Umumiy fortepiano sinfida zamondosh kompozitorlar asarlarining
oqitilishi
ZokirovaSh. -
O‘zDK dotsenti v.b.
Tayansh so’zlar:
polifonik, prelyudiya, kanon, imitatsiya, syuita.
Ключевые слова:
полифония, прелюдия, канон, подражание, сюет.
Key words:
polyphonic, prelude, canon, imitation, syute.
54
O‘zbekistonda fortepiano san’ati-ning jadal rivojlanishi mutaxassislar oldiga bir qator
dolzarb muammolar qo‘yib, ularning yechimini topishga undamoqda. Аvvalo, fortepiano
musiqasining milliy an’analarga tayangan holda rivojlanishi va yaratilgan asarlarning ijrochi
repertuariga kiritilishi masalasi dolzarbdir.
Ma’lumki, O‘zbekiston kompozitorlarining asarlari o‘zbek xalq musiqasi bilan uzviy
bog‘liq bo‘lib, ijodiy jarayonda xalq kuylarini sof holda qo‘llash bilan bir qatorda, ularni qayta
ishlash, folklor materialining nisbatan murakkab tarzda qo‘llanilishi ham kuzatiladi.O‘zbekiston
fortepiano musiqasi fondida deyarli barcha janrlar qamrab olingan bo‘lib, miniatyura janridagi
asarlardan boshlab, to turkumli asarlar namunalarigacha mavjud.
Hozirgi kunda yosh kompozitorlarning ijodida ana shunday keng qamrovli rivojlanish
jarayonlari kechmoqda. Ularning ijodida turli yo‘nalishlar ta’siri kuzatiladi. Ijod jarayonida
milliy an’analarga tayanish, milliy ohanglar asosida ijod qilish birlamchi omillardan ekanligi
ayon bo‘lmoqda. Kompozitorlar milliy ohanglar, usullar, shakllardan unumli foydalangan holda,
o‘z asarlarida rus va xorijiy musiqa an’analarini ham milliy qirralar bilan uyg‘unlashtirishga
harakat qilmoqdalar. O‘zbek kompozitorlarining eng sara asarlarida ushbu unsurlar o‘zaro
shunday bog‘langanki, bunda zamonaviy davrga xos bo‘lgan ohang «qorishmasi» hosil
bo‘layotganini guvohi bo‘lyapmiz.
So‘nggi yillarda kompozitorlik yo‘nalishi yangi nomlar bilan boyidi. Yaqindagina
O‘zbekiston davlat konservatoriyasining bitiruvchilari O.Abdullayeva, D.Zokirova, A.Xasanov,
X.Xasanova va boshqalar mumtoz meros an’analari va zamonaviy musiqa qonuniyatlarini
egallagan kompozitorlar sifatida turli janrlarda asarlar yaratmoqdalar.
Respublikadagi musiqa bilim yurtlarida ta’lim olayotgan talabalar va o‘quvchilarning ijro
repertuariga O‘zbekiston kompozitorlari qalamiga mansub fortepiano uchun asarlarining
kiritilishi ham quvonarli hol bolib ayni paytda ham pedagogik jarayon uchun muhim va dolzarb
masalalardan biridir. Yaxshi musiqiy did tarbiyalanishida, shuningdek, o‘zbek xalq musiqasi
bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan fortepiano uslubining yaratilishida yaratilgan asarlarning qiymati
katta.
Zamonaviy talablarga javob beradigan musiqachi kadrlarni tarbiyalash deganda o‘quv
tizimiga kiritilgan barcha fanlardan olinadigan majmuaviy bilimlarga ega bo‘lgan talabalarni
tarbiyalash tushuniladi. Majmuaviy yondashuv fortepiano darslarini birinchi darajadagi amaliy
ahamiyatga ega bo‘lgan fan sifatida qaralishiga sababdir. Fortepiano musiqiy ta’lim olishda
umumiy pedagogik jarayonni yetakchi komponentidir. U turli mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim
olayotgan talabalarning estetik didi shakllanishida asosiy vosita sifatida xizmat qiladi.
Fortepiano darslari talabalarning musiqiy adabiyot bilan ishlash ko‘nikmalarinihosil
qilishlariga yordam beradi. Cholg‘uning o‘ziga xos tomonlari turli janr va turli hil tarkibli
ansambl va orkestrlar (klavir ko‘rinishida) uchun yaratilgan asarlarni chalish imkonini beradi.
Fortepiano kursida o‘rganiluvchi ansambl, jo‘rnavozlik, transpozitsiya tarzidagi ijro turlari
talabalarning umumiy va musiqiy iste’dodlarini rivojlanishida birlamchi omil sifatida xizmat
qiladi (ijodiy ta’assurot, ichki eshitish qobiliyati, eslab qolish qobiliyati, garmonik va polifonik
tafakkur, ritm hissi va boshqalar).
Fortepiano ijrosi kompozitor talabalarning butun o‘quv va ijodiy jarayonida davom
ettiriladi. Cholg‘uda amaliyotsiz musiqiy-nazariy bilimlarni to‘liq egallash mumkin emas. Bular,
solfedjio, garmoniya, polifoniya, musiqiy asarlar tahlili, musiqa tarixi, partitura o‘qish kabi
fanlardir. Fortepiano kursi mutaxassislik fani bilan uzviy bog‘liq bo’lganligi sababli, ahamiyati
salmoqlidir. Kompozitor talabalarning fortepiano cholg‘usini erkin ijro eta olish ko‘nikmalari,
mutaxassislik darslarida o‘zlari yaratgan asarlarni bemalol ijro etishlari uchun zarurdir. Shunday
qilib, fortepiano asbobida musiqa bo‘yicha amaliy ishlar bajarilishi bilan bir qatorda, o‘quv
rejasiga kiritilgan aksariyat musiqiy fanlardan uy vazifalar ham tayyorlanadi.
Sinfda yakka tarzda o‘tkaziluvchi darslar o‘quv-tarbiyaviy ishning asosiy shakli
hisoblanadi. Fortepiano o‘qituvchisiga ham xuddi mutaxassislik o‘qituvchisi singari talabani
55
professionallik qirralarini rivojlantirish vazifasi yuklanadi. Fortepiano sinfidagi o‘quv-tarbiyaviy
jarayonning samaradorligi ko‘p jihatdan o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro munosabatlari bilan
bog‘liq, ya’ni ishonch, hurmat, qiziqtira olish kabilar nazarda tutiladi. O‘qituvchi o‘z talabalariga
nisbatan talabchan bo‘lishi, o‘quv jarayonida umum musiqiy bilim doirasini doimiy tarzda
orttirib borishi, intizomga e’tibor berishi kerak. Fortepiano o‘qituvchisi talabalarning
mutaxassislik bo‘yicha ustozi va boshqa fanlardan dars beruvchi o‘qituvchilar bilan doimiy
muloqotda bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Fortepiano sinfida, xuddi mutaxassislik sinfidagi kabi
talabaning dunyoqarashi ahamiyatli darajada shakllanadi.
Ushbu ish natijasi fortepiano uchun asarlardan iborat bo‘lgan repertuar va musiqiy
adabiyot tanlashga bog‘liq. U talabaning musiqiy-nazariy va mutaxassislikdan olgan bilimlarini
chuqurlashtirishga yordam beradi.
O‘zbekiston kompozitorlarining asarlarini ijro repertuariga kiritish pedagogik ishning
muhim uslubiy yo‘nalishidir. Talaba va o‘quvchilarga o‘zbek mualliflarining asarlaridagi milliy
qirralarni tinglash va anglash, har birining yakka, o‘ziga xos ijodiy qirralarini topish va ajrata
bilish ko‘nikmalarini hosil qilinishida yordam berish kerak. Bunda o‘zbek, rus va Yevropa
kompozitorlarining eng sara asarlari o‘rganiladi va natijada talabaning ma’naviy tarbiyasiga ham
ma’lum ma’noda ta’sir ko‘rsatiladi.
Fortepiano sinfida olib boriladigan o‘quv-tarbiyaviy ishning muhim bo‘limlaridan biri,
talabalarning madaniy oqituvfaoliyatidir. Tarbiyaviy ishning shakllaridan biri talabalar
konsertining muhokamasidir. Bunda talabada ijrochilikka nisbatan tanqidiy nazar paydo bo‘ladi
va mustaqil tarzdagi o‘qituvchilik faoliyatiga ham ma’lum darajadagi tayyorgarlik boshlanadi.
Fortepiano kursi bo‘yicha o‘quv jarayonining ko‘rsatkich darajasi asosan darsning
tashkiliy tomonlari bilan bog‘liq. O‘quv tarbiyaviy ishning olib borilishi ta’lim jarayonining
mazmuni, shakli, uslubini aniqlab beradi. Talabalarning o‘zlashtirish darajasi asosan o‘quv
rejasining maqsadga yo‘naltirilgan tarzda tuzilganligi bilan uzviy bog‘liq. Unda aniq pedagogik
vazifalar belgilanib berilishi lozim: talabaning individual qirralari, tayyorgarlik darajasi, musiqiy
materialni o‘rganish ketma-ketligi va hokazo. Ijro repertuariga o‘zbek va klassik asarlar,
shuningdek xorijiy kompozitorlarning turli shakl, mazmun, uslubdagi badiiy jihatdan yuksak
asarlari kiritilishi kerak.
So‘ngi o‘n yillikda kompozitorlar tomonidan fortepiano uchun ko‘plab asarlar
yaratildi. Mazkur asarlar turli janrlarda bo‘lib, kompozitorlar ijodiy jarayonda nafaqat
folklor materiallariga tayanganligini, balki folklorga yaqin bo‘lgan original mavzularning
yaratilganligini ham e’tirof etish lozim.
O‘zbek kompozitorlarining asarlarida imitatsiyali, turli mavzuli (kontrastniy) va
ovoz osti polifoniya usullari keng qo‘llanilmoqda. Kompozitorlarning polifonik asarlari
yordamida yosh ijrochilar nafaqat klassik polifoniya an’analari, balki milliy meros ta’sirida
vujudga kelgan o‘zbek polifoniyasining o‘ziga xos qirralarini ham egallaydilar.
A.Xasanovning Preludiyasiga toxtaladigan bo’lsak, ushbu asar oddiy uch qismli shaklda
yozilgan bo‘lib, unda polifonik rivojlov tamoyillari kuzatiladi: uzluksiz rivojlov, imitatsiya va
ovoz osti yo‘nalishi (podgolosochnost) tamoyillarining qo‘llanilishi, mavzuiy materialning
umumiyligi va boshqalar.
Ushbu asarning mavzusi jadal, dinamiklashtirilgan, xalq musiqasiga xos unsurlar ham
kiritilgan. Milliy qirralar sekin-asta avj nuqtalariga chiqish va yana avvalgi nuqtaga qaytish,
sinkopalangan ritmik rasm kabi vositalar yordamida namoyon bo‘ladi.
Boshlang‘ich bo‘limda sinkopalangan akkordlarning to‘xtovsiz ritmik harakati, bosh
mavzudagi o‘n oltitalik tovushlarning pastga tomon harakati quvonch hissiyoti, raqs harakterini
yanada kuchaytirib ko‘rsatadi. «Doyra usuli»ni eslatuvchi ritmik rasmda artikolato ijrosi
aniqligini, metr turg‘unligini, legato tushesining aniq kontrasti, o‘ng va chap qo‘l partiyalaridagi
urg‘ular, sinkopalangan akkordlar yangrashidagi aniqlik va klaviaturadan qo‘llarni o‘z vaqtida
olinishi ta’minlanishi darkor.
56
«Umumiy fortepiano» kursini oqitish davomida talabalar ovoz osti, kontrastli, imitatsiyali
polifoniya usullarini, murakkab bo‘lmagan ikki va uch ovozli, turli xarakterdagi polifonik asarlar
ijrosi yordamida o‘rganishlari lozim. O‘zbek xalq musiqasining qayta ishlangan namunalari
polifoniyaning ifodaviy ahamiyatini oson tushunishga yordam beradi va xalq musiqasining
polifonik qirralariga alohida e’tibor berish kabi ko‘nikmalarni hosil qiladi.
Talabalar amaliyotda kompozitor A.Xasanovning «Polifonik daftari»dagi №2, 3, 5, 8
kabi ikki ovozli pyesalari yordamida turli mavzuli polifoniya usuli bilan tanishadilar. Mazkur
pyesalar oktavali kontrapunkt usuliga yorqin misol sifatida xizmat qiladi.
Kontrastpolifonik usul ovoz osti usulidan farqlanadi. Kontrast polifoniya alohida
mavzularga ega bo‘lgan mustaqil kuy yo‘nalishlarining umumiy rivojlantirilishiga asoslanadi.
Bunday usulga ovozlar funksiyasi almashinib turishi xos. Bunda kuy yetakchiligi turli ovozlarga
beriladi va buning natijasida avval birinchi ovoz, so‘ngra ikkinchi ovoz birinchi planga o‘tishi
mumkin.
Imitatsiyali polifoniya ustida ishlash ta’lim olishning barcha bosqichlari davomida olib
boriladi.
№7 kanon polifonik aylanma usuli asosida yaratilgan. Uning yuqori va past ovozlari bir-
birining oynali aksidir.
№9 invensiya ikki ovozli bo‘lib, imitatsiyali rivojlanish tamoyiliga asoslanadi.
Unda mavzu bir ovozdan ikkinchisiga o‘tib boradi. Mavzu olti marta turli registrlarda
o‘tkazilgan va natijada muallif mavzuni turli bo‘yoqlar bilan ko‘rsatishga erisha olgan
deyish mumkin.
Fortepiano yo‘nalishi bo‘yicha yaratilgan asarlar sirasida kompozitorX.Xasanovaning
asarlari lirik xarakteri, kuylarning yorqinligi bilan ajralib turadi.
Prelyudiya va fugalar – o‘zbek fortepiano musiqasining yorqin varaqlaridan biridir.
Ushbu janrning O‘zbekistondagi asoschi sifatida G.Mushelni qayd etish lozim. Bunday shakl
yaratilishidagi murakkablik shundan iboratki, u o‘zining asosida o‘zbek musiqasining lad ohang
va usullarini (ritm) polifonik shakllanishning klassik uslublari bilan birlashtiradi. Barcha
prelyudiya va fugalarning mavzusi individual tarzda beriladi.
Mazkur prelyudiya yalpi rivojlovli bir qismli shaklda yozilgan, ammo repriza yaqqol
ajralib turadi. Prelyudiya o‘zbek an’anaviy musiqasining shakllantirilish tamoyillari bilan
bog‘liqligi seziladi. Bu holat materialning sekin-asta rivojlanishi, so‘ngra avjga chiqishida (to‘rt
qatorli fakturada yaqqol ko‘rinib turadi) ko‘rinadi. Avjdan so‘ng dastlabki registr va dinamikaga
qaytiladi.
Prelyudiya yakunlangan miniatyura bo‘lib, janr nuqtai nazaridan uni so‘zsiz qo‘shiq yoki
romans deb aytish mumkin. O‘ziga xos ritmik yechimlar, frigiy ladi asar mazmuniga milliy ruh
bag‘ishlaydi.
X.Xasanovaning «So‘zsiz qo‘shiq» asari lirik qo‘shiqlar ruhidagi o‘zbek kuylariga
o‘xshash tarzda bayon qilingan. Asarning garmoniyasi, ritmik rivojning mutanosibligi e’tiborni
jalb qiladi.
Xalq an’analarining ta’siri shakllantirish yo‘nalishida ham seziladi. Mavzu izchil variantli
variatsion uslub asosida rivojlantiriladi va butun pyesa davomida turli registrlarda bayon
qilinadi, yangi tonal garmonik bo‘yoqlar bilan boyitiladi.
Polifonik asar ijrosining asosiy qoidasi har bir ovozning xususiyatlaridan kelib chiqqan
holda o‘ziga xos bo‘yoqlarini topishdan iboratdir. Talabaning e’tiborini kuy intervallariga,
nisbatan ifodaviy ahamiyat kasb etgan ohanglarni tinglay olish, ritm rasmning o‘ziga xos
tomonlari, shtrixlar dinamikasiga qaratish asosiy vazifalardandir. Ana shunday ishlash natijasida
asarning mazmuni tinglovchi tomonidan ham yaxlit tarzda qabul qilinadi.
Bir vaqtning o‘zida bir nechta ovozning o‘tkazilishi va ulardan yaxlitlik hosil qilinishi
murakkab masalalardan hisoblanadi. Shuning uchun polifoniya ustida ishlashning o‘ziga xos
alohida usuli talab qilinadi. Har bir ovozning yo‘nalishi alohida diqqat bilan o‘rganilgandan
57
so‘ng, ularni dastlab ikkitasini, ya’ni soprano va alt, keyin tenor va bas, tenor va alt ovozlarini
qo‘shib ijro qilish tavsiya qilinadi. Ikki ovoz qo‘shib ijro qilish mashqlari bajarilayotganda,
boshdan oxirigacha emas, balki alohida tuzilmalar tarzida, murakkab bo‘laklarini bir necha bor
takrorlagan holda o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga murakkab bo‘laklar
ovozlarini alohida-alohida takrorlab chalish kerak. Ana shunday tarzdagi ijro mashqlaridan
so‘ngigina barcha ovozlarni qo‘shib ijro qilish yaxshi natijalar beradi.
O‘zbekiston kompozitorlarining fortepiano ijodida yirik shakldagi asarlarning o‘rni
salmoqlidir. So‘ngi yillar yosh kompozitorlarining fortepiano uchun yozilgan asarlari bilan
tanishgan odam o‘ziga xos kechinmalar dunyosiga tushganday his etadi. Asar ijrosi rosmana
qiziqarli chiqishi uchun o‘qituvchi talaba yoki o‘quvchi bilan yangi musiqaning badiiy qirralari,
muhim tomonlarini aniqlay olishi kerak. Tinglovchi ijro vositasida zamonaviy san’atning
go‘zalligini, ruhiyatini his etishi, asarning janr xususiyatlarini anglay olishi kerak. Tokkata,
sonatina yoki variatsiya chalayotgan ijrochining tovushlar palitrasimilliy cholg‘ular imitatsiyalari
bilan to‘ldirilishi kerak. Bunday tajriba talaba yoki o‘quvchiga tovush chiqarishning yangicha
usullarini egallashiga turtki bo‘ladi.
Hozirgi davr fortepiano musiqasining xarakterli tomonlaridan biri shuki, kompozitorlar
tomonidan folklorning turli qatlamlari «kashf» qilinib, g‘oyaviy-timsoliy yo‘nalishlar
murakkablashib bormoqda. Avvalgidek tayyor shakllardan foydalanish emas, balki, klassik va
milliy janrlarning ichki tuzilishini chuqur tafakkur etgan holda asarlarni shakllantirish jarayonlari
yuzaga kelmoqda. Shu munosabat bilan kompozitorlarning ana shunday murakkab jarayonlarini
kuzatish maqsadida tokkata, sonatina va variatsiya kabi murakkab shaklli asarlarni tahlil etish
ehtiyoji tug‘iladi. Ular uchun lad qirralarining turli-tumanligi xarakterlidir: sekundalar
qamrovidagi murakkab kvarta-kvinta tuzilmalari, xromatik ohanglarga boy kuy chizig‘i, kuy
harakati davomida yuzaga keluvchi polifunksional tuzilmalar va hokazo.
X.Xasanova qalamiga mansub sonatinani korib chiqsak
Sonatina politonallik unsurlariga ega bo‘lgan uch qismli turkumdir. Turkumning birinchi
qismi sonata shaklida yozilgan bo‘lib, rivojlov bo‘limi bosh partiya materiali asosida ishlangan
va sekin-asta qisqartirilgan reprizaga o‘tadi.Birinchi qismda badiha-rechitativ uslub hukmrondir,
kuy metrik jihatdan ham erkinlikka ega bo‘lib, natijada musiqa xarakteri sokin hikoya
tasavvurini beradi.
Musiqa rivojida (poco a poco cresc). yuqori registrda ijro etiluvchi avj (ff) tomon harakat
seziladi.
Birinchi qism musiqasi ustida ish boshlaganda dastlab butun materialni barcha jihatlarini
hisobga olgan holda sekin tempda ijro etish tavsiya qilinadi (shtrix, dinamik belgilar, pedallar).
Barcha belgilangan vositalar musiqaning badiiy ifodaviy yangrashi uchun hizmat qiladi.
Ikkinchi qism sodda uch qismli shaklda yozilgan bo‘lib, uning o‘rtaliq qismi nisbatan
kengaytirilgan. Mazkur qismning musiqasi go‘zal hayollarning badiiy ifodaviy timsolini
«chizib» beradi. Musiqa lirikaning yumshoq bo‘yoqlari bilan jilolantirilgan.
Akkordli faktura, badiha qirralari o‘rtaliq qismga ziddiyat, kutish kabi hissiyotlarni
bag‘ishlaydi. Bunday hislar o‘rtaliq qismining avjida o‘z yakunini topadi. Ikkinchi qism ijrosida
akkordlarni legato tarzida ijro etish, ikkita forte tomon (ff) harakat davomida chidamlilik talab
qilinadi.
Asarning uchinchi qismi tuzilishida rondo unsurlari mavjud. Bosh mavzu turli
tonalliklarda o‘tkaziladi. Qism davomida asosiy tonallik muqim o‘rnini topadi. Ushbu qism
musiqasi ziddiyatli tarzda rivojlantirilgan, bunday holat asosiy mavzuiy materialning qarama-
qarshi qo‘yilishi, stretto tarzidagi harakat, dinamikani kuchaytirilishi, tonallik jihatidan
noturg‘unlik holatlari va rivojlantirilayotgan harakat avj nuqtasida o‘z yechimini topishida o‘z
aksini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |