Me’da ichak yo’llari muammolarida bemorlarga hamshiralik ishi parvaishi. Sun’iy ovqatlantirishuqna Huqnalar
Ovqat hazm qilish organlarini kasalliklardan saqlashda tozalikka va ovqatlanish qoidalariga rioya qilish muhim ahamiyatga ega. Me’dada aralash ovqatlar o’rtacha to’rt soat davomida hazm bo’ladi. Shuning uchun har to’rt soatda ovqatlanish zarur. Ovqatlanish tartibining buzilishi tez-tez takrorlanib tursa, me’daning surunkali gastrit va yara kasalligi yuzaga kelishi mumkin. Me’da-ichak kasalliklari ikki turga boiinadi: 1. Me’da-ichaklarning yalligianish kasalliklari. 2. Me’da-ichaklarning yuqumli kasalliklari. Me’da-ichakiarning yalligianish kasalliklari. Bularga me’da shilliq pardasining yallig’lanish kasalligi — gastrit, ingichka ichak shilliq pardasining yallig’lanish kasalligi — enterit, yo’g’on ichak shilliq pardasining yallig’lanishi — kolit kabilar kiradi. Me’da-ichaklarning yuqumli kasalliklari. Bularga ovqatdan zaharlanish (salmonelloz, botulizm), ichburug’ (dizenteriya), qorin tifi, vabo (xolera) kabilar kiradi. Ovqatdan zaharlanishning salmonelloz deb ataluvchi turi es-kirib qolgan taomlarni iste’mol qilish tufayli paydo bo’ladi. Bunday taomni iste’mol qilgandan keyin bir necha soat o’tishi bilanoq odamning ko’ngli ayniydi, qusadi, qornining yuqori qismida og’riq seziladi. Odamda bunday belgilar paydo bo’lganda zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirish zarar. Ichburug’ kasalligini bir necha xil mikroblar qo’zg’atadi. Bu mikroblar idish-tovoq, yuvilmagan meva va sabzavotlar, zararlangan tayyor taomlar orqali yuqadi. Mikroblar tarqalishida, ayniqsa, qora (uy) pashsha katta ahamiyatga ega. Yuqumli sariq kasalligi (virusli gepatit). Bu kasallikni viruslar qo’zg’atib jigar hujayralarini zararlaydi. Virusning А, В va С turlari bo’lib, ularning yuqish yo’li har xil. Virusning A tori zararlangan taomlar, idish-tovoq, qaynatilmagan ariq, hovuz, quduq suvi orqali yuqadi. В va С turlari — sterillanmagan shpris va ignalar orqali hamda bu kasallikning yengil tori bilan xastalangan odamdan olingan qon va qon zardobini davolash maqsadida boshqa odamga yuborish natijasida yuqadi. Spirtli ichimlik ichish va chekishning ovqat hazm qilish organlariga ta’siri. Iste’mol qilingan spirtli ichimlik awalo, me’daning ichki shilliq pardasini yallig’lantirib, surunkali gastrit va me’daning yara kasalligini yuzaga keltiradi. Spirtli ichimlik me’dadan qon tomirlariga so’riladi va jigaiga boradi. Jigarda spirtning parchalanishidan sirka kislota va boshqa zaharli moddalar hosil bo’ladi. Ular jigar hujayralarini yallig’lantirib, surunkali gepatit kasalligiga sabab bo’ladi. Bunday kasallikka uchragan odamning o’ng qovurg’asi ostida (jigar joylashgan joyda) vaqti-vaqti bilan og’riq seziladi, yog’li taomlar iste’mol qilganda, tez yurganda, chopganda og’riq zo’rayadi, ko’ngli ayniydi, ba’zan qusadi. Agar surunkali gepatit kasalligiga uchragan odam spirtli ichimlik iste’mol qilishni davom ettiraversa, jigar hujayralarining ma’lum qismi zahar ta’sirida yemiriladi va ularning o’rniga biriktiruvchi to’qima hosil bo’ladi. Bu kasallik jigar sirrozi deb ataladi. Jigarning hajmi kattalashib ketadi, uning ish faoliyati esa mutlaqo buziladi. O’ng qovurg’a ostida qattiqlashgan va kattalashgan jigar osilib turadi va u og’riydi. Bunday bemorning umumiy ahvoli og’irlashadi, ish qobiliyati pasayadi. Chekish eng zararli odatlardan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda yoshlar o’rtasida nos chekish kabi zararli odat keng tarqalmoqda. Uning zaharli moddalari til ostidagi qon tomirlariga so’rilib, qon orqali miya, yurak, jigar kabi hayotiy muhim organlarni zaharlaydi. Nosning erigan qismi og’iz bo’shlig’idan so’lak bilan yutib yuboriladi va u me’da-ichakka tushib, ularni zaharlaydi. Nos tamakining eng kuchli (zaharli) turlaridan tayyorlanadi. Tamaki tutuni tarkibidagi 3 mingdan ortiq zaharli moddalardan tashqari, nosga yana ohak, kul kabi zaharli moddalar ham qo’shiladi. Bu moddalar og’iz bo’shlig’ida erib, so’lak bilan qo’shilib, qizilo’ngach orqali oshqozonga tushadi. Shuning uchun nos chekuvchilarda og’iz bo’shlig’i, qizilo’ngach va me’da raki ko’p uchraydi.
Юқумли ўткир ичак касалликлари: Юқумли ичак касалликларига ич терлама, паратиф, бактериал дизентерия, озиқ-овқат токсико-инфекцияси ва ҳакозолар киради. Бу юқумли касалликларнинг ҳар бирини маълум бир турдаги қўзғатувчи қўзғатади. Ҳамда улар ўзига хос клиник кечиши ва эпидемиологияси билан фарқ қилади. Улар бир-бирига ўхшаш бўлади. Ҳар қандай ичак инфекцияси учун касаллик қўзғатувчисининг оғиз орқали кириши ва меъда-ичак йўлида тез кўпайиши кузатилади. Бу касалликларнинг манбаи бўлиб, асосан бемор одам ва касаллик ташувчилар ҳисобланади. Касаллик қўзғатувчилари соғлом одамга беморнинг ажралмалари билан ифлосланган сув, озиқ-овқат маҳсулотлари, беморга қарашда ишлатиладиган нарсалар, ўйинчоқлар, ўрин-кўрпа, чойшаб ва бошқалардан юқиши мумкин. Ўткир ичак касалликларини ҳақли равишда "ифлос қўллар касаллиги" деб ҳам аташади. Ичак инфекцияларининг тарқалишида ахлат ўралари ва ҳожатхоналардан учиб чиқадиган пашшалар ҳам катта роль ўйнайди. Ичак инфекцияларининг қўзғатувчилари ва уларнинг токсинлари меъда-ичак йўли фаолиятини бузибгина қолмай, балки марказий асаб тизимини ҳам шикаслантиради. Беморнинг ҳарорати кўтарилади, бир кунда бир неча маротаба ичи суриб, қайт қилади, юрак қон томир тизимининг нормал фаолияти бузилади. Шунингдек, бу касалликнинг аломати ҳар хил бўлади. Ўткир меъда-ичак касалликлари асосан ёзда кун анча иссиқ пайтида кўпроқ учрайди. Чунки, бу даврда аҳоли томонидан яхши ювилмаган сабзавот ва мевалар кўп истеъмол қилиниши эҳтимоли юқори бўлади. Шу билан бир қаторда пашшаларнинг озиқ-овқатларни ифлослантириши ҳам сабаб бўлади. Бу касалликлар ҳар қандай ёшдаги кишиларга, айниқса, болаларга осон юқади. Касалликнинг яширин даври бир неча соатдан 7 кунгача, ич терламада эса бир неча кундан 3 ҳафтагача бўлади. Ўткир ичак инфекцияларининг олдини олиш учун инфекция манбаини йўқотиш ва уни зарарсизлантириш, организмни касалликларга чидамлилигини ошириш керак. Касалликнинг дастлабки аломатлари пайдо бўлиши биланоқ бемор нажаси билан ташқи муҳитга жуда кўплаб микробларни ажрата бошлайди. Шу сабабли беморни иложи борича тезроқ касалхонага ётқизиш зарур. У ўз вақтида даволанса касаллик тарқалишининг олди олинган бўлар эди. Хасталикнинг олдини олиш учун шахсий гигиена қоидаларига қатъий риоя қилиш лозим. Сабзавот ва меваларни истеъмол қилишдан олдин албатта водопровод сувида ёки қайнаган совуқ сувда ювиш мақсадга мувофиқдир. Болаларни доимо қўлларини совунлаб ювиб юришига одатлантириш касалликнинг олдини олишда жуда катта роль ўйнайди. Юқумли ўткир ичак инфекцияларининг олдини олишда умумий овқатланиш объектлари устидан санитария-эпидемиология назоратини олиб бориш муҳим аҳамиятга эга. Уй шароитида озиқ-овқат маҳсулотларини сақлаш шарт-шароитларига қатъий риоя қилиш зарур. Ичак касалликларининг қўзғатувчилари зарарсизлантириш воситалари таъсирида дарров нобуд бўлади. Шу сабабли идиш-товоқларни доимо зарарсизлантириш лозим. Ичак инфекцияларини профилактикасида пашшаларни йўқ қилиш алоҳида аҳамиятга эга. Организмнинг инфекцияларга қарши чидамлилигини оширишга қаратилган умумий соғломлаштирувчи воситалар ҳам муҳим роль ўйнайди. Болага витаминларга бой овқат бериш, организмни гимнастика, жисмоний тарбия ва бошқа муолажалар билан чиниқтириш, меҳнат қилиш режимига риоя қилиш лозим. Гигиена ва санитария қоидаларига қатъий амал қилиб, ҳаётга татбиқ этиш ҳар бир одамнинг бурчи. Хулоса қилиб айтганда, юқумли ўткир ичак касалликларининг олдини олишда бутун аҳоли фаол қатнашиши, гигиена қоидаларига риоя қилиниши, шу касалликларга шубҳа туғилса, беморнинг аҳволи оғирлашмасдан тезда шифокорга мурожаат этиш тавсия этилади.
Malabsorbtsiya. Diareya, tana vaznining kamayishi, steatoreya, vitamin hamda temir tanqisligi va/yoki protein tanqisligi natijasida shishlar bilan namoyon bo'ladi. Sabablari. Seliakiya, surunkali pankreatit, Kron kasalligi. Kam uchraydigan sabablar: oshqozon osti bezi raki, psevdokistoz, jigarning birlamchi biliar tsirrozi va b. Doimo gastroenterolog maslahatiga va keyingi tekshiruvlar uchun yo'llanma berish zarur. Davolash kasallik sababini bartaraf qilishga qaratilgan. Tseliakiya. Ingichka ichak yuqori bo'limlarining glyutein so'rilishining buzilishi bilan kuzatiluvchi yallig'lanish kasalligidir. Yallig'lanish natijasida malabsorbtsiya rivojlanadi. Glyutein saqlovchi mahsulotlarni ovqat ratsionidan olib tashlangandan so'ng tuzalish kuzatiladi. Ko'p uchraydi, lekin bemorlarda ayrim holatlardagina tashxislanadi. Barcha yoshdagi guruhlar orasida uchraydi. Ko'pincha kattalarda tashxislanadi (bu holatlarning aniqlanish cho'qqisi 50 yoshlarga to'g'ri keladi). Erkaklar va ayollar orasidagi nisbat 3:1ni tashkil qiladi. Bolalarda aniqlanish cho'qqisi - 4 yoshga teng. Moyillik keltiruvchi omillar: genetik, ekologik, infektsion, gormonal o'zgarishlar. Belgilar: ko'pgina bemorlarda, ayniqsa kattalarda simptomlar minimal darajada va atipik kechadi. 2 yoshdan kichik bolalarda - surunkali diareya, rivojlanishdan orqada qolish, qorinning dam bo'lishi, qayt qilish, rangparlik, soch tolalarining siyraklashishi. 2 yoshdan katta bolalarda - ishtahaning yo'qolishi, diareya yoki qabziyat, kamqonlik, bo'yi pastlik. Kattalarda - diareya yoki qabziyat, kamqonlik, aftoz stomatit, tilning achishishi, dispepsiya, qorinda og'riq va dam bo'lishi, tana vaznining yo'qotilishi, holsizlik, bepushtlik, xavotirli holatlar, depressiya, osteoporoz, neyropatiya. Assotsiirlangan kasalliklar: gerpetik dermatit, qandli diabet, immun tireoidit, birlamchi biliar sirroz, Shegren sindromi, osteoporoz, epilepsiya. Tekshiruvlar. Umumiy qon tahlili. Kasallikka shubha qilingan barcha holatlarda mutaxassislarga tekshiruv uchun yuborish - ingichka ichak biopsiyasi (shilliq qavat tukchalarining atrofiyasi), endomizial antitanachalarning aniqlanishi - tashxis qo'yishning yuqori sezgir va yuqori spetsifik sinovdir. Taktika Glyuten saqlovchi mahsulotlarni iste'mol qilishni cheklashuqna Bunda bir hafta mobaynida klinik tuzalish kuzatilishi mumkin, ingichka ichak shilliq qavatlarida morfologik o'zgarishlar bir yil ichida yo'qoladi. Parhez bo'yicha mutaxassis maslahatlari: qaysi hayotiy muhim mahsulotlar glyutein saqlaydi. Dispanserizatsiya. Har yili kasallik belgilari, tana vazni, qonda gemoglobin, Vit B12, folat, albumin va kaltsiy miqdorini kuzatishuqna Antiglyutein parhezni to'laqonli qabul qilinishiga qadar temir, folat kislotasi, kaltsiy bilan saplamentatsiya o'tkazishuqna Shu bilan birga 12 haftalikkacha bo'lgan homiladorlarda ham amalga oshiriladi. Glyuteinsiz parhez. Non va non saqlovchi mahsulotlarni istisno qilishuqna Bemorlarga xavfsiz bo'lgan holatda parhezga o'rtacha miqdorda suli saqlovchi mahsulotlarni kiritishuqna Asoratlar. Osteoporoz, ingichka ichakda, qizilcngachda va halqumda malignizatsiya kuzatilishi mumkin. Kron kasalligi Hazm qilish nayining og'iz bo'shlig'idan boshlab anusgacha bo'lgan qismining shilliq qavatlarida lokal zararlanishlar ko'rinishidagi o'tkir noinfektsion yallig'lanishi bilan xarakterlanadi. Tarqalishi 1:1500 nisbatni tashkil qilib, barcha yoshda uchraydi. Qaytalanish va remissiya bosqichlari bilan kechadi. Xavf omillari: chekishuqna Sabablari: genetik, ichak biotsenozining buzilishi, ovqatlanish xususiyatlari, infektsiyalar - qizamiq, paratuberkulyoz mikobakteriyalari. Kasallik belgilari. Ichakka doir: diareya, qon va/yoki shilliq ich kelishi, malabsorbtsiya, qorinda og'riq va spazmlar, og'iz bo'shlig'ida yaralar. Tizimli o'zgarishlar: behollik, tana vaznining yo'qolishi, tana haroratining oshishi, bolalarda rivojlanishdan orqada qolish, osteoporoz. Osteoporoz Belgilari. qorin sohasini ko'zdan kechirish va rektal tekshiruvda - anal va perianal zararlanishlar (fistulalar, abstsesslar, terining yaralanishi), qorin mushaklarining zo'riqishi, o'ng yonbosh chuqurligida hajmli hosilalar. Umumiy ko'rikda - nog'ora tayoqchalari ko'rinishidagi barmoqlar, aftoz stomatit, tana vaznining kamayishi, kamqonlik yoki gipoproteinemiya. Birga kuzatilishi mumkin bo'lgan holatlar: artritlar, nodoz eritema, irit, uveit, tromboemboliyalar, o't pufagidagi toshlar, amiloidoz, ankilozlovchi spodilit, sakroileit, piodermiya, sklerozlovchi xolangit. Tekshiruvlar: umumiy qon tahlili (kamqonlik, leykotsitoz), EChT (qaytalanishida ko'rsatkichning oshishi), siydik tahlili, kreatinin miqdorini aniqlash, jigar funktsional sinamalari, najas tahlili - mikroflorani aniqlash uchun ekib tekshirish (shu bilan birga Cl.dificile toksinini aniqlash). Taktika. Quyidagi belgilar aniqlanganda shifoxonaga yuborish zarur: - qorin devorining zo'riqishi bilan birga kuzatiladigan qorindagi kuchli og'riqlar; - og'ir diareya, ayrim holatlarda qon bilan aralash kelganda - kuchayib boruvchi tana vaznining kamayishi; - ichak obstruktsiyasi; - tana haroratining ko'tarilishi (tizimli kasallik belgilari). Maxsus bo'lmagan davo. Diareya - loperamid, xolesteramin (4 g. Kuniga 1-3 mahal - terminal yonbosh zararlanishda diareyaning kamayishi/rezektsiya). Osteoporoz - bifosfonat, Sa2Q, vitamin D, o'rinni bosuvchi gormonal terapiya. NYaQVlar umumiy holatni yomonlashtirishi mumkin. Maxsus terapiya - kasallikning faol davrida kortikosteroidlar - prednizolon (40-60 mg/sut) - davolashning 70% holatlarda 4 haftadan kam vaqt davomida bemorlarning ahvoli yaxshilanadi. Tuzalish kuzatilishida dozani har 7-10 kun davomida 5 mg dan kamaytirish tavsiya qilinadi; - 5-aminosalitsil kislotasi (5 ASK) - mesalazinni 4 oy davomida yuqori dozalarda qabul qilish, bu o'z navbatida 40% holatlarda remissiyaga olib keladi. Buyrak faoliyatini tekshirish uchun qon tahlili o'tqaziladi. Qaytalanishlarning profilaktik samaradorligi yarali kolitlarga nisbatan kamroqdir; - antibiotiklar - metronidazol (tsiprofloksatsin bilan birga qo'llash mumkin) 3 oy davomida qo'llaniladi - kasallikning o'tkir fazasida samaradorligi o'rtachadir; - immunosupressorlar - kortikosteroidlar bilan birga azotiaprin, 6- merkaptopurin, metotreksat. Malabsorbtsiya bilan bemorlarga tavsiya qilinadigan parhez tayinlanadi Jarrohlik yo'li bilan davolashuqna Parhez va dori vositalari bilan davolash samarasiz bo'lganda rezektsiya o'tkazish ko'rsatma bo'lib hisoblanadi. Qaytalanishlarning profilaktikasi. Chekishni to'xtatish juda muhim ahamiyatga egadir. Asoratlar: intraabdominal abstsess, intenstinal strikturalar, toksik megakolon, ichak obstruktsiyasi, fistulalar, malignizatsiya, bemorlarga salbiy ruhiy ta'sirlar.
Ovqatlanish tirik organizmning asosiy fiziologik ehtiyojlaridan biri hisoblanadi. Odam organizmiga oziq-ovqat mahsulotlari orqali oqsillar, yog’lar, uglevodlar, mineral tuzlar, suv, vitaminlar va to’qimalarni tiklash, energetic sarflarning o’rnini to’ldirish, hamda organizmga boshqa ehtiyojlarni qoplaydigan moddalar kiradi. Sog’lom inson uchun tavsiya etilgan me’yorga binoan hayvonot oqsillari miqdori 100-200 g, o’simlik oqsillari 40g, hayvonot yog’lari
85-90g, o’simlik yog’lari 10-15g, uglevodlar 400-500g va disaxaridlar ko’rinishidagi glukoza va saxaroza 50-100g, suvlar 1700-2000g ni tashkil etadi. Bemor ovqati tarkibidagi oqsillar, yog’lar, uglevodlar va boshqa turli moddalar nisbati kasallik turiga qarab o’zgartiriladi.
Masalan: qandli diabet kasalligida bir kecha kunduzda ovqat tarkibida uglevodlar kamaytiriladi.
Davolash muassasalarida bemorlar ovqatini tahkil qilishda tibbiy xodimlardan tashqari oshxona xodimlari ham ishtirok etadi. Shifokor bemorning kasalligidan kelib chiqqan holda ma’lum ovqat parhezini tayinlaydi. Bo’lim hamshirasi ovqatga talabnoma tuzadi. Bemorlar ovqatini bemorlarning soni va parhez ovqatini turidan kelib chiqqan holda shifokor parhezchi nazorat qiladi va o’z o’rnida sifatiga va turiga javob beradi. Ovqatlantirish bemorlarning holatiga qarab 3 xil bo’ladi: faol, sust va sun’iy.
Og’ir yotgan bemorlarni ovqatlantirish bo’lim hamshirai yordamida amalga oshiriladi. Bundan tashqari meditsina xodimlari bemorning qarindoshlariga ovqatlantirish usullarini o’rgatadilar. Chunki bu jarayon katta sabr qanoat talab qiladi. Ko’pincha bemorlar ishtahasi yo’qligi, ko’ngil tortmasligidan shikoyat qiladi. Yuqori harorat va uyqusizlikka chalingan bemorlarni ovqat qabul qilishga majburlash mumkin emas. Ayrim hollarda bemorlarning tabiiy ovqatlanishini sun’iy ovqatlantirish bilan to’ldirish yoki almashtirishga to’g’ri keladi.
Sun’iy ovqatlantirish organizmga ovqat mahsulotlarini me’da zondi (ovqatlantirish naychasi), gastrostoma (operatsion teshik), huqna orqali venaga yoki mushak orasiga oziq moddalarni yuborishuqna
Do'stlaringiz bilan baham: |