Demak, O’zbekistonda ishsizlik o’sishining asosiy sababi, eng avvalo, mamlakat iqtisodiyoti davlat sektorida ishlab chiqarishning qisqarishi bo’ldi. Iqtisodiy o’sish dinamikasi bilan ishsizlik o’rtasidagi aloqa uzviy bog’liq ko’rsatkichlardir.
Qoidaga ko’ra, g’arb iqtisodchilari iqtisodiy o’sish sur’atlarini aholini ish bilan bandligining o’sish sur’atlari bilan, tanazzulni esa ishsizlik darajasining o’sishi bilan bog’laydilar. Haqiqatan ham, industrial turdagi normal ishlayotgan bozor iqtisodi yotida iqtisodiy o’sish doimo tarmoqlarning rivojlanishi va kengayishini, demak, ish bilan bandlikning ortishini anglatadi. Shunday bo’lsa-da, rivojlanayotgan mamlakatlarda bunday bog’liqlik ko’zga ochiq tashlanmaydi. Masalan, ko’pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda sanoatning tez o’sishi ish bilan bandlikning muvofiq kengayishini keltirib chiqarmadi. Iqtisodchilar bu hodisani sanoatdagi o’sish sur’atlaridan ancha yuqori bo’lgan urbanizatsiya sur’atlari hamda qishloqdan shaharga ko’chib kelayotgan aholi malakasining pastligida deb izohlaydilar.
MDH mamlakatlaridagi voqelik ishsizlikning iqtisodiy turg’unlik pasayishi sur’atlari bilan bevosita aloqasini tasdiqlamaydi. Masalan, sanoat ishlab chiqarish hajmlari deyarli ikki marta qisqarganda, ish bilan band bo’lganlar soni 10,0 %dan orti qroq kamayishi mumkin. Fikrimizcha, buning sababi quyidagicha bo’lishi mumkin.
• Birinchidan, bu iqtisodiyotda davlat sektorining saqlanganligidir. Bozor islohotlarining boshlarida, davlat mulki ustuvor bo’lgan va korxonalarni, shu jumladan, qaror keltiradiganlarni ham davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash davom etgan, ish haqining onda-sonda va kechikuvchi indeksatsiya qilinishi munosabati bilan inflyatsiya darajasining kamayishi korxonalarga, hatto ishlab chiqarish kamaygan sharoitlarda ham, aholini ish bilan bandligini saqlash imkonini beradi.
• Ikkinchidan, bu yashirin ishsizlikning to’liq bo’lmagan ish vaqti, ta’minot saqlanmagan ta’tillar shaklida ko’payishidir. Rasman ish bilan band bo’lgan bunday ishchilar hech qaerda ishsizlar sifatida ro’yxatga olinmaydi, ular garchi mohiyatiga ko’ra sezilarli darajada ishsiz bo’lsalarda, rasman boshqa ish joyini qidirmaydilar. Qoidaga ko’ra, qisman ish bilan band bo’lganlar ikkinchi marta ish bilan bandlik yoki o’z-o’zini ish bilan band qilish deb atalmish aholini ish bilan bandligiga ega bo’ladilar.
• Uchinchidan, ishsizlikning kuchli o’sishi, ayniqsa, keskin iqtisodiy o’zgartirishlardan keyingi dastlabki yillarda mehnat bozoridagi taklif kamayganligi tufayli ko’zga tashlanmaydi. Qo’llanilgan muddatidan oldin pensiyaga chiqarish, uy xo’jaligida ish bilan band bo’lganlar sonini ko’paytirish (asosan, ayollar), yakka tartibdagi mehnat faoliyatining keng tarqalishi - bu iqtisodiyot yashirin sektorining rivojlanishini jadallashtiradi - bularning hammasi bozordagi ishchi kuchi taklifini kamaytirdi.
Aholini ish bilan bandlik dinamikasi, YaIM bilan ishsizlik o’rtasidagi bevosita aloqaning tasdiqlanmasligi dastlabki qarashda mantiqqa zid hodisadir. Ikki dalil kishini hayratga soladi: birinchidan, ishsizlikni YaIMning o’sishiga qiyoslash ilgarilovchi qisqarishi; ikkinchidan, ish bilan bandlikning kamayishi bilan birga ishsizlikning qisqarishi.
Fikrimizcha, bu hodisalarni faqat statistik xatoliklar va ishsizlik maqomini berish shartlarining qattiqlashuvi bilan izohlab bo’lmaydi. Ko’rinishidan yaxshi bo’lgan iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlarida ish bilan bandlikning kamayishini ikki sabab bilan izohlash mumkin. Birinchidan, yashirin ishsizlikning yuqori darajasi saqlanganligi, u o’z potentsialini hatto ayrim barqarorlik sharoitlarida ham ochiq bozorga chiqarib turadi. Ikkinchidan, yashirin (xufiya) ish bilan bandlikning ko’payishi, u ishchi kuchi va ishsizlarning sezilarli qismini ochiq mehnat bozoridan topib turadi. Ko’pincha, yashirin ishsizlik to’g’ri yashirin ish bilan bandlikka aylanadi, bunda rasmiy ish bilan bandlik ko’rsatkichi birmuncha pasayadi, ishsizlik ko’rsatkichi esa birmuncha ko’paymaydi.
Demak, yashirin ishsizlik va xufiya ish bilan bandlik — bu ishsizlikning haqiqiy darajasini buzib ko’rsatadigan va ayni bir vaqtda, ish bilan bandlik va ishsizlik sohasidagi bo’lg’usi muammolarning yashirin potentsiali hisoblanadigan ikki kuchli omildan iboratdir. Ammo, bu omillar hozircha yashirin holatda bo’lib, shu asnoda rasmiy ishsizlik darajasini ham etarlicha yuqori darajada saqlaydi. Bu narsa o’z navbatida, ishsizlikning asosiy sabablaridan tashqari, iqtisodiyotda bir qator «an’anaviy» sabablarga ham bog’liq bo’ladi. Bu sabablarni ishsizlikning asosiy turlarini ko’rib chiqishda tahlil qilish mumkin.
yashirin ishsizlikni to’liq bo’lmagan ishsizlikdan va qisman ish bilan bandlikdan ajratish kerak. Qisman ish bilan bandlik tabiiy va xodim uchun ko’p hollarda nufuzli ish bilan bandlik shakli hisoblanadi va keyinchalik, chamasi kengayib boradi. Qisman ish bilan bandlik yashirin ishsizlik shakli hisoblanmaydi, balki ish bilan bandlikni tashkil etishning tobora kengayib borayotgan shakllaridan biri hisoblanadi. To’liq bo’lmagan ish bilan bandlikka kelsak, xalqaro ta’rifga ko’ra unga yollanma mehnat bilan shug’ullanuvchi barcha kishilar yoki korxonalarida ish bilan band bo’lgan kishilar kiradi, ular xoh ishlayotgan bo’lsin yoki ishda qatnashmayotgan bo’lsin, normativ ish vaqtidan kamroq ishlab, qo’shimcha ish qidirib, hisobot davrida unga kirishishga tayyor bo’lgan xodimlardir. Bu ta’rifdan kelib chiqishiga qaraganda, uch mezon mavjud bo’lib, ana shu mezonlar bo’yicha xodimlar to’liq bo’lmagan ish bilan bandlik toifasiga kiritiladi: 1) normativ vaqtdan kamroq davom etadigan ish; 2) bunday ish bilan bandlikning majburiy xususiyati; 3) boshqa ish qidirish va unga kirishishga hozirlik. Xodimni to’liq ish bilan band bo’lmaganlar toifasiga kiritish uchun, bu barcha uch mezon bir vaqtning o’zida bajarilishi kerak. Ishsiz yoki iqtisodiy jihatdan faol bo’lmagan kishi to’liq ish bilan band bo’lmagan kishi deb hisoblanishi mumkin emas.
Ma’lumki, «yashirin ishsizlik» tushunchasi «to’liq bo’lmagan ish bilan bandlik» tushunchasidan ancha kengroqdir, chunki uning uchun to’liq bo’lmagan ish bilan bandlik ta’rifiga kiradigan barcha mezonlar majburan yashirin ishsizlik sifatida ta’riflanadigan holatda bo’ladi. Boshqa mezonlarga kelganda, rasman «yashirin ishsiz» ishda standart ish vaqtida hozir bo’ladi, ko’pincha boshqa ish qidirmaydi va har gal ham boshqa ishga kirishishga tayyor bo’lmaydi. U odatda, o’zining ish o’rnida normal ishlashga tayyordir.
To’liq bo’lmagan ish bilan bandlik va yashirin ishsizlik o’rtasidagi muhim tafovut shundan iboratki, birinchisi ish beruvchi uchun iqtisodiy yuk bo’lmaydi, ish bilan bandlikning bu shakli uning uchun iqtisodiy jihatdan oqlangan va muayyan ma’noda e’tiborlidir. Demak, qisman ish bilan band xodim tepasida bevosita bo’shatib yuborilishi xavf solib turmaydi, holbuki, yashirin ishsizlik o’z mohiyatiga ko’ra korxonaning mablag’iga qo’shimcha yuk bo’ladi va ish bilan bandlik nuqtai nazaridan ochiq ishsizlik arafasidir. Biroq to’liq ish bilan band bo’lmagan kishi o’zining mavjud ahvolidan rozi emas va ish qidiradi, u yuqoridagi ta’rifga binoan yashirin mehnat bozoridadir va demak, yashirin ishsiz hisoblanadi.
Yashirin ishsiz shakllariga quyidagilar kiradi:
1) korxonalar va tashkilotlardagi to’liq ish haqi oladigan ortiqcha xodimlar soni. Ish bilan bandlikning bunday shakli mahsulot tannarxi va bahosining ortishiga, korxonalarning moliyaviy ahvoliga og’ir ta’sir qiladi, pirovard natijada inflyatsiya spiralining buralishiga olib keladi;
2) to’liq bo’lmagan ish vaqti davomida ishlaydigan, tegishli ish haqi oladigan va to’liq ish kuniga o’tishni xohlaydigan, lekin iqtisodiy kon’yunkturaning ta’siri tufayli bunday imkoniyatga ega bo’lmagan shaxslarning mavjudligi. Ish bilan bandlikning bunday shakli, chamasi, keyinroq ham davom etadi. U ma’lum darajada ayollar va katta yoshdagi kishilar uchun maroqlidir;
3) ish haqi saqlanmagan holda yoki qisman saqlangan holda ma’muriyat tomonidan ta’til berilishi. Bunday shaklni vaqtincha deb qarash kerak, chunki u xodimlarni mutlaqo qoniqtirmaydi, ular daromad darajasining keskin kamayib ketishiga va pirovard natijada «o’z ixtiyori bo’yicha» bo’shab ketishiga sabab bo’ladi;
4) eng kam ish haqi miqdori saqlangan holda uzoq muddatli ta’tilni rasmiylashtirish. Mazkur murosa-madora tarzida qaror ham barqaror xususiyatga ega emas, chunki yollanuvchi xodimning ham, ish beruvchining ham manfaatlariga mos kelmaydi;
5) xom ashyo, materiallar yo’qligi va ishlab chiqarish rejimining boshqacha buzilishlari tufayli kelib chiqadigan va tuzatilishi mumkin bo’lgan to’liq kun davomida hamda smena ichidagi bekor turib qolishlarning ortishi.
Hozirgi vaqtda, ishsizlik bo’yicha nafaqaning o’rtacha miqdori taxminan, o’rtacha ish haqining 60 %ini tashkil etgani sababli birinchi holda davlat korxonasidagi yashirin ishsizlik ochiq ishsizlikka nisbatan davlatga deyarli ikki baravar qimmatga tushishi hisoblab chiqilgan. yashirin ishsizlikning boshqa turlari davlat uchun unchalik ko’p xarajatni talab qilmaydi va moliyaviy yo’qotishlar to’liq ravishda yollanma xodimlar zimmasiga tushadi.
SHuni ham aytish kerakki, bozor munosabatlarining rivojlanishiga va korxonalar hamda tashkilotlarga raqobatchilar hamda iste’molchilarning moliyaviy tazyiqni kuchaytirishlari, hukumatning moliyaviy-kredit siyosati qattiqlashtirilishiga qarab ishlab chiqarishdagi yashirin ishsizlik barqarorlik bilan qisqarib boradi, keyinchalik esa butunlay yo’q bo’lib ketadi.
Muayyan tarmoqdagi yashirin ishsizlikning o’sishi quyidagi formula bilan hisoblab chiqariladi:
Lyash.i = Lb · Imeh.u. · Kyash.i,
bunda: Lb – ish bilan bandlar soni; Lyash.i – yashirin ishsizlikning o’sishi; Imeh.u. — mehnat unumdorligining pasayishi; Kyash.i. – elastiklik koeffitsienti.
Do'stlaringiz bilan baham: |