XII BOB. TADBIRKORLIK FAOLIYATINI
BOSHQARISH ASOSLARI
12.1. TADBIRKORLIK FAOLIYATINI BOSHQARISHNING
MOHIYATIYA AHAMIYATI
Boshqaruv tadbirkorlikning tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi va uni
amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbirkorlik faoliyatini
boshqarishni zarur darajada yo‘lga qo‘ymay turib maqsadga erishib
bo‘lmaydi. Har bir tadbirkorlik subyekti o‘ziga xos va mos boshqaruv
tizimini ~
boshqaruvchi, boshqarish organi, vositalari,
usullari, strate
giyasi, taktikasi, madaniyatini shakllantiradi. Uning qay tarzda va da
rajada shakllanishi va amal qilishi ko‘p jihatdan rahbarga, ya’ni tad
birkorga bog‘liq. Shuning uchun tadbirkorlar boshqarish (menejment)
asoslaridan xabardor bo‘lishlari maqsadga muvofiqdir.
Menejment inglizcha so‘z bo‘lib, uning asosida lotincha “manus”
(qo‘l) so‘zi yotadi va uning ilk m a’nosi otlarni boshqarishni anglatgan.
Bu tushunchaning qo‘llanish doirasi kengayib, hozirgi paytga kelib, bu-
tun iqtisodiyot va boshqa sohalami ham qamrab oladi.
Boshqarish (menejment) - m o‘ljallangan maqsadga erishish uchun
ishlarni, faoliyatni rejalashtirish, tashkil etish, hisob yuritish, nazorat va
tahlil qilish, xodimlarni taqdirlash jarayonlari majmuyidir. Boshqarish
jarayoni boshqaruv subyekti (tadbirkor, rahbar, boshqaruvchi, boshqa
ruv o rg an isin g boshqaruv obyekti (ishchi-xodimlar, mehnat, ishlab
chiqarish, sotish va boshqa xo‘jalik jarayonlari)ga tegishli boshqarish
vositalari va usullari bilan ta’sir etish jarayonidan iborat. Bu jarayon
davriy (sikl) ko‘rinishida doimiy takrorlanib turadi. U maqsad va vazi-
falar qo‘yishdan boshlanib, ularni ro‘yobga chiqarish va muayyan nati-
jalarga erishish bilan tugaydi, so'ng maqsadga erishish darajasi (nati-
jalar)
tahlil qilinib, yangi vazifalar belgilanadi va boshqaruv jarayoni
qaytadan boshlanadi. Har bir tadbirkor bu ishlarni u yoki bu darajada
bajaradi va shu boisdan menejer ham hisoblanadi. Boshqarishning
muhim ahamiyati inson omilini faollashtirish, o ‘zini-o‘zi boshqarish va
238
tashabbuskorlikni rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq
keladigan yangi tashkiliy tuzilmalarni yaratishda namoyon bo‘ladi.
G ‘arb menejmentida boshqaruv faoliyatining ikki ko‘rinishi ajra-
tiladi.
Birinchisi, texnik faoliyat bo‘lib, m a’lum bir soha va tarmoq-
larda ishlatiladigan xomashyo, materiallar, texnika, texnologiyalarni
o‘zlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat. Ikkinchisi, bevo
sita boshqaruv faoliyati bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish,
rejalashtirish
va nazorat qilish, xodimlar harakatini muvofiqlashtirish,
ularni taqdirlash va nazorat qilish ishlarini o‘z ichiga oladi. Menejment
va uni amalga oshiradigan kishi uchun muhimi bevosita boshqaruv hi
soblanadi. Chunki biznes olamida shakllangan xulosaga ko‘ra biznes-
ning 5 foizini pul, 10 foizini kapital, 85 foizini esa odamlar tashkil etadi.
Iqtisodiyot rivojlanib, raqobat kuchayib borgan sari faoliyat muvaf-
faqiyatinita’m inlashgaungajalb qilingan omillarginaemas, balki ularni
o'zaro bog‘lab yaxlit tizimga keltiradigan boshqaruvning roli ortib bor-
moqda. Boshqaruv korxona falsafasi va tegishli nazariyalarga asoslana-
di. 1960- yilda amerikalik D.Makgregor “X” va “Y ” nazariyalarini ish
lab chiqqan. “X” nazariyasiga binoan inson tabiatan dangasa bo‘lib, iloji
bo‘lsa, ishlamaslikka harakat qiladi. Uni mehnat qilishga majburlash va
nazorat qilish, jazo bilan qo‘rqitib turish kerak. Shundagina u korxona
uchun yaxshi ishlaydi. Bunday o‘rtacha odamlar o ‘zlariga boshliq to
monidan rahbarlik qilib turishni m a’qul ko‘radilar. M as’uliyatdan qo-
chishga urinadilar, o ‘z tinchligi va xavfsizligi haqida o‘ylaydilar. “Y”
nazariyasiga binoan esa, aksincha, mehnat qilish odamlarga uyqu, dam
olish, ovqatlanish kabi tabiiydir. Bunday o ‘rtacha odamlar ishga tayyor-
lanib, ularga yetarli sharoit yaratilsa, nafaqat m as’uliyatdan qochmay-
dilar, balki unga o'zlari intiladilar. Demak, tashqi nazorat va jazo bilan
qo‘rqitib ishlatish odamlami mehnat qilishga yo'naltirishning
yagona
yo‘li emas. Inson o‘zi manfaatdor maqsadlarga erishish uchun intil-
ganda o‘zini o‘zi nazorat qilishga qodir. Korxona muammolarini hal
etishga ijodiy yondashish, ixtirochilik va kuchli fikrlay olish ko‘pchilik
xodimlarga xosdir.
XX asming 80- yillariga kelib, Amerika fuqarosi hisoblangan, asli
yaponiyalik bo‘lgan olim Vilyam Ouchi “Z” nazariyasini ishlab chiqa-
di. Bu nazariya “X ” va “Y” nazariyalari,
yapon va amerika menej-
menti tajribasidan kelib chiqib, ulaming eng kuchli tomonlarini qam-
rab oladi va rivojlantiradi. Aynan “Z ” nazariyasi boshqaruvning yangi
Download
Do'stlaringiz bilan baham: