100
РЕЗЮМЕ
Мақолада физика фанини ўқитишда касбий йўналувчанликнинг аҳамияти тўғрисида сўз
боради.
РЕЗЮМЕ
В статье рассматривается важность профориентации в преподавании физики.
SUMMARY
The article discusses the importance of career guidance in the teaching of physics.
МИЛЛИЙ ИДЕЯ ҲӘМ РУЎХЫЙЛЫҚ ТИЙКАРЛАРЫ,
ТАРИЙХ, ФИЛОСОФИЯ
BOBUR MIRZONING RAHBARLIK FAZILATLARI
Primbetov Q.-
Ajiniyoz nomidagi NDPIning Tarix-Geografiya fakulteti
katta o’qituvchisi
Jumabaev A
.- Tarix-Geografiya fakulteti Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va
huquq ta’limi 2-bosqich talabasi
Таянч сўзлар:
Bobur Mirzo,Umarshayx Mirzo, rahbarlik, maqsad va vazifa, “Bobur
Hindistonda» asari.
Ключевые слова:
Бабур Мирзо, Умаршайз Мирзо, руководство, цель и задача,
произведение «Бабур в Индии».
Keywords:
Babur Mirzo, Umarshays Mirzo, leadership, goal and objective, the work "Babur in
India."
Zahiriddin Muhammad Bobur haqida so’z ketganida, uning atoqli davlat arbobi,
sarkarda, iste’dodli shoir, tarixchi va zakovatli olimligi, shu bilan birga har tamonlama yetuk,
bilim doirasi keng va mohir harbiy mahorat sohibligi ma’lumdir. U vatanimiz, Hindiston shu
bilan birga jahon tarixidagi o’rni katta ahamiyatga ega.
Uning inqirozga yuz tutayotgan markazlashgan yirik Temuriylar davlatini saqlab
qolish va mustahkamlash yo’lidagi tinimsiz va uzoq davr davomida olib borgan kurashining
amalga oshmasligi, bunga imkonsizligi va tarixiy sharoyitning yo’l qo’ymasligi, uning
Afg’oniston, keyin esa Hindistonga egalik qilishiga va bu yerda katta markazlashgan va qudratli
davlatga asos solishiga sabab bo’ldi.
Bularning barchasi o’z-o’zidan bo’lmasligi aniq. Chunki bu Bobur Mirzoda har qanday
rahbarga xos fazilatlar mujassam edi.Uning matonati, g’ayrat-shijoat, chidamlilik,mustahkam
irodasi, tashabbuskorligi, vaqtdan va vaziyatdan unumli foydalanish, bo’ladigan o’zgarishlarni
oldindan ko’ra bilish, maqsadni aniq belgilab, unga erishishga harakat qilish kabi qator fazilatlari
o’zining har qanday harakatlarida, olib borgan siyosatida va islohatlarida yaqqol ko’zga
tashlanadi.
Dastavval, Bobur Mirzoning yutug’I sifatida aytib o’tish lozim bo’lgan jihat- uning
Temuriylar sulolasidan ekanligi.U 1483-yilda Andijonda Farg’ona hokimi Umarshayx Mirzo
va Qutlug’ Nigorxonim oilasida tug’iladi. Bobur barcha temuriy shaxzodalar kabi maxsus
tarbiyachilar, yirik fozilu ulamolar ustozligida harbiy ta’lim, fiqx ilimi, arab va fors tillarini
o’rganadi, ko’plab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilm-fanga, sheriyatga qiziqa
boshlaydi. Mana shu tarixiy sharoyit unga buyuk ishlarida va rahbarlarga xos fazilatlar
shakllanishida katta imkoniyatlar yaratti.
Do'stlaringiz bilan baham: