1.5.Maktab qoshidagi o’quv-tajriba uchastkasini tashkil etish.
Maktabting tipiga, mahalliy sharoitiga va o’quvchilarning soniga g’arazli
o’quv-tajriba uchatkasi har xil o’lchamda, 0,4 gektardan va undan da ko’piroq
bo’lishi mumkun. Uchastka kun bilan yaxshi yorug’lantirilgan, sug’orish
tarmog’iga ega va maktabga yaqin joylashgan bo’lishi kerak.
Ilg’or maktabning tajribalari qishloq xo’jalik mehnati va biologiya bo’yicha
programmalarga mos, maktab o’quv-tajriba uchatkasida qo’yidagi qismlarga ega
bo’lishi, ko’piroq samaradorli ekanligini ko’rsatadi, dala ishlari, poliz ekinlari,
meva-chevalar, dekorativ o’simliklar, zologik, biologik, kollektsiyaviy qismlar,
shuningdek, «yashil sinf», Yozgi laboratoriya, issiqxona, parniklar, meteorologik
maydon qurol saymanlar saroyi, tokni saqlash xonasi va h.k.
O’quv-tajriba uchatkasining maydoniga, o’ning bichimiga, suv bilan
tamiynlanishiga va boshqa da sabaplarga bog’liq qismlarning o’lchamlari va
joylashishi har xil bo’lishi mumkun.
20
Uchastkaning barcha bo’limlarida er maydonini tejamli foydalanish,
to’proqning o’nimdorligini orttirish, yovvoyi o’simliklar, ekin zararkunandalar va
kasalliklari bilan kurashish maqsadida va yuqori hosil olish uchun olmashlab
ekishni tashkillashtirish kerak. Ularning sxemasi va ekish davri imkoniyati boricha
berilgan zonaning ishlab chiqarish xo’jaliklarida qanday bo’lsa, bunda ham
shunday bo’lishi kerak. Olmashlab ekish o’quvchilarning amaliy va tajriba
ishlarining tashkiliy formasi bo’lishi kerak. Har bir olmashlab ekishda avvalo shu
mahalliy o’rinda, ishlab chiqarish ahamiyatga ega bo’lgan ekindi va sortni,
shuningdek boshqa zonalardan o’qshash bo’lgan, o’qitishga nisbatan qiziqli va
qishloq xo’jalik ishlarining programmalari bo’yicha oldindan rejalashtirilgan ekin
va sortlarni ekish kerak.
Tajriba ishlarini yuritish uchun agronomik ko’rinishini chuqurlashtirishni
taminlashda olmashlab ekish, o’tkan yillarning tajribasidagi mineral o’g’itlarni
berishning hisobidan kelib chiqishi mumkun bo’lgan, to’proq hosildorligining
rangbarangligining oldini olish uchun bir dalaningning hammasini olmashlab
ekishda ikki qismga bo’lish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bittasida shu yili tajriba
o’tkazish kerak, boshqasini kollektsiya hisobida foydalanish, so’ngi yili aksincha
ishlash kerak. Shu maqsadda har bir olmashlab ekishde o’t-o’lanlar, bug’doy,
kenap va h.k. tenglashtirilgan ekinlar ekilgan dalalarga ega bo’lish mumkun.
Maktab bog’ida qishloq xo’jalik mehnati bo’yicha programmalarga mos
darslar, VII sinflarning o’quvchilari bilan o’tkaziladi. Ularni ko’piroq namlikni
hush ko’ruvchi o’simliklarni (smorodina, malina) sug’oriladigan ariqga yaqin
o’tirg’izish kerak. Ulardan so’ng ko’sakli (olcha, gilos) , so’ngra urug’li (olma,
nok) ekinlarni ekish kerak. Har yili VII sinf o’quvchilari meva nihollarini
ko’chirish bo’yicha ko’nikmalarni egallashga imkoniyat olish uchun, bog’ning
maydoni asta-sekin o’zlashtirilishi kerak. Bog’ning qator orasiga, shoxlarning
ushlarining ayqashib ketishigacha, V-VII sinf o’quvchilari ishlashi mumkun
bo’lgan mevali yoki poliz ekinlarini o’stirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
21
Bog’ bilan qator (sug’orish ko’ziga yaqin) nihol o’stirish dalasini
joylashtirish kerak. Mevali bog’ urug’ va nihol tayorlash uchun asosiy onaliq
bo’lib xizmat qilishi mumkun. Nihol o’stirish dalasida o’quvchilar mevali
ekinlarini ko’paytirish bilan tanishadi, Ular bilan tajriba o’tkazadi, o’stiriladigan
materialni o’stirish bo’yicha mehnat malaka va ko’nikmasini oladi va har yili
maktabning zarurligi uchun foydalaniladigan va mahalliy xo’jaliklarga berish
uchun, mevali o’simliklarning nihollarini o’stiradi.
Gulli-dekorativ o’simliklari bilan programmaga mos V sinf o’quvchilari
bilan ishlagan ko’piroq maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu o’simliklar avvalo
o’quvchilarni estetik tarbiyalashga xizmat qilishi kerak. Gullar bilan
shug’ullanuvchi odamni saxovatlikga o’rgatadi, go’zallikni tushinishga va
baholashga o’rgatadi. Dekorativ o’simliklariga ega erlarni (gazonlarni) to’g’ri
burchakli formaga ega dalalarni (rabakalarni) aylana dalalarni (klumbalarni)
maktab joyining bo’yiga joylashtirish kerak. Maktabning dalalarini chiroyli bezash
uchun bir yillik, ikki yillik va ko’p yillik o’simliklarni foydalanadi. Maktabning
gul dalalari erta bahordan kuzning so’ngiga cha chiroyli bo’lish uchun, har oyda
gullaydigan ekinlarni mos tanlab olish kerak.
Maktab uchatkasida ko’pchilik o’rinni o’quv maqsadida foydalanish
mumkun bo’lgan, har xil davrda gullaydigan, yuqori dekorativ imkoniyatiga ega
bo’ladigan puxtaligiga ajratish kerak. Bunday talabga roza, siren, yasmin,
cheremuxa, siperiya va.b. javob beradi. Gulli dekorativli o’simliklar, shuningdek
o’quvchilar tomonidan, o’simliklarga g’amxo’rlik qilish bo’yicha, o’ning o’sishini,
rivojlanishini boshqaruv urug’idan va vegetativlik ko’paytirish bo’yicha amaliy
ko’nikmalarni singdirish uchun olmashtirilmaydigan material bo’lishi kerak.
Har bir uchastkada eng kamida katta bo’lmagan zoologiyaviy bo’limga ega
bo’lishi kerak. Bu bo’limda kletkalarda va uyalarda o’quvchilar ish bajarishi
mumkun bo’lgan quyonlarni, uy qushlarini va boshqada kichik hayvonlarni saqlash
maqsadga muvofiq bo’ladi. Hayvonlarning har xil turdagi vakillarini, uchastkaning
boshqa da bo’limlarida ham o’rganish mumkun. Misol, mevali bog’da meva va
22
boshqa da o’simliklarning yaxshi changlanishini taminlovchi asal arilarining
uyalarini qo’yish foydali. Usbu qo’ldan yasalgan daraxtning shoxiga ildirilgan
insektariyalarda (tor setkalarda) tikanli butalikning, zararli kapalaklari, shirinja va
boshqa da nasekomalarning-bog’ning zararkunandalarining rivojlanishining davrin
kuzatish qiziqarli bo’ladi. Insektariyalarni kapusta kapalagi, repnitsa va boshqa da
bog’-boqcha ekinlarining zararkunandalarini kuzatish uchun, poliz o’stirilgan
bo’limida joylashtiriladi. Bunday kuzatishlar o’quvchilarga shu muhitda
zararkunandalarning foyda bo’lish vaqtini, o’larning tezda rivojlanishini
aniqlashga, ular bilan ko’piroq samarali kurashishga imkon beradi. Bunday
malumotlar madaniy o’simliklarni zararkunandalardan himoya qilish bo’yicha
tadbirlar ishlab chiqishga imkon beradi.
Maktab o’quv-tajriba uchatkasi sharoitida zararkunandalar va kasalliklar
bilan kurashishni tashkillashtirishda, o’qituvchi bolalarni va 14 yoshaa etmagan
o’spirimlarni zaharli ximikatlar bilan ishlashga yuborish, qonun tomonidan man
etiladiganini bilishi shart. Shu bois, maktab uchatkasi sharoitida zararkunandalar
va kasalliklar bilan kurashish uchun uchatkaga foydali qushlarni (torg’ay,
chumchuq, toqildawiqlar va h.k.) shuningdek boshqada foydali hayvonlarni
(kipiratikanlar, qurbaqalar, baqalar) aktiv ishtirok ettirip, kurashishning biologik
usullarini keng qo’llanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Shu maqsadda uchastkaning
mevali daraxtlariga va boshqa da yog’ochli o’simliklarida har xil suniy
(torg’ayning, chumchuqning, duplyankaning) uyalarini osib qo’yish kerak. Qishqi
vaqtda bu erda don solgichlarni joylashtirish va har doim qushlarni ovqatlandirib
turish kerak.
O’simliklarning va hayvonlarning ko’p xilligi, V-VII sinf o’quvchilarini,
o’simliklarning rivojlanish davrini, hayvonlarning yashash sharoitini kuzatishga va
ularning boshqa tirik organizmlar bilan va biologik muhitda yashash muhiti bilan
aloqa o’rnatishiga sharoit yashaydigan ko’p sondagi o’quv tajribalarini va kuzatish
ishlarini har doim bajarishga imkon beradi.
23
Ancha ko’p bo’magan o’quvchilar soniga ega oz komplektli maktablarda,
katta alohida bajaruvchi bo’limlarda maktab uchastkasida tuzish imkoniyati yo’q.
Bu maktablarda konkret sharoitlarga bog’liq V-VII sinf o’quvchilari qishloq
xo’jalik ishlari bo’yicha programmalarga mos tajriba-amaliy ishlarni bajarish
mumkun bo’gan, katta emas dalalarini ajratish etarli.
Erni rejalashtirishda so’qmoqlarni qo’layli joylashtirish katta ahamiyatga
ega. Qishloq xo’jalik mehnat va biologiya bo’yicha ekskursiya o’tkazish uchun,
tajribalar bilan tanishtirish uchun 1,5-2m kenglikga ega bo’lgan, muhit so’qmoqni
va shunday kenglikdagi barcha uchastka tugarakidagi so’qmoqlarni oldindan
rejalastirish kerak. Bo’laklar orasidagi so’qmoqlar 1-1,5m kenglikda, olmashlab
ekish dalalari orasidagi yo’llar 1m kichik dalalar orasidagilardan keyin qayta
aniqlash kerak bo’lganlikdan, teran ariqlarning yordamida belgilash mumkun.
Dalalarni qismlarga ajratish, dalalarni, kichik dalalarni va so’qmoqlarni
ajratishni ip bo’yicha bajarish kerak, to’g’ri burchaklarni eker yordamida o’lchap
qoziq qoqish kerak. Kichik dala va so’qmoqlarning chegaralarini har bir
yumshartishdan keyin qayta aniqlash kerak bo’lganlikdan, teran ariqlarning
yordamida belgilash mumkun.
Dalalarning barcha qismlari olmashlab ekish dalalari, bazi madaniy
o’simliklar va sortlar, shuningdek qo’yilgan tajribalar mos ishoralarga (etiketka)
ega bo’lishi kerak. Ularni bir qancha o’lchamda tayorlash o’rinli eng kattalari (20-
15sm² qoziqning balandligi 60sm)-qismlarni belgilash uchun o’rtacha (15·20 cm²
qoziqning balandligi 35sm)-tajribalarni belgilash uchun~eng kichiklari (12.8 sm
qoziqning balandligi 25sm )- tajribalarning variantini, ekinning nomini,
hayvonlarning turlarini belgilash uchun tayorlash mumkun.
O’quv darslari uchun uchastkada tepasi yopiq «Yashil sinf» nomli
maydoncha qurish kerak bo’ladi. Unga o’quvchilar uchun stollar va skameykalar,
o’qituvchilar uchun stol va o’tirg’ich, qo’zg’almali taxta va tablitsalar uchun
ildirgich qo’yish kerak. O’quvchilarni estetik tarbiyalash uchun va darslarni
o’tkazishga qo’lay bo’lishi uchun «yashil sinflar»ni gulli o’simlik bilan chiroyli
24
bezash qismlarida joylashgani yaxshiroq bo’ladi, uning devorlarining atrofida
chiroyli rang-barang o’simliklarni o’tirg’izish kerak. Bu erning o’zida natural
ko’rgazmali vositalarni saqlash va montajlash uchun yozgi laboratoriyani
joylashtirish mumkun. Ularda olmashlab ekishning sxemalari, malumotli tablitsalar
va boshqa da o’quv qurollari, shuningdek birinchi yordam ko’rsatish uchun dori
qutichalar bo’lishi kerak.
Uchastka o’rtasida ochiq havoda, havo ko’zatish uchun, o’lchamlari 20x20
m
2
ga yaqin bo’lgan metereologik maydonchani qurol saymanlari bilan
joylashtirish kerak. Temperaturani, namlikni, bosimni, yomg’irning chamasini,
shamolning yo’nalishini joriy ko’zatish uchun asboblari bor metobudka
(termometr, barometr, barograf, psixometr va h.k.), 10-12 m balandlikda flyuger,
yomg’ir o’lchagich, qor o’lchagich (snegometr) reykalar, vertikal burchak
o’lchagichlar va to’piroq termometrlar o’rnatiladi.
Mineral o’g’itlarni saqlash uchun uchastkaning olis chekkasiga kichiroq
xonaga ega bo’lish kerak. Uning yonida gung yig’ish va saqlash uchun joy ajratish
kerak.
O’quvchilarga gigienik ko’nikmalarni joriy etish uchun «yashil sinf»ning
qoshida sovun va sochiq qo’l yuvish uchun (umivalnik) sharoit bo’lishi kerak.
Maktab uchastkasidagi ishni tashkillashtirish uchun o’lchami bo’yicha
o’quvchilarning yoshiga mos keladigan, yarim sinf o’quvchilari bir vaqtda ishlashi
uchun etarli sondagi, har xil qishloq xo’jalik qo’l bilan ishlash qurol-saymanlarga
ega bo’lishi kerak. Qurol-saymanlar majmuasining bittasi boshlang’ich sinf
o’quvchilari uchun, ikkinchisi 5-7 sinf o’quvchilari uchun va uchinchisi yuqori sinf
o’quvchilari uchun ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |