MEHNAT SHARTNOMASI
Ishchi va ish beruvchining o‘zaro huquq va majburiyatlarini aniqlashda kollektiv va yakka tartibdagi mehnat shartnomasi (kontrakt) muhim o‘rin tutadi. U mehnat munosabatlarining vujudga kelishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Mehnat shartnomasi — ichki tartibga rioya etish bilan birgalikda muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishlarni bajarish to‘g‘risida tomonlarning kelishuvi bilan belgilangan shartlarda xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuv.
MEHNAT SHARTNOMASI SHARTLARI
Agar taraflar ularning huquq va burchlarini belgilab beradigan shartlarga doir kelishuvga erishgan bo‘lishsa, mehnat shartnomasi tuzilgan hisoblanadi Taraflar tomonidan ishlab chiqiladigan shartlar ko‘p sonlidir, shu munosabat bilan mehnat qonunlari ikki guruhdagi shartlarni ко‘rib chiqadi: asosiy va qo‘shimcha. Qo‘shimcha shartlar to‘liq kelishayotgan taraflarga bog‘liq va qonun tomonidan cheklanmaydi.
Quyidagilar ish beruvchilar bo‘lishi mumkin:
—— korxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy bo‘linmalari o‘z rahbarlari timsolida;
——mulkdorning o‘zi ayni bir vaqtda rahbar bo‘lgan xususiy korxonalar;
—— o‘n sakkiz yoshga to‘lgan ayrim shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
hollarda.
——O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlar yollaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Har bir xodim:
—— o‘z mehnati uchun qonun hujjatlarida Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilanganidan oz bo‘lmagan miqdorda haq olish;
——muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‘rnatish, bir qator kasblar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, shuningdek haq to‘lanadigan yillik ta’tillar berish orqali ta’minlanadigan dam olish;
—— kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
—— ish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash;
—— kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish;
—— qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish;
—— o‘zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali himoya qilish va malakali yuridik yordam olish;
—— jamoalarga doir mehnat nizolarida o‘z manfaatlarini quvvatlash huquqiga egadir.
Ish beruvchi:
—— korxonani boshqarish va o‘z vakolatlari doirasida mustaqil qarorlar qabul qilish;
—— qonun hujjatlariga muvofiq yakka tartibdagi mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;
——mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni lozim darajada bajarishni xodimdan talab qilish;
—— o‘z manfaatlarini himoyalash uchun boshqa ish beruvchilar bilan birga jamoat birlashmalari tuzish va bunday birlashmalarga a’zo bo‘lish huquqiga egadir.
Mehnat shartnomasi tuzilganidan keyin buyruq chiqariladi, u xodimga imzo chektirib, ma’lum qilinadi. Ishga qabul qilish shartnomada ko‘rsatilgan kundan e’tiboran hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |