Media matnlarning asosiy xususiyatlari Reja: Kirish I. Asosiy qism



Download 51,65 Kb.
bet6/7
Sana03.06.2022
Hajmi51,65 Kb.
#631861
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Media matnlarning asosiy xususiyatlari

4. Repost: o‘xshashalik va farqlar
Internet jurnalistikasida o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotgan yana bir tushuncha bu repostdir (inglizcha re – «asos, yana bir marta», post – «xabar berish») — bu bir resursda biror bir xabarni qayta chop etishdir. Repostning vazifasi e’lon qilingan xabarga yana bir marotaba e’tiborni tortishdan iborat. Repostlar asosan ijtimoiy tarmoqlarda keng qo‘llaniladi. Bu foydalanuvchilar tomonidan matn muallifining mualliflik huquqini saqlagan holda axborot ulashishning bir turidir. Ilgarilari aksariyat veb-sayt ma’murlari internetdan matn, surat, videoni o‘g‘irlab, o‘z saytlariga joylashtirishgan bo‘lsa, repost orqali uning muallifini va manbasini ko‘rsatgan holda axborotni chop etish mumkin. Xullas, ushbu atamalar har birining o‘z vazifasi va yuki bor7.
Aksariyat Internet foydalanuvchilari tushuntirishga hojat yo'q, va ijtimoiy tarmoqlar muntazam ravishda bu vazifani kuniga bir necha marta ishlatishadi. "Repost qilish" degani nimani anglatadi - bu sizning sahifangizga yoki guruhingizga nusxa ko'chirish xabarnomasi, videofayl, materialni boshqa foydalanuvchiga yuborish. Bu so'z ingliz tilidan "qayta xabar" deb tarjima qilinadi, boshqa amalni "qayta tiklash" yoki "retweet" deb atashadi. Nusxalash ko'rsatilgan manba bilan amalga oshiriladi, aks holda u o'g'irlik hisoblanadi.
Har qanday materialni iloji boricha ko'proq odam o'qiy olish uchun bosib chiqaradi, ammo yig'ilish, kamchiliklar, yorug'lik, suv, gazning etishmasligi haqidagi xabarlar yo'qolgan yoki muhim xabarlarni topishda foydalanuvchilar bu kabi belgini qo'yishga harakat qilishadi. Ko'pincha, odamlarning so'roviga javob berishlari va ma'lumotni zanjir orqali uzatishlari, bu SOS signalining o'ziga xos xususiyati yoki alohida e'tibor qaratishga urinishdir.
Ko'pincha, bloggerlardan saytning ommabopligini oshirish uchun o'z matnlarini ko'chirib olishlari so'raladi, lekin ko'pincha bu funktsiyadan foydalaniladi, boshqalarga qimmatli yoki muhim ma'lumotlarni etkazishga harakat qiladi. Yoki foydalanuvchi do'stlar bilan topishni baham ko'rganda, yoqtirmasdi. Bunday imkoniyatning kelib chiqishi bilan mualliflik huquqini himoya qilish muammosini hal qilish mumkin edi, chunki fotosuratlar yoki reklamalar boshqa shaxslarning sahifalarida paydo bo'ldi, faqat shaxsiy egasi sifatida.
Uza.uz axborot agentligi O‘zbekistondagi mavjud axborotlarning birinchi manbasi hisoblanadi. Bir kun davomida 70-80ta xabar yaratish imkoniga ega agentlik tarkibida plagiat, rerayt, repost materiallarni uchratmaymiz. Har bir material so‘nggida “Uza” manbasi degan iqtibos keltiriladi. Tadqiqot davomida asosan Uza.uz saytida kopirayting materiallar ulishi ko‘pdir. Unga ko‘ra, sayt tarkibidagi barcha ma’lumotlar birinchi manba sifatida qaytadan yoziladi va boshqa ommaviy axborot vositalariga uzatiladi. Bu agentlik faoliyatining bir qismi bo‘lib, uning birlamchi vazifasi hisoblanadi.
Shuningdek, agentlik faoliyatida yangiliklar boshqa manbadan olinsa, “Uza” manbasi o‘rniga olingan joy keltiriladi. Masalan, “O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati”. Agentlik tarkibidagi hech bir yangilikning olingan birinchi manbasiga havola berilmaydi. Biroq, agentlik olgan manbalari nizomida havola berilishi shart degan belgi mavjuddir. Bu bilan sayt plagiatga yo‘l qo‘ygan deb ayta olmaymiz. Bunga sabab, agentlik olingan manbaning nomini (havola bo‘lmasa ham) ko‘rsatmoqda. Shunday bo‘lsada, agentlikning “Jahon” sahifasida berilayotgan yangiliklar asosan boshqa saytlardan tarjima qilinadi va yangilik tagida “Uza” manbasi degan so‘z yoziladi.
Vaholanki, “Uza” muhbirlari Ukraina yoki Rossiyadagi davlat majlislarida ishtirok etmagan yoki o‘sha davlatda bo‘lib o‘tgan voqevga guvoh bo‘lmagan. Shunchaki, rus saytlaridan olib tarjima qilinmoqda. Bu borada mualliflik huquqi buzilganligini ko‘rishimiz mumkin. Bunda birinchi navbatda “Uza” manbasi sifatida berilishi O‘zbekistonning mavjud vaziyatga bo‘lgan munosabatini ifodalaydi, vaholanki, u Rossiyadagi bir saytdan olib tarjima qilinmoqda, natijada davlat sifatidagi imijimiz Rossiya bilan farqlanmay qoladi. Ikkinchidan, yangilik izlagan va uni e’lon qilgan jurnalistning mualliflik huquqini poymol qilganmoqda. “Jahon” agentligi tarkibidagi yangiliklarda juda ko‘pida plagiat materiallarni uchratish mumkin.
Vaholanki, “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidiga imom-xatib tayinlandi” sarlavhasi ostidagi yangilik prezident matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan. “Poroshenko “ketar jafosiga” administratsiya boshlig‘i o‘rinbosarini ishdan bo‘shatdi”, sarlavha ostidagi maqolada ham hech bir iqtibom keltirilmagan. Bu narsa yangidan tashkil etilgan agentlik faoliyatiga ishonchsizlik paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, agentlik tarkibidagi mavjud yangilik, maqolalar orasida boshqa sayt va agentliklardan na uslub jihatdan, na dizayn jihatdan ajralib turuvchi hususiyat ko‘zga tashlanmaydi. Agentliklardan farqli ravijda “Kun.uz va Daryo.uz” saytlarida yuqoridagi kabi muammolar kamroq uchraydi.
Jumladan, Kun.uz sayti Uza agetligidan olgan ma’lumotlarini rerayt qiladi, ya’ni uning sarlavhasi o‘zgaradi, mantdagi ba’zi jumlalar olinib, yangilari yoziladi, biroq konteks mazmuni o‘zgarmaydi. Shuningdek, aksariyat hollarda, Uza havolasi qo‘yilganini ham uchratishimiz mumkin. Daryo.uz sayti O‘zbekistonda eng optimal darajada ishlaydigan saytdan bo‘lib, uning deyarli barcha sahifalarida havola va iqtiboslar keltirilgan.
Jumladan, “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidiga imom-xatib tayinlandi” sarlavhasi ostidagi yangilikka havola prezident matbuot xizmatiga qo‘yilgan. Bunda, jurnalistik me’yor-qoidalar buzilmagani va mavjud tuzatishlar kiritilgan bo‘lsada havola o‘zgarishsiz qolganini guvohi bo‘lishimiz mumkin. Biroq, “Kun.uz” sayti aksariyat hollarda havola keltirmaydi. Natijada bu mualliflik huquqini buzilishiga sabab bo‘ladi. Har bir yangilik, e’lon, reklama saytdae’lon qilinish davrida tahririyat yoki OAV hodimi tomonidan yozilmas ekan havola keltirishi zarur.
Xo‘sh, har qanday auditoriya uchun qiziq bo‘lgan mavzuni qaerdan topish mumkin?
1. Hayotiy tajribangiz. Bevosita sizni va atrofdagilaringizni qiynayotgan muammolar jamiyat uchun qiziq va dolzarb. Masalaning yechimini ko‘rsatish, hech bo‘lmaganda yechimini topish uchun yo‘naltirish, muvaffaqiyatingiz kaliti.
2. Kutubxona. Bilimlaringizni kengaytirish va maqolangiz uchun mavzu topish uchun qulay joy. 3. Intervyu yoki telefon so‘zlashuvi. Doimo Sizni qiziqtirgan mavzu yuzasidan axborot bera oladigan insonlarni topsa bo‘ladi.
4. Internet ma’lumotlari. Afsuski, tarmoqda ular juda ham ko‘p. Shuning uchun ham mavzuni aniqlagach, internetdan qo‘shimcha manba sifatida foydalanganingiz ma’qul.

Xulosa
Bugungi kunda internetning rivoji, axboriy jamiyatni tashkil etishdagi intilishlar O‘zbekiston Respublikasida ham internet-tizimidagi OAVning rivojiga olib keldi.
Mediamatn nafaqat auditoriyani jalb qilish balki uni saqlab qolish bilan ham ahamiaytlidir. Bugungi kunda har bir online sayt yoki ijtimoiy tarmoqlarda mediamatnga alohida e’tibor qaratiladi. Mediamatn bilan ishlovchi kasb egalari ham bugungi kundagi hayotimizda ancha mashhur kasblardan biriga aylandi.
Men ushbu kurs ishini bajarish davomida quyidahi xulosalarga keldim.

  • Huquqiy nuqtai nazardan plagiat asar muallifligiga nisbatan shaxsiy nomulkiy huquqni buzish hisoblanadi.

  • Plagiatning majburiy belgisi bo‘lib, o‘zganing muallifligini o‘zlashtirib olish hisoblanadi, binobarin, mualliflik huquqi bilan muhofaza etilayotgan asardan noqonuniy foydalanish, nashr etish, nusxa ko‘chirish plagiat emas, balki mualliflik huquqining buzilishi yoki odatda ko‘p qo‘llaniladigan “madaniy qaroqchilik” sanaladi.

  • Axborot-reklama maqolalari saytlar kontentini to‘ldirish uchun yozilib, ular o‘quvchi uchun qiziqarlidir va yashirin reklamadan iborat bo‘ladi. Sotiluvchi matn tovarlar va xizmatlarning afzalliklarini ko‘klarga ko‘tarib maqtaydi. U nafaqat tijoriy taklif mazmunini ochib beradi, balki xarid qilishga ham undaydi.

  • Har qanday materialni iloji boricha ko'proq odam o'qiy olish uchun bosib chiqaradi, ammo yig'ilish, kamchiliklar, yorug'lik, suv, gazning etishmasligi haqidagi xabarlar yo'qolgan yoki muhim xabarlarni topishda foydalanuvchilar bu kabi belgini qo'yishga harakat qilishadi.



Download 51,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish