Reja: Rivojlangan mamlakatlarda boshqaruvni tashkil etish. Yaponiya boshqaruv modelining xususiyatlari. Yapon, Amerika va Rossiya boshqaruv modellari



Download 37,56 Kb.
bet1/3
Sana13.07.2022
Hajmi37,56 Kb.
#788854
  1   2   3
Bog'liq
Rivojlangan mamlakatlarda boshqaruvni tashkil etish




Reja:

  1. Rivojlangan mamlakatlarda boshqaruvni tashkil etish.

  2. Yaponiya boshqaruv modelining xususiyatlari.

  3. Yapon, Amerika va Rossiya boshqaruv modellari. Zamonaviy Amerika va Yaponiya boshqaruv modellarining qiyosiy tahlili

  4. G’arb va Sharqda boshqaruvchilik konsepsiyalarining rivojlanishi.



  1. Rivojlangan mamlakatlarda boshqaruv faoliyatini tashkil etish.

Xorijiy ish yuritishning zamonaviy sharoitlarida texnik va strategik xarakterdagi boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayoni korxona xarajatlari va moliyaviy natijalar haqidagi axborotga tayanadi. Korxona xarajatlarini boshqarishda «Standart kost» hisob tizimi samarali qurollardan biri hisoblanadi. Uning asosida belgilangan me’yorlar va me’yoriy hujjatlar doirasida va ulardagi og‘ishlar bo‘yicha hisob va nazorat tamoyillari yotadi.
Xarajatlarni me’yoriy hisoblashlar bilan aniqlash usuli XX asr boshlarida AQSH da paydo bo‘ldi va tizimni rivojlantirishga turtki berdi.
«Standard-kost» hisob tizimi ikki qoidaga asoslanadi, ya’ni:
1) barcha xarajatlar hisobda andozalar bilan solishtirilgan bo‘lishi;
2) haqiqiy xarajatlar andozalar bilan qiyoslaganda aniqlangan og‘ishlar bo‘yicha bo‘laklarga ajratilgan bo‘lishi kerak.
O‘zining vujudga kelish vaqti bilan «Standart-kost» hisob tizimi muvaffaqiyatli rivojlandi va hozir bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning ko‘plab firmalari undan keng foydalanmoqdalar.
«Standart-kost» atamasi ikki so‘zdan tashkil topgan: «standart» mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun zaruriy ishlab chiqarish xarajatlari miqdorini (moddiy va mehnat) yoki mahsulot yo xizmat ko‘rsatish birligi ishlab chiqarishga oldindan hisoblab qo‘yilgan xarajatlarni anglatadi, «kost» so‘zi esa mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlardir. «Standar-kost» so‘zining to‘liq ma’nosi andozali xarajatlarni anglatadi. Bu tizim, eng avvalo, ishlab chiqarishning bevosita chiqimlaridan foydalanish ustidan o‘rnatilgan nazoratga yo‘naltirilgan, bir-biriga bog‘liq kalkulatsiyalar esa qo‘shimcha sarflar nazorati uchundir.
«Standart-kost» tizimi ishbilarmonlar talablarini qondiradi va ishlab chiqarish xarajatlari nazorati uchun qudratli qurol bo‘lib xizmat qiladi. Belgilangan andazalar asosida buyumlar ishlab chiqarish va sotishga ko‘tilgan xarajatlar summasini oldindan belgilash, narxlarni aniqlash uchun biron birlik tannarxini hisoblab qo‘yish, Shuningdek, kelasi yilda ko‘tiladigan daromadlar haqida hisobot tuzish mumkin. Bu tizimda rahbarlar mavjud og‘ishlar to‘g‘risidagi axborotdan tezkor boshqaruv choralarini qabul qilishda foydalanadilar.
«Standart-kost» tizimi asosida moddalar bo‘yicha xarajatlarning dastlabki (ishlab chiqarish jarayoni boshlanguncha) me’yorlar tizimi yotadi. Ular:
- asosiy materiallar;
- asosiy ishlab chiqarish ishchilari mehnat haqi;
- ishlab chiqarishdagi qo‘shimcha sarflar (yordamchi ishchilarning ish haqi, qo‘shimcha materiallar, ijara haqi, jihozlar amortizatsiyasi va h.k.);
- tijorat sarflari (mahsulotni sotish bo‘yicha sarflar).
Dastlabki hisob qilingan me’yorlar qat’iy belgilangan stavkalar sifatida ko‘rib chiqiladi, bunda haqiqiy xarajatlar korxonaga mohirlik bilan rahbarlik qilish orqali andozalarga muvofiqlashtiriladi. Sotishlar Yuzaga kelganda andozali me’yorlar o‘zgartirilmaydi, ular belgilangan butun davrga nisbatan barqaror turadi, yangi iqtisodiy sharoitlar, materiallar, ishchi kuchi narxining bir oz ko‘tarilishi yo tushishi yoki ishlab chiqarish shart va usullari o‘zgarishidan kelib chiqqan iqtisodiy o‘zgarishlar bundan mustasno. Har bir hisobot davrida Yuzaga keluvchi haqiqiy va taxminiy xarajatlar o‘rtasidagi og‘ishlar yil davomidagi og‘ishlarning alohida hisoblarida to‘planib boradi va ishlab chiqarish xarajatlariga emas, balki bevosita korxona moliya natijalariga to‘la ravishda qo‘shib qo‘yiladi.
«Standart-kost» hisob tizimi quyidagi kesim yordamida taqdim etilishi mumkin:

    • mahsulot sotishdan tushgan kirim;

    • mahsulotning andozasi tannarxi;

    • yalpi foyda;

    • andozalardan og‘ishlar;

    • haqiqiy foyda.

Andozali me’yorlar yordamida hisoblab chiqilgan kalkulatsiya ishlab chiqarish va xarajatlarni tezkor boshqarishning asosi hisob-lanadi. Xarajatlarning belgilangan andozasi me’yorlaridan joriy tartibda aniqlangan og‘ishlarning Yuqoriligi kelib chiqish sabablarini aniqlash uchun tahlil qilinadi.
Bu ma’muriyatga ishlab chiqarishdagi kamchiliklarni tezkor bartaraf etishga, kelajakda ham ularning oldini olishga imkon yaratadi. Shuni ta’kidlash kerakki, «Standart-kost» tizimi xorij amaliyotida me’yoriy xujjatlar bilan belgilab qo‘yilmagan, Shu munosabat bilan andozalarni belgilash va hisob qaydnomalari yurgizishning yagona uslubiga ega emas. Natijada birgina kompaniya ichida turlicha me’yorlar amal qiladi: bazisli, joriy, ideal, taxminiy, erishib bo‘ladigan va engillashtirilgan.
Me’yorlar belgilanishida ushbu buyumni ishlab chiqarish uchun zarur material, ishchi kuchi miqdori va xizmatlar hajmi sarfini tabiiy holda ifoda etishga imkon beruvchi jismoniy (miqdoriy) andozalardan keng foydalaniladi. Bu jismoniy andozalar keyin pul hisobidagi koeffitsientlarga ko‘paytiriladi va narx me’yorlarini oladilar.

Download 37,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish