Mazkur o’quv-uslubiy majmua orqali talabalar o‘zini-o‘zi mustaqil nazorat qilishi va bilimlarini joriy nazoratdan o‘tkazishda foydalanilishlari mumkin


Ishlab chiqarish korxonalarida mahsulot tannarxini rejalashtirish



Download 7,44 Mb.
bet451/467
Sana06.02.2022
Hajmi7,44 Mb.
#432642
1   ...   447   448   449   450   451   452   453   454   ...   467
Bog'liq
buxgalteriya dars

3. Ishlab chiqarish korxonalarida mahsulot tannarxini rejalashtirish
Har bir korxona taraqqiyotga intiladi. Ular oldida yangi mahsulot ishlab chiqish yoki ishlab chiqarilayotganini takomillashtirish, yoxud har ikkala yunalishni birlashtirib olib borish vazifasi turadi. Taraqqiyot esa, o‘z navbatida, yangi buyumlar ishlab chiqishga mablag‘ qo‘yishni, sotuv bozorini shakllantirishni, tegishli texnik qudratini yaratishni moddiy boyliklar etkazib beruvchini qidirib topishni talab etadi. Har bir ko‘rib chiqiladigan variant darajasiga reallashtirish bosqichidayok hisob-kitob qilish zarur bo‘lgan muayyan harajatlar to‘g‘ri keladi. Harajatlarni rejalashtirish harajatlar tarkibi va ularning sifat bahosini aniqdashdan iborat. U ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinadigan zaxiralarning (moddiy, mehnat, pul) umumiy qiymatini va intilayotgan

foyda hisob-kitobini aniqlik uchun amalga oshiradi.


Rejalashtirish chog‘ida quyidagi vaziflar hal qilinadi:

  • mahsulot ishlab chiqarish uchun zaruriy zahiralar qiymatining hisob-kitobi;

  • ishlab chiqdrishga ketgan harajatlarning umumiy hajmini aniqlash;

  • mahsulot har bir turini ishlab chiqarish tannarxini hisoblash;

Harajatlarning rejali hajmini mahsulotning ko‘zda tutilgan tuzilmasi (nomen­klatura va assortmenti) va uni ishlab chiqarish hajmidan kelib chiqdan holda hisoblab chiqadilar. Yuqorida tilga olingan vazifalar texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar yo‘li bilan hal etiladi, mehnat normativlari va ishlab chiqarish jarayonining texnik hujjatlar bilan kayd etilgan boshqa parametrlari (o‘lchovlari) dan foydalaniladilar. Bundan tashqari, ishlab chiqarishning iqtisodiy sharoitlari: mehnatga haq to‘lash tizimlari, zaxiralar narxlari, to‘lovlarning normativlari va hq e’tiborga olinadi.
Hujjatlar tarkibi va hajmini aniqlash iqtisodiydan ko‘ra ko‘prok texnik-iqtisodiy vazifa hisoblanadi. Korxonadagi chiqimlar darajasi ishlab chiqarish muxandislik kadrlari va tashkilotchilarining mahorati va ijodiy kudratiga, harajatlarni korxona faoliyat turlariga mahsulot birliklariga, ishlab chiqarish bo‘linmalari va boshqa obyektlarga to‘g‘rilash esa iqtisodchilarning malakasiga bog‘liq bo‘ladi.
Chiqimlarning dastlabki baholash zararli mahsulot ishlab chiqarishning oldini olishi mumkin. Bu baholashni quyidagilar asosida amalga oshirish mumkin:

  • ishlab chiqarish xajmlarining aniq belgilanishi (tegishli harajatlarning ko‘p
    variantli vazifa va hisob-kitoblarini ko‘zda tutgan ma’qul);

  • buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasi;

  • materiallarni almashtirish variantlari;

  • materiallar narxi va boshqa korxonalar xizmatlarining tarifi;

-harajatlar va sifat ko‘rsatkichlarini rakobatlashuvchi korxonalar erishgam
harajatlar va ko‘rsatkichlar bilan takkoslash uchun ularni tashkil etuvchi chiqimlar va sifat
ko‘rsatkichlariga bulib tashlash.
Dastlabki baholash buyumni bugndan keyin zamonaviylashtirish zaruriyatini kursatib beradi. Uzoq shiddatli (istiqboldagi) rejalarni ishlab chiqish chog‘ida ko‘zda tutiladigan baholash yangi asbob-uskunalarga ketgan harajatlarni va asosiy kapitallarni boshqa unsurlarini hisobga olish kerak Dastlabki harajatlar hisob-kitobiga buyum va mar­keting tadkikotlarini ishlab chiqish bosqichida kirishmok lozim, chunki aynan konstruktsiyalash, texnologiyani ishlab chiqish, bozor sig‘imini aniqlash davomida harajatlar darajasiga asos qo‘yiladi, daromadlarni rejalashtirish va ishlab chiqarish chiqimlari ustidan nazorat boshlanadi. Normativ va haqiqiy harajatlar hisoblab chiqilgandan keyin ular o‘rtasidagi tafovutni baholash va uning nimadan kelib chiqkanini aniqlash mumkin: bevosita harajatlar, qo‘shimcha sarflarni turli xajmlari bilan; ishlab chiqarish va yarim tayyor mahsulotlar sotib olish o‘rtasidagi tanlov bilan; Sifatini ta’minlashga ketgan harajatlar bilan; andozali me’yorlar o‘zgarishlari bilanmi; ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori bilanmi; talab, narx ta’siri yoki boshqa omillar bilanmi.
Malakali dastlabki baholash qimmat turuvchi, norentabel unsurlarni ishlab chiqarish jarayonidan chiqarib tashlashga imkon beradi. Oxirgi harajatlarni baholash chog‘ida andozali buyum tayyorlashga kerak barcha ehtimol tutilgan sarflarni hisobga olish zarur. Chunki yangi buyum buyum chiqarish qo‘shimcha katta moddiy, mehnat va qo‘shimcha sarflarni talab etadi, harajatlardan allaqachon o‘zlashtirilgan mahsulotning ana shunday turlariga ogishni aniqlash kerak bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida buyumga yul kuyiladigan harajatlar hajmini bozor narxi aytib beradi, uning asosini ana shunday mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona raqobatchilarining harajatlari tashkil etadi. Buyum ishlab chiqarish va sotishga korxonaning yul quyiladigan harajatlarini quyidagi formula bo‘yicha aniqlash mukin:
Zo=  bunda: Zo - mahsulot ishlab chiqarish va sotishga ketgan yul kuyiladigan umumiy harajatlar;
Ts - buyumning bozor narxi;
Kr - buyum rentabelliligin'i foydaning tannarxga nisbatan hisob-kitob qilish koeffitsienti.
Korxona sotishdan foyda olmasdan mahsulot ishlab chiqarish haqida qaror qabul qilganda hamda rentabellilik koeffitsienti birga (Kr=1) bo‘lishi kerak Ishlab chiqaruvchi korxona uchun yul kuyiladigan harajatlar umumiy hajmining yuqori chegarasi bu holda buyumning bozor narxi hisoblanadi. Buyum bo‘yicha taxminiy moddiy harajatlarni buyumlar va sotib olingan yarim tayyor mahsulotlarni tashkil etuvchi materiallarning sarflari va bozor narxlari me’yoridan kelib chiqkan holda konstruktorlik-texnologik harajatlar bo‘yicha mana bunday formula yordamida hisoblashish chiqish mumkin:
Zm=Ts x Km
bunda: Zm - taxminiy moddiy harajat;
Ts- moddiy zaxiralarning bozor narxi;
Km - moddiy harajatlarning sarf me’yori.
Ishchilarning asosiy ish haqiga ketadigan taxminiy harajatlarni ishchilarning asosiy ish haqiga tijorat sarflari, qo‘shimcha bilvosita sarflar va ustama ish haqining joriy reja bilan belgilangan ulushini kushib turib belgilash mumkin (qo‘shimcha sarflarni hisobdan chiqarishning sistemali stavkasi).
Agar buyum bo‘yicha taxminiy harajatlar hajmi ular bo‘yicha kutilgan daromad (kirim)dan oshib ketsa, bu buyum iqtisodiy jihatdan raqobatbardosh emasligi haqida xabar beruvchi signal hisoblanadi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun shoshilinch choralar ko‘rish kerak Harajatlarning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq darajasini oshirish sabablarini buyum konstruktsiyasining nomukamalligida, ishlab chiqarish texnologiyasi, hisob uslublari va harajatlar ustidan nazoratni eskirganligidan qidirmok joiz, ular zaxiralar alohida turlariga ketgan katta sarflarni qoplashga qodir emas.
Mahsulot alohida turlari tannarxini rejalashtirish xomashyo va materiallar, texnologik maksadlarda ishlatiladigan yonilg‘i va energiya, mehnat harajatlari va tarif stavkalari kabi ishlab chiqarish zahiralari sarflarini ilgor normativlaridan foyda olganligini ko‘zda tutadi. Jumladan, bilvosita umumishlab chiqarish, umumxo‘jalik va tijorat sarflari normativlari ham zarur.
Mahsulot birlikning rejasi to‘liq tannarxi bevosita va bilvosita harajatlarini quyidagi formula bo‘yicha umumlashtiradi.


Sp - buyumning terlik rejali tannarxi M - materiallar va tashkil
etuvchilarga ketgan bevosita harajatlar, sum.
Zo - asosiy ish haqi, sum. Zd - qo‘shimcha ish haqi, summ K1 - umumishlab chiqarish sarflari, %;
K2 - umumtexnologik sarflari, %; Kz - tijorat sarflari %; d - ishchilarga qo‘shimcha ish haqi va mukofotlar foizi; V - ijtimoiy ehtiyojlarga chegirmalar foizi.
Mahsulot tannarxi rejasini ishlab chiqishda texnik tashkiliy va boshqa omillar hisobiga ishlab chiqarish chiqimlarini kamaytirish zahiralarining aniqlash maqsadga muvofiqdir. Mahsulot tannarxini kamaytirishni rejalashtirish hisob-kitobning aniqlash va yiriklashtirilgan uslublari yordamida amalga oshirishi mumkin. Aniqlangan hisob-kitoblar mahsulot birligini rejasi tannarxi ko‘rsatkichlarini taqqoslashga asoslanadi. bunda S1 - mahsulot birligining bazasi tannarxi;
Sg - mahsulot birligining rejalashtiriladigan tannarxi;
P - mahsulot ishlab chiqishning yillik hajmi.
Chet el amaliyotida mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan turli chshchimdan aniqlanish asosiy usuli normativ usulidir. Ilgor oidlikka nominatsiyalarida normativ harajatlar iqtisodiy zaxiralarning haqikiy harajatlari takkoslanadigan materiallar hisoblanadi. Shu bois barcha normativ sarflar u erda ish bajarishning samarali uslub va shartlarini aks ettiradi va mahsulot bo‘lishiga ishlab chiqarish chiqimlarini rejalashtirishning asosi bulib xizmat qiladi. Umumiy kurinishda ishlab chiqarish chiqimlari materiallari, mehnat va ustini sarflar normativ harajatlarni summasini namoyon etadi.
Normativ ustama sarflar normativ bevosita mehnat harajatlardan foizlarda ifoda etiladi. Normativ mehnat harajatlaridan ishchi kuchi harajatlari rejalashtirish uchun foydalaniladi, ularning kattaligi quyidagi formula bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.
ZRS=TZxChs;
bunda ZRS - ishchi kuchining rejalashtiriladigan harajatlari;
Chs - mehnatga haq to‘lash soatbay stavkalari (mukofotlarsiz).

Download 7,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   447   448   449   450   451   452   453   454   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish