Адабиётлар:
1.
Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustivorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq
farovonligining garovi. –T.: O‘zbekiston, 2017. –B. 23. // «Ma’rifat», 2016 yil 8 dekabr, № 98.
2. Мирзиеев Ш..Танқидий тахлил, қатьий тартиб –интизом ва шахсий жавобгарлик- ҳар бир раҳбар
фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Т.2017
РЕЗЮМЕ
Мақолада Ҳаракатлар стратегиясининг аҳамияти ва унинг амалга оширилишига оид
масалалар ҳақида сўз боради.
РЕЗЮМЕ
106
В статье рассматривается важность Стратегии действий и ее реализации.
SUMMARY
The article discusses the importance of the Action Strategy and its implementation.
Bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining o‘quv-ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish
Yarmatov R.B.
-
JDPI, Tarix fakulteti, (PhD)
Tayanch so’zlar:
вilim, tafakkur, ruhiy quvvat, tetiklik, g‘urur, kuzatuvchanlik, fikrlash ko‘nikmasi,
fidokorlik, ijodkorlik.
Ключевые слова:
знание, мысль, духовная сила, Смелость, гордость, наблюдение, навыки
мышление, преданность, творчество.
Key words
: кnowledge, thought, spiritual strength, refreshment, pride, observation, thoughtfulness,
devotion, will, creativity.
Bugungi kunda respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barcha sohalarini tom
ma’noda isloh qilish va demokratlashtirish, ta’lim tizimini tubdan yangilash, jamiyatimizning
strategik maqsadlarini amalga oshirish masalasiga muhim omillardan biri sifatida qaralmoqda.
Zero, ilm-inson tafakkuriga bilim, ruhiy quvvat, tetiklik, g‘urur, tizimlilik baxsh etadi. Bu esa
pirovard natijada inson ongida ilmiy dunyoqarashning shakllanishiga zamin yaratib, ularda
dastlabki tushunchalar hamda ilmiy faoliyatni shakllanishiga turtki beradi.
Darhaqiqat, ilmiy ijod muammosi qadimdan to hozirgi kungacha juda ko‘pchilikni
qiziqtirib kelayotgan masalalardan biri hisoblanadi.
Ijod masalasi qadimdan antik davr faylasuflarining ishlarida o‘z ifodasini topgan.
Ko‘pgina qadimgi davr allomalari (Aristotel, Geraklit, Platon) ijod ikki shaklda ifodalanadi deb
hisoblaganlar: ilohiy sifatida – kosmos yuzaga kelishi akti (yaratilishi) va insoniyatning akti
(san’at, hunarmandchilik
).
Ular haqiqiy bilim – bu abadiy tafakkur va o‘zgarmas borliq, har qanday faoliyat esa,
jumladan ijodiy, o‘z mohiyatiga ko‘ra tafakkurdan pastroq ekanligiga amin bo‘lganlar.
Rassomning ijodini yuqori baholab, ijod ilohiy ilxom ta’siri ostida yuz beradi, insonning
go‘zallikni yaratishga kuchli intilishi deb hisoblaganlar.
Ijodni o‘zgacha tushunish o‘rta asrlar xristian falsafasida, avvalo, “tarix ijodi” sifatida
yuzaga keladi. O‘rta asr tasavvuriga ko‘ra tarix – bu insonlar ilohiyni olamda amalga oshirishda
ishtirok etadi. Bu ijodni biror o‘ziga xos va qaytarilmasni yaratish sifatida tushunishning asosiga
aylantiradi. Bunda ijod sohasi bo‘lib, avvalo, tarixiy yaratuvchilik, axloqiy va diniy amallar
hisoblanadi. Badiiy va ilmiy ijod ikkinchi darajali bo‘lib xizmat qiladi. Inson o‘z ijodida doimo
xudoga tayanadi va u bilan cheklanadi.
Uyg‘onish davrida ijodga alohida qiziqish yuzaga keladi, uyg‘onish davrida ijodni avvalo
badiiy, keng ma’noda san’at deb tushuniladi, mohiyatining chuqurligiga ko‘ra ijodiy tafakkur
sifatida qaraladi. Aynan mazkur vaqtda ijodiy faoliyatga va ijodiy shaxsga qiziqish yuzaga
keladi.
Reformatsiya ijodni estetik (ijodiy) mazmun sifatida emas, balki xatti-harakat sifatida
tushungan. Mazkur g‘oya Bekon ishlarida, so‘ngra Gobbs, Lokk va Yum ishlarida
rivojlantirilgan.
Ijodning yakunlangan konsepsiyasi Kant
6
tomonidan yaratilgan nemis mumtoz
falsafasida yuzaga keladi, u ijodiy faoliyatning mohiyatini xayolning mahsuldor qobiliyatida
ko‘rgan.
6
Ismailov A.F. Akademik litseylarda O‘zbekiston tarixi darslarini didaktik o‘yinlar asosida tashkil etish // Ta’lim
muammolari (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ilmiy-uslubiy jurnali). 2012, 3-
son. -38-6.
107
Kant protestantlar ortidan ijod g‘oyasini olam qiyofasini o‘zgartiruvchi predmetli-qayta
o‘zgartirish faoliyati sifatida rivojlantiradi. U ijodiy jarayonni tafakkur strukturasining muhim
jihatlaridan biri sifatida ifodalab, uning strukturasini tahlil qiladi. Uning fikricha tasavvurning
ijodiy qobiliyati – bu hissiyotlarning xilma-xilligi va fikriy tushunchalar uyg‘unligi bilan bog‘liq
bo‘lgan bo‘g‘im bo‘lib, oqibatda bir vaqtning o‘zida taassurotlarning ifodasi hamda
tushunchalarni sintezlovchi, birlashtiruvchi kuchga ega bo‘ladi. Kant bilishning asosida ijod
yotishidan kelib chiqqan.
Ijodiy tasavvurda erkinlik mavjud bo‘lganligi uchun, u ixtiro bilan o‘zaro bog‘liqdir,
chunki unda zarurat (yaratuvchilik) jihati mavjud bo‘ladi, u zakovat g‘oyalari bilan va oqibatda
ma’naviy olam bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Ijodiyot muammolarini Shelling o‘rgangan bo‘lib, u tasavvurning ijodiy qobiliyati ongli
va ongsiz faoliyatning birligi deb hisoblagan, chunki bu qobiliyatga ega eng iqtidorli – daxo –
tabiat yaratishi singari mo‘jizaviylik, ongsizlik kabi holatda ijod qiladi, jarayon baribir insonning
sub’ektivligi holatida kechadi va demak uning erkinligiga bog‘liq bo‘ladi. Shellingga ko‘ra, ijod
va avvalo rassom va faylasufning ijodi inson hayot faoliyatining eng oliy shaklini ifoda etadi.
Marks, nemis mumtoz falsafasi g‘oyalarini rivojlantirib
7
, ijodni predmet-amaliy faoliyat
sifatida, inson va insoniyatning maqsadlari va ehtiyojlariga mos ravishda tabiat dunyosini qayta
o‘zgartiruvchi keng ma’nodagi “ishlab chiqarish” sifatida qaraydi. Ijodiyot muammolari XIX asr
oxiri – XX asr boshlaridagi xorijiy falsafada keng miqyosda o‘z ifodasini topgan. Bunda ijodiyot
avvalo uning qarama-qarshiligi mexanik-texnik faoliyatda o‘rganiladi. Masalan, Bergson ijodni
yangining uzluksiz tug‘ilishi sifatida qaraydi. Uning fikricha, yangini yaratishga qodir
bo‘lmagan, balki faqat eskini bir-biriga qo‘shishga qodir bo‘lgan sub’ektiv texnik faoliyatning
loyihalashtirilishidan farqli ravishda, ijodni ob’ektiv amalga oshiriluvchi sifatida tushunadi
(tabiatda – tug‘ilish, o‘sish, yetilish jarayonlari ko‘rinishida; ongda – yangi obrazlar va
hissiyotlarning yuzaga kelishi ko‘rinishida). Bergson bo‘yicha ijodni fidokorona predmetda
chuqurlashish, bilishga o‘zini baxshida etish sifatida tushuniladi.
Tadqiqotchi Dj. Dyui “Qanday fikrlaymiz?” («Kak mы mыslim») kitobida ijodni –
maqsadi ma’lum vaziyat bilan belgilangan vazifani hal etish hisoblangan kashfiyot sifatida talqin
etgan. Ijod bunda ijtimoiy faoliyatning intellektual ifodalangan shakli sifatida xizmat
qiladi.Dyuining fikriga ko‘ra, ijod ma’lum masalani yechish qat’iy zarurati va xavfli vaziyatdan
chiqish oldida turgan aqlning teranligidir.
“Psixologiyada ijod asosiy ravishda ikki jihatdan o‘rganiladi: yangini tafakkur qilishning
psixologik jarayoni va insonni mazkur jarayonga jalb etilganligini ta’minlovchi shaxs sifatlari
yig‘indisi sifatida”. Ilmiy adabiyotda “ijodiy faoliyat” muammosi ko‘proq ishlab chiqilgan.
L.S.Vigotskiyning ta’rifiga ko‘ra, “biz ijodiy faoliyat deb, ijodiy faoliyatda yaratilgan
tashqi olamning biror-bir buyumi bo‘ladimi yoki faqat insonning o‘zida yashaydigan va
aniqlanadigan aql yoki his-tuyg‘unining ma’lum tuzilishi bo‘lishidan qat’iy nazar, insonning
biror yangini yaratuvchi faoliyatini tushunamiz”.
S.L.Rubinshteyn “Umumiy psixologiya asoslari” kitobida yozishicha, buyuk
kashfiyotlarning to‘satdan ochilishini inkor etib bo‘lmaydi; ammo ularning manbai – “intuisiya”
emas, hech qanday qiyinchiliksiz yuzaga keluvchi, o‘ziga xos ravishda “ongning to‘satdan
uyg‘onishi” emas. Bu hodisa faqatgina ko‘zga yaqqol tashlanuvchi, yechilmagan masalani
yechilganidan ajratuvchi, o‘ziga xos tanqidiy (kritik) nuqtani aks ettiradi. Ijodiy faoliyatning
to‘satdan, “intuitiv” xususiyati ko‘proq farazli yechim unga olib boruvchi yo‘llar va metodlardan
ko‘ra ravshanroq bo‘lganda aks etadi. Bu o‘ziga xos antisipasiyadir, yoki endi amalga oshirilishi
kerak bo‘lgan aqliy ishning natijalarini kutishdir. Olimning fikrlash faoliyati odatda tizimli
7
Muhammadjonov A. O'zbekiston tarixi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik. – T.: Sharq,
2013. – 160 b.
108
ifodalanadi, kutishning o‘zi esa – bu odatda avvaldan uzoq muddatli ongli mehnatning
mahsulidir. “Olimning ijodiy faoliyati – bu ijodiy mehnatdir” – deydi Rubinshteyn
.
A.N.Leontev “Tafakkurni eksperimental tadqiq etish tajribasi” ma’ruzasida ijodni tadqiq
etishda tajriba-sinovning ahamiyatini belgilovchilarni ta’kidlaydi va ijodiy jarayon
bosqichlarining o‘z talqinini taklif etadi
8
:
1)
adekvat yechim tamoyili (usuli)ni topish;
2)
tekshirish bilan bog‘liq ravishda uni qo‘llash, mazkur tamoyilni yechiladigan
masalaning xususiyatlariga mos ravishda qayta o‘zgartirish.
Uning fikricha, birinchi bosqich – fikrlash faoliyatining eng ijodiy bo‘g‘inidir. Mazkur
bosqichning asosiy jihati “masalaning yechimini topishning besamara urinishlaridan so‘ng
to‘satdan yechim yuzaga keladi, yechimning yangi g‘oyasi yuzaga keladi. Bunda ko‘pincha
yangi g‘oyaning, yechimning yangi tamoyilining bunday to‘satdan yuzaga kelishi yuz bergan
sharoitlarning tasodifiyligini ta’kidlanadi”
9
.
I.S.Sumbaev “Ilmiy ijod” («Nauchnoe tvorchestvo») kitobida ijodiy jarayonning uch
bosqichini ajratadi:
1)
ilxom, tasavvur faoliyati, g‘oyaning yuzaga kelishi;
2)
ajratish va umumlashtirish jarayonlari yordamida g‘oyaga mantiqiy ishlov berish;
3)
ijodiy g‘oyani amalga oshirish.
Uning fikricha intuisiya, faqat birinchi bosqichda ustunlik qiladi, so‘ngra ilmiy ijodda
quyidagilar zarur:
-
diqqatning ma’lum mavzuga jamlanganligi;
-
tegishli materialni to‘plash va tizimlashtirish;
-
umumlashtirish va xulosalarni olish, mazkur material orqali ularning ishonchliligini
nazorat qilish.
I.S.Sumbayev ijodiy individning quyidagi xususiyatlarini belgilaydi:
-
haqiqatni sevish;
-
mehnat qilish ko‘nikmasi – mehnatni sevishi;
-
diqqat;
-
kuzatuvchanlik;
-
fikrlash ko‘nikmasi;
-
aqlning tanqidiyligi va o‘z-o‘zini tanqidiy baholashi.
Asosiysi – bu muntazam va uyushqoq mehnatdir. Ijod 1% ilxom va 99% mehnatdan
tashkil topgan
10
.
Ilmiy ijod – bu ijodiy faoliyat ko‘rinishlaridan biri, bu ijtimoiy sinaladigan va fan
tizimiga kiruvchi yangi bilimni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan faoliyatdir.
V.I.Vernadskiy mahsuldor ilmiy ijodiy faoliyat shart-sharoitlari sifatida quyidagilarni
ajratadi:
-
batafsil tahlilni amalga oshirishni bilish;
-
xususiy ortida umumiyni ko‘rish;
-
hodisaning tavsifi bilan cheklanmaslik, balki uning mohiyatini va boshqa hodisalar
bilan aloqadorligini chuqur o‘rganish;
-
“nima uchun” savolidan qochmaslik;
-
g‘oyalar tarixini kuzatish;
8
Menchinskaya N.A. Problemi ucheniya i umstvennogo razvitie shkolnikov: Izbrannie psixologicheskie trudi. – M.:
1999. – 224 s.
9
Psixologiya masalalari bo‘yicha yig‘ilishdagi ma’ruzalar, 1953 yil 3-8 iyun, 5-b
10
Husanboyeva Q.P. Adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishning ilmiy-metodik
asoslari: Dis. …ped.fan.dok. – T., 2007. – 262 b.
109
-
tadqiqot predmeti, adabiyot manbalari (ko‘proq ilmiy manbalar) to‘g‘risida imkon
qadar ko‘proq ma’lumotlar yig‘ish;
-
ilmiy bilish umumiy qonuniyatlarini o‘rganish (qanday fikrlayotganing haqida
o‘ylash);
-
ilm-fanni bilimning boshqa sohalari, ijtimoiy hayot bilan bog‘lash;
-
nafaqat muammolarni hal qilish, balki yangi, yechilmaganlarini ham topish
11
.
Chunki ijod – bu inson faoliyatining eng oliy shakli, u quyidagilarni talab etadi:
-
uzoq tayyorgarlikni;
-
aql-zakovatni;
-
intellektual qobiliyatlarning mavjudligini;
-
layoqatlar va psixika xususiyatlariga yuqori talablarni;
-
olim iqtidorini;
-
nozik kuzatuvchanlikni;
-
qiziquvchanlikni;
-
irodani;
-
bir yo‘nalishda fikrlash va ishlash qobiliyatini;
-
yuqori ishlash qobiliyatini;
-
tanqidiy fikrlashni;
-
intuisiya va fidokorlik;
-
mustaqil ta’lim va o‘z-o‘zini takomillashtirishga intilish.
Pedagogika ijodiy faoliyatni avval hech qachon bo‘lmagan, sifatli yangini yaratuvchi
inson yoki jamoa faoliyati shakli sifatida ta’riflaydi. Ta’lim jarayoniga nisbatan ijodni inson
uchun sifatli yangi qadriyatlarni yaratishga qaratilgan inson faoliyati shakli sifatida ta’riflash
lozim, ya’ni u shaxsni ijtimoiy sub’ekt sifatida shakllantirish uchun muhim hisoblanadi.
Olimlarning ishlarini tahlil qilib, biz shaxs ijodiy faoliyati – bu biror-bir yangini yuzaga
keltiruvchi, takomillashtirish, ilmiy ijod esa – ijtimoiy aprobasiyadan o‘tadigan va fan tizimiga
kiruvchi yangi bilimni ishlab chiqishga qaratilgan ijodiy faoliyat ko‘rinishlaridan biri ekanligi
to‘g‘risidagi xulosaga keldik.
Oliy kasbiy ta’limga qo‘yiladigan zamonaviy talablar talabalarni ilmiy ijodga jalb etish
zaruriyatini ko‘rsatadi. Oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarda
talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari tizimini takomillashtirish zarurati bir necha bor ko‘rsatilgan.
Masalan, ta’limni rivojlantirish dasturida oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limni rivojlantirish
asosiy yo‘nalishlari qatorida quyidagilar belgilangan: talabalar shaxsini va ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirish
uchun
shart-sharoitlarni,
ta’lim
shakli,
metodlari
va
tizimlarini
individuallashtirishni ta’minlash, jumladan oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limning variativ
kasbiy ta’lim dasturlari asosida; fan va texnikaning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha hamda
ko‘rsatilgan infrastrukturani rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan ilmiy maktablarni rivojlantirish
asosida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim tizimining boshqa tashkilotlarining ilmiy-tadqiqot va
ilmiy-texnik faoliyatini takomillashtirish; talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga keng miqyosda jalb
etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish. Mazkur qoidalar hukumatning “Oliy ta’limdan
keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Qarorida mustahkamlangan. Bu oliy ta’lim muassasalari
pedagoglarini talabalarning ijodiy tafakkurlarini, shaxsning tadqiqotchilik ijodiy faolligini
bosqichma-bosqich shakllantirish jarayonini tashkil etishga imkon beruvchi o‘qitish metodlari va
shakllaridan foydalanishini talab etadi.
Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va o‘quvchi yoshlarning ilmiy-texnik
ijodini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha dasturda talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari-o‘quvchi
yoshlarning ilmiy-texnik ijodi tizimini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muammoning
holati, maqsadlari va asosiy vazifalar tahlil qilingan. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari-o‘quvchi
11
Avliyakulov N.X., Musayeva N.N. YAngi pedagogik texnologiyalar. – T.: Yangi asr avlodi, 2003. – 49 b.
110
yoshlarning ilmiy-texnik ijodi tizimini o‘tkazish metodologiyasi va texnologiyasi, tashkil etish
shakllari va metodlari, tiklash, rivojlantirish va koordinatsion boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy,
moddiy-texnik va me’yoriy-huquqiy ta’minot masalalari o‘rganilgan. Zamonaviy sharoitlarda
ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va bajarish orqali ilmiy-texnik faoliyatlarining konseptual
asoslari va bolalar, o‘quvchi-yoshlar va talabalarning ijodiy iqtidorlari va qobiliyatlarini amalga
oshirish, shuningdek Dasturni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi taklif etilgan.
Bolalar va yoshlar iqtidorlarini rivojlantirish tizimi ishtirokchilarini ijtimoiy-psixologik qo‘llab-
quvvatlash, rag‘batlantirish shakllari va metodlarini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Shuningdek,
misol tariqasida, “Ertangi kun bizniki, marra bizniki” tanlovlarda ta’lim oluvchi yoshlar va
o‘quvchilar uchun ilmiy-ijtimoiy dasturining amalga oshirilishi xizmat qilishi mumkin.
Yoshlarning
ijodiy
faolliklarini
bosqichma-bosqich
shakllantirish
masalalari
turli
mutaxassisliklar, jumladan «Tarix» ta’lim yo‘nalishi uchun ishlab chiqilgan standartlar va o‘quv
dasturlarida o‘z ifodasini topgan.
Nazariya va amaliyot tahlili, talabalarni ilmiy-tadqiqot ishiga jalb etishning ko‘pgina
shakllari mavjudligini ko‘rsatadi. Bular ilmiy to‘garaklar, ilmiy seminarlar, talabalar
konstruktorlik laboratoriyalari, shuningdek ma’lum bir aniq masalalar ustidagi individual
ishlardir. O‘qitishning bunday shakllari talabalarga kichik guruhlarning ijodiy ishlari orqali ilmiy
fanlar bo‘yicha fundamental bilimlarni, ilmiy ishlarni o‘tkazish ko‘nikmalarini va umuman
intellektual ishga qiziqishni orttirishlariga imkon beradi. Oliy kasbiy ta’lim amaliyotida asosiy
shakllar sifatida darsdan tashqari komponentlardan tashkil topgan talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari,
o‘quv jarayoni doirasida amalga oshiriladigan o‘quv-tadqiqot ishlari va talabalarning o‘quv-
ilmiy-tadqiqot ishlari ajratilgan.
Ilmiy adabiyotlarda talabalarning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarining turli ta’riflari mavjud.
Masalan, M.A.Baydan
12
ishlarida talabalarning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlari talabalarning butun
ta’lim olish davrida tayyorlanadigan mutaxassislarning tayyorgarlik sifatlarini (mustaqil ta’lim
olish, ijodiy faollikka intilishni tarbiyalash, kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirish, kasbiy
vazifalarni hal qilishda ijodiy yondashuvni shakllantirish, tadqiqotning umumiy va xususiy
metodlarini egallash va boshqa sifatlar) oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy ishlar elementlarini o‘quv
ishlarining barcha turlariga joriy etish orqali o‘quv jarayonini intensifikasiyalashning kompleks
tizimi sifatida ta’riflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |