Media nazariyasi va amaliyoti kafedrasi


Bolalar matbuotida ijodiy mahorat va uslub masalalari



Download 0,57 Mb.
bet12/18
Sana13.07.2022
Hajmi0,57 Mb.
#793324
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
БМИ Шириной (1)[1]

3.2. Bolalar matbuotida ijodiy mahorat va uslub masalalari
Bolalar uchun yozish bu bola boʻlib yozish demakdir. Bolalar uchun yoziladigan har qanday kitob, badiiy asar, maqola, sheʼr ularning yosh xususiyatlariga toʻgʻri kelishidan tashqari kichkintoylarga tushunarli va qiziqarli boʻlishi zarur. Shuni ham qayd etish kerakki, bolalar jurnalistikasi bevosita bolalar adabiyoti va bolalar pedagogikasi bilan uzviy bogʻliq. Chunki har uchta sohaning zamirida shaxs tarbiyasi birinchi oʻrinda turadi. Har uchala soha yosh avlodga chinakam aqliy, axloqiy, estetik tarbiya berishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyadi. Bolalarni oʻqish va yozishga oʻrgatish, ularning savodini chiqarish davri maktabgacha taʼlim yoshidan boshlanishini hisobga olsak, ularda oʻqib-oʻrganishga boʻlgan qiziqish ayni shu davrdan boshlanadi. Bu davr bolalari tinglaydigan asarlarning koʻpchiligi ertak, qoʻshiq, topishmoq, maqol, tez aytish kabi xalq ogʻzaki ijodi naʼmunlarini tashkil etadi. Bundan tashqari yozuvchi va ijodkorlar yaratgan asarlar ham bu yoshdagi bolalar uchun hikoya qilib berishga qoʻl keladi. Shuni ham alohida taʼkidlash kerakki, bugun maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar uchun “Maktabgacha taʼlim”, “Ilk qadam” nashrlari mavjud. Ularda metodik qoʻllanmalar, dars ishlanmalari, maqolalar eʼlon qilinadi. Ammo, mamlakatimizdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan bolalar uchun moʻljallangan nashr hali tashkil qilingani yoʻq.
Bolalar maktab yoshiga yetgach ularda kitobga boʻlgan munosabat avvalgisidan farq qiladi. Avvaliga ota-onalar hikoya qilib beradigan narsalarni endilikda oʻzlari mustaqil oʻqib-oʻrganishga ishtiyoq oshadi. Bu yoshda asosan bolalarning oʻqiganlari asosida ular ongida Vatan, ota-ona, doʻstlik, tinchlik tushunchalar shakllanadi. 11-12yoshdagi bolalar bolalar sehrli-fantastik, sarguzasht janridagi materiallarni sevib oʻqiydilar.
Bolalar uchun yozish – murakkab jarayon. Buning uchun oʻzingiz ham bolaga aylanishingiz kerak, ijodkordan bolanikidek begʻubor qalb va mahorat talab qilinadi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Yayra Saʼdullayeva mahorat masalasiga toʻxtalar ekan, “...Bolalalar jurnalistikasi qiyin soha . Mahorat bilan birga bolalarga nisbatan oʻta yaqinlik, onalarga xos mehr boʻlishi kerak”, - deya taʼkidlaydi.23
Bugungi kunda bolalarga moʻljallangan bosma nashrlarda eʼlon qilingan va qilinayotgan materiallar, umuman nashrlar faoliyati haqida xulosa qilishga toʻgʻri kelar ekan, oʻzbek bolalar jurnalistikasida ijodiy mahorat birmuncha sustligini ochiq eʼtirof etish kerak. Bugun bolalar nashrlarida faoliyat yuritayotgan jurnalistlar bolalar qalbiga hammadan ham koʻra oʻzgacha usullar, yoʻllar bilan kirishga, jajjilarning “tilini topishga” harakat qilishi kerak. Buning uchun jurnalistdan biroz fidoyilik talab qilinadi.Hech birimizga sir emaski, bugun bolalar nashrlaridagi chop etilayotgan intervyular qahramonlarining koʻp yasama. Chunki, intervyularni oʻqish jarayonida amin boʻlasizki, bolalar savollarga bu qadar aniq mushohada bilan javob berishi qiyin. Ularning dunyoqarashi, fikrlashi savollar magʻzini chaqishga yetgani bilan, ammo bola tilidan turli ixtisoslashgan atamalar chiqishi qiyin jarayon. Afsuski, tayyor suhbat yoki intervyu ostiga bolalar ism-familiyasi yozilishi bilan bolalar matbuotidagi navbatdagi material eʼlon qilinmoqda.
Biz oʻsmir boʻlgan vaqtimizda “Gulxan”, “Gʻuncha” “Sinfdosh” kabi jurnallarda sheʼrlarini, hajviyalarini, hikoyalarini intiqib kutadigan mualliflarimiz boʻlgan. Xususan Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Tursunoy Adashboyev, Nozim Hikmat, Yayra Saʼdullayeva, Umida Abduazimova, Quddus Muhammadiy, Sodiqjon Inoyatov, Zafar Diyor kabi yozuvchi va shoirlar oʻz davrida nafaqat oʻzbek bolalar adabiyotining balki oʻzbek bolalar jurnalistikasining ham rivojiga oʻzining munosib hissasini qoʻshgan. Bugun bolalar jurnalistikasida, bolalar matbuotida oʻzbek bolalari yaxshi taniydigan ixtisoslashgan jurnalistlar yoʻqligi mavzuning yana bir ogʻriqli nuqtasi. Toʻgʻri, Muazzam Ibrohimova singari bolalarga qalban yaqin boʻlgani uchun bolalarga atab ertaklar, hikoyalar yozadigan mualliflar bor. Ammo, sohaning ichidan aynan bolalar mavzusiga ixtisoslashgan mualliflarni topish qiyin.
Mamlakatimizda bolalar mavzularini yoritishda jurnalistlar orasida steriotiplarning mavjudligi ham oʻzbek bolalar jurnalistikasining katta muammolaridan biri. OAV stereotiplari va jurnalistlar tomonidan yo’l qo’yiladigan xatolarni ko’rib chiqadigan boʻlsak, koʻpincha OAVda bolalar mavzularining bir tomonlama yoritilishiga guvoh boʻlamiz. Afsuski, OAVda asosan bolalarning dam olishi, taʼlim olishi, tibbiy xizmatlardan foydalanishiga jurnalistlar tomonidan kengroq yoritilib, bolalar mehnatidan foydalanish, voyaga yetmaganlar jinoyati va odil sudlov, bolalarning oilalarda kamsitilishi mavzulari eʼtibordan chetda qolmoqda. OAVda stereotip tushunchasi amerikalik jurnalist Uolter Lippman tomonidan 1922-yili “Jamoatchilik fikri” asarida ilk marotaba qoʻllanilib, u steriotipga “insonning shaxsiy tajribasidan kelib chiqmagan, oldindan qabul qilingan tasavvur”24 deya taʼrif bergan. U.Lippmanning aytishicha stereotiplar boshqalarning fikrini tekshirmay, qabul qilish orqali vujudga keladi. Ammo ular abadiy emas. Jamiyat rivojlangan va OAV oʻz yoʻnalishini oʻzgartirgan sari ular yoʻqolishi mumkin.
Stereotiplar boshqalarning fikrini tekshirmay, qabul qilish orqali vujudga keladi. Ijtimoiy stereotiplarni tahlil qilar ekanmiz, respublika va xorijiy bosma OAVning monimtoringgiga koʻra, ularda berilgan materiallardan quyidagilarni koʻrish mumkin:
1. Odamlar osongina katta ijtimoiy guruhlarga xolis boʻlmagan, qoʻpol baholar berishadi.
2. Mazkur tavsiflar yoxud baho uzoq muddat saqlanib qoladi.
3. Ijtimoiy stereotiplar jamiyatdagi ijtimoiy, siyosiy islohotlar natijasida oʻzgaradi, ammo bu jarayon juda ham sekinlik bilan amalga oshadi.
4. Guruhlar oʻrtasida nizolarning kuchayishi natijasida ijtimoiy stereotipning salbiy tomonlari kuchayadi.
5. Bolalarga nisbatan qoʻllaniladigan ijtimoiy stereotiplar ularning ruhiyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Oʻzbekiston OAV tahlil etilganda, aksariyat holatlarda ularda bolalar mavzusini yoritishda turlicha qarashlar mavjudligining guvohi boʻldik. Ana shunday stereotiplardan ayrimlarini koʻrib oʻtamiz.

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish