Media matnlarning asosiy xususiyatlari
Reja:
Kirish
I. Asosiy qism
1. Media olamning ahamiyati
2. Plagiat tushunchasining kelib chiqishi
3. Rerayt va kopirayt. Kopirayting turlari
4. Repost: o‘xshashalik va farqlar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Bugungi kunda internet kengliklari bo‘ylab nafaqat kompyuter, balki uyali telefonlar yordamida ham harakatlanish oddiy holga aylanib, kundan kunga takomillashtirilgan vosita va kashfiyotlar sinovdan o‘tkazilmoqda. Butunjahon onlayn tarmog‘i ma’lum bo‘lgan barcha axborot vositalaridan (televidenie, radio, matbuot nashrlari) farqli o‘laroq, o‘z iste’molchilariga har qanday ma’lumotni istalgan shaklda, foydalanuvchilarning qiziqish va xohishlariga qarab, individual ravishda olish uchun qulay imkoniyat yaratib beradi. Buning ahamiyatli tomoni shundaki, innovatsion texnologiyalardan foydalanish internet tarmog‘ida yuzaga keluvchi muammolarni hal qilish va axborotga nisbatan ortib borayotgan talabni qondirishga yordam beradi va shu o‘rinda axborotlarning individuallashtirilishi yuqori pog‘onaga ko‘tariladi. Bunda fuqarolarning ma’lumot olish huquqini ta’minlash davlat organlari va aholi o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish jarayonning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda barcha OAV tahririyatlari va davlat muassalari internetda o‘z “sahifasi” ga ega. Bu esa demokratik jarayonlarning jadallashuviga, aholining siyosiy faolligini oshishiga, davlat va jamoatchilik o‘rtasidagi munosabatlarning samaradorligining oshishiga olib keladi. So‘nggi 10 yil davomida yurtimizda jami 2,5 milliard AQSh dollariga teng bo‘lgan 40 dan ortiq loyiha bajarilgani, pirovardida barcha shaharlararo va xalqaro hamda 98 foiz mahalliy telefon stansiyalari raqamlashtirilishiga erishilib, bu aholiga zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishda qo‘l kelayotganidan dalolat beradi1.
Ayni chog‘da xalqaro paket kommunikatsiyalari markazining o‘tkazish quvvati 4 barobar oshirilishi natijasida internetga ulanish tezligini 59,4 Gbit/s.gacha chiqarish imkoniyati yaratildi2. Shunga uyg‘un tarzda internet provayderlari va operatorlari soni 654 taga ko‘payib, onlayn tarmoqdan foydalanuvchilar soni 15,4 million nafarga yetdi3.
Binobarin, UZ domen zonasidagi saytlar va kontent hajmi ham o‘sgani holda, ularda davlat hokimiyati organlari resurslari, axborot tizimlari ham mustahkam o‘rin topib, bazaviy davlat interaktiv xizmatlari umumiy soni ortib borayotir. Bu fuqarolarning so‘z va axborot erkinligiga oid konstitutsiyaviy huquqlarni yanada to‘liq ro‘yobga chiqarish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar siyosati ochiqligini ta’minlash, ularning axborot xizmatlari va rasmiy veb-saytlari faoliyatini yanada takomillashtirish, davlat organlari tomonidan qabul qilinayotgan, fuqarolarning huquqlari, erkinligi va qonuniy manfaatlariga dahldor qarorlar to‘g‘risida aholini keng xabardor etish imkoniyatlarini jadal oshirdi.
Bularning barchasi mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va kuchli fuqarolik jamiyatni rivojlantirish, jumladan, axborot va so‘z erkinligini izchil ta’minlashga xizmat qilayotgani bilan yanada e’tiborlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |