqisiga yetib, o‘zini o‘zi inkor qilish va moddiy
narsa ko‘rinishida gavdalanish bo‘sag‘asida turadi. Boshqacha aytgan-
da, g ‘oya sof bilimning
tugashi va amaliy hodisa, voqea, jarayonning
boshlanishi hisoblanadi. G ‘oyada obyektivlik subyektning maqsadi,
intilishi, ichki ehtiyojiga, ya’ni ideal m o‘ljaliga aylanadi. G ‘oya ideal
m o‘ljal (oliy maqsad) sifatida quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1) muayyan bilim yutuqlarining mujassamlashgan ifodasi;
2) ularni moddiylashtirish yo'llari, vositalari, usullari to‘g ‘risidagi
bilim;
3) unda mujassamlashgan bilimlarni ro ‘yobga chiqarishga intilish;
4) mazkur bilimlarni ro ‘yobga chiqarish rejasi.
G ‘oyaning umumiy mohiyatidan kelib chiqqan holda tadbirkorlik
g ‘oyasini ko‘rib chiqamiz. Tadbirkorlik g ‘oyasi - bu tadbirkor tomoni
dan tashkil etilishi va amalga oshirilishi
ehtimol qilingan ish, faoliyat
to ‘g ‘risidagi umumiy tasavvurdir. Tasavvur esa kishining qandaydir
tadbirkorlik faoliyati to‘g ‘risida bilgan, eshitgan, ko‘rgan va uning
xotirasida qolgan belgilari bo‘yicha qayta tiklanadigan umumiy tas
viri (sxemasi)dir. G ‘oyalar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga katta ta’sir
ko‘rsatadi. Ammo bunday ta’sir o ‘z-o‘zidan emas, balki odamlar faoli-
56
yati orqali amalga oshadi. G ‘oyani amalga
oshirish uchun uni tasav-
vurdan (umumiy sxemadan) aniq tushunchalarga, ularni esa real amali-
yotga aylantirish kerak bo‘ladi. Shu boisdan g ‘oya aniq shakllantirilib,
puxta ishlab chiqilishi zarur. Bunday jarayon natijasida g ‘oyaning
amaliy yo‘nalishlari shakllantiriladi. G ‘oyaning amaliy yo‘nalishi - bu
tadbirkorlik g‘oyasining ishlab chiqilgan va tadbirkor uchun muhim
tushunchalar (tadbirkorning maqsadi va imkoniyatlari hamda bozor
talablariga mosligi, foydaliligi,
istiqbolligi, raqobatbardoshligi va ho-
kazolar)da ifodalangan variantidir. Bir g ‘oya bir necha yo‘nalishda
ro‘yobga chiqarilishi mumkin. Masalan, tadbirkorda mayiz eksport qi
lish g ‘oyasi paydo bo‘ladi. Bu g‘oyani ishlab
chiqish natijasida uning
quyidagi amaliy yo‘nalishlari aniqlanadi:
1) bir gektar bog‘ni ijaraga olib, 25 t uzum yetishtirish, undan 6 t
mayiz tayyorlab, 5 t mayizni eksport qilish va 1 mln. so‘m foyda olish;
2) 25 t uzum sotib olib, undan 6 t mayiz tayyorlash va 5 t mayizni
eksport qilib, 600 ming so‘m foyda olish;
3) 6 t mayiz sotib olib, 5 t mayizni eksport qilish va 300 ming so‘m
foyda olish.
Tadbirkor g‘oyaning amaliy yo‘nalishlarini aniqlab olganidan
so‘ng, ularni o‘z imkoniyatlari
nuqtayi nazaridan baholab, eng maqbul
yo‘nalishini tanlab amalga oshirishi mumkin.
Shuni ta'kidlash lozimki, hamma paydo bo‘ladigan g ‘oyalar ham
amalga oshavermaydi. G ‘oyaning ro‘yobga chiqishi uchun u real, dol-
zarb, istiqbolli, tijoratli bo‘lishi kerak. Tadbirkorlik g ‘oyasini shakllan
tirish va amalga oshirish bosqichlari umumiy ko‘rinishda 4 .1-chizmada
keltirilgan.
G ‘oyalarning manbalari ko‘p bo‘lib, asosiylari iste’molchilar, bozor,
oila, qarindoshlar, o ‘rtoqlar, tadbirkorlik uyushmalari, davlat organlari,
yaratilayotgan yangiliklar, reklama va boshqalar hisoblanadi. Masalan,
qo‘shnilar, hamqishloqlardan “qurilish materiallari shu qishloqqa yet
kazib berilsa, yaxshi bo‘lardi”, degan istaklarini eshitib, tadbirkorda
shu ish bilan shug‘ullanish g‘oyasi paydo
b o iadi; tadbirkor bozordagi
vaziyatni kuzatib, qanday tovar ishlab chiqarish yoki qanday xizmat
ko‘rsatish to‘g‘risida aniq bir g ‘oyaga ega bo‘ladi; biror yangilik yara-
tilganligi to‘g‘risida reklamadan bilib olgan tadbirkorda uni joriy etib,
yangi mahsulot ishlab chiqarish g‘oyasi tug‘ilishi mumkin; tadbirkor
ning oila a’zolari, yaqinlari, o‘rtoqlari beradigan takliflari, maslahatlari-
57
gan yo‘nalishni amalga oshirish iqtisodiy, moliyaviy, texnikaviy, tash
kiliy, insoniy va boshqa shart-sharoitlari nuqtayi nazaridan baholanadi.
Tanlangan yo‘nalish ana shunday biznes reja va uning
amalga oshirili-
shi orqali ro‘yobga chiqariladi. Shuni aytib o ‘tish lozimki, tadbirkorlik
da tanlangan g ‘oya va yo‘nalishni ro ‘yobga chiqarishda tezkorlik ham
muhim rol o‘ynaydi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: