Media matnlarning asosiy xususiyatlari Reja: Kirish I. Asosiy qism


Plagiat tushunchasining kelib chiqishi



Download 51,65 Kb.
bet3/7
Sana03.06.2022
Hajmi51,65 Kb.
#631861
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Media matnlarning asosiy xususiyatlari

2. Plagiat tushunchasining kelib chiqishi
Internetning shiddat bilan rivoji yangi tushunchalar bilan birgalikda mualliflik huquqiga rioya etmaslik, muallifga tegishli asar, g‘oya, materialni o‘zlashtirish holatlarini keltirib chiqardi. Zamon zayli bilan tilimizga kirib kelgan tushunchalar ichida plagiat, kopirayt, rerayt, repost so‘zlari so‘nggi vaqtlarda juda ham ko‘p ishlatilmoqda. Mazkur tushunchalar bevosita o‘ziga xos internet jurnalistikasida yo‘nalishlarni ham keltirib chiqarishga omil bo‘ldi. Xo‘sh, plagiat bilan kopirayt va reraytning farqi bormi? Nusxa ko‘chirish ma’nosini anglatadigan kopirayt birovning asarini o‘g‘irlash emasmi? Qayta bosish, ya’ni repostga materialni qayta chop etgan odam asar muallifining mualliflik huquqining bir qismiga daxl qilmaydimi? Mualliflik huquqi bevosita “plagiat” atamasi bilan bog‘liq ekanligini ko‘rish mumkin.
“Plagiat” atamasi Yevropada XVII asrning boshlarida qo‘llanila boshlagan. Rim huquqida “plagium” (so‘zma-so‘z tarjima qilinganda o‘g‘irlash) erkin kishini qonunga zid ravishda qullikka sotishni anglatgan. Dastlab adabiy asarlarni o‘g‘irlash — “plagium litterarium” deb, “adabiy o‘g‘ri” esa — “plagiator”, deb nomlangan. Hozirgi kunda qo‘llanilayotgan “plagiat” atamasi esa fransuzcha “plagiat” — “plagiat, taqlid” ma’nosini anglatadi. Bugungi kunda ham plagiat ijodiy faoliyatning barcha turlari uchun o‘ziga xos dolzarblikka ega. Ayniqsa, internetga ijodiy faoliyatning barcha turlarini joylashtirish imkoniyatining mavjudligi intellektual mulk ob’ektlarini cheklanmagan doiradagi shaxslar foydalanishi uchun zamin yaratdi va o‘z navbatida, plagiatni aniqlash va unga baho berishni qiyinlashtirib yubordi.
Huquqiy nuqtai nazardan esa plagiat asar muallifligiga nisbatan shaxsiy nomulkiy huquqni buzish sifatida e’tirof etiladi. Garchi plagiat deganda birinchi navbatda, intellektual mulk ob’ektlariga nisbatan mualliflikni o‘zlashtirish anglashilsa-da, ayrim o‘rinlarda plagiat atamasi mualliflik huquqi qo‘llanilmaydigan 160 sohalar: g‘oyalar, prinsiplar, uslublar, jarayonlar, tizimlar, usullar yoki konsepsiyalarga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin. Plagiat o‘zganing asarini o‘zining nomidan nashr etishda, shuningdek, o‘zganing asaridagi muayyan qismlardan manbasini ko‘rsatmasdan foydalanishda ifodalanadi.
Plagiatning majburiy belgisi bo‘lib, o‘zganing muallifligini o‘zlashtirib olish hisoblanadi, binobarin, mualliflik huquqi bilan muhofaza etilayotgan asardan noqonuniy foydalanish, nashr etish, nusxa ko‘chirish plagiat emas, balki mualliflik huquqining buzilishi yoki odatda ko‘p qo‘llaniladigan “madaniy qaroqchilik” sanaladi. “Madaniy qaroqchilik”da esa o‘zganing asariga nisbatan mualliflik huquqi o‘zlashtirilganda “plagiat” hisoblanadi. Qolaversa, “plagiat” atamasini amaliyotda keng qo‘llanilayotgan “kontrafakt (soxta) nusxa” atamasidan ham farqlash zarur.
Odatda “kontrafakt (soxta) nusxa”, deganda intellektual mulk ob’ektiga nisbatan mutlaq huquq egasi (faqat muallif emas, balki ish beruvchi, asardan litsenziya asosida foydalanuvchi, patent egasi va shu kabilar)ning ruxsatini olmasdan undan tijorat maqsadlarida foydalanish tushunilsa, “plagiat” faqat o‘zganing muallifligini o‘zlashtirish, asarni o‘zining ijodiy mehnat mahsuli ekanligini da’vo qilishda ifodalanadi. Ommaviy axborot vositalarida plagiatni aniqlanish xavfi badiiy adabiyotga qaraganda birmuncha yuqoriroq hisoblanadi. Biroq yuqorida qayd etilganidek, internetning keng imkoniyatlari va ko‘p o‘rinlarda jurnalistik materialga baho berayotgan kishilarning “muallif”ga “xayrixohliklari” natijasida, plagiatga yo‘l qo‘yish holatlari yuzaga kelmoqda. Albatta, bu jarayonda plagiat uchun birinchi galda muallif, ya’ni jurnalist javobgardir.
Eng asosiy aybdor va amaldagi qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortilishi lozim bo‘lgan shaxs — “adabiy o‘g‘ri”, “plagiat”, “soxta muallifdir”. Plagiatni baholashda boshqa tildan tarjima qilingan asarlarning qismlaridan foydalanish qoidalariga rioya qilish ham talab etiladi. Bu holatda tarjima to‘g‘riligi, muallif fikrlarining noto‘g‘ri tarjima qilinmaganligi uchun asarni tarjima qilgan shaxsning o‘zi javobgarlikni zimmasiga oladi va bu haqda ilmiy asarning boshida qayd etadi.
Bundan tashqari, plagiat hammualliflikka majbur qilishda ham ko‘zga tashlanishi mumkin. Bunday holda asar muallifini majburlab u bilan hammuallif sifatida asarni chop etish, soxta hammuallif sifatida o‘zini e’lon qilish ham plagiat hisoblanadi4.
Plagiat - bu boshqalarning so'zlari yoki g'oyalari uchun kredit olish harakati. Bu intellektual noto'g'ri harakatdir va bu jiddiy oqibatlarga olib keladi . Bu universitetning shon-sharaf kodekslarini buzadi va insonning obro'siga tiklanmasli zarar etkazishi mumkin. Plagiariyalangan topshiruv noto'g'ri darajaga, to'xtatib turishga yoki ekspulsatsiyaga olib kelishi mumkin.
Ko'rinib turibdiki, bu masalani engil qabul qilmaslik kerak. Ammo agar akademik yaxlitlik bilan harakat qilsangiz, u qo'rquvga tushmaydi.
Tasodifiy intihaldan qochishning eng yaxshi usuli tushunchaning o'zini tushunishdir.
Plagiat turlari


  1. Download 51,65 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish