3-amaliy mashg`ulot 3-mavzu: Xudoyberdi To`xtaboyev-bolalarning sargyzasht



Download 16 Kb.
Sana06.01.2022
Hajmi16 Kb.
#323168
Bog'liq
3-amaliy mashgulot bolalar adabiyoti


3-amaliy mashg`ulot

3-mavzu: Xudoyberdi To`xtaboyev-bolalarning sargyzasht

va romannavis adibi. Miraziz A`zam she’riyatining falsafiy-badiiy o`ziga xosligi. Safar Barnoyev bolalar shoiri va nosiri

Reja:


Xudoyberdi To`xtaboyevning hayot yo`li.

Adib qissalarining g`oyaviy-badiiy mundarijasi.

Xudoyberdi To`xtaboyev – bolalar romannavisi.

Miraziz A’zamning bolalar adabiyotiga qo`shgan hissasi.

M.A’zam she’rlarining janriy tarkibi

Safar Barnoyev o`zbek bolalar adabiyotining yorqin namoyandasi.

Xudoyberdi To‘xtaboyev - o‘zbek adabiyotining zamonaviy bolalar yozuvchisi. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi.

Xudoyberdi To‘xtaboyev 1932 yil 17 dekabr kuni Farg‘ona viloyatining Katta Tag‘ob tumanida dunyoga kelgan. Xudoyberdi erta yetim qolib, bobosi va buvisining qo‘lida tarbiyalanadi.

1949 yil Qo‘qon pedagogika institutini, 1955 yil Toshkent Davlat universitetini (hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetini) tamomlaydi.

Ijodiy faoliyatini Farg‘ona viloyatidagi maktabda dars berishdan boshlagan, keyinroq o‘quv ishlari mudiri va maktab direktori lavozimlarida ishlaydi.

1958 yildan Xudoyberdi To‘xtaboyev keyingi 14 yil mobaynida “Toshkent oqshomi”, “Sovet O‘zbekistoni” gazetalarida 300 dan ortiq feletonlarini chop etadi. Shuningdek, “Guliston”, “Sharq yulduzi”, “Gulxan”, “G‘uncha”, “Yosh kuch” jurnallarida, “Yosh gvardiya” va “Kamalak” bosma nashrlarida ijod namunalari bilan ishtirok etadi.

1958 yil qisqa vaqt mobaynida “Yosh gvardiya”, “Sir fosh etildi”, “Sehrli qalpoqa” kabi kitoblari omma e’tiboriga havola qilindi.

Keyingroq “Omonboy va Davronboy”, “Sariq devni minib”, “Yillar va yo‘llar”, “Besh bolali yigitcha”, “Qasoskorning oltin boshi”, “Sehrgarlar jangi yoki shirin qovunlar mamlakatida”, “Jannati odamlar” kabi kitoblari chop etiladi.

Xorijiy kitobxonlar orasida Xudoyberdi To‘xtaboyev “Sehrli qalpoqcha” ertak-qissasining rus tiliga tarjimasi (shuningdek, ukrain, fransuzs va bir qator boshqa tillar) bilan tanilgan.

“Sehrli qalpoqcha” ertak-qissasi - yozuvchining rus tiliga tarjima qilingan birinchi kitobi. Mazkur asar kitobxonga olam quvonch va xursandchilik onlarini had’ya qiladi, degan umiddamiz.

Ertak-qissa 1970 yilgi Butun ittifoq tanlovida eng yaxshi bolalar kitobi mukofotiga loyiq topilgan.

Hozirgi zamon oʻzbek bolalar sheʼriyatida shoir Miraziz Aʼzamning oʻz oʻrni bor. Bu, albatta, uning izlanishi, mehnatkashligi, bolalarni va ularning adabiyotini qattiq sevishidan. Ijodkor bolalar oʻrtasidagi doʻstlik, hamjihatlik, ona-Vatanga cheksiz muhabbat, odobli boʻlish, yaxshi oʻqish uchun harakat qilish, kurashish kabi masalalarni koʻproq ochib berishga harakat qiladi.

Miraziz Aʼzam 1936-yilda Toshkent shahrida tugʻildi. Maktabda oʻqib yurgan kezlaridayoq sheʼriyatga qiziqdi. Sheʼriy mashqlarini Quddus Muhammadiy va keyinchalik Qudrat Hikmat boshchilik qilgan adabiy toʻgarakda sinovdan oʻtkazar, ijodiy izlanish, oʻqish va oʻrganishni qizgʻin davom ettirar edi. Adabiyot va sheʼriyatga boʻlgan chanqoqlik uni ToshDUga yetakladi. Adabiy mashqlari bolalar va oʻquvchilar gazetalarida, “Gulxan”, “Gʻuncha” jurnallarida bosila boshladi.

Universitetni muvaffaqiyatli tamomlagan Miraziz Aʼzam bir qator gazeta va jurnallarda ishladi. Shoirning “Metallurg”, “Aqlli bolalar”, “Senga nima boʻldi?”, “Gʻalati tush”, “Yer aylanadi”, “Yerga dovruq solamiz”, “Haqiqatning soʻzlari”, “Sabot”, “Tuygʻular”, “Bir choʻntak yongʻoq” kabi toʻplamlari bolalar kitob javonlaridan mustahkam oʻrin olgan.

Miraziz Aʼzamning juda koʻp sheʼr, qoʻshiq va ertak-dostonlari katta-kichik bolalarga bagʻishlangan. U har bir asarida bolajonlar uchun, albatta, bir yangilik, yaxshi gap aytish ishtiyoqi bilan qaynab-toshadi va buning uddasidan chiqadi. Masalan, “Yer aylanadi” sheʼrini olib koʻraylik. Bunday olib qarasangiz, bu bir oddiy gap. Axir necha ming asrdan beri u aylanadi, yana aylanaveradi, bu haqda jozibali sheʼr boʻlishi mumkin emas, degan tushuncha xayolingizdan oʻtadi. Lekin sheʼrni oʻqiydigan boʻlsangiz, sizning tasavvuringiz butunlay oʻzgaradi. Murgʻak qalb u yoqda tursin biz kattalar ham yerning aylanishi, onlarning oʻtishi, shamolning esib turishi bilan oʻsib-ulgʻayishimiz, kamol topishimiz, bunyodkorlik ishlarimiz koʻz oʻngimizdan oʻtadi. Qilgan yaxshi-yomon ishlarimizni oʻylaymiz. “Yer aylanadi” sheʼrida xuddi shu haqda bahs yuritiladi:

Asta-asta shamol esadi,

Asta-asta yer aylanadi.

Asta-asta odam oʻsadi,

Asta-asta yer aylanadi.

Asta-asta ulgʻayar aql,

Asta-asta yer aylanadi.

Asta-asta yetilar naql,

Asta-asta yer aylanadi…

Kichkintoylar koʻpincha hayot murakkabligidan bexabar boʻladilar. Ular kattalarning koʻmagida, oʻzlari tinglagan badiiy asarlari yordamida olam moʻjizalari, turmush bilan tanishib boradilar. Miraziz Aʼzamning “Bedananing buvisi” sheʼri kichik yoshdagi bolalarga juda qoʻl keladi. Bu sheʼr xalq ogʻzaki ijodi anʼanalari taʼsirida yaratilgan.

Yosh kitobxon sheʼrda bedanalarning turmush tarzi bilan yaqindan tanishib oladi. Xuddi insonlar kabi ularning ham qavmqarindoshlari, keksa-yoshlari boʻlishini, kasal-sogʻ yurishlarini buvi-bedana kechmishlari orqali tushunib yetadilar. Buvi dardga chalinib, ogʻir kasal boʻlib qoladi, tomogʻidan ovqat oʻtmaydi. Hammaning tinchligi, oromi buziladi, har kim qoʻlidan kelganicha unga madadkor boʻlishga intiladi. Bu lavha chiroyli va taʼsirli chizilgan:

Bedananing otasi bor ekan, nor ekan,

Onasiga oriyat yor ekan, yor ekan.

Dori-darmon, oʻt-oʻlan keltirib, keltirib,

Qari qushga tutishib, ichirib, yedirib,

Aylanishib boshida turdilar.

Sogʻayishning chorasini koʻrdilar, koʻrdilar…

Va-vaq, va-vaq Bit-bil-diq.

Va-vaq, va-vaq,



Bit-bil-diq.

Biz har doim bolalar adabiyotida oʻy oʻylash, xayol surish, oʻzining uchqur xayollari bilan yashash haqida yozilgan asarlarni qizgʻin qoʻllab-quvvatlaymiz. Miraziz Aʼzamning ham “Xayol surish” sheʼrining qahramoni har bir narsani tezroq bilib olgisi, uning poyoniga yetgisi keladi. Lekin u qancha oʻylamasin, xayol surmasin, aqliy tafakkuri hali toʻla rivojlanmaganligi sababli koʻp narsalarni tushunmaydi, ojizlik qiladi. Ota oʻgʻilni unchalik oʻylamaslikka chaqiradi. Otaning nasihati bilan bola oʻzini tinchita olmaydi
Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish