Mehnat ishlab chiqarish tadbirkorlik qobiliyati kapital halim hamroyev tadbirkorlik asoslari


T A D B IR K O R L IK S T R A T E G IY A SI, U N I


bet31/236
Sana25.05.2023
Hajmi
#944014
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   236
Bog'liq
Tadbirkorlik asoslari. Hamroyev H

4. 3. T A D B IR K O R L IK S T R A T E G IY A SI, U N I
A N IQ L A S H VA A M A L G A O S H IR IS H
Strategiya umumiy holda murakkab, mavhumlashtirilgan abs- 
trakt g‘oya ko‘rinishda namoyon bo‘ladigan faoliyat falsafasidir. 
Tadbirkorlik strategiyasi - tadbirkorlik faoliyatining harakat yo‘nalishi, 
uni mujassamlashgan rejalashtirish siyosati va maqsadga erishish qoi- 
dalari majmuyidir. Tadbirkorlik strategiyasi tadbirkorlik faoliyati is­
tiqbolini belgilashda zarur tadbirlami aniqlash, ularni bir tizimga solish 
va amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. U tadbirkorlik faoliyatining 
maqsadiga erishishi va samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyat 
kasb etadi. Tadbirkorlik strategiyasi - bu tadbirkorlik san’ati hisobla­
nadi. U keng m a’noda faoliyat yuritish qoidalari sifatida quyidagilarni 
o‘z ichiga oladi:
1) tadbirkorlik strategik maqsadi va unga erishish qoidalari;
2) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish qoidalari;
3) tadbirkorlik faoliyati natijalarini baholash qoidalari: bunda ba­
holash mezonlari b o iib sifat jihatidan m o‘ljal va miqdor jihatidan -
ko‘rsatkichlar xizmat qiladi;
4) tadbirkorlik subyektining tashqi muhit bilan munosabatlari qoi­
dalari: bozorda ishlash qoidalari, qonunlar talablari, davlat organlari, 
resurslar bilan ta’minlovchilar va boshqalar bilan munosabatlar qoi­
dalari;
65


5) tadbirkorlik subyektining o‘z ichki qoidalari - tashkiliy konsep- 
siya;
6) tadbirkorlik kundalik ishlarida qo‘llaniladigan qoidalar - joriy 
usullar.
Shuni ta’kidlash lozimki, tadbirkorlik strategiyasi aniq harakatlar 
emas, balki asosiy yo‘nalish bo‘lib, u tadbirkorlikni tashkil etish, amal­
ga oshirish, rivojlantirish san’ati, ya’ni, bir so‘z bilan aytganda, tadbir­
korlik san’ati hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi, qo‘yilgan maqsadga 
erishish imkoniyatlarini baholash, ularni ro‘yobga chiqarish yo ‘llarini 
aniqlash va belgilash, samarasiz yo‘nalishlarini o ‘z vaqtida bartaraf 
etishdir. Shuning uchun strategiya maqsadga erishish asosiy vositasi 
hisoblanadi.
Tadbirkorlik strategiyasi tadbirkorlik subyektining missiyasi aso­
sida aniqlanadi. Har bir xo‘jalik subyekti, shu jumladan, tadbirkorlik 
subyekti jamiyatda bir yuksak vazifani bajarish uchun tashkil etiladi 
va faoliyat ko'rsatadi. Ana shunday ijtimoiy yuksak vazifa missiya deb 
aytiladi.
Tadbirkorlik missiyasi - bu tadbirkorning intilishi, harakatlari va 
faoliyati tamoyillari, mezonlari, m e’yorlari, qoidalari, yo‘nalishini bel­
gilab beruvchi yuksak ijtimoiy-iqtisodiy maqsadidir. Tadbirkorning bu 
maqsadi jamiyat uchun o ‘z zimmasiga olgan yuksak vazifa hisoblanadi.
Masalan, biror oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqaradigan tadbirkor, 
(korxona)ning missiyasi aniq iste’molchilar doirasining shu mahsulotga 
bo‘lgan ehtiyojini qondirib, ularning hayotiy (fiziologik) muammosini 
hal qilish hisoblanadi. Demak, tadbirkor o ‘z maqsadiga erishishi, ya’ni 
foyda olishi uchun ana shu vazifani bajarishi kerak. Har bir tadbirkor 
o‘z missiyasini yaxshi anglab olishi, aniq shakllantirishi va ifodalashi, 
unga muvofiq ish tutishi lozim.
Tadbirkorning missiyasi uning strategiyasini belgilab beradi. 
Bundan tashqari, strategiyani tanlash va shakllantirishda tadbirkorning 
salohiyati, mavqeyi, raqobatbardoshligi va boshqa jihatlari ham muhim 
rol o'vnaydi. Strategiya tanlashda doimo muqobil yo‘nalishlar taqqos- 
lanib, har bir yo‘nalish bo‘yicha bo‘lajak yutuqlar va xavf-xatarlar ba- 
holanadi hamda samaradorlik aniqlanadi, asosiy raqiblar mavqeyi va 
o ‘z mavqeyi taqqoslanadi. Undan so‘ng maqbul strategiya tanlab oli- 
nadi. Tadbirkorning imkoniyatlari va mavqeyini baholashda bir qator
66


usullar qo‘llaniladi: “Bocton konsalting grupp" matritsasi, “Jeneral elek- 
trik - Makkinzi” matritsasi, “Shel” korporatsiyasi matritsasi, tovar va 
bozor imkoniyatlari matritsasi va boshqalar.
Tadbirkorlik faoliyatida strategiyaning o‘mi quyidagi sxemada 
ko‘rsatilgan: maqsad - prognoz - strategiya - m o‘ljal - topshiriqlar -
taktika - aniq harakatlar.
Tadbiikorlik strategiyasini rejalashtirish va amalga oshirish umumiy 
tartibi 4.2-chizmada keltirilgan.
Tadbirkorlik strategiyasi umumiy, xususiy, alohida darajalarda tan- 
lanadi va amalga oshiriladi. Umumiy strategiya xususiy strategiyalar, 
xususiy strategiya esa alohida strategiyalar majmuyidan tashkil to- 
padi. Xususiy strategiyalarga strategik xo‘jalik zonalari (markazlari) 
bo'yicha marketing, budjet, salohiyat, ishlab chiqarish, mahsulot, 
bozor, raqobat, o ‘sish strategiyalari kiradi. Har bir xususiy strategiya 
bir necha alohida strategiyalarni o 'z ichiga oladi. Masalan, tadbirkor­
ning bozor strategiyasining alohida variantlari: bozorga kirish, bozorga 
chuqurroq singish, bozorni kengaytirish, bozorni segmentlash, yangi 
bozorni o ‘zlashtirish, bozor ulushini oshirish, bozordagi mavqeyini 
mustahkamlash va bobhqa alohida strategiyalar b o‘lishi mumkin.
Tadbirkorning о‘sish strategiyasi quyidagi alohida va undan ham 
kichik strategiyalar ko‘rinishida bo‘ladi:
1) intensiv o‘sish strategiyasi va uning variantlari:
a) bozorga chuqurroq singish strategiyasi;
b) bozorni kengaytirish strategiyasi;
d) mahsulotni takomillashtirish stategiyasi;
2) integratsion o ‘sish strategiyasi va uning variantlari:
a) regressiv integratsiya strategiyasi;
b) progressiv integratsiya strategiyasi;
d) gorizontal integratsiya strategiyasi;
3) diversifikatsion o‘sish strategiyasi va uning variantlari:
a) konsentrik diversifikatsiya strategiyasi;
b) gorizontal diversifikatsiya strategiyasi;
d) konglomerat diversifikatsiya strategiyasi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish