№1 pyesa
oddiy uch qismli shaklda yozilgan bo‘lib, takrorlanuvchi tuzilishga ega bo‘lgan
davriyadan iborat. Pyesa «fa minor» tonalligida boshlanadi. Ikkinchi davriyaga uch qismli
58
shaklning o‘rtaliq qismi funksiyasi yuklatilgan. Uchinchi davriya esa dinamiklashtirilgan
reprizadir. Repriza «mi bemol major» tonikasida yakun topadi.
Pyesa №2.
Fugettaning sakkiz taktdan iborat bo‘lgan mavzusi garmonik bayon tarzida berilgan.
Dominanta tonalligidagi «javob» uchinchi ovozda («do major») o‘tkaziladi. Mavzu uchinchi
marta birinchi ovozda «mi major» tonalligida yangraydi, bunda qarshi tuzilma ushlab turilmaydi.
Uchinchi qism musiqasi ustida ish olib borilayotganda, har bir mavzuning
artikulyatsiyasiga alohida to‘xtalib o‘tish kerak. Avjga harakat davomidagi metrritmik qirralar,
dinamik rivojlovdagi o‘ziga xosliklar musiqaning folklor bilan bog‘liq tomonlarini bo‘rttirib
ko‘rsatishga yordam beradi.
Kompozitor O.Abdullayevaning Sonatina asari tahlilini oladigan bo‘lsak, Sonatina uch
qismdan iborat turkumli asardir. Birinchi qism dominantada tuzilgan besh taktli kirish qismi
bilan boshlanadi. Muallif o‘z asari uchun rivojlov qismsiz, oynali reprizali sonata shaklini
tanlagan. Ekspozitsiyada yondosh partiya ijrosidan so‘ng, bosh partiya unsurlari asosida
rivojlanish davom etadi.
Kompozitor birinchi qism mavzu tuzilishida sonata tamoyillariga asoslangan holda
original (tuzilma) konstruksiyayaratadi. Sonatinaning birinchi qismi ijrosi biroz qiyinlik
tug‘diradi: fakturaning ko‘p qatlamliligi, chap qo‘ldagi legato, o‘ng qo‘ldagi portamento
ijrochidan diqqat bilan tinglash, tovush ohangini boyitish talab qilinadi.
Turkumning ikkinchi qismi bir qismli shaklda yozilgan bo‘lib, u to‘rt taktli jumlalardan
tuzilgan. Umumiy tonallik «lya minor».
Chap qo‘l partiyasidagi shoshilinch bo‘lmagan, kuychanligi bilan ajralib turuvchi
figuratsiyalar, bas notalarining yumshoq forshlaglari musiqaga benihoya darajadagi go‘zallik
bahshida etadi. Ijrochiga kuyning ruhiyat va ohang boyligini to‘kis namoyish etishiga rubato
usuli imkoniyat beradi.
Sonatinaning uchinchi qismi rondo shaklida yozilgan. Uning original shakli kompozitor
o‘z asarida lirikdramatik yo‘nalishni yetakchi sifatida ko‘rsatmoqchi bo‘lganligi tufayli yuzaga
kelgan deb e’tirof etish mumkin. Shu tufayli hissiyotlarga boy refren mavzusi yakunlangan holda
bayon qilinadi va navbatdagi ijrolar davomida ham o‘z ko‘rinishini o‘zgartirmaydi. Bunday holat
rondo shakliga xos.
Sonatinada jiddiylik va struktura ratsionalligi,garmonik tilning originalligi, janrning
mohirona yechimi o‘zaro uyg‘unlikda hal etilgan. Sekin templi epizodlarning yorug‘ lirikasi,
tokatto usuli sonatinaning ko‘pgina varaqlariga optimistik g‘oyani singdira olgan.
Yana bir zamondosh kompozitorlardan biri D.Zakirova. Uch qismli Sonatina
Sonatinaning birinchi qismi sonata shaklida tuzilgan. Bosh partiya mavzusi «si-bemol
major» tonalligida yangraydi. Yondosh partiya esa «sol-minor» tonalligida yozilgan va lirik-
dramatik yo‘nalishdagi ikki timsolni o‘z ichiga oladi.
Ikkinchi qism – Andante o‘ychan, sekin rivojlanuvchi kirish qismi bilan boshlanadi.
Butun qism sodda uch qismli shaklda bayon qilingan.
Uchinchi qism – Rondo. Finalning dastlabki epizodi «sol-minor» tonalligida yangraydi.
Xarakteriga ko‘ra uchinchi qism xalq sayili manzarasini eslatadi.
Boshqa asarlaridan farqli o‘laroq D.Zakirovaning mazkur asari musiqiy rivojining
uyg‘unligi, dastlabki ohang urug‘i yangi-yangi ohanglar bilan boyib borishi bilan ajralib turadi.
Kompozitor mumtoz an’analarga tayangan holda kuy rivojlantirish usullaridan mohirona
foydalana bilgan va o‘z asarida buni yorqin namoyish eta olgan deyilsa mubolag‘a bo‘lmaydi.
Kompozitor asarning avj qismiga erishish usullarining xarakterli belgilarini, kadans
aylanmalarining takroriy holatlarini, asosiy kuyni bezaklash kabi usullarni Sonatinada qo‘llagan.
Buning natijasida asarda boshidan oxirigacha yagona uslub saqlanganligini guvohi bo‘lamiz.
O.Abdullayevaning «Tokkata»si oddiy uch qismli shaklda yozilgan, bunda har bir qism
ikki davriyadan tuziladi. Ikkinchi qism «lya minor» tonalligida bo‘lib, uning o‘rtaliq qismi xajm
59
jihati bilan birinchi qismdan kattaroq. Xajm kengayishini tonalliklar rivoji bilan bog‘liq (lya
minor, do-diez minor, fa major).
Repriza tonal-garmonik rivoj hisobiga dinamiklashtirilgan. Repriza so‘ngida asosiy
tonallikka qaytiladi.
Tokkata harakatining aktiv xarakteri ijrochidan maksimal darajadagi texnik erkinlik, ijro
aniqligini talab qiladi. Tovush chiqarish usullariga alohida e’tibor qaratish talab qilinadi:
akkordlar non legato tarzida chalinishi maqsadga muvofiqdir. Shu holat bilan bog‘liq holda
birgalikda pedal akkordlar bilan baravar olinishi va akkordlar bilan baravar yechilishi ham
nazarda tutiladi.
Bunday ijro natijasida tovush sekin-asta yo‘qolib borishi emas, balki tez uzilishi tasavvuri
hosil qilinadi.
Tokkatada turli kompozitsion vositalarning qo‘llanilishi qiziqarli va chiroyli ijro yuzaga
kelishi uchun zamin hozirlaydi.
M.Otajonovning etyudlarining har biri virtuoz texnikali asar bo‘lib, chuqur ma’noli. Har
bir etyudga alohida nom berilgan. Kompozitorning etyudlari ijrochi oldiga aniq texnik ijro
masalalarini qo‘yadi.
M.Otajonovning etyudlari ijrochini ma’lum darajada qiyinchiliklar bilan to‘qnashtiradi,
chunki ularda texnikaning bir nechta turlari aralashgan holda beriladi: gammasifat passajlar,
siniq arpejiolar, oktava va akkordlar, berkik polifoniya kabilar shular jumlasidandir. Ushbu
etyudlar turli darajadagi tayyorlovga ega bo‘lgan o‘quvchilar va talabalar tomonidan ijro etilishi
mumkin.
Otajonov. «Orol» etyudi
(«mi-minor»)
Kompozitorning «Orol» deb nomlangan etyudi murakkab uch qismli shaklda yozilgan.
Birinchi qism konsentrik tarzdagi uch-besh qismli shaklda tuzilgan bo‘lib (AVSVA), uning
tonallik rejasi romantik maktab namoyandalari asarlariga xosdir:
e-moll-e-moll-G-dur-E-dur-cis-moll
Ikkinchi qism – tonallik jihatidan noturg‘un. Ikkinchi qism davomida butun tonli gamma
qo‘llanilgan.
Uchinchi qism – qisqartirilgan repriza bo‘lib, unda A ning birinchi davriyasi asosiy
tonallikda o‘tkaziladi.
Ushbu etyudga singdirilgan energiya bosh mavzuga o‘tkir, keskin xarakterda rivoj
bag‘ishlaydi. Asarning o‘rtaliq qismida muallif alohida dramatik holatga erisha olgan. Bu
rivojlovlarga xos bo‘lgan usullar qo‘llanilgan. Bunday usullar quyidagilardir: bosh mavzudan
olingan motivning rivoji, garmoniyaning tez-tez o‘zgarib turishi, tonallikning noturg‘unligi,
fakturaning «qattiqlashishi», yangrash diapazonining kengayishi va hokazo. Bunday tarzda
dramalashiktirilgan mavzu uchun albatta shakl ham mos kelishi kerak.
Etyud ijrosi davomida temp birligiga alohida e’tibor berish kerak. Ikki qo‘lning
sinxron tarzdagi ijrosi ta’minlanishi uchun arpejiolangan 16 talik notalar, dinamik belgilar
(sf, >,), yorqin urg‘ular, pedal ustida ishlash kabilar samarali natijalar beradi.
M.Otajonov. «Illyuziya» etyudi
(«si-minor»)
Ushbu etyud shaklan yanada qiziqarliroqdir. Bu yerda to‘rt-yetti qismli konsentrik shakl
o‘ziga xos bo‘lgan tonallik rejasi bilan beriladi:
h-moll – D-dur – fis-moll – E-dur – gis-moll – Fis-dur – h-moll
Har bir qism davriya shaklida berilgan bo‘lib, davriya ochiq holda, ya’ni keyingi
qismning tonalligida yakun topadi.
Mazkur etyud ijrosi davomida tez templarga o‘tish holatlari, dinamik va agogika
belgilariga alohida e’tibor qaratish lozim. Ijrochilik nuqtai nazaridan ushbu etyud tovushlardan
taassurot olish uchun qulay mashq sifatida xizmat qilishi mumkin. Chunki «partitura»da
60
tovushlar differensiatsiyasiga, shtrixlarga, ritmikani tinglash vositasida ilg‘ab olishga ko‘p
e’tibor talab qilinadi. Yaxshi o‘ylangan va mahoratli darajada tanlangan applikatura,
pedallashtirish, muharrir tomonidan tavsiya etilgan musiqa ifodasi bilan bog‘liq atamalar
ijrochiga etyudning badiiy g‘oyasini ochib berishiga yordam beradi. Bugungi kunda, Ozbekiston
kompozitorlarining ijod mahsullari nafaqat ozimizda, balki chet elda ham o’z ozniga
ega,shunday ekan bizning san’atimiz doimo manashunday yuksalishiga intilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |