Media va kommunikatsiya



Download 31,33 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi31,33 Kb.
#306881
Bog'liq
Oybek Mamarasulov. 32-variant(1)


O‘zDJTU “Media va kommunikatsiya” fakulreti,

Axborot xizmari va jamoatchilik bilan aloqalar

(sirtqi) yo‘nalishi, 2002-guruh talabasi

Oybek Mamarasulovning “Falsafa” fanidan

yozgan yakuniy nazorat ishi

VARIANT № 32

Savollar

1. XX asr o‘zbek falsafasining rivojlanishidagi ijtimoiy-siyosiy sharoitlarni

tushuntiring.

2. Nima uchun falsafa tarixida fikrlar rang-barangligi mavjud?

3. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichida Markaziy Osiyo va Xitoyda falsafiy ta'limotlar.

1. O‘zbek falsafasining vujudga kelishi falsafiy tafakkurning yangilanishi nafaqat umumiy ma’naviy muhitning, balki har bir jamiyat a’zosining ijtimoiy qiyofasi, ruhiy dunyosi, maqsad va ehtiyojlarining o‘zgarishi hamdir. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek: “Falsafa barcha fanlarning otasi. Falsafani bilmaydigan odam – medisina yoki ta’lim, san’at yoki madaniyat sohasi vakili bo‘ladimi, bundan qat’iy nazar – hayotning, o‘z kasbining ma’no mazmunini yaxshi tushunmaydi. Misol uchun, tarixni tahlil qilish uchun har bir voqea va jarayonga falsafiy qarash, ularni umumlashtirgan holda zarur xulosalar chiqara olish kerak. Shu bois har bir soha vakili bo‘lishi uchun falsafiy tafakkur qobiliyatiga ega bo‘lish darkor” allomalar orzu qilgan fozil odamlarning komil fazilatlarini shakllantirish va takomillashtirishga munosib hissa qo‘sha oladi.

“Falsafa” fani barcha zamonlarda va mamlakatlarda hamma universitetlar va boshqa oliy o‘quv yurtlarida o‘rganish uchun majburiy sanalgan fundamental fanlardan biri bo‘lgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Mazkur fanni mohiyatini o‘rganishimiz jarayonida, uning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashimiz va falsafa inson o‘z-o‘zini va o‘zini qurshagan dunyoni anglab yetishida qanday rol o‘ynashini tushuna boshlaymiz. Zero, birinchi Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek: “O‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik orqali namoyon bo‘ladi”. Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoev aytganlaridek: “Bir so‘z bilan aytganda, yoshlarimizni falsafiy tafakkur bilan qurollantirish” - davr talabi. Nega deganda, bugungi zamonda har qanday raqib va muxolif bilan bahsga kirishish uchun uning qarashlari va g‘oyasi, falsafasini ko‘proq bilishimiz, kerak va uning o‘zidan ham puxtaroq egallashimiz lozim”.



Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasining teran ildizlari mavjud bo‘lib, istiqlol mafkurasining shakllanishida uning tarixiy ildizlari bilan birgalikda falsafiy ildizlari ham uning shakllanishiga kuchli ta’sir etgan. Mustaqillik davrida milliy istiqlol g‘oyasining shakllanishi bilan bir vaqtda uning falsafiy ildizlarini o‘rganish va tadqiq etish ijtimoiy sohaning eng dolzarb mavzularidan biri bo‘lib qolmoqda. Mustaqilligimiz tufayli xalqimizning milliy ongi, milliy g‘ururi, milliy iftixori, ma’naviy dunyosi kundan – kunga boyib bormoqda. Bu esa mustaqil davlatimizning falsafiy asosini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimiz qayta tiklanib yanada rivojlangandagina jamiyatda o‘tkazilayotgan islohotlarni muvaffaqiyatli amalga osha oladi, chunki ma’naviy barkamol, ma’rifatli, ruhan bardam, yangicha tafakkurlash qobiliyatiga ega insongina istiqlol va taraqqiyot yo‘lini sharaf bilan o‘ta oladi. Shunday ekan, xalqimizning madaniy merosi, yuksak ma’naviy qadriyatlarini chuqur va atroflicha o‘rganib, ularni respublikamizda yashovchi har bir insonning ongiga singdirib, ayniqsa, yosh avlodni ma’naviy yetuk, fidoiy komil insonlar etib tarbiyalash hozirgi kundagi eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. O‘zbekistonda milliy tiklanish bir tomondan milliy o‘zlikni anglash, boshqa tomondan, jamiyatning g‘oyaviy-mafkuraviy asoslarini yaratish, uchinchi tomondan esa bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish asnosida yuz bermoqda. Mustaqillik davrida bu borada katta ishlar bajarildi. Biroq, hali bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar ko‘p. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish eng avvalo uning falsafiy asoslarini mustahkamlashni talab etadi. Hozirgi kunda madaniy rivojlanishda milliy ma’naviy merosimizni chuqur o‘zlashtirish, boshqa xalqlar, mamlakatlar madaniyati fani, falsafasi yutuqlaridan bahramand bo‘lish va shu asosda milliy madaniyatimizning umumjahon madaniyatining yutuqlari bilan doimo boyib borishiga erishish nihoyatda muhimdir. Falsafa tarixini doktorant va tadqiqotchilarga o‘qitishdan maqsad ularda falsafaning kelib chiqishi, evolyusiyasi, bugungi holati, insoniyat hayotida tutgan o‘rni to‘g‘risida chuqur ilmiy tushunchalar hosil qilish, shuningdek, ularda turli xil mifologik, diniy falsafiy oqimlarning kelib chiqishi, rivoji va yo‘nalishlari to‘g‘risida ilmiy xulosalar chiqara oladigan ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash, falsafiy ta’limotlarni asosli tahlil qilishga imkon beradigan ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Bu maqsadga erishishda o‘tmishdagi mutafakkirlarning asarlari, turli tarixiy manbalar, xususan, arxiv xujjatlari, maxsus adabiyotlar doktorantlar, tadqiqotchilar ilmiy ishlari uchun zaruriy nazariy asos bo‘lib xizmat qilishi kerak.

O‘zbek falsafasining bir qator yetuk namoyondalari bo‘lib, ular o‘z izlanishlari va say harakatlari bilan vatanimizdagi falsafiy qarashlar va o‘zgarishlarga ulkan hissa qo‘shganlar. Ulardan biri O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi respublika Davlat mukofotining laureati, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining vise-prezidenti, O‘zbekiston “Bilim” jamiyati boshqaruvi raisi, «O‘zbek sho‘ro Ensiklopediyasi» va «O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar» jurnalining bosh muharriri, davlat va jamoat arbobi, “Buyuk hizmatlari uchun” ordenining nishondori Ibrohim Mo‘minov bo‘lib, 1908-yil 7-sentyabrda Buxoroning Shofirkon tumanida dehqon oilasida dunyoga keladi. 1922-1927-yillarda boshlang‘ich maktabda, so‘ng Buxoro Maorif institutida o‘qiydi. Shu institut yo‘llanmasi bilan 1928-yil Samarqand Oliy Pedagogika institutiga o‘qishga kiradi. Biroz o‘tmay bu institut Samarqand Pedagogika akademiyasiga aylantiriladi. 1931-yil u Samarqand Pedagogika akademiyasining ijtimoiy-iqtisodiy fakultetini a’lo baholarga tamomlab, shu akademiyada o‘qituvchilik lavozimiga ishiga olib qolinadi. 1933-yil shu akademiya bazasida Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti tashkil qilinadi. Ibrohim Mo‘minov universitetda avval filologiya, keyinchalik tarix fakultetlarining dekani lavozimida ishlaydi, ijtimoiy kafedraga mudirlik qiladi. Ibrohim Mo‘minov yoshligidan tarix, ijtimoiy fanlar, ayniqsa falsafa ilmiga qiziqdi, shu sohada maqola, risolalar yozdi va ilmiy tadqiqot ishlari olib bordi.Ibrohim Mo‘minov falsafa ilmini o‘rganish jarayonida bir qator ilmiy tadqiqot ishlarini ham amalga oshirdi. U 1941-yil o‘zbeklar orasida birinchilardan bo‘lib “Gegel dialektikasining rasional mag‘zi” mavzusida nomzodlik ilmiy ishini himoya qildi. 1943-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil qilinadi. Uning ta’sis majlisidayoq Ibrohim Mo‘minov akademiyaning muxbir a’zosi qilib saylanadi. 1946-yil Samarqandda “Mirzo Bedilning falsafiy qarashlari” monografiyasi rus tilida bosilib chiqdi. 1950 yilda “XIX asr oxiri va XX asr boshlarida O‘zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyoti tarixidan” degan mavzuda doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi. U 50-yillar boshlarida SamDUda ijtimoiy kafedraga rahbarlik qildi. Bu kafedra Respublikada falsafa yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlashda asosiy markazlardan biri bo‘lib qoladi. Ibrohim Mo‘minov 1955-yil O‘zbekiston Fanlarakademiyasi Tarix va arxeologiya istituti direktorligiga tayinlanadi. 1956-yil Ibrohim Mo‘minov O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi va vise-prezidenti qilib saylanadi. To umrining oxirigacha 18 yil davomida vise-prezidentlik lavozimida faoliyat ko‘rsatdi. Baratov Mubin 1933 yil 9 sentyabrda Nurota tumanida tug‘ilgan, faylasuf olim. O‘zbekiston FA akademigi (2000), falsafa fanlari doktori (1972), professor (1973). O‘rta Osiyo davlat universitetining sharqshunoslik fakultetini tugatgan (1956). 1959-1975-yillarda O‘zbekiston FA Falsafa va huquq institutida ishlagan 1970-1975 yillarda direktor, umrining oxirgi yillarida xorijiy sharq falsafasi bo‘limi mudiri, O‘zbek ensiklopesiyasi Bosh muharriri (1975-1976),O‘zbekiston FA Sharqshunoslik instituti direktori (1976-1980), ToshDU huzuridagi Oliy o‘quv yurtlari ijtimoiy fanlar o‘qituvchilarining malakasini oshirish instituti direktori (1980-1993), 1993-yildan O‘zbekiston FA Falsafa va huquq institutida bo‘lim mudirisifatida faoliyat olib borgan. Ilmiy faoliyati O‘rta Osiyo va xorijiy sharq xalqlari falsafasi tarixiga bag‘ishlangan. Uning “Xorijiy sharq xalqlari ilg‘or ijtimoiy-falsafiy fikrlari ocherklari” (monografiya), 1971 va “Hindistonda ijtimoiy fikrlar” (hammualliflikda), 1973 asarlari mashhur bo‘lib, falsafiy bilimlarni boyitishga katta xizmat qiladi. Ustoz Mubinjon Baratov 2003-yil Toshkent shahrida vafot etgan. Taniqli faylasuf olim, akademik Muzaffar Xayrullaev. XX asrda akademik Ibrohim Mo‘minov asos solgan milliy o‘zbek falsafa maktabining yorqin vakili edi. Uning ilmiy merosi rang - barang va serqirra bo‘lib, milliy falsafamiz tarixida alohida o‘rin va ahamiyat kasb etadi. Muzaffar Muhiddinovichning “falsafa daryosiga” kirib kelishi ham o‘ziga xos bo‘lib, bu jarayon ustoz Ibrohim Mo‘minov ko‘magi va maslagida amalga oshgan.Muzaffar Xayrullaev falsafa ilmiga uning eng mashaqqatli sohasi bo‘lgan mantiq ilmi orqali kirib keldi. U 24 yoshida “Dialektik materializm mantiqiy qonunlarining ob’ektiv xarakteri haqida” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Bu yo‘nalish keyinchalik uni O‘zbekistonda ilk mantiqshunos olimlardan biriga aylantirdi. 1986-yil M.Haqberdiev bilan hammualiflikda “O‘qituvchi” nashriyotida “Logika” o‘quv qo‘llanmasini chop etilishiga olib keldi. Bu kitob mustaqillik yillarida “Mantiq” nomi bilan qayta nashr etilib, hozirgacha oliy o‘quv yurtlarida mantiq fanidan asosiy o‘quv qo‘llanma sifatida foydalanib kelinmoqda. U 1966 yili 35 yoshida Ibrohim Mo‘minov rahbarligida “Forobiy dunyoqarashi va uning falsafa tarixidagi ahamiyati” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlaydi. Muzaffar Xayrullaev yurtimizda Markaziy Osiyo uyg‘onish davrini o‘rgangan dastlabki faylasuf olimdir. U A.Mes, Sh.Nusubidze, V.Chaloyan, I.Filishtinskiy, I.Braginskiy, V.Nikitina, I.Borodina, N.Konrad kabi uyg‘onish davri tadqiqotchilari kabi O‘rta Osiyo uyg‘onish davri yoki Markaziy Osiyo uyg‘onish davrini o‘rgandi va ilmiy asoslab berdi. Said Shermuxamedov falsafa fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati, taniqli faylasuf. U respublikada falsafa fani rivojiga, ilmiy-pedagogik kadrlar - fan nomzodlari va doktorlari tayyorlashga salmoqli hissa ko‘shib kelmokda. Said Shermuxamedov falsafada o‘ziga xos ilmiy maktabga, jumladan "Ijtimoiy falsafa" va "Madaniyat tarixi va nazariyasi" bo‘yicha fundamental ilmiy maktablarga asos soldi. Bu yirik olimning bir qancha ulkan falsafa anjumanlarida qilgan ma’ruzalari, matbuot sahifalaridagi chiqishlari, tayyorlayotgan ko‘plab pedagogik kadrlari tufayli Said Shermuxamedovning nomi nafaqat o‘z Vatanida, hattoki Rossiya, Fransiya, BAA, Yaponiya, Keniya, Kanada, Meksika, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston, Kipr, Nikaragua, Polsha, Bolgariya, Singapur, Koreya, Turkiya hamda boshqa ko‘plab xorij mamlakatlarida ma’lum va mashhurdir. Falsafa fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi O‘zbekiston davlat mukofoti laureati Omonulla Fayzullaevich Fayzullaev 1921-yil 5-aprelda Toshkentda tug‘ildi. 1937-yil sentyabrdan 1942-yil fevraligacha O‘rta Osiyo davlat universitetining (hozir O‘zMU) fizika-matematika fakulteti talabasi, so‘ng armiyaga xizmatga safarbar qilingan. 1942-yil fevralidan to 1945-yil sentyabrigacha Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi bo‘lgan. Urush sababli vaqtincha to‘xtatilgan o‘qishini 1949-yilda tugatdi. Omonulla Fayzullaevichning butun ilmiy, pedagogik va publisistik faoliyati fanshunoslikning va inson ma’naviy ravnaqining nazariy masalalarini chambarchas bog‘liq holda tadqiq qilishga bag‘ishlangan. Domla yoshlarda, ayniqsa maktab yoshidan ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga alohida e’tibor qaratadilar. U 1939-1941-yillari Toshkentning Ko‘kcha mahallasida fan asoslari bo‘yicha to‘garak tashkil qilgan. Bu to‘garakning bir qator ishtirokchilari keyin taniqli olim va yozuvchilar bo‘lib yetishdi. Atoqli olim O.F.Fayzullaevning ilmiy yo‘nalishlar doirasi juda keng qamrovlidir. U 500 dan ortiq asar muallifi, Проблемы противоречия в трудах классиков естествознания и философии Средней Азии" (1974), "Человек и природа" (1979), "Научное творчество Мухаммада ал-Хорезми" (1983), "Естествознание и философия" (1986), "Nafs, jon va ruh (Qur’on, tasavvuf va fandagi talqinlari)" (2005), "Falsafa va fanlar metodologiyasi" (2006) kitoblari shular jumlasiga kiradi. O.F.Fayzullaev tashabbusi hamda uning bevosita rahbarligi va faol ishtirokida tabiatshunoslik falsafasiga doir 35 dan ortiq ilmiy monografiya tayyorlangan va nashr qilingan.

Mustaqillikning taraqqiyot yo‘li mamlakatimizda fan rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Fanning barcha sohalaridagi kabi falsafada ham tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Zero, eng qadimiy rivojlanish tarixiga ega bo‘lgan falsafa o‘zida turli davrlarning ijtimoiy-siyosiy qarashlarini mujassamlashtirib, voqea va hodisalarning mohiyatini anglashni, nafaqat anglash, balki ularga munosabat bildirishni shakllantiradi. Modomiki shunday ekan, bugungi kunda falsafani yanada rivojlantirish, yosh avlodni falsafiy dunyoqarash, zamonaviy fan yutuqlariga asoslangan falsafiy bilimlar bilan qurollantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu o‘rinda o‘zbek falsafasini ham qaysi davrlar rivojlanganligi, bugungi Yangi O‘zbekistondagi faoliyati va takomillashi bizning bevosita muvvafaqiyatimizdir. Falsafiy tafakkurning ijtimoiy-siyosiy asoslari har qanday jamiyat xalqining ijtimoiy ongini o‘zgartirishga, uning pirovard maqsadlariga xizmat qilishga qaratilgan.

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlashda bizning oldimizga qo‘yilayotgan muhim vazifalardan biri - boy ma’naviy merosimizni xolisona o‘rganish orqali, vatanimiz kelajagi hisoblangan yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashdan iborat. O‘tmish ma’naviy merosimizni chuqur o‘rganish, targ‘ib etish, o‘zbek xalqining asl milliy-ma’naviy qadriyatlari, tarixiy o‘zligini, o‘zbekona ruh va mentalitetini qaytadan tiklash, zamonaviy mazmun berish orqali yoshlarda mustaqillik mafkurasini shakllantirish uchun asos bo‘ladi. Hozirgi davrda mustaqil O‘zbekistonning kelajagi bo‘lgan yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol inson qilib tarbiyalash eng asosiy vazifalarimizdan biridir. Har bir O‘zbekiston fuqarosi avvalo, shaxsiy faollik, bilimdonlik, Vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik kabi olijanob fazilatlar sohibi bo‘lishi lozimki, bu globallashuv jarayonida xalqimiz ma’naviy va ma’rifiy merosi, qadriyatlaridan unumli va samarali foydalanishni taqozo etadi. Zero, avvalo ma’naviyatli, aqlli, shu bilan birga zamonaviy ko‘nikmalarga ega yoshlar ertangi kunimiz rivoji va taraqqiyotini belgilovchi muhim omil hisoblanadi.



2. Falsafada fikrlar rang-barangligi bu – normal holat. Filosofiya — insonning dunyoda tutgan oʻrni va dunyoqarashining yaxlit tizimini ifodalovchi maʼnaviy faoliyatining bir shakli. Milodiy 2—3-asrlarda oʻtgan yunon faylasufi Diogen Laertskiyning shohidlik berishicha, yunon mutafakkiri Pifagor birinchi boʻlib oʻzini "filosof" deb atagan. Bu soʻz Geraklitning falsafiy taʼlimotida narsalarning tabiatini tadqiq etishga nisbatan qoʻllanilgan, tadqiqotchining oʻzi esa "filosof" deb atalgan. Keyinchalik "filosof" soʻzi har taraflama, keng , tushunarli va haqqoniy fikr yuritishga intiluvchi kishiga nisbatan qoʻllanilgan. Tarixiy maʼlumotlar yunoncha "philosophia" soʻzi arabchaga "falsafa" boʻlib oʻtganligi, arablar bu fanni "hikma" deb atashi, ruschaga "filosofiya" tarzida oʻtganligini tasdiqlaydi, demak falsafa bilan filosofiya soʻzlari bir xil maʼnoga ega.

Falsafaga haqiqatga eltuvchi taʼlimot sifatida yondashgan sokratchilar maktabi vakillari nuqtai nazaridan karasak, "haqiqatga muhabbat", "haqiqatni sevish" degan maʼno kelib chiqadi. Falsafa haqida fan tarixida turlicha, hatto birbiriga qaramaqarshi qarashlar mavjud. Falsafaga hamma fanlarning boshlanishi, olamning asl mohiyatini va universal qonunlarini ochuvchi fan deb yondashishdan tortib uni oʻz tadqiqot obʼyekti va predmetiga ega boʻlmagan mavhum va oʻta umumlashgan, inson uchun foydasiz bilimlar majmui deb hisoblovchilar ham uchraydi. Insoniyat foydalanayotgan barcha bilimlar Falsafadan boshlanib, falsafiy xulosa bilan yakunlanadi. Falsafani fan darajasiga olib chiqqan Platon uni "mavjudlikni, mangulikni va doimiylikni bilish", Aristotel "narsalarning sabablari va asosiy tamoyillarini tadqiq etuvchi fan" deb bilgan, stoiklar uni nazariy va amaliy tafeilotlarga intilish deb, epikurchilar unga "aql vositasida baxtga erishish yoʻli" deb qaragan. Forobiy Falsafani "hikmatni qadrlash" yoki fikrlash sanʼati deb bilgan. Oʻrta asrlar xristian Falsafasida u "tabiiy akl nuri vositasida erishiladigan dunyoviy donolik" (teologiya esa ilohiylik nuri vositasida erishiladigan ilohiy donolik) deb taʼriflangan.

F. Bekon va R. Dekart Falsafani "tushunchalar shakliga burkangan yaxlit, yagona fan" deb hisoblashgan. X. Volf F.ni "barcha mumkin narsalar va ularning qay maʼnoda va nega mumkinligi haqidagi fan" desa, Kant Falsafaga "dunyoni qanday tushunish haqidagi, butun bilishning inson aqlining tub maqsadlariga munosabati haqidagi fan" sifatida yondashishni taklif etadi. Fixte Falsafaga "qalb maʼrifati, maʼnaviy maʼrifat" deb baho bergan boʻlsa, Shelling voqelikning butun kulami va teranligini oʻz tajribasiga kura bilib olishni F. deb hisoblangan. Gegel predmetlarni fikran qarab chiqishni Falsafa deb atab, unga "oʻz-oʻziga ergashuvchi aql xaqidagi fan" sifatida taʼrif bergan. Shopengauer dunyoning butun mohiyatini abstrakt, yalpi umumiy va ravon shakldagi tushunchalarda ifodalash F.ning asosiy vazifasi deb bildi.

Falsafaning tarkibiy qismlariga bilish nazariyasi (gnoseologiya), metafizika (ontologiya, kosmologiya, falsafiy antropologiya, mavjudlik Falsafasi, teologiya), mantik, etika, estetika, huquq Falsafasi, naturfalsafa, fan Falsafasi, tarix va madaniyat Falsafasi, siyosat Falsafasi, din Falsafasi, psixologiya va boshqa kiradi. Bulardan tashqari, hozirgi zamon Falsafasida tibbiyot, tilshunoslik, musika, kibernetika va boshqa anik, fanlarning umummetodologik jihatlarini oʻrganuvchi Falsafa yoʻnalishlari vujudga kelmokda. Falsafaning dunyoqarashlik, gnoseologik, metodologik, sotsiologik, aksiologik, antropologik, mantiqiy, psixologik va mafkuraviy funksiyasi bor.

Falsafa tarixi — inson tafakkuri tarakqiyoti tarixidir. Falsafa tarixiga oid adabiyotlarda insoniyat tarixida xitoy Falsafasi, hind Falsafasi, Yevropa Falsafasi ajratib koʻrsatiladi. Yirik diniy taʼlimotlar sifatida hinduiylik Falsafasi, xristianlik Falsafasi, buddaviylik Falsafasi, islom Falsafasini koʻrsatish mumkin.

Ilk falsafiy taʼlimotlar qad. Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va Yunonistonda paydo boʻlgan, keyin Gʻarb mamlakatlariga yoyilgan. Qad. Hindistondagi falsafiy maktablar 2 turga bulinib, biri vedalaraxm kelib chiqqan va ularga suyanuvchi maktablar (vedanta, yoga, vaysheshika, nyaya, sankxya), ikkinchisi vedalarni rad etuvchi maktablar (jaynizm, buddizm, lokoyata) x,isoblanadi. Qad. Xitoydagi dastlabki falsafiy taʼlimotlar miloddan avvalgi 7-asrda vujudga kelgan. U Qadimgi Xitoy yozma manbalarida uchrab, bu manbalarga "Qoʻshiqlar kitobi", "Bahor va kuz" kabi qad. yodgorliklar va Konfutsiynnng "Aforizm"larini, daosizmni kiritish mumkin. Bundan tashqari, Sharq xalklarining tabiatning asosiy unsurlari yer, suv, havo va olovni eʼzozlash haqidagi naturfalsafiy qarashlari va gʻoyalari Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlariga keng yoyilib Qad. Misr, Bobil, Lidiya mamlakatlari xalklarining tafakkur tarziga singib ketgan. Yunonistonning ilk falsafiy maktabi — Milet maktabi ham oʻz gʻoyalarini Sharkdan olganligi tadqiqotchilarga maʼlum. Miloddan avvalgi 2—1-asrlarda Marv, Balx, Termiz, Sigʻnoq, Samarkand, Buxoro zaminini oʻziga qamrab olgan hududda kushonlar saltanati qaror topib, unda budda dini xukm suradi, uning falsafasi bu joyda yashovchi xalqning tafakkur tarziga oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Ammo Avesto gʻoyalari xalq ongidan butunlay chiqib ketmaydi. Milodiy 3-asrga kelib tenglik gʻoyalarini ilgari suruvchi moniylik taʼlimoti paydo boʻldi. Bu taʼlimot mazdakiylar harakatinnnt maʼnaviy tayanchi boʻlgan.

Yunonistondagi falsafiy maktablar, asosan, miloddan avvalgi 6—5-asrlardan vujudga kela boshladi va uning taraqqiyot bosqichlari klassik ellinizm va rimellinizm davrlariga boʻlinadi. Ellinistik Falsafa davri sokratgacha davr (Milet maktabi, Eleya maktabi) va klassik (attik) Falsafani (Sokrat, Platon, Aristotel) oʻz ichiga oladi. Sokratgacha davr Falsafasi kosmologik (gilozoistik) Falsafa va antropologik davrlarni oʻziga qamrab oladi. Dastlabki kosmologik falsafiy taʼlimot Falesga tegishli. U Anaksimandr, Anaksimen, Ferekid, Diogen bilan birgalikda Ioniya naturfalsafa maktabiga mansub. Ulardan soʻng borliq haqidagi taʼlimot bilan Ksenofan, Parmenid, Zenon (Eleyalik), Meliss shugʻullanganlar. Ular bilan birga Pifagor maktabi (Pifagor, Fillolay, Alkmeon, Arxit; miloddan avvalgi 6—4-asrlar) faoliyat koʻrsatgan. Bu davrda antropologik sofistika maktabi vakillari Protagor, Gorgiy, Gippiy, Prodik ijod qilishgan. Miloddan avvalgi 3—2-asrlarda stoiklar (Zenon Kitionlik), epikurchilar (Epikur, Lukretsiy), neoplatonchilar (Plotin) yunon Falsafasiga oʻz hissalarini qoʻshishgan. Ayniqsa, Sokrat, Platon, Aristotel Falsafasi yunon Falsafasining shuhratini oshiradi. Yunon Falsafasidagi asosiy qarashlar Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Makduniy)ning Sharqqa istilochilik yurishlari davrida Markaziy Osiyoga ham kirib keldi.

Islom dini yoyilgan mamlakatlardagi falsafiy taʼlimotlar quyidagicha oʻrganiladi: ilk islom Falsafasi (6—8-asrlar), sharqiy islom Falsafasi (Movarounnahr va Xurosondagi falsafiy taʼlimotlar), gʻarbiy islom Falsafasi (Shim. Afrika va Ispaniyadagi falsafiy taʼlimotlar).

Ilk islom Falsafasi davri yunon Falsafasining arab va suryoniy tillariga tarjima etilishi, bu tarjimalarda yahudiylik va xristianlik aqidalarining ustuvorlik qilishi bilan ajralib turadi. Bu davrda islomdagi jabariylar bilan qadariylar, moʻʼtaziliylar bilan mutakallimlar oʻrtasida falsafiy qaramaqarshiliklar boʻlgan. Sharqiy islom Falsafasida dunyoviy va islomiy gʻoyalarning , turli xalq va sivilizatsiyalarning tafakkur tarzi sintezlashgan. Shuningdek, tabiatshunoslik ilmlaridagi yirik kashfiyotlarni (mas, kimyo ilmining vujudga kelishi) falsafiy asoslash, hisoblash madaniyatining tubdan uzgarishi (Xorazmiy sistemasi) bilan bogʻliq belgilar kuzga tashlanadi. Sharqiy islom Falsafasi (Muso Xorazmiy, Fargʻoniy, Kindiy, Abu Bakr Roziy, Abu Mansur Moturidiy, Ashʼariy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Nosir Xisrav, Yusuf Xos Xojib, Umar Xayyom, Gʻazoliy, Zamaxshariy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Faxriddin Roziy, Bahouddin Nakshband, Ibn Xaldun va boshqalar) va gʻarbiy islom Falsafasi (Ibn Tufayl, Ibn Boja, Ibn Rushd) faylasuflarining musulmon olimlari tomonidan qayta ishlangan, tarjima qilingan asarlarining Yevropaga qayta takdim etilishi bu yerda Uygʻonish davrining boshlanishiga taʼsir koʻrsatgan. Falsafaning keyingi ravnaq topishi Markaziy Osiyoda temuriylar davri bilan boshlanadi. Amir Temur falsafiy gʻoyalarning mamlakat istiqboliga xizmat qilishini bilgan holda ilmfan ravnaqiga rahnamolik qildi. Bu davrda Markaziy Osiyoda tasavvuf Falsafasi, tabiatshunoslik Falsafasi, mantiq Falsafasi va axloqiy taʼlimotlar rivojlandi (Rudakiy, Firdavsiy, Nizomiy, Saʼdiy, Jaloliddin Rumiy, Taftazoniy, Jurjoniy, Ulugʻbek, Xoja Ahror, Fuzuliy, Nasimiy, Jomiy, Navoiy, Muhammad Qozi, Maxdumi Aʼzam, Bobur, Mashrab, Bedil va boshqalar). Shuni qayd etish lozimki, islom Falsafasi oʻzidan ilgari oʻtgan barcha dinlar bilan bogʻliq ilmiy anʼanalarni qabul qilgan. Islom Falsafasi rivojiga iudaizm, xristianlik, buddizm va boshqa diniy taʼlimotlar taʼsir koʻrsatgan.

Yevropa Falsafasi esa oʻzidan oldingi barcha falsafiy fikrni ilmiy bilimlarni jamiyat taraqqiyotiga xizmat qildirish bilan bogʻlagan. Toʻgʻri, Yevropadagi diniysxolastik falsafiy gʻoyalar jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʼsir qildi. Lekin, arab olimlarining tarjimalari tufayli antik davr fani va Falsafasi, qadriyatlarini qoʻlga kiritgan yevropalik olimlar jamiyatni bamisoli qayta uygʻotishdi. Yevropa Falsafasi sxolastik davri, Uygʻonish davri, yangi davr va nemis klassik Falsafasi davrlariga boʻlinadi. Sxolastika davri sxolastika ravnaqi (Buyuk Albert, Foma Akvinskiy, R. Bekon) va sxolastika inqirozi (Dune Skot, tomizm, U. Okkam) davrlariga boʻlinadi. Uygʻonish davrida italyan gumanizmi, reformatsiya, tabiatshunoslik Falsafasi, ijtimoiy xayoliy nazariyalar ilgari surilgan. Yangi davrda F. Bekon, R.Dekart, T.Gobbs, J.Lokk, Spinoza, Leybnits, X.Volf, J.Berkli, D.Yum, GT.Beyl, Sh.Monteskye, Volter, Russo, D.Didro, D’Alamber, J.Lametri, P.Golbax va boshqa faylasuflar ijod qilishgan. Nemis klassik Falsafasi Gerder, Kant, Fixte, Shelling , Gegel, Feyerbax nomlari bilan bogʻlangan.



Falsafa tarixidagi falsafiy maktab va oqimlar oʻzlari ilgari surayotgan falsafiy gʻoyaning mazmuniga qarab quyidagi yoʻnalishlarga boʻlinadi: empirizm va ratsionalizm, nominalizm va realizm, materializm va idealizm, skeptitsizm va antiskeptitsizm, agnostitsizm va antiagnostitsizm, dogmatizm va relyativizm kabilar. 19—20-asrlardagi falsafiy oqimlar: Shopengauer Falsafasi, O.Kont pozitivizmi, marksizm, empiriokrititsizm, neokantchilik, F. Nitsshening hayot Falsafasi, pragmatizm, neopozitivizm, postpozitivizm, neotomizm, freydizm, ekzistensializm, germenevtika, strukturalizm, relyativizm, konstruktiv empirizm, fenomenalizm va boshqa 21-asrga kelib har bir mintaqa, davlat va millatning tafakkur tarzini oʻzida ifoda etuvchi falsafiy maktab va oqimlarning shakllanishidan tashqari jahondagi ijtimoiy jarayonlarning keskin va jadal oʻzgarib borishi, global miqyosga koʻtarilishi umumjahon miqyosidagi falsafiy muammolarni hal etish zaruriyatini tugʻdirmoqda. Bunday muammolar sirasiga ijtimoiy taraqqiyotning globallashuvi, tinchlik va urush muammosi, ekologik, energetik muammolar, xom ashyo, oziq-ovqat va chuchuk suv muammolari, demografiya, sogʻliqni saqlash, axborotlar muammosi, maʼrifat va maʼnaviyat tanqisligi muammosi va boshqa kiradi. Bu muammolarni yechish yoʻllarini koʻrsatish va tahlil etish 21-asr Falsafasining dolzarb vazifasidir. Oʻzbekiston Falsafasi Sharq Falsafasining tarkibiy qismi, oʻzbek xalqining oʻziga xos boʻlgan tafakkur tarzining namoyon boʻlishidir. Uning tarixiy ildizlariga qadimgi Turon va Turkistondagi xalq ogʻzaki ijodiga oid hikmatlar, dostonlar, maqol va rivoyatlar, mutafakkirlarning falsafiy asarlari, Avestodagi ezgulik gʻoyalari, tariximizda oʻtgan moniylik, mazdakiylik, buddaviylik, yahudiylik, xristianlik dinlaridan kirib kelgan hikmatlar, islom Falsafasi, islomning muqaddas kitoblari, tasavvuf Falsafasi, moturidiylik taʼlimoti, sunniylik oqimi, kubroviylik, yassaviylik, naqshbandiya tamoyillari, vatanparvarlik goyalari, maʼnaviyaxloqiy qadriyatlar kiradi. Bu Falsafa jahon falsafiy merosi durdonalaridan oziq oladi. Oʻzbekiston Falsafasi oʻzbek xalqining tafakkur tarzi sifatida 20-asrda shakllandi. Unda Oʻzbekistonda yashovchi turli millat va elat vakillari ishtirok etishgan. Uning namoyandalari Behbudiy, Fitrat, Abdulla Avloniy, Munavvarqori, Choʻlpon, Abdulla Krdiriy, Ishoqxon Ibrat, Soʻfizoda va boshqa Sharq Falsafasi anʼanalarini, milliymaʼnaviy, axloqiymaʼrifiy qadriyatlarni shoʻrolar davrida ham saklab qolish va rivojlantirishga intilyshdi, lekin bu intilishlar ularning kommunistik tuzum qurboniga aylanishiga sabab boʻldi. Sovet tuzumini yoklagan ilm sohiblarigina qatagʻonlardan omon qolishdi. S.Ayniy va 3. V. Toʻgʻonlarning Falsafa tarixiga oid bir qancha maqolalari bosilib chiqdi. Sovet davrida Falsafa fani chuqur mafkuraviy inqirozga uchragan, kommunistik tuzumning xizmatkoriga aylantirilgan edi. Yozuvning arabcha grafikadan lotin grafikasiga, undan kirillcha grafikaga oʻtkazilishi milliy fan va Falsafa taraqqiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Naim Sayd, K. Yerzin, Hakim Neʼmat, R. Xolmurodov (Mallin) singari olimlar Falsafa sohasida faoliyat koʻrsatdilar. Ikkinchi jahon urushi davrida Oʻzbekiston FA tashkil etilishi ijtimoiy fanlar, xususan, Falsafa fani taraqqiyotiga turtki berdi. Bu davrda S. Valiyev, J.M.Boboyev, H.Gʻ.Rasulov, AL.Ayupov, S.Azimov, I.Moʻminov, V. Zohidovlar Falsafa faniga sezilarli hissa qoʻshishdi.

3. Markaziy Osiyodagi falsafiy qarashlar qad. turkiy yozuvlar, tangriga eʼtiqod qilish tamoyillarida va zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestodya oʻz ifodasini topgan. Oʻrta Osiyo falsafasi Zardushtiylik, keyinchalik esa Islom dinlari taʼsirida shakllangan. Muhim faylasuflardan biri- ibn Sino Oʻrta Osiyo mintaqasida va umuman Islom olamida mantiq va metafizikani shakllantirdi; bunda u bir qancha olimlar:  Arastu va Aflotun ishlariga tayandi. Ibn Sino olamning vaqt oʻqida yaratilishini rad etadi; olam uning yaratuvchisi emanatsiyasidir, deydi. Ibn Sinoning bu qarashlari islomiy deizm va pandeizmga yaqindir. Keyinchalik Oʻrta Osiyolik boshqa faylasuflar - Beruniy, Forobiy, Gʻazzoliy, Navoiy, Bedil va va hokazo. ibn Sino asos solgan islomiy metafizika doirasida fikrlashdi va bu oqimlardan baʼzilari Yevropagacha yetib bordi.

Falsafa Xitoy tamadduniga, umuman Sharqiy Osiyoga sezilarli taʼsir koʻrsatdi. Koʻpgina buyuk falsafiy maktablar Bahor va Kuz Davri hamda Davlatlar Urushi Davrida paydo boʻlib, Fikrning Yuz Maktabi nomi ostida dunyoga tanildi. Ulardan eng ahamiyatlilari orasida KonfutsianizmTaoizmMohizm va Legalizmlarni koʻrsatsa boʻladi. Keyinchalik, Tang Sulolasi davrida, bu safga Buddizm ham qoʻshildi (shuni aytib oʻtish joizki, Sharq falsafasida din va falsafa orasida qatʼiy farqlar yoʻq). Gʻarb falsafasi kabi, Xitoy falsafasi ham keng qamrovlidir va falsafaning har bir sohasiga taalluqli maktablarga ega.
Download 31,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish