Mazkur o’quv-uslubiy majmua orqali talabalar o‘zini-o‘zi mustaqil nazorat qilishi va bilimlarini joriy nazoratdan o‘tkazishda foydalanilishlari mumkin



Download 7,44 Mb.
bet448/467
Sana06.02.2022
Hajmi7,44 Mb.
#432642
1   ...   444   445   446   447   448   449   450   451   ...   467
Bog'liq
buxgalteriya dars

Takrorlash uchun savollar:

  1. Boshqaruv xisabi deganda nimani tushunasiz?

  2. Javobgarlik markazi boshqaruv hisobida kanday urin tutadi?

  3. Matritsali tuzilmaning afzalligi nimada?



15-MAVZU: BYUDJETLASHTIRISH VA XARAJATLARNI NAZORAT QILISH
REJA:

  1. Byudjetlashtirish va uning ichki xo‘jalikni rejalashtirishdagi o‘rni

  1. Korxona ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish

  1. Ishlab chiqarish korxonalarida mahsulot tannarxini rejalashtirish

1. Byudjetlashtirish va uning ichki xo‘jalikni rejalashtirishdagi o‘rni
Xo‘jalik yuritishning bozor sharoitlarida gurkuragan korxona - bu o‘z faoliyatidan barqaror foyda oladigan korxonalardir. Bu vazifaning maksimum ichki xo‘jalik rejalashtirish tizimi orqali barqaror asosida amalga oshirish mumkin.
Tabiiy, savol tug‘iladi: bozor mexanizmi va rejalashtirish real vazmida bir-biri bilan qanday uyg‘unlashtirish mumkin? Ma’lumki, sotuvchilar bilan haridorlar faoliyatini muvofiqlashtirishda narxlar etakchi rol o‘ynaydi - ular xo‘jalik munosabatlari ishtirokchilari uchun ishlab chiqarishning foydali xajmlari va usullarini aniqlaydi. Har bir korxona o‘z harakatlarini narx mexanizmiga, ehtiyoj va takliflar qonuniga buysundirishga majbur, chunki xech kim uning harakatini o‘zgartirishga qodir emas. Biroq har bir korxona ichki tuzilmasida narxlar mexanizmi ma’muriyat, menejerlar va boshqa mutaxassislarning ongli harakatlari bilan chiqariladi. Shu bois korxona faoliyati rejaviy qarorlar qabul qilish bilan boshqarilib boriladi. Shu nuktai nazardan reja­lashtirishga ham korxona ichki faoliyatida narx va bozorning o‘rnini bosadigan mexanizm sifatida qaralishi lozim. Bu vaqtning o‘zida menejmentning tarkibiy kismi bulib ham Hisoblanadi. Shu bois rejalashtirish korxona maksadlari, uning faoliyati natijasini va oldinga qo‘yilgan maqsadlarga etishishi uchun zaruriy resurslarini oldindan ko‘ra bilishni o‘zida namoyon etadi.
Ma’lumki, amal qilish vaqtiga bog‘liq ravishda rejalashtirish Uzoq muddatli, o‘rtacha muddatli va qisqa muddatliga, ko‘zlangan maqsadi harakteri bo‘yicha esa strategik taktik va operatsiv rejalashtirishga bo‘linadi. Strategik yoki Uzoq muddatli rejalashtirish doirasida (5-10 yil muddatgacha) korxonaning istiqbolli rivojlanish kontseptsiyasi ishlab chiqiladi. Bu korxona xayotining strategik maksadlariga etishishini ko‘zlaydi: bozorda barqaror holatni saqlaydi; bozor ulushini kengaytiradi; foydani eng yuqori daromadiga olib chiqadi; rentabellikni oshiradi; to‘lov qobiliyatini tutib turadi va ta’minlaydi; bozorda xukmronlik qiladi; eksport imkoniyatlarini kengaytiradi Bu yunalishlarning har biri bo‘yicha u yoki bu maqsadga erishish uchun ham mas’ul bo‘lishi darkorligipi aniqlaydi. Faoliyat strategik yunalishlarni amalga oshirish korxonada ishlab chiqariladigan rejalarning butun tizimi bilan ko‘zda tutiladi.
Taktik yoki urta muddatli rejalashtirish yordamida (3-5 yilgacha) korxona strategik maqsadlari va vazifalarini tavsiflashtirish amalga oshiriladi. Bunday rejalashtirish doirasida korxonaning ko‘zda tutilgan Uzoq muddatli maxsadlarni hisobga asta-sekin va izchil tadbiq etishga kiritilgan muayyan dasturlarning ishlab chiqilishiga ta’minlanadi. Ularda rivojlanish maksadlarining resurslari (zaxiralar) bilan bog‘liqligi ko‘zda tutiladi va turli xil ko‘rsatkichlarni o‘rtasidagi mutanosibliklar aniqlanadi.
Tezkor yoki qisqa muddatli rejalashtirish tizimi bir kun, bir xafta, un kun, bir oy, bir chorak yoki bir yil davomida korxona ishiga sur’at va marom bag‘ishlaydi. Bunday rejalar tasdiqlangan dasturlar asosida ishlab chiqiladi, tor yunalishga, yukorn daromaddagi batafsillikka ega bo‘ladi va ularni asoslash chog‘ida xilma-xil usullardan foydalanadi. Qabul qilingan reja korxona srategiyasi, uni amalga oshirishni muayyan chora-tartiblari esa - taktika hisoblanadi. Ko‘pgina g‘arb mamlakatlari va firmalarida uzluksiz rejalashtirish keng rasm bo‘ldi, bunda har yili kelasi yili rejalari aniqlanadi va keyingi ikki yilga ko‘rsatkichlar belgilab chiqiladi. Natijada firmalar muqobil rejaga ega bo‘ladi va izchil suratga uning asosliligini oshirishga erisha boradi. Rejalashtirish ga nisbatan bunday yondashuv barcha korxonalar uchun ham qoida bo‘lmogi darkor.
Biznes rejalashtirish ichki xo‘jalik rejalashtirishning. kudratli kurollaridan iri hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda biznes rejalar allaqachon o‘zining munosib o‘rnini topgan. Nazariya va taktika biznes borasidagi o‘z g‘oyalarni shakllantirish uchun ham, shuningdek faoliyatni baholash uchun ham zarur ana shunday natijalar ishlab chiqarish tajriba endi-endi to‘planmokda. Biznes-reja - ko‘zda tutiladigan biznesning qiska, aniq, maqbul va tushunarli tafsili, katta miqdordagi turli vazifalarni chiqishda eng istiqbolli echimlarini tanlash va ularga erishish uchun vositalarni aniqlashga imkon beruvchi eng muhim kuroldir. Biznes reja ko‘zda tutilgan biznesni |soslash va muayyan vaqt mobaynidagi natijalarni baholash uchun mo‘ljallanadi. Shu munosabat bilan u muvaffaqiyatga erishish darajasi mezoni sifatida qarab chiqilishi mumkin. Biznes reja harakatlar yo‘lini yoritishga va biznes boshqarishga imkon beruvchi harakat hisoblanadi. Shu bois uni ichki xo‘jalik rejalashtirilishini o‘zviy qismi deb ham, jro va nazorat uchun qo‘llanma deb ham tasavvur etish mumkin.
biznesni rejalashtirish-bu maxorat va san’atni talab kiluvchi jiddiy jarayondir.
Biznes rejalashtirishni jarayon sifatida amaliy ruyobga chiqarish uchun biz quyidagi asosiy tamoyillarga rioya qilishni anglaymiz:
-mazkur tashkilot faoliyat ko‘rsatib turgan muhitdagi o‘zgarishlarga doimiy moslashuvni ko‘zda tutuvchi uddaburonlik
-rejalashtirishning «sirpanuvchanlik» xususiyatlarini ko‘zda tutuvchi uzluksizliq
-alokadorlik (komunikativlik), bunda urinishlar muvofiqlashuvi va integratsiyasiga tushunmok kerak (hamma narsa o‘zaro boglangan va bir-biriga tobe bo‘lmogi lozim);
-takrorlanuvchanlik bu rejaning oldin tuzilgan bo‘limlarini rejalashtirish va takrorlanuvchanligining ijodiy harakterini ko‘zda tutadi;
-ko‘p variantlik bu oldinga kuyilgan maqsadga erishishning mukobil imkoniyatlardan eng yaxshisini tanlab olishga imkon beradi;
-ishtirok etish, bu bo‘lajak tashkilot barcha extimol tutilgan ishtirokchilarning rejalashtirishga jalb etishga nuktai nazardan shu rejalashtirish jarayoning o‘zining muhimligini ko‘zda tutadi;
-rejalashtirish jarayonida real muammolar va o‘z-o‘ziga baho berishni aks ettirishni adekvatligi (aynan bir xilligi).
Iqtisodiy adabiyotda ham shakl, ham mazmun, tuzilma va hq bo‘yicha biznes rejalarini ko‘plab talkinlari mavjud. Biznes-rejalar namunalarini, masalan, menejment tarkiblari bo‘yicha boshqa tasniflari bo‘lishi mumkin. Biznes-rejalarning biz keltirgan tasnifni ular vazifalarga bog‘liq holda turli modifikatsiyalariga ishlab chiqarish mumkin: biznes chiziklari (yunalishlari) bo‘yicha (mahsulot, ishlar, xizmatlar, texnik echimlar), umuman korxona bo‘yicha (yangi va joriy korxona).
Ta’kidlash joizki, texnik-iktisodiy asoslanish degan ilgari ishbilarmonlarga odat bulib qolgan hujjat biznes-rejaga yakin turadi. Biroq biznes-rejaning asosiy farqi uning strategik yunalishida, ishbilarmonlik xususiyatida, tashkilot ichki imkoniyatlari va tashqi muhit asosidagi faoliyatning ishlab chiqarish, texnika, moliyaviy va bozor jihatlarining o‘zaro qulay birikuvida namoyon bo‘ladiBiznes-rejalar turli namunalarini ishlab chiqarish chog‘ida, nazarimizda, tarmoq xususiyati; tashkilot umumiy strategiyasi; mahsulot kontseptsiyasi xususiyatlarinigina hisobga olish zarur. Bizning nuktai nazarimizda biznes-rejaning quyidagi tuzilmasi samarali hisoblanadi:
1. Biznes kontseptsiyasi;

  1. Hozirgi vaqtdagi vaziyat va tashkilot haqidagi qisqacha axborot.

  1. Biznes obyekti tavsifi.

  1. Bozorni tadqiq va taxlil etish (biznes uchun bozor va raqobatlash yoki muhit).

  2. Tashkiliy reja, shu jumladan huquqiy ta’minot.

  3. Xodimlar va boshqaruvlar,

  4. Ishlab chiqarish rejasi.

  5. Marketing amallari rejasi.

  6. Kudratli tavakkallar.

10 Moliyaviy reja va moliyaviy strategiya.
Biz bu tizimni qandaydir kotib kolgan deb tushunmaymiz, u muayyan maqsadlar, vazifalari va biznes obyektlariga bog‘liq ravishda o‘zgarishi mumkin. Biroq biz uchun reja rasmiy hujjat hisoblanadi va u biznes bo‘yicha qudratli investorlar, sheriklarning talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak Uni yozish uchun bozorlar, tarmok holati, yangi texnologiyalar, jihozlar to‘g‘risidagi ko‘pgina masalalar bo‘yicha katta axborot materiali to‘plash sarfi. Bu materialning talab kismi odatda, biznes rejaning yakuniy, rasmiy variantiga kirmaydi va mazkur jihatdan uning ishchi nusxasining dastlabki ishlovi e’tiborga moliq Unga rasmiy biznes-rejaning bo‘limlari bo‘yicha gurhlantirilgan barcha ishchi axborot materiallari kiritiladi.Bu materiallar xilma-xil harakterga ega bo‘lishi (o‘z g‘oyasini tavsiflash, shakl berishdan erkin turdagi jadvallarda ras­miylashtirilgan hisob-kitoblargacha), ish jarayonida doimiy ravishda tuldirilib borishi va biznes-reja rasmiy nusxasi zamonaviylashtirilgan paytda bundan foydalanish mumkin.
Ta’kidlash joyizki, nazariya va amaliyotda biznes rejalashtirish goho nohaq ravishda ichki xo‘jalik rejalashtirilishi bilan taqqoslanadi. Nazarimizda, rejalarning bu turlari orasida kuyydagi tafovutlar mavjud:

  1. Ichki xo‘jalik rejalashtirishdan farqli o‘laroq biznes reja korxona umumiy
    maqsadlarini emas, balki faoliyat yangi turini rejalashtirishning yoki biznes-loyihaning
    muayyan mazmunini aniqlovchi eng muhim vazifalarni o‘z ichiga oladi. Biznes reja, asosan,
    korxona rivojlanish ayni strategiyasi va taktikasining ishlab chiqishga muljallanadi,
    ichki xo‘jalik rejalashtirish esa birgalikda joriy va istiqbol faoliyatining xilma-xil o‘z
    ichiga olishi mumkin;

  1. Biznes-rejalar, odatda, bajarilishi vaqtinchalik muddatlar bilan belgilab
    chiqilgan innovatsion loyihalarga ishlab chiqiladi; bu muddatlar utishi bilan biznes-
    loyiha ustidagi ish nixoyasiga etadi. Ichki xo‘jalik rejalashtirish xo‘jalikni boshqa-
    rishning barcha daromadlarida uzluksiz ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Tashkilot
    birgina yillik rejani bajarish barobarida tegishli tuzatishlar kiritilgandan keyin
    navbatdagi rejani amalga oshirishga o‘tiladi Biznes-reja nafaqat aniq muvaqqat
    balki yanada torroq kenglik chegaralariga ega, har qanday ichki xo‘jalik rejasi esa bunday
    aniq cheklovlarga ega bo‘lmaydi;

  1. Biznes-rejaning asosiy vazifasi ishbilarmonlar yangi ishni ochish va mahsulotni
    bajarishga zaruriy ishlab chiqarish zahiralarini, birinchi galda pul mablag‘larini
    olishdan iborat. Ishonchli sheriklar qidirib topish ko‘plab moliyaviy ko‘rsatkichlarni kunt
    bilan asoslashni talab etadi, bunda na faqat ichki xo‘jalik-ishlab chiqarish faoliyati, balki
    tashqi kredit-moliyaviy va bank tizimlarida tavakkalning mavjud darajasi hisobiga
    olinadi. Ichki xo‘jalik rejalari ko‘prok darajada xususiy ravishda foydalanish uchun
    zarur, biznes-rejalar esa inventarlar va kreditlar uchun kerak holos;

Biznes-rejalar ishbilarmon firma muassasasining bevosita rahbarligida va
shaxsan ishtirokida ishlab chiqariladi. Ichki xo‘jalik rejalashtirish bilan, odatda korxonaning mahoratli iqtisodchi-menejerlar va funktsional bo‘linmalari mutaxassislari shug‘ullanadilar. Bunda ichki xo‘jalik rejasini ishlab chiqishda har bir biznesmen-ishbilarmonning shaxsan ishtiroki na faqat real strategii va tezkor maksadni ishlab chiqarishga imkon tugdiradi, balki kelajakda harajatlar va natijalarni solishtirish asosida biznes-loyihani bajarishning eng mukammal tashkil etishni ham ta’minlaydi.Boshqaruv hisobining tizimlarida rejalashtirish jarayonining tavsifi uchun ko‘pincha «byudjetlashtirish» atamasi ishlatiladi.
Byudjet moddiy va pul birligida ifodalangan rejani o‘zida namoyon etadi. U korxona daromadlari, sarflari va to‘lov kobiliyatini boshqarish uchun qurol bulib xizmat qiladi. Sarfli byudjetlashtirish deganda rejalash jarayonida ko‘plab mutaxassislar: marketo-loglar, iqtisodchilar, moliyachilar, buxgalterlar, texnologlar, soliq solish, mehnat va moddiy boyliklarini me’yorlashtirish sohalaridagi mutaxassislarning ishtirok etishi ko‘zda tutiladi.
Mazkur reja ancha mukammal hisoblanadi, chunki «kuyi»dan rejalashtirish va
byudjetning «yukori»dan tuzilishi yagona jarayon bulib, unda korxonaning boshqarishning
turli darajadagi byudjetlarning bir-biriga doimiy ravishda muvofiqlashtirish va bog‘lab
turishini ko‘zda tutadi. s
- byudjet loyihasini ishlab chiqish uchun dastlabki axborotni to‘plash va muammoni kundalang qo‘yish;
-tuplagan axborotni taxlil etish va umumlashtirish, korxona faoliyatini ilmiy asoslangan ko‘rsatkichlarni hisob-kitob qilish, byudjet loyihasini shakllantirish;-byudjet loyihasini baholash;-byudjetni tasdiqlash.


Dastlabki axborotni to‘plash chog‘ida zaruriy ko‘rsatkichlarni o‘zaro bir-biri bilan bog‘lash maqsadida axborot taqdim etish bo‘yicha tuzilmaviy bo‘linmalar ma’suliyati ko‘zda tutiladi. Byudjetlar butun tashkilot uchun ham (qo‘shma byudjet), faoliyatning alohida funksiyalarni yoki uning tuzilmaviy bo‘linmalari uchun ham (xususiy byudjetlar) ishlab chiqiladi. Qo‘shma (bosh) byudjet turli jarayoni o‘z unsurlarining ko‘pchiligida texprom-finilanni ishlab chiqarishning bizga yaxshi ma’lumki jarayoni bilan mos keladi. Bosh byudjet faoliyatining barcha bo‘linmalar yoki funksiyalar bo‘yicha butun tashkilot uchun muvofiqlashtirgan ish rejasini o‘zida namoyon etadi uni tuzish natijasida quyidagilar yuzaga keladi:
-foyda va zararlar rejasi;
-pul okimlari taxmini;
-taxminli buxgalterlik balansi (moliyaviy ahvol haqida hisobot).
Tashkilotning asosiy byudjeti ikki asosiy byudjetdan - operatsion va moliyaviy byudjetdan iborat. Operatsion byudjetda tashkilotning xo‘jalik faoliyatini ishlab chiqarish - xo‘jalik faoliyatining alohida tamoyillari va bosqichlarini tavsiflovchi maxsus texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari orqali aks ettiriladi. Foyda va zararlarning qo‘shma rejasini tuzish operatsion byudjetning asosiy maqsadi hisoblanadi. Uni yuzaga kelishda, odatdagidek quyidagi byudjetlardan foydalaniladi:
1 .Sotish byudjeti.
2.Ishlab chiqarish byudjeti.
Z.Sotib olish va moddiy zaxiralardan foydalanish byudjeti:
4.Mehnat harajatlari byudjeti.
5.Umumiy ishlab chiqarish sarflar byudjeti.
b.Ma’muriy-boshqaruv sarflari byudjeti.
7.Tijorat sarflari byudjeti.
Operatsion byudjetni ishlab chiqish, odatdagidek sotish rejasini tuzishdan bosh-lanadi. Bu shu narsa bog‘liqki, tashkilotning barcha boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlari: ishlab chiqarish hajmi, tannarxi, foyda va ko‘p hollarda sotish hajmi va tannarxiga
bog‘liq bo‘ladi. Sotishlar byudjeti strategik rejalashtirish negizida (masalan, bozor sig‘imi, bozordagi ulushdan kelib chiqdan holda) «yukoridan pasga» ham, alohida mijozlar yoki mahsulotni e’tiborga olgan holda «pastdan yukoriga» ham shakllantiradi. Ko‘pgina hollarda sotishlar hajmi mavjud ishlab chiqarish kuvvatlari bilan cheklanadi. Byudjetni tuzish chog‘ida marketing bo‘limining ma’lumotlari axborotning asosiy manbai hisoblanadi. Sotishlarning rejalanadigan hajmi belgilangandan keyin ishlab chiqarish byudjeti ishlab chiqariladi, uning asosida materiallarni sotib olish va foydalanish, mehnat va ma’muriy - boshqaruv sarflari byudjetlari tayyorlanadi.
Foydalar va zararlarning operatsion byudjeti (rejasi), eng umumiy kurinishida ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi:
1 .Mahsulotni sotishdan kelgan kirim.
2.Sotiladigan mahsulot tannarxi.
Z.Yalpi foyda
4.Tijorat sarflari.

5.Boshqaruv sarflari.


b.Sotishlardan ko‘rilgan foyda (zarar).
Tashkilot bosh (kurilma) byudjetning muhim va tarkibiy kismi moliyaviy byudjet (reja) hisoblanadi. Unda operatsion byudjetda keltiriladigan darajalar va sarflarning miqdoriy bahosi pul bahosiga almashtiriladi. Umuman asosiy maqsadi moliyaviy mablag‘lari tushumining taxminiy manbalari va ulardan foydalanish yunalishlarining aks ettirishidir.
Moliyaviy byudjet (reja) yordamida quyidagi ko‘rsatkichlar haqdda axborot olish mumkin:
-sotish hajmi va umumiy foyda; -sotish tannarxi;-daromadlar va harajatlarning foizli nisbati;-investitsiyalarning umumiy hajmi;-xususiy va qarz mablag‘lardan foydalanish ;-qo‘yilmalarning krplanish muddati va boshqalar.Moliyaviy byudjet tarkibiga investitsiyalar va pul mablag‘lari byudjetlari, shuningdek taxminiy buxgalteriya balansi (moliyaviy ahvol to‘g‘risidagi hisobot) kiradi.
Investitsiyalar byudjetida (kapital harajatlarda) investitsion zaxiralar manbalari va ko‘zda tutilgan kapital kuyilmalarning yunalishlari aniqlanadi.Pul mablag‘lari byudjeti (pul okimlari taxmini) kelajak davrga pul mablag‘lari va to‘lovlar tushumlari rejasini o‘zida namoyon etadi. Uning yordamida taxminiy buxgalteriya balansi tuzish uchun zaruriy pul mablag‘lari hisoblaridagi yakuniy qoldiqlar taxmin qilinadi, shuningdek moliyaviy zaxiralar ortiqchaligi yoki ularning takchilligi davrlari aniqlanadi. Taxminiy buxgalterlik balansi (moliyaviy axvol to‘g‘risida hisobot)ni ishlab chiqish bosh (qo‘shma) byudjetni tayyorlash jarayonida sunggi qadam hisoblanadi. U tashkilotning aktivlar va passivlar tuzilmasini aks ettiradi va №1 hisobot shakliga mos keladi. Rejalashtiriladigan davr oxiriga bo‘lgan holat bo‘yicha kutilgan buxgalteriya balansni hisob-kitobi tashkilot mulki va uning manbalari bilan rejalashtiriladigan davrdagi xo‘jalik operatsiyalari natijasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni baholashga imkon beradi.
Batafsil qo‘shma byudjet tuzish tashkilotga investitsiya ko‘ilingan mablag‘lardan foydalanishning samaradorligi nazoratini ta’minlashda shu tashkilot mulkdorlari uchun jiddiy baxs Hisoblanadi. Qo‘shma byudjet tashkilotning bevosita rahbarlari uchun ham muhim. U rejalashtirilgan davrda ular oldida turgan maksad va vazifalarni aniq belgilash va ishlab chiqarish dasturi bajarilishini borishi, daromadlar va harajatlar shakillanish jarayoni, hisob-kitoblar va to‘lovlar holatini nazorat qilishga imkon beradi.
Tashkilot bo‘linmalari uchun byudjetlarni shakllantirish chog‘ida «pulli balans» uslubidan foydalanish zaruriy shart hisoblanadi. Byudjetlar ustki davridagi harajatlar asosida emas, balki rejalashtirilgan tadbirlar negizida tuzilishi kerak Byudjetlarni rejasining mukobil rejalaridan biri negizida shakllantirish zarur. Quyidagi variantlar ko‘zda tutiladi: pessimistik extimollik va optimistik variantlar. Pessimistik variant eng kichik maksadni ko‘zlashi va mavjud zaxiralarni eng ko‘p darajada kdskartishni talab etish kerak Ehtimollik varianti zaxiralardan bir tekis foydalanma-gan holda eng katta maksadlarga erishishni muljallashi lozim. Optimistik variant barcha zaxiralardan samarali foydalanib, eng katta maksadni bajarishni ko‘zda tutmogi lozim. Yuzaga keltiriladigan byudjetlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  1. Byudjetlar og‘ir, ammo eplasa bo‘ladigan bo‘lishi kerak Faqat muvozanatlashtirib
    turish byudjetga rioya qilishning asoslaydi.

  1. Hakikiy byudjetning yashashga hajmi. xufiya yoki halokatli byudjetlarga yul kuyib
    bulmaydi.

  1. Byudjet moddiy va pul birliklarida umumlashtiruvchi reja hisoblanadi.

  2. Byudjetni bajarish uchun mas’ul odam byudjetni tuzishga butun ma’suliyat bilan
    yondashish uchun uning ishlab chiqdrilayotgan ishtirok etishi kerak

  3. Byudjet hisoblar bo‘yicha kaydlarga va o‘ziga xos yo‘riqdoma bulib hisoblanadi. U
    rejalanadigan va haqikiy ma’lumotlar tengligini talab etadi.

  4. Byudjet davri vaqtida byudjet o‘zgarmay koladi.

Tuzilgan byudjet uni shakllantirishda ishtirok etuvchi barcha katnashuvchi tashkilotlar bilan kelishuvdan utmogi lozim, shundan sung u kdrab chiqish uchun tashkilot rahbarligiga taqdim etiladi. Tashkilot rahbariyati ma’kullagandan keyin byudjet haqikiy hisoblanadi. Talab etilgan tadbirlar o‘z vaqtida boshqarilishi uchun u albatta xo‘jalik yili oldidan qabul qilinishi kerak Byudjet butun vaqtli davr uchun kuchga ega. o‘zgaruvchi ma’lumotlar, parametrlar yoki narxlar byudjetning o‘zgarishiga olib kelmaydi. Rejali va haqikiy ko‘rsatkichlarni takkoslash natijasida olingan ogishlar haqidagi ma’lumotlar kelajakda keyingi byudjetning amal qilish muddatiga hisob qilinadi. Tashkilot rahbari tasdiklagan byudjet asosida daromadlar va harajatlar oylik rejalari tuziladi, ularni barcha xizmatchi tashkilotlar bajarishga majbur. Shu rejalar orqali tashkilotda harajatlar boshqarib boriladi va iqtisodiy ko‘rsatkichlarning zaruriy darajasiga erishiladi (sotishlar hajmi, sof foyda: aktivlar rentabelligi, foyda me’yori va hq), busiz korxonaning bir tekis da rivojlantirish emas.
Qabul qilingan byudjetlar samaradorligi va asosliligi rejaviy ko‘rsatkichlar haqikiy ko‘rsatkichlar bilan takkoslanganda aniqlanadi. Shuning uchun korxonada ham statistik ham moslashuvchan byudjet tuzilishi mumkin.Statistik byudjet tashkilot ishchan faolligining muayyan darajasida hisob-kitob qilinadi. Unda daromadlar va harajatlar sotuvniki faqat bir darajasidan chiqib kelgan holda rejalanadi. Statistik byudjetni haqikiy erishilgan natijalar bilan takkoslash vaqtida sotishning haqikiy hajmi e’tibor-ga olinmaydi, ya’ni natijalarining kiyosiy tahlili keltiriladi.

Download 7,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   444   445   446   447   448   449   450   451   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish