Lokomotivlarni poezdlarga ulash
230. Harakatdagi elektrovozlar va teplovozlar poezdning bosh tomoniga ulanadi va old kabinadagi mashinist tomonidan boshqariladi. Bitta boshqaruv kabinasiga ega teplovozlar va parovozlar old tomonga harakatlanish uchun poezdning bosh tomoniga ulanadi.
Harakatlanish uchastkasi bo’ylab ikkita yoki uchta harakatdagi lokomotiv bilan yuradigan poezdlarning bosh tomoniga quvvatliroq kompressorlar (bug’-havo nasoslari) ga ega lokomotiv ulanadi. Og’irligi va uzunligi oshirilgan poezdlarga harakatdagi lokomotivlarni qo’yish, shuningdek, poezdlarga uchastkaning bir qismida yuradigan harakatdagi lokomotivlarni ulash tartibi va ularning harakat xavfsizligini ta’minlaydigan shartlar DATK raisi tomonidan belgilanadi.
Ikki va undan ortiq boshqaruv kabinasiga ega yoki ko’p birliklar tizimida ishlaydigan lokomotivlarning manyovr harakatlanishi uchun, mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda, DATK raisi harakat va odamlar xavfsizligini ta’minlovchi lokomotivni boshqarish tartibini belgilaydi.
Poezdlar ishida band lokomotivlardan harakatlanish uchastkalari hududida foydalanish kerak. Favqulodda hollarda lokomotivlarni biriktirilmagan uchastkalarga o’tkazish DATK tomonidan ruxsat etiladi.
231. Bir boshqaruv kabinisiga ega lokomotivlarning orqaga harakatlanishiga faqat quyidagi hollarda yo’l qo’yiladi:
shahap atrofiga qatnovchi, xo’jalik, tiklash, o’t o’chirish, topshiriladigan va chiqarish poezdlarida;
shahobcha va tutashtirish yo’llarida harakatlanganda;
manyovrlarni amalga oshirganda;
ikki lokomotiv qo’shib ishlatilsa, ikkinchi lokomotiv harakatlanganda;
lokomotivlarni burish qurilmalari bo’lmagan stansiyalardan poezdlar jo’natilganda;
surishdan so’ng poezd bilan jo’natish stansiyasiga qaytishda;
poezdlarni bir punktdan ikki yo’nalishga surishda, shuningdek, poezdlarni stansiya hududida surishda;
yordamchi lokomotiv bilan poezdni peregondan chiqarishda;
vagonlarsiz harakatlanganda.
232. Ishlamayotgan holda lokomotivlar jo’natilayotganda poezdlarga qo’yish uchun tayyor bo’lishi va ularning tarkibiga DATK yo’riqnomasiga muvofiq, kompaniya hududidan tashqarida esa, harakatlanadigan temir yo’llarning ma’muriyatlari bilan kelishuv bo’yicha kiritilishi lozim.
Etakchi lokomotiv ortidan ulanadigan ishlamayotgan lokomotivlarning miqdori ikki va undan ortiq temir yo’llar bo’ylab harakatlanganda temir yo’llar ma’muriyatlari, kompaniya hududida esa - DATK raisi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |