III BOB. BOLALAR NASHRLARI SAMARALI FAOLIYATINING ISTIQBOLLI YOʻNALISHLARI
3.1. Auditoriya bilan muloqotning interaktiv shakllari
Har qanday nashr faoliyatini boshlar ekan, nashr muharriri avvalgi uning nizomini tasdiqlaydi. Shu nizomda nashr aynan qaysi auditoriyaga moʻljallangani ham koʻrsatiladi. Bugungi kunda oʻz oʻquvchisining kimligini yosh chegarasi, qiziqishlari, millati, eʼtiqodi haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻlgan nashrlar allaqachon muvaffaqiyatga erishgan. Xoʻsh? Matbuotda maqsadli auditoriya oʻzi kim?
Maqsadli auditoriya – bu sizning axborotingiz axborotga boʻlgan ehtiyojini qondira oladigan odamlar guruhidir. Misol uchun mening muharrirligimda ayollar auditoriyasiga moʻljallangan jurnal faoliyat yuritayotgan boʻlsa, oʻz auditoriyamni aniqlash, ular bilan muloqotga kirishish orqali menda oʻquvchilarimning aniq portretlari shakllanadi. Auditoriya bilan muloqotga kirishishning soʻrovnoma, intervyu, viktorina kabi usullari mavjud. Misol uchun yuqoridagi usullar orqali maqsadli auditoriyani tahlil qilgan soʻng menda oʻquvchilarning shunday portretlari paydo boʻladi:
Kelinlar va qaynonalar;
Uy bekalari;
Tugʻruq taʼtilidagi ayollar;
Shaharning chekka hududlarida yashovchi ayollar.
Xuddi shunday bolalar nashrlarida ham auditoriya bilan muloqotga kirishishning turli interaktiv usullari mavjud. Bu yoʻnalishni “Dono Word” jurnali asosida koʻrib chiqadigan boʻlsak, jurnal oʻz muxlislari uchun qator yangiliklarni amalga oshiradi. Misol uchun jurnalning “3D reallik” loyihasini olaylik. Bunda biz bilgan mashhur tarixiy obidalar, haykallar, dunyoning 7moʻjizasi kabi taniqli obyektlar haqida qiziqarli maʼlumotlar nafaqat matn koʻrinishida beriladi, balki maxsus texnologiyalar asosida jurnaldagi rasmni suratga olish orqali yassi rasmlar boʻrtib chiqadi va jonlanadi. Bunday ajoyib jarayonning guvohi boʻlish uchun oʻquvchiga har qanday 3D kitob yoki “Colar” jumboqli suratlari (pazl) Android yoki iOS platformasidagi mobil qurilma va Play Market , App Store ilovalari orqali yuklab olish mumkin boʻlgan maxsus dastur kerak boʻladi. Oʻquvchi jurnalni sotib oladi, bepul dasturni yuklab oladi va “Promo” kategoriyasidan “DonoWord” boʻlimini tanlaydi. Smartfon yoki planshet kamerasini jurnaldagi tasvirga qaratish orqali har qanday oʻquvchi jonli 3D koʻrinishdagi qahramonlardan zavq olishi, jurnaldagi qahramon yoki tarixiy obida haqida qiziqarli maʼlumotlarni qahramon tilidan tinglashi va u bilan suratga tushishi mumkin. Aytish joizki, bugunning zukko, qiziquvchan bolalarini oddiy narsalarga jalb qilish mushkul. Ammo, “Dono Word” jurnali ijod korlari IT texnologiyalaridan foydalanib amaliyotga tatbiq etgan shunday loyihalar orqali bolalarning matbuotga qiziqishi ortishi mumkin.
Tanlovlar ham auditoriya fikrini, mushtariylarning xohish-istaklarini oʻrganish uchun yaxshi usul. Qachonki, tanlovda ragʻbat, sovrin boʻlsa uning natijasi yanada taʼsirliroq boʻladi. “Dono Word” jurnalida kitobxonlar uchun ajoyib tanlov tashkil qilingan. Eʼtiborlisi, unda 12 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan barcha maktab oʻquvchilari ishtirok etishi mumkinligi koʻzda tutilgan. Tanlov shartlariga koʻra, ishtirokchi oʻzining shaxsiy kutubxonasini yaʼni kitob javonini rasmga olib joʻnatishi, sevimli kitobi, adibi haqida tahririyatga maktub yoʻllashi kerak boʻladi. Eng qizigʻi shu ikki bosqichdan oʻtgan ishtirokchilar 3 bosqichda yana sinaladi. Tahririyatdan ularga telefon orqali bogʻlanilib, sevimli asari haqida savol beriladi. Aynan tanlovning 3-bosqichida auditoriya bilan jonli muloqot oʻrnatiladi va hu orqali auditoriyaning aniq portreti shakllanadi. Kitobxonlik tanlovida gʻolib boʻlgan ishtirokchilarga 1-oʻrin uchun planshet, 2-oʻrin uchun kitoblar jamlanmasi, 3-oʻrin uchun esdalik sovgʻalari taqdim etiladi. Bu esa jurnal ixlosmandlarini tahririyat tomonidan keyingi tashkil qilinadigan tanlovlarga befarq boʻlmaslikka undaydi.
“Dono Word” jurnali elchixonalar, turli bolalar tashkilotlari va boshqa bolalar nashrlari bilan ham oʻzaro yaxshi hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan. Misol uchun “Dono nashriyoti” tashabbusi bilan Xitoy elchixonasi bilan hamkorlikda bolalarni kitobga qiziqtirish va savodxonligini oshirish maqsadida 2018-noyabrdan 2019-yil may oyiga qadar “Bilimdon”, “Dono Word”, “Znayka” va “Excellent” jurnallarida “Xitoy haqida nimalarni bilasiz?” viktorinasi start olgan edi. Ushbu tanlovda 3000 nafardan ortiq oʻquvchilar ishtirok etgan. Qatnashchilardan 20 nafari gʻolib deb topilgan va Xitoy haqidagi savollarga toʻgʻri javob bera olgan 3 nafar gʻolib Xitoyning Oʻzbekistondagi elchixonasi homiyligida mazkur mamlakatga 7 kunlik bepul yoʻllanmani qoʻlga kiritishgan. Gʻoliblarni tantanali taqdirlash marosimida “Dono nashriyoti “ MCHJ direktori Bahodirjon Homidov, Oʻzbekiston Jurnalistlari Ijodiy uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi raisi Muhammadjon Obidov shaxsan ishtirok etib mega tanlov gʻoliblarini taqdirlagan. Maktab oʻquvchisi uchun – bu katta motivatsiya. Shu kabi tanlovlar orqali bolada kitobxonlikka, dunyoni oʻrganishga, ilmga nisbatan ragʻbat uygʻota olish mumkin. Maktab oʻquvchisi oʻzining ijodiy maqolasi uchun, ozgina qilgan izlanishi uchun katta yutuq bilan taqdirlanishi “Dono Word” jurnalining ham yutugʻi desak adashmaymiz. Jurnal faoliyati davomida shu kabi yangiliklarga qoʻl urushdan charchamaydi. Tanlovlar, viktorinalar, marafonlar evaziga jurnal obunachilari soni ortsa ortadiki, aslo kamaymaydi. Tanlovlarning yoʻnalishi ham har safar har xil yoʻnalishda tashkil qilingan. Sanʼat, sport, sayohat, kitobxonlik, tabiatshunoslik kabi yoʻnalishlarda qator tanlovlar boʻlib oʻtgan.
Chiqindilar, ularning atrof-muhitga nojoʻya taʼsiri haqidagi materiallarga juda koʻp matbuot nashrlarida, internet saytlarida koʻzimiz tushadi. Ammo, “Dono Word” jurnali yan bir loyihasida mavzuning koʻpchilik bilmaydigan tomoniga urgʻu berganki, loyiha orqali nafaqat bolalarning balki kattalarning ham bu tabiat bilan munosabatidagi bilimsizliklari yuzaga chiqadi. “Dono Word va “Znayka” jurnallari hamkorligida 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilar uchun “tabiat va biz” tanlovini eʼlon qiladi. Tanlov shartlariga koʻra, ishtirokchilar jurnalning har sonidagi “Tabiatga imkon bering” sahifasidagi topshiriqlarni bajarib borishi talab qilinadi. Masalan jurnalning navbatdagi sonida yaroqsiz televizor, buzilgan radio, yaroqsiz changyutgich kabi oʻzida simob, qoʻrgʻoshin, kaliy kabi koʻplab kimyoviy elementlarni saqlaydigan elektr buyumlarini utilizatsiya markazlariga topshirish topshirigʻi beriladi. Tanlov bahosida oʻquvchilar ultilizatsiya markazlari nima? Bunday markazlar shahrimizda faoliyat yuritadimi? Yaroqsiz elektr uskunalarini odatiy chiqindilar bilan aralashtirish qanday oqibatlarga olib keladi?, degan savollarga yoʻl-yoʻlakay javob qidiradi. Mazkur sahifadagi topshiriqlarni aʼlo darajada bajarib, gʻolib boʻlgan ishtirokchilarga yozgi taʼtilni eng zamonaviy oromgohlardan biri “Zomin sunrise”da oʻtkazish uchun yoʻllanma taqdim etilgan. Tanlovning yakuniy natijalariga koʻra, gʻolib 20nafar oʻquvchi oromgohga yoʻllanma berilgan. “Dono Word’ jurnalining 2017-2018-yilgi sonlarida auditoriya bilan muloqot o’rnatishning yana bir ajayib usulini ko’rish mumkin.
Jurnalning “Muxlislar ijodi” rukniga bolalar tomonidan kelgan she’rlar taniqli bolalar yozuvchisi va shoirasi Kavsar Turdiyeva tomonidan tahrir qilinadi va jurnalning “Kavsar opa saboqlari” rukni orqali bolalardan kelgan tahrirsiz holatdagi she’rlar asl holati va tahrir qilingandagi holati bilan birga e’lon qilinadi. Bu tajribaning qiziqarliligi shundaki bolada jurnalni o’qish bahonasida ijodga, adabiyotga bo’lgan qiziqish ortishi bilan birga mashhur shoiraning har bitta ijodkor bola bilan alohida ishlashi ularga motivatsiya beradi.Masalan jurnalning 2017-yil 12-sonida farg’onalik mushtariy Nafosatxon Abduqayumovaning “Buvimning rayhonlari” she’ri tahlil qilinadi. Bunda Kavsar Turdiyeva muallifning topgan g’oyasi nihoyatda orginalligini ta’kidlab rag’batlantiradi,ammo she’rning qofiyalanishida biroz kamchiliklar borligini aytib she’rni qayta qofiyalab sahifada e’lon qiladi.22
“Dono Word’ning 2017-yil sonida yana bitta noan’anaviy rukn tashkil qilinadi. “Men bilmasdim, sizchi?” deb nomlangan bu ruknda xalq orasida mashhur bo’lgan voqealar, faktlar haqiqatmi yoki afsonaligiga oydinlik kiritiladi. Masalan, hammamiz Nyutonning boshiga olma tushgan vas hu orqali u yerdagi tortishish kuchini aniqlagan deb bilamiz, ammo bu afsona, aslida olma Nyutonning boshiga emas, olimning yoniga tushgan va u bundan ilhomlangan. Yana shunday mashhur voqelardan biri Tomas Edisonning elektr lampochkasini kashf etishi. Ammo, bu ham aslida fakt emas. Edison aslida lampaning doimiy yonib turishini ixtiro qilgan. Ruknda shu kabi bir-biridan qiziqarli faktlar haqiqatga yaqin yoki uzoqligi to’g’risidagi fikrlar beriladi. E’tiborlisi, rukn dizaynida karikaturadan unumli foydalanilgan.
“Dono word’ jurnalining 2017-yil oktabr sonida yana bir qiziqarli va foydali rukn “So’z jozibasi”ga asos solinadi. Running doydaliligi shundaki, o’zbek xalq iboralarining qanday ma’nolarda va qaysi o’rinlarda qo’llanilishi bolalarga sodda va oddiy tilda tushuntirib beriladi. Masalan “Tarvuzi qo’ltig’idan tushdi” kabi iboralar xalq tilida ko’p qo’llansada, bolalar ba’zida kattalar ham ular aslida nima ma’noni anglatishini bilishmaydi. Bu rukn orqali bolalar nafaqat iboralarning ma’nolarini o’rganadi, shu bilan birga o’zbek tilining naqadar boy til ekanligiga yana bir karra guvoh bo’ladilar.
Jurnalning “Ensiklopediya’ rukni ham obunachilar uchun yangi bilimlar manbasi bo’lib xizmat qilgan. Bu rukn orqali o’zbek bolalar yozuvchilari va shoirlari haqida bolalarga batafsil ma’lumot beriladi. Safar Barnoyev, Quddus Muhammadiy, Nozim Hikmat, Farhod Musajonov kabi bolalar shoirlarining she’rlarini o’qisakda, ularning o’zi haqida ko’p ma’lumotlarni bilmaymiz. Bu rukn orqali bolalarga ijod na’munlaridan bahramand bo’layotgan insonlarning o’zlari haqida ham to’liq ma’lumotga ega bo’lish imkoni beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |