Mehnat bozori statistikasi
Aholi yashashi uchun mehnat qilib, moddiy ne‟matlar ishlab
chiqarishi va iste‟mol qilishi lozim. Bozor munosabatlari sharoitida
moddiy ne‟matlarni turli mulk shakliga asoslangan faoliyat yurituvchi
subyektlar (sanoat, qishloq xo‟jaligi, qurilish, transport, aloqa, savdo va
ovqatlanish hamda sh.k. tarmoq korxonalari) ishlab chiqaradi. Statistik
ma‟lumotlarga qaraganda, 2016-yil 1-yanvar holatiga 278.5 mingta
korxona va tashkilotlar faoliyat ko‟rsatayotgan bo‟lsa, ularning 239.4
mingtasi, ya‟ni 86%i nodavlat mulk shakliga asoslangandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |