Hisoblash. Daromadlar va xarajatlar buxgalteriya hisobida e’tirof etiladi va kelgan davrda tushishi yoki paydo bo’lishiga qarab (pul mablag’larini olish yoki to’lash asosida emas) moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladi.
Ikkiyoqlama yozuv usulida hisob-kitobni yuritish. Ikkiyoqlama yozuv usulida hisob-kitobni yuritish deganda shu narsa tushuniladiki, xo’jalik yurituvchi subyektlar ikkiyoqlama yozuv tizimi asosida buxgalteriya operatsiyalarini qayd etishi kerak, ikkiyoqlama yozuv shundan iboratki, bitta operatsiya bo’yicha bitta summaning o’zi buxgalteriya hisobining ikkita hisobvaraqlarida - bittasining debetida va boshqasining kreditida aks ettiriladi.
Uzluksizlik. Xo’jalik yurituvchi subyekt uzluksiz ishlaydigan, ya’ni belgilangan kelajakda ishlashni davom ettiradigan subyekt deb hisoblanadi. Uning o’z faoliyatini tugatish yoki faoliyat ko’lamini ancha qisqartirish niyati ham, zarurati ham yo’q deb taxmin qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |