11-jadval
2010-2014 yillarda O’zbekiston Respublikasida
ish bilan band aholi soni o’sishining istiqbollari
ming kishi
Hududlar
|
2010 yil
|
2011 yil
|
2012 yil
|
2013 yil
|
2014 yil
|
Jami
|
Qish-loq
|
Jami
|
Qish-loq
|
Jami
|
Qish-loq
|
Jami
|
Qish-loq
|
Jami
|
Qishloq
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
O’zbekiston Res.
|
11730,3
|
6721,5
|
12034,7
|
6901,6
|
12206,4
|
7048,4
|
12455,6
|
7163,7
|
12599,5
|
7253,5
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Qoraqalpog’iston Res.
|
591,9
|
277,2
|
603,9
|
282,0
|
605,9
|
285,0
|
615,2
|
287,3
|
619,0
|
289,0
|
Andijon
|
1101,3
|
756,1
|
1130,6
|
778,8
|
1152,5
|
795,9
|
1177,1
|
810,8
|
1193,0
|
821,8
|
Buxoro
|
761,9
|
517,4
|
780,8
|
530,8
|
792,1
|
542,0
|
807,6
|
549,0
|
816,8
|
555,2
|
Jizzax
|
382,3
|
216,1
|
389,7
|
219,5
|
395,8
|
223,2
|
402,7
|
226,8
|
407,1
|
229,3
|
Qashqadaryo
|
937,8
|
652,2
|
960,1
|
666,7
|
986,4
|
687,9
|
1005,8
|
698,5
|
1021,6
|
709,4
|
Navoiy
|
454,1
|
279,2
|
470,6
|
292,7
|
468,7
|
290,0
|
480,9
|
299,1
|
484,4
|
301,3
|
Namangan
|
799,3
|
438,4
|
820,1
|
447,8
|
837,2
|
460,5
|
854,8
|
466,8
|
866,7
|
473,2
|
Samarqand
|
1209,9
|
833,4
|
1241,9
|
857,6
|
1266,9
|
880,0
|
1293,8
|
893,4
|
1311,5
|
905,7
|
Surxondaryo
|
748,1
|
546,7
|
766,7
|
560,4
|
785,1
|
575,1
|
801,1
|
585,6
|
812,9
|
594,2
|
Sirdaryo
|
322,3
|
214,7
|
330,9
|
221,3
|
333,2
|
223,0
|
339,9
|
227,3
|
343,0
|
229,4
|
Toshkent
|
1159,8
|
599,8
|
1190,2
|
616,5
|
1197,5
|
622,0
|
1221,4
|
632,6
|
1231,9
|
638,1
|
Farg’ona
|
1358,4
|
947,0
|
1395,8
|
973,1
|
1421,2
|
996,0
|
1452,3
|
1012,5
|
1471,7
|
1026,0
|
Xorazm
|
599,7
|
443,3
|
614,8
|
454,4
|
628,5
|
467,8
|
641,4
|
474,1
|
650,6
|
480,8
|
Toshkent sh.
|
1303,5
|
0,0
|
1338,6
|
0,0
|
1335,4
|
0,0
|
1361,6
|
0,0
|
1369,3
|
0,0
|
Manba: Hisob-kitoblar shartli.
Keyingi yillarga o’tib esa mazkur o’sish yanada ortib, 2014 yilda mehnatda band bo’lganlar soni 12,6 mln. kishini tashkil etishi kutilmoqda. SHuningdek, mazkur ko’rsaktichlarga iqtisodiy nofaol aholining faollashuvi va mehnat bozorida o’z ishchi kuchini taklif etishi ham ta’sir ko’rsatadi. Bunda, ayniqsa, qishloq aholisining faollashuvi ro’y beradi va ularning jami ish bilan bandlikdagi ulushi sezilarli oshadi. Mazkur holatlar respublikaning barcha mintaqalariga xos bo’lib, hududiy infratuzilmalar taraqqiyoti jadal ko’rinish olishi kutilmoqda.
1.6. Xizmat ko’rsatish va servis, kasanachilik sohalarini rivojlantirish ish bilan bandlikni oshirishning muhim omili
Xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 apreldagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2006-2010 yillarda xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish” Davlat dasturining qabul qiliniishi va amalga oshirilishi katta ahamiyatga ega bo’ldi. Unda belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida mamlakatimizda xizmat ko’rsatish va servis sohasi barqaror yuqori sur’atlarda rivojlanib bormoqda (12-jadval).
SHaxsiy avtomobillar, maishiy uskunalar sonining ortishi ularga servis xizmati ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha xizmatlarning keskin oshishiga olib keldi. Aloqa (ayniqsa, uyali aloqa) va axborotlashtirish xizmatlarini ko’rsatish hajmi keskin o’smoqda. Moliya xizmatlari, transport xizmatlarining o’sishida barqarorlik kuzatilmoqda. Ammo, aholiga xizmatlar ko’rsatish sohasini rivojlantirish borasida foydalanilmagan imkoniyatlar mavjudki, bu hol ularni ishga solish, ayniqsa, qishloq joylarida xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish zaruriyatini yanada kuchaytiradi.
12-jadval
O’zbekistonda xizmatlar hajmining o’sish sur’ati
(o’tgan yilga nisbatan foizda)
Xizmat turlari
|
2007
yil
|
2008
yil
|
2010
yil
|
Jami xizmatlar
|
126,6
|
121,3
|
116,7
|
Savdo va umumiy ovqatlanish
|
132,5
|
126,8
|
121,8
|
Transport xizmatlari
|
121,1
|
112,7
|
110,4
|
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari
|
151,5
|
140,1
|
121,6
|
Moliya xizmatlari
|
123,8
|
132,2
|
124,7
|
Turistik-sayyohlik xizmatlari
|
122,3
|
140,1
|
121,6
|
Mehmonxona xizmatlari
|
109,3
|
122,5
|
112,3
|
Kommunal xizmatlar
|
109,3
|
108,4
|
101,1
|
Maishiy xizmatlar
|
128,0
|
129
|
122,6
|
Avtomobillar va boshqa texnikani ta’mirlash xizmatlari
|
138,7
|
139,2
|
130,2
|
Boshqa xizmatlar
|
142,5
|
130,6
|
128,6
|
Masalan, respublikamiz bo’yicha o’rtacha har 100 ming kishiga deyarli 40 ta yirik maishiy xizmat korxonasi to’g’ri kelsa, bu ko’rsatkich shahar joylarida 64 tani, qishloq joylarida esa 26 tani tashkil etadi. 2010 yil natijalariga ko’ra qishloq aholisiga ko’rsatilgan xizmatlar hajmi jami aholiga ko’rsatilgan xizmatlarning bor-yo’g’i 26,8 foizini tashkil etgan.
Aytish mumkinki, so’ngi yillarda xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirishning yangi istiqbolli turlari – bank-moliya, sug’urta, axborot-kommunikatsiya xizmatlari va boshqa xizmatlarni rivojlantirish hisobiga takomillashib bormoqda. Oilalarni murakkab maishiy texnika, kompьyuter va shaxsiy avtotransport bilan ta’minlanishning keskin oshishi ularga ko’rsatilayotgan xizmatlarning ko’payishiga ham imkon yaratdi.
Ammo tan olish kerakki, haqiqatan mazkur sohani rivojlantirishda jidiy kamchiliklar ham yo’q emas. Ayniqsa, ish bilan bandlikni oshirish va aholi daromadlarini ko’paytirish hamda mahalliy byudjetlarni to’ldirishning istiqbolli manbai sifatida xizmat ko’rsatish va servis imkoniyatlaridan kam foydalanilmoqda. Xizmat ko’rsatish sohasi, ayniqsa, qishloq joylarda juda sust rivojlanmoqda. Lekin shuni e’tirof etish kerakki, ushbu soha juda katta mablag’ talab qilmaydigan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni juda tez rivojlantirishi mumkin bo’lgan sohadir. Bunday katta imkoniyatdan foydalanish darajasi talab qilingan holatdan ancha kam. Ushbu sohaning yana bir muhim jihati, qishloqda ortiqcha ish kuchini ish balan ta’minlash masalasini ham hal qilishga ko’maklashuvchi muhim soha ekanlagini yoddan chiqarmaslik kerak. CHunki xususiy tadbirkorlik uchun jozibador bulgan ko’pgina an’anaviy xizmat turlari shaharda ham, qishloqda ham yetarli darajada rivojlanmayapti. Albatta, kam e’tibor berilgan sohaning samaradorligi ham shunga yarasha bo’ladi.
Ushbu holatlarni inobatga olib, Prezidentimizning “O’zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risia”gi qarori qabul qilinib, unda xizmatlar ko’rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, uning iqtisodiyotdagi ulushini oshirish, xizmat ko’rsatish sohasi tarmoqlarida band bo’lganlar sonini ko’paytirish va shu asosda aholi daromadlarini oshirish hamda ichki iste’mol bozorini zamonaviy, sifatli turli-tuman xizmat turlari bilan to’ldirishning aniq chora-tadbirlari belgilab berildi.
Xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish aholining
daromadlarini ko’paytirish, turmush darajasini oshirishning o’ta muhim sharti bo’lgan aholining bandlik masalasini ham hal bo’lishini ta’minlovchi muhim omillardan biridir. SHu sababli, yuqoridagi qaror va unga muvofiq ishlab chiqarilayotgan yillik dasturlar ijrosini ta’minlashga bo’lgan e’tibor yil sayin oshib bormoqda.
Eng muhimi, jahonda ro’y berayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz ta’sirida dunyo bo’yicha 56 mln. kishidan ortiq ishsizlar armiyasi vujudga kelgan bir sharoitda O’zbekistonda yuz minglab yangidan-yangi ish o’rinlari tashkil etilmoqda. Buning yana bir ahamiyatli tomoni, yangi ish o’rinlarini yaratishning o’ziga xos mexanizmlarining tarkib topgani va uning bir qator yo’nalishlar bo’yicha izchil amal qilib kelayotganligidir
yangi ish o’rinlarining 390 mingdan ko’proq qismi kichik biznes sohasida ochilgan. SHuni ham ta’kidlash lozimki, buning 270 mingdan ko’prg’i xizmat ko’rsatish sohasiga to’g’ri keladi.
Sanoat korxonalari bilan kooperatsiya asosidagi kasanachilikni hamda pudrat shartnomasi asosidagi uy mehnatini rag’batlantirish aholi bandligini ta’minlashning muhim yo’nalishlaridan biridir. Ana shunday mehnat faoliyatini rivojlantirish natijasida 130 mingga yaqin ish o’rni yaratildi.
Bandlik darajasini oshirishga qaratilgan bunday chora-tadbirlar inqiroz sharoitida aholini ishonchli himoya qilish, uning daromadi va moddiy farovonligini oshirish imkonini ta’minladi.
Prezidentimiz qishloqda uy-joy qurish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishni jadallashtirish dasturi zamirida juda ulkan hajmdagi ishlar mujassam ekanini, u o’n minglab yangi ish o’rinlarini yaratish, ana shu keng ko’lamli bunyodkorlik ishlarida mamlakatimiz aholisining faol ishtirokini ta’minlash imkonini berishini ko’rsatib o’tdi.
2010 yilda mamlakatimizda jami 950 mingdan ortiq yangi ish o’rni tashkil etish mo’ljallanmoqda. Ularning qariyb yarmi kichik korxonalar, mikrofirmalar tashkil etish, yakka tartibdagi tadbirkorlikni, xizmat ko’rsatish va servis sohasini yanada rivojlantirish, pudrat asosidagi qurilish, shu jumladan, uy-joylarni ta’mirlash va rekonstruktsiya qilish ishlari ko’lamini kengaytirish hisobidan yaratiladi.
2010 yilda ham aholini turli shakldagi kasanachilik ishlariga jalb etish, xalq hunarmandchiligini rivojlantirish, oilaviy tadbirkorlikni rag’batlantirish – bularning barchasi bandlikni ta’minlashning amalda o’zini oqlagan muhim yo’nalishlari bo’lib qoladi.
SHu asosda 208 ming nafardan ortiq kishini, avvalo, ko’p bolali ayollar, nogironlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalarini ish bilan ta’minlash ko’zda tutilmoqda.
Xulosa o’rnida aytadigan bo’lsak, bugungi kunda mamlakatimizda yangi ish o’rinlarini yaratish va buning asosida aholi bandligini oshirish, daromadlarini ko’paytirish va turmush sharoitlarini yanada yaxshilashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko’rsatish va servis, kasanachilik sohalari alohida o’rin tutmoqda. SHuning uchun ushbu sohalarni jadal rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |