ta’minlashning tarixiy nazariy asoslari
Rahmatullayev S.A.-
JDPI “Tarix”fakulteti
Tayanchso’zlar:
globallashuv, yoshlar, axborot resurslari, faollik, texnologiya, ilmiy ishlanmalar, tarixiy
taraqqiyot, ommaviy axborot.
Ключевые слова
: глобализация, молодежь, информационные ресурсы, активность, технология,
научное разработка, историческое развитие, СМИ.
Key words
: globalization, youth, information resources, activism, technology, scientific development,
historical development, media.
Bugungi global o‘zgarishlar sharotida hayotiy qadriyatlarni qayta baholash uchun
qandaydir universal haqiqatlar tazyiqidan qutilish, qarashlarning o‘zaro muvofiqlashuvi va
o‘zaro ta’sirlashuvi uchun asoslar topishga intilish va bunda bu qarashlarning sohibi insonning
individualligini va o‘ziga xosligini saqlab qolish lozim bo‘ladi. Buning uchun dunyo miqyosida
o‘zgaruvchanliklardan tozalangan universal aqliy tartibni o‘rnatish zarur. Ayni shu kabi
masalalar globallashuvning konseptual mohiyatini chuqur tadqiq etishni taqozo etadi.
Globallashuv – bu ko‘plab individual seziladigan voqealar to‘plami bo‘lib, ular nafaqat
bir – birlaridan, hatto o‘zlaridan shuningdek fan-texnika ta’sirida o‘zgarib, avvalgilaridan farq
qiladilar. Bunday sharoitda globallashuv jarayonining, o‘rganiladigan obyektlarining universal
– umumiy xarakteristikasiga e’tibor berish zarur. Chunki unda globallashuv qandaydir
bo‘laklanmagan butunlik tarzida, unda barcha individualliklar farqsiz tutashgan holda «botib»
ketgan butunlik tarzida namoyon bo‘ladi.
Globallashuv jarayonida dunyoning monolit «massasi»da uni borgan sari bir-biridan
aniq bo‘laklanib, fragmentlarga ajratuvchi chegara chiziqlari aniqlashib boradi. Bunday global
o‘zgarishlardagi har bir fragment tobora individuallashib boradi va boshqa qolganlaridan
farqlanuvchi xarakterlarga ega bo‘lib boradi. Bunday farqlanish qolganlaridan ajralib,
individuallashgan ko‘rinish olguncha davom etadi.
Hozirda ommaviy kommunikatsiya va informatsiya vositalari insonning shaxsiy
hayotiga aralashishi, bunda matbuot, radio, televideniyadan foydalanib, inson ongiga
ko‘rsatiladigan ta’sir, hokimiyatning insonlar hayoti ustidan har tomonlama nazorati ―
odamlar hayotining eng yaxshi ideallarining amalga oshishi haqidagi orzu-umidlarini shubhaga
solib qo‘ymoqda. Shu narsa aniqlandiki, uchinchi ming yillik boshlarida jahon hamjamiyatining
asosiy zaxiralari sanoat industrial va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishning imkoniyatlari bilan
emas, balki informatsion-kommunikatsiya texnologiyalar potensialida bo‘lib qoldi.
Informatsion texnologiyalar tomonidan ta’minlanadigan portlashning xavfi sayyora aholisining
ortib ketishi yoki ifloslanishidan kam emas. Bugungi kunda informatsion zahiralar ijtimoiy,
iqtisodiy va siyosiy hayotda yetakchi rol o‘ynay boshladi. Informatsiya va bilim iqtisodiy,
ijtimoiy va siyosiy ma’nolarda umuminsoniy kapitalga aylandi. Global informatsion
jamiyatning Okinava Xartiyasida, «Axborot-kommunikativ texnologiyalar jahon iqtisodiy
rivojlanishining muhim stimuliga aylanib qoldi. Ya’ni, axborot va bilim, kapital va mehnatning
jahon bozorlari faoliyatini ta’minlovchi muhim omillardan biri»
13
deb ko‘rsatiladi. Birinchi
Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganidek, “Dunyodagi yetakchi mamlakatlar tajribasiga
tayangan holda, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash milliy tizimining takomillashtirilishi
axborot sohasidagi faoliyatning sifati va saviyasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar
13
Қаранг:Окинаваская Хартия глобального информационного общества // Дипломатический Вестник, - М., 2000., - № 8, - С. 51-56.
112
tizimida ko‘p jihatdan hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Bunday keng miqyosdagi ishlar
natijasida faqat keyingi 10 yilning o‘zida bosma ommaviy axborot vositalarining soni 1,5
barobar, elektron ommaviy axborot vositalarining soni esa 7 barobar ko‘payib, bugungi kunda
ularning umumiy soni qariyb 1200 taga etdi. Mavjud barcha telekanallarning qariyb 53 foizi,
radiokanallarning esa 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalari hisoblanadi. Ommaviy
axborot vositalari O‘zbekistonda yashaydigan millat va elatlarning 7 ta tilida faoliyat olib
boradi, shuningdek, bosma materiallar va teleko‘rsatuvlar ingliz tilida ham tarqatilmoqda”
14
.
Tarixiga nazar tashlasak, eramizdan avvalgi davrlarda ham ichimlik suvlarni zaxarlash
kabi misollarni uchratamiz. Kimyo jadal rivojlangan yangi davrga kelib, qurollarning yangi
turlari kashf qilindi. Harbiy maqsadlarda ilk bor qo’llanilgan xlorli gaz iprit deb ataladi, chunki
u Germaniya tomonidan 1915-yil 22-aprelda Belgiya davlati hududidagi Ipr shahrida keng
miqyosda qo’llanilgan edi. Keyinchalik Italiya harbiylari 1935-1936-yillarda Efiopiyaga qarshi
cheklangan miqdorda iprit gazini tadbiq qildilar. Yapon-Xitoy urushida ham kimyoviy qurollar
ishlatildi.
Birinchi jahon urushidan so’ng Germaniya olimlari tomonidan yangi va yanada
takomillashgan, kuchli zaharlovchi moddalar, ya’ni asab falaji oqibatlarini keltirib chiqaruvchi
turli kimyoviy moddalar ishlab chiqarildi.
Birikmalarning yangi turlari yanada zaharliroq bo‘lib bordi. Bundan tashqari, ularni turli
xil qurol-yarog‘lar, masalan, bomba, artilleriya snaryadi, raketa va granatalar yordamida
tarqatish mumkin. Gaz va aerozollar chegara va tusiqlarni osonlik bilan aylanib o’tish va
xususiyatiga ega. Kimyoviy qurollarning turlari odatda ularning xususiyatlariga qarab ajratiladi.
Butun urushlar tarixi mobaynida qo’llanilgan kimyoviy moddalarni to’rtta asosiy guruhga
bo’lish mumkin:
1) portlatish yo’li orqali amalga oshiriladigan moddalar;
2) yondiruvchi moddalar;
3) tutun chiqaruvchi moddalar;
4) zaharlovchi-toksik moddalar;
Urush davrida zaharlovchi moddalardan dushmanning tirik kuchini yo’q qilish uchun
foydalanilgan. Portlatish vositalari va yondiruvchi moddalar, nafaqat tirik jonzotlarni yo’q
qilishda, balki dushmanga moddiy zarar yetkazish, inshootlarini barbod qilish uchun
qo’llanilgan. Tutun vositalari esa tutunli to’siqlar qo’yish, signal berish, mo’ljal joyini belgilash
uchun ishlatiladi. Kimyoviy qurollar hujum tashkil etishda ham, mudofaa harakatlarida ham
qo’llanilishi mumkin.
Kimyoviy qurollar organizmga ta’sir xarakteriga qarab turli kategoriyalarga bo’linadi.
Ba’zi moddalar fanga aloqasi bor tarzda qabul qilingan ilmiy nomlar bilan, ba’zilari esa fanga
zig’ircha ham daxli bo’lmagan nomlar bilan ataladi.
Globallashuv – insonning ong shuuri, tafakkuri samarasi sifatida vujudga kelgan. U
jahon miqyosidagi umumiy jarayon, ta’bir joiz bo‘lsa, insoniyat boshidagi yana bir sinovdir.
Qadimda odamzot ezgulikka intilib, bog‘-rog‘lar, shaharlar, beqiyos me’moriy obidalarni
bunyod etgan. Tarixiy taraqqiyot davomida yaxlit jahon turli iqlim va mintaqalarga, qit’a va
davlatlarga ajraldi. XXI asrga kelib chegara va hududlarni, tuzumlarni tan olmaydigan, uzluksiz
kuchayib borayotgan globallashuv jarayoni dunyo ahlini o‘yga toldirmoqda, bu haqda yer
yuzining turli burchaklarida rang-barang fikrlar bildirilmoqda. Shu ma’noda aytish mumkinki,
globallashuv jarayoni juda ham murakkab xarakterga ega bo‘lgan universal voqelikdir.
Bugungi kunga kelib globallashuv keng qamrovli tushunchaga aylandi. U davlatlar va
xalqlar hayotining barcha sohalarida yalpi umumlashuv jarayonini anglatmoqda. Garchand
globallashuv jarayoni birdaniga paydo bo‘lib qolmagan, balki inson yaralgan paytdan boshlab,
sodda va tabiiy shaklda davom etib kelgan bo‘lsada, hozirgi vaqtda insonning o‘z manfaatlari
yo‘lida tabiiy rivojlanish jarayoniga zo‘ravonlarcha aralashuvi natijasida shiddatli ravishda
14
KarimovI.A.
Mamlakatimizdademokratikislohotlarniyanadachuqurlashtirishvafuqarolikjamiyatinirivojlantirishkonsepsiyasi.
O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruza. 2010 yil 12 noyabr.-Toshkent: O‘zbekiston, 2010,
30-b.
113
tezlashib ketdi. Albatta, bir tomondan qaraganda, bu jarayonning ijobiy jihatlari ham yo‘q
emas. Chunonchi, ko‘pgina mamlakatlarga fan-texnika, texnologiya yutuqlarining jadal kirib
kelishi globallashuvning natijasidir. Bu esa turli davlatlarning iqtisodiy hayoti rivojiga, xalqlar
turmush darajasining ortishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu tariqa bashariyatning umumiy
intellektual salohiyati yuksalishiga yordam bermoqda. Ikkinchi tomondan, bugungi kunda
globallashuvning salbiy oqibatlari ham ko‘zga yaqqol tashlanmoqda. Jumladan, rivojlangan va
rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy tafovutlarning kuchayishi, ayniqsa, zamonaviy
telekommunikatsiya, kompyuter, internet vositalari orqali biron-bir hududga xos milliy-
ma’naviy qadriyatlarni o‘zga xalqlarga singdirish va shu yo‘l bilan jahonda nafaqat iqtisodiy,
balki milliy-ma’naviy hukmronlikni o‘rnatishga urinish hollari ham kuzatilmoqda. Bu jarayon
XXI asrga kelib, XX asrdagiga qaraganda ham keng qamrov kasb etdi, ta’sir imkoniyatini
oshirdi, eng yomoni, ko‘pgina rivojlangan mamlakatlar jahonda iqtisodiy integratsiyani
kuchaytirish, fan-texnika, texnologiya, ta’lim sohasida rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam
berish, demokratik qadriyatlarni keng yoyish bahonasida milliy-ma’naviy ideallarga ta’sir
o‘tkazishga harakat qilinmoqda.
Shu jihatdan qaraganda, globallashuv jarayoni endigina rivojlanish yo‘liga kirgan yoki
rivojlanayotgan mamlakatlardan ko‘ra yuksak taraqqiy etgan davlatlar manfaati uchun ko‘proq
xizmat qilmoqda. Bunday davlatlar, ulkan imkoniyatlariga tayangan holda, kam taraqqiy qilgan
mamlakatlarning moddiy zaxiralarini o‘zlashtirmoqda, bozorlarini egallamoqda. Bu esa
iqtisodiy zaif mamlakatlarning taraqqiyot borasida mustaqil yo‘l tutish imkoniyatlarini cheklab
qo‘ymoqda. Chunki, ishlab chiqarishni tashkil qilish va amalga oshirish uchun zarur texnika,
texnologiya hamda ilmiy ishlanmalar rivojlanayotgan mamlakatlarning o‘zida tayyorlanmay,
chetdan olib kelinmoqda. Shu tariqa rivojlanayotgan mamlakatlar yuksak taraqqiy etgan
mamlakatlarga bog‘lanib, yana ham aniqrog‘i, qaramlikka mahkum bo‘lmoqda. Boshqacha
aytganda, globallashuv bosqinchilikning yangi bir shaklini boshlab bermoqda. Falsafiy nuqtayi
nazardan yondoshilsa, yuqorida sanab o‘tilgan barcha muammoli masalalarni bartaraf etish
uchun ularning tub asosida nima yotganini bilish maqsadga muvofiq. Bizningcha, ularning
asosida yotgan bitta umumiy sabab bor. U ham bo‘lsa, yaratish emas, faqat iste’mol qilishga
asoslangan globallashuvning zo‘ravonlarcha xo‘jalik yuritish tartibotidir.
Texnikaviy, texnologik kommunikatsiya axborot va boshqa sohalardagi global
jarayonlardan
rivojlangan
mamlakatlar
asosan o‘z iqtisodiy manfaatlari yo‘lida
foydalanmoqdalar. I.A.Negodayev bu haqda shunday yozadi: “Axborot qurolining universalligi,
yashirinligi, dasturiy apparat amalga oshirilishi shakllarining ko‘p variantligi, ta’sirlarning
radikalligi, vaqt va joy tanlash imkonining yetarliligi va nihoyat tejamliligi, uning juda
xavfsizligini ko‘rsatadi: u osongina himoya tizimiga yashirinishi mumkin, urush e’lon
qilmasdan anonim shaklda hujum harakatlarini olib borishi mumkin”
15
.
Hozirgi davrda ishlab chiqarish va boshqarish, mudofaa va aloqa, transport va
energetika, moliya va fan, ta’lim, OAV - barchasi axborot almashinuvi jadalligiga,
haqqoniyligiga, to‘liqligi va tezligiga bog‘liq. Shuning uchun jamiyatning axborot
infrastrukturasi – axborot qurolining ob’ektiga aylangan”. Bunda esa biz axborot berib yo‘lga
solishlar emas, balki biz o‘zimiz, har birimiz o‘z-o‘zimizni xabardor qilib yo‘lga solishimiz
mumkin.
Hozirgi davrda jahon miqyosida qaror topgan iqtisodiy tartibot rivojlangan va
rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi tafovutni, nomutanosiblikni kuchaytirib bormoqda.
Shuningdek, S.A.Modesovning fikricha “axborotlashgan makon yangidan yangi geosiyosiy
munosabatlardagi raqobatni shakllantirib, yangi jahon tartiboti jarayonida ayrim davlatlar
axborotlashtirishni yanada takomillashtirish asosida kattaroq mavqega ega bo‘lib boradi”
16
.
SHu munosabat bilan istiqbolda jamiyatni, sivilizatsiyalarni nima kutayotganligi haqida turli
farazlar aytilmoqda. Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi, iqtisodiy, texnologik va axborot
15
Қаранг: Негодаев И.А. На путях к информационному обществу. – Ростов-на-Дону: Изд. ДГТУ, 1999. – 135 с.
16
Модесов С.А. Информационное пространства как фактор геополитической конкуренции. – М., 1997., - С.
16-17.
114
neokolonealizmi, diniy va etnik konfliktlar haqidagi taxminlar shular jumlasidandir. Jahon
miqyosidagi bunday globallashuv XX asr oxirida boshlangani yo‘q, olimlar oxirgi besh yuz yil
maboynida insoniyat shu yo‘ldan izchil harakat qilganini qayd etmoqdalar.
17
O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat-
yengilmas kuch” asarida globallashuv jarayonining mohiyati, oqibatlari haqida to‘xtalar ekan,
uni “...hayot jarayonlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir”
18
, - deb baho bergan edi.
Shunday ekan, o‘zgarib borayotgan hayot talablariga moslashish, shu bilan bir qatorda har bir
inson, millat o‘zligini saqlab qolish uchun o‘zining mustahkam e’tiqodiga, nuqtai nazariga ega
bo‘lmog‘i, boshqalarning e’tiqodi va nuqtai nazarini hurmat qilmog‘i lozim. Mabodo turli
e’tiqodlar va nuqtai nazarlar birdek qadrlanmas ekan, birini kuchsizlantirish hisobiga ikkinchisi
kuchayadi, hayotning mohiyati, go‘zalligining o‘ziga xos ifoda shakli bo‘lgan rang-baranglik,
takrorlanmaslik inkor qilinishga olib keladi. Rivojlangan g‘arb davlatlari tomonidan dunyoni
ekspansiya qilish boshlanganidan beri ana shunday nuqtai nazar, tamoyil ustuvor bo‘lib kelgan.
Buning qanday oqibatlarga olib kelganligini jamiyatning barcha sohalarida yaqqol ko‘rishimiz
mumkin.
XX asrning 70-yillarida ayrim olimlar orasida muammo insonga va butun insoniyatga
tahdid solishi uni “global” deb e’tirof etishning zaruriy va yetarli omilidir, degan fikr keng
tarqalgan edi. Ba’zi bir olimlar muammo tarqalishining geografik miqyosini globallikning bosh
mezoni sifatida qabul qilgan edi. Yigirmanchi asrning 80-yillari mobaynida e’lon qilingan
monografik nashrlarda mazkur yondashuvning torligi yoritib berildi. Ularda o‘z mohiyatiga
ko‘ra butun insoniyat manfaatlariga daxl qiladigan, yer kurrasining barcha asosiy mintaqalarini
qamrab olib, olamshumul xususiyat kasb etadigan, insoniyat kelajagiga amalda tahdid
soladigan, o‘zini yechish uchun keng miqyosda xalqaro hamkorlikni talab qiladigan
muammolar global muammolar hisoblanishi qayd etilgan.
Xulosa qilib aytganda, hozirgi global dunyoda yagona axborot makoni shakllandi
.
Shu
makondan munosib o‘rin egallash uchun bo‘ladigan kurash O‘zbekistonni ham chetda
qoldirmaydi. Bunday muammmolarga to’g’ri yechim topishda tarix va o’tmishning bevosita
aloqasi bor. Chunki, zamonaviy dunyoda jurnalistlar geosiyosatchilar kasbiga qiyoslanmoqda.
Qanchadan-qancha mablag‘ axborotni qayta ishlash, axborotlarni belgilangan makonga
yetkazish, yetkazganda ham birinchi bo‘lishga qaratilayotgani bejiz emas. Zero, odamlarda,
axborotni eng avval bera olgan, doimo haq bo‘ladi, degan qarash ustun bo‘ladi. Bu haqda
yurtboshimiz “Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig‘iz, shu
qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga
aloqasi yo‘q, deb beparvo qarab bo‘lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat
taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas”
19
. O’tmishga nazar tashlash orqali
bunga amin bo’lishimiz mumlin. Albatta, bunday fikrlar bejiz emas. Zero dunyoga
tarqatilayotgan 80 % axborotni sanoqli axborot agentliklari yetkazib bermoqda. Bu ularning
xohlagan axborotni o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda tarqatish imkonini beradi. Hatto,
dunyodagi axborotning 4/5 qismi ingliz tilida ekanligi ham muhim omil bo‘lishi mumkin.Shu
o‘rinda, globallashuv va axborotlashuv tushunchalari faqat iqtisodiy emas, balki ijtimoiy-
siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa qariyb barcha sohalardagi umuminsoniy jarayonlarni
qamrab oluvchi tushunchaga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |