Mazkur majmua Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti


Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/34
Sana25.01.2023
Hajmi1,53 Mb.
#902229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
Badiiy matn tahlili МАЖМУА

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari

1. Tahlil va talqin tushunchalariga izoh bering? 
2. “Badiiy tahlilning ilmiy-nazariy asoslari” fani manbalari nimalardan iborat? 
3. Badiiy matn turlari haqida so‘z yuriting? 
4. Fan predmeti, funktsiyasi deganda nimani tushunasiz? 
5. “Badiiy tahlilning ilmiy-nazariy asoslari” fanininig boshqa fanlar bilan aloqasi
to‘g‘risida fikr yuriting? 
6. Hermenevtika fanining yo‘nalishlari haqida ma’lumot bering? 
7. Qadimgi Sharq va G‘arb talqin fanlari haqida ma’lumot bering? 
2-MAVZU:BADIIY TAHLIL MOHIYATI VA YETAKCHI TAMOYILLARI 
Mavzu rejasi:
1. Tahlilning tugal boʻlmasligi tamoyili. 
2. Tahlilning shaxsiy mulohaza, subyektiv qarash maqomida boʻlishi tamoyili. 
3. Badiiy asarga biror gʻoyaning ifoda vositasigina deb qaramaslik tamoyili. 
4. Badiiy matnga borliqning nusxasi tarzida munosabatda boʻlmaslik tamoyili. 
5. Yaxlitlik tamoyili. 
6. Tizimlilik tamoyili. 
7. Estetik asoslarning ustuvorligi tamoyili. 
8. Hissiylik tamoyili. 
Adabiyotlar: 
1.Yo’ldoshev Q., Yo’ldosheva M. Badiiy tahlil asoslari. (O’quv qo’llanma) –T.,
Kamalak. 2016. 
2. Izzat Sulton Adabiyot nazariyasi. –T., O’qituvchi. 2005 yil. 


17 
3. Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. – T.: “Oʻzbekiston”, 2000 yil.
Tekshirilayotgan badiiy asarning butun sehru jozibasi to‘liq namoyon 
bo‘lishi, unda aks etgan inson ruhiyati manzaralari to‘la anglashilishi va 
izohlanishi uchun tahlilni amalga oshirishda bir qator tamoyillarga tayanilishi 
kerak. Tamoyil biror xatti-harakatning yuzaga kelishi uchun bajarilishi lozim 
bo‘lgan shartlar tushunchasini anglatadi. 
Mukammal va tugal tahlilning bo‘lishi mumkin emasligi badiiy asar 
tahlilini amalga oshirishda rioya qilinadigan birinchi tamoyildir. Badiiy tahlilda 
mantiqiy tushunchalar asosida ish ko‘rilib, ilmiy xulosalar chiqarilsa-da, bunda 
aniq fanlardagi kabi bir xil natijaga kelinmasligi mumkin. San’at hodisasiga xos 
xususiyatlarni mantiq kategoriyalari va tafakkur tushunchalari qolipiga to‘liq, tugal 
va beshikast ag‘darish mumkin emas. Mantiqiy kategoriyalarga to‘la tushadigan, 
barcha qirralari tugal izohlanadigan hodisa chin san’atga tegishli bo‘lmaydi. San’at 
mantiqiy 
tushunchalarga 
sig‘dirish 
mumkin 
bo‘lmagan 
joydan 
boshlanadi. 
Binobarin,
eng zo‘r tadqiqotchi ham asl ijod namunasini o‘zgacha 
talqinga o‘rin qoldirmaydigan tarzda to‘liq tahlil qilolmaydi. 
Chinakam badiiy matn uni idrok etgan shaxslarning saviyasi, didi, intellektual 
darajasiga muvofiq ravishda turli davrlarda turlicha qabul etilaveradi. Hatto, ba’zan 
bir asarning o‘zi bitta odam tomonidan kayfiyatining qandayligiga qarab har xil 
idrok etilishi mumkindir. 
Badiiy asar tahlilida amal qilinadigan ikkinchi tamoyil har qanday tahlilning 
shaxsiy mulohaza ekani va u hech qachon mutlaq haqiqat bo‘lmasligidir. Tahlilchi 
qanchalik bilimdon va mohir bo‘lmasin, uning fikrlari hamisha faqat shaxsiy 
mulohaza maqomida bo‘ladi. Ilmiy haqiqatlar ko‘pchilik tomonidan birday qabul 
qilinadi, ammo estetik haqiqatlar to‘g‘risida bunday deb bo‘lmaydi. Har bir 
o‘quvchi asarni o‘zicha o‘qiydi, tushunadi, ta’sirlanadi, his etadi va o‘zicha 
to‘xtamga keladi. Bir asarni o‘qigan bir qancha kishi o‘rtasida o‘zaro o‘xshash 
fikrlar bo‘lgani singari, bir-birini mutlaqo inkor etadigan qarashlar uchrashi ham 
tabiiy holdir. 


18 
Biror badiiy asarning istalgan bir mutaxassis tomonidan qilingan tahlili nechog‘lik 
chuqur ekaniga qaramay, o‘zga bir shaxs bu xildagi talqinni yo qisman, yoki 
butunlay qabul etmasligi va badiiy hodisaga o‘z pozitsiyasidan kelib chiqib, 
tamomila boshqacha baho berishi mumkin. Badiiy asarning o‘ta shaxsiy faoliyat 
natijasi bo‘lib, tinimsiz o‘zgarishlar og‘ushidagi kayfiyat va tuyg‘ular ifodasi ekani 
uning qabul etilishi ham g‘oyat individual yo‘sinda kechishiga asos bo‘ladi. 
Adabiy asar tahlilining muhim tamoyillaridan biri san’at asariga g‘oya ifodalash 
vositasigina 
deb qaramaslik va uning,
birinchi navbatda, estetik hodisa ekanini 
hisobga olish kerakligidir. Adabiyotshunoslikda hanuzgacha ham badiiy asarga, 
avvalo, qandaydir g‘oyani o‘tkazish yo‘li, deb qarash uchrab turadi. Bu hol badiiy 
asarning asl qimmatini pasaytiradi. Uning birinchi navbatda estetik zavq manbai 
ekanini e’tibordan tashqarida qoldiradi. 
Tahlilda tayanilishi zarur tamoyillardan yana biri badiiy asarga borliqning 
nusxasi tarzida yondashish mumkin emasligidir. San’at hodisasini tabiat yoki 
ijtimoiy hayotga taqlid natijasi, deb tushunish asarni real voqelikka mos kelish-
kelmaslik nuqtai nazaridan baholashni taqozo etadi. Holbuki, hayotdagiday 
tasvirlashning o‘zi biror asarning saviyasi haqida xulosa chiqarishga asos bo‘la 
olmaydi. Hayotdan ko‘chirish ham kitobdan ko‘chirishday nusxakashlikdir. 
Badiiy mantiq hamisha ham hayot mantig‘iga muvofiq kelavermaydi. Ba’zan 
badiiy tasvir hayot hodisasidan teranroq, ahamiyatliroq, salmoqliroq bo‘lishi ham 
mumkin. Chunki badiiy asar real voqelikdagi hayotiy xaos (betartiblik)dan yaxlit 
va ichki intizomga bo‘ysunuvchi, qat’iy badiiy mantiqqa binoan harakatlanuvchi 
estetik kosmos (intizom, go‘zallik) yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyat natijasidir. 
Bu haqda norveg adabiyotshunosi E. Xovards’holm: «Poeziya real borliqning 
taqlidi ham yoki uning qandaydir talqini ham emas. Poeziya o‘z holicha ortiq 
darajadagi reallikdir», deb yozadi. 
Badiiy tahlilning muhim tamoyillaridan yana biri yaxlitlik hisoblanadi. 
Yaxlitlik talabi o‘rganiladigan badiiy asarga mustahkam estetik tizim sifatida 
istalgancha tarkibiy qismlarga ajratib tashlash mumkin bo‘lmagan butunlik tarzida 
yondashishni ko‘zda tutadi. San’at asarining butunligiga daxl qilinmagandagina 


19 
uning ichiga kirib borish, mohiyatini anglash mumkin. Inson intelekti, tuyg‘ulari 
va ma’naviyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan badiiy tahlil har bir shaxsning 
yaxlit ijtimoiy-biologik hodisa ekanini hisobga olishi zarur. Chunki insonga avval 
aqliy, so‘ng axloqiy, so‘ngra 
jismoniy,
undan keyin mehnat, undan so‘ng vatanga 
muhabbat, ulardan keyin insonparvarlik va hokazo tarzidagi sifatlarni singdirib 
bo‘lmaydi. Odam yo turli omillar ta’sirida bir qator ma’naviy xususiyatlarga ega 
yaxlit bir shaxs sifatida shakllanadi yoxud hech qachon to‘la ma’nodagi shaxsga 
aylanolmay qolaveradi. 
Badiiy asarga mo‘jizaviy bir butunlik tarzida yondashilmasa, uning siru jozibasi 
yo‘qqa chiqib, ta’sir qudratidan mahrum bo‘ladi. O‘rganilayotgan asarning barcha 
jihatiga birvarakayiga sinchkov yondasha bilish va uning qismlarida buzilmas 
butunlikning jozibasi borlig‘ini kashf etish tahlil muvaffaqiyatini ta’minlaydigan 
omildir. 
Badiiy tahlilda amal qilinishi kerak bo‘lgan zarur tamoyillardan biri 
tizimlilikdir. Tizimlilik yaxlitlik tamoyilining mantiqiy davomi bo‘lib, unda badiiy 
asarni tashkil etgan unsurlarning muayyan tizimli ko‘rinishda bo‘lishi hisobga 
olinadi. Asl san’at asaridagi barcha badiiy unsurlar biri ikkinchisiga chambarchas 
bog‘liq bo‘ladi. Biror bir asarda portret, o‘xshatish, peyzaj, ko‘chim, mubolag‘a, 
kichraytirish singari vositalar tasodifiy ravishda kelmaydi va tasvirning umumiy 
darajasiga ta’sir qilmay qolmaydi. 
Tahlil tekshirilayotgan asardagi
badiiy 
unsurlarning ayni shu tartibda guruhlashuvining ichki mantiqiy-kommunikativ, 
tasviriy-ifodaviy qonuniyatini ochishga qaratiladi. 
Badiiy asar tahlilida hamisha suyanilishi lozim bo‘lgan tamoyillardan biri 
tarixiylikdir. Adabiy asar muayyan tarixiy sharoitda, konkret vaqtda yashab o‘tgan 
odam tomonidan yaratilgani uchun unda aks ettirilgan voqealargina emas, balki 
ruhiy holat manzaralarida ham o‘sha davrning tamg‘asi bo‘ladi. Shuningdek, 
badiiy matn hamisha konkret zamon va makonda yashayotgan odam tomonidan 
qabul etiladi. Binobarin, tahlilga tortilgan har qanday badiiy asarning yaratilgan va 
tekshirilayotgan davrlarga xos xususiyatlarini hisobga olmay turib, asosli estetik 
to‘xtamga kelish imkonsiz. O‘rganilayotgan asarga tarixiylik nuqtai nazaridan 


20 
yondashilmasa, qahramonlar ruhiy holatini ham, ularni biror xatti-harakatga 
undagan sabablarni ham tushunmaslik mumkin. 
Tarixiylik tamoyiliga tayanish, ayniqsa, zamonaviy asarlarni tekshirishda 
alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki agar mumtoz adabiyotning asl namunalari 
boshdanoq sof san’at asari tarzida yaratilib, o‘tmish san’atkorlar uchun badiiy 
shakl ustuvor maqomda turgan bo‘lsa, zamonaviy ijodkorlar uchun o‘zgacha holat 
xosdir. Olamni estetik idrok etishda global tasvir yo‘nalishida ketayotgan 
zamonaviy o‘zbek adiblari tomonidan yaratilgan deyarli barcha asarlar biror 
hayotiy turtki tufayli vujudga kelgan va o‘sha tarixiy sharoit hisobga olinmasa, 
asarni to‘g‘ri tushunish hamda tushuntirish maholroqdir. 
Adabiy asarni tahlil qilishning muhim prinsiplaridan biri estetik asoslarning 
ustuvorligi tamoyilidir. Badiiy asar inson ruhiyati manzarasi bo‘lgani bois, 
o‘quvchilarni eng qabariq, eng ta’sirchan tuyg‘ular bilan yuzma-yuz qiladi. Shu 
tariqa, kitobxonlar o‘zga odamlarning ruhiyatiga oshno bo‘ladilar. Aslida, o‘z 
tuyg‘ularinida anglab yetishga qiynaladigan kitobxonni o‘zgalar hissiyotini 
tuyishga yo‘naltirish uning sezimlarini ingichkalashtirib, kechinmalarini 
o‘tkirlashtiradi. Estetik asoslar ustuvor bo‘lgan badiiy tahlilgina o‘quvchining qalb 
ko‘zini ochib, uni tuyg‘usizlik va hissizlikdan qutqaradi. Badiiy asar vositasida 
beparvolik va loqaydlikdan xalos bo‘lish inson ma’naviy taraqqiyotida ulkan 
ahamiyat kasb etadi. 
Ma’lumki, chinakam badiiy asarning estetik jozibasi uning sirtida 
turmaydi. 
Matndagi yashirin nafosatni,
zariflikni anglash, uning badiiy 
qatlamlarini kashf etish uchun muayyan adabiy bilim va estetik diddan tashqari 
go‘zallikni kerakli joydan qidira bilish malakasi ham shakllangan bo‘lishi kerak. 
Chin go‘zallik hamisha yashiringan bo‘ladi. Yashirin go‘zallikni topish esa oson 
emas. Ijodkor tomonidan «shifrlab qo‘yilgan» noma’lum badiiy ma’noni, estetik 
jozibani topish adibning estetik idealini, tasvir uslubini payqay olgan kishiga nasib 
etadi. Badiiy tahlil qilinmagan asar yechilmagan test kabi noma’lumlikdir. Tahlil 
ana shu noma’lumlikni ochadigan mantiqiy-estetik kalit vazifasini bajaradi. 


21 
Tahlilda estetik asoslarga yetarli e’tibor bermaslik asl san’at asarlarini yo‘qqa 
chiqarishi mumkin. Hazrat Navoiyning «Lolazor ermaski, ohimdin jahonga tushdi 
o‘t, Yo‘q shafaqkim, bir qiroqdin osmonga tushdi o‘t», matlasi bilan 
boshlanadigan g‘azaliga faqat mantiqiy tushunchalar asosida yondashgan kishi 
undan o‘ta chuqur ma’no topolmasligi mumkin. Bu satrlar yuksak va betakror 
hissiy holat ifodasi tarzida o‘rganilgandagina undagi tengsiz jozibani tuyish 
mumkin bo‘ladi. Qip-qizil bo‘lib ochilgan cheksiz-chegarasiz lolazor qo‘ynida 
turgan lirik qahramon ma’shuqasi hajrida kuyib, ichi olovga to‘lib ketgan. Uning 
nazarida, ufqlarga qadar tutashib ketgan bepoyon qizillik ochilgan lolazor emas, 
balki ma’shuqa firog‘ida kuygan g‘amboda oshiqning ohidan dunyoni tutib ketgan 
olov. Lolazor borib tutashgan ufq tepasidagi qizillik ham shafaq nuri emas, balki 
oshiqning ohidan chiqqan o‘t yerni yondirib bo‘lib, osmon yer bilan tutashgan 
joydan ko‘kka chirmashdi va endi osmon ham bir qirg‘og‘idan yonib ketmoqda. 
Shu xildagi yondashuvgina misralar jozibasini to‘la his etishga xizmat qiladi. 
Badiiy tahlilni amalga oshirishda emotsionallik tamoyili ham katta o‘rin tutadi. 
Badiiy adabiyot borlig‘icha hissiyotga asoslangan hodisa. Demak, badiiy tahlilda 
ham asarning hissiyot qo‘zgash xususiyati ko‘zda tutilishi muhim. Hissiyot 
hisobga olinmagan tahlilda badiiy asarning estetik o‘ziga xosligi yo‘qqa chiqadi. 
Tahlil kishining tuyg‘ular olamiga daxl qilsagina, asarning badiiy va hayotiy 
mantig‘i hamda estetik jozibasi ochiladi. 
Badiiy tahlilning yo‘nalishlari 
Badiiy tahlilda adabiy 
matnga qanday yondashilayotgani,
uning qaysi jihatini 
tadqiq etish ko‘zda tutilayotgani ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Tahlil 
etilayotgan badiiy asarning qaysi jihatiga birlamchi e’tibor berilishi lozimligini 
belgilash tahlilning yo‘nalishi tushunchasini anglatadi. Badiiy asar tahlilining 
to‘laqonli bo‘lishi tahlilchining matnni qanday yo‘nalishda tekshirayotganiga 
bog‘liqdir. 
Badiiy tahlil ilmida asar tahlili genetik, tipologik, funksional, falsafiy, psixologik 
va filologik singari olti yo‘nalishda amalga oshirilishi qayd etiladi. Albatta, tahlil 
yo‘nalishlarining bu xildagi tasnifi birmuncha shartlidir. Negaki, odatda badiiy 


22 
tahlil jarayonida bu yo‘nalishlardan birortasi ustuvor o‘rin tutsa-da, deyarli hech 
qachon faqat bittasidan foydalanilib, boshqasi chetlab o‘tilmaydi. Chunki 
o‘rganilayotgan asar estetik tizim bo‘lgani uchun uning tahliliga ham ajralmas 
qismlardan iborat butunlik tarzida yondashish, ya’ni, matnga har jihatdan qarash 
zaruriyati hamisha saqlanib qoladi. 
Badiiy asar genetik yo‘nalishda tahlil etilganda, asarning 
yuzaga kelish jarayoni,
variantlari, yozilish sabablari tadqiq etiladi. Bunda asarni yuzaga keltirgan omillar 
ko‘rsatilishiga alohida e’tibor qaratiladi. 
Tipologik yo‘nalishda tahlil qilinayotgan asarni yuzaga keltirgan badiiy yoki 
hayotiy manbalar, tahlil etilayotgan asarning o‘sha davrda yaratilgan boshqa 
asarlarga o‘xshash hamda farqli tomonlari, asar muallifi bilan o‘zga adiblar 
orasidagi ijodiy ta’sir, badiiy vorislik kabilarni aniqlashga e’tibor qaratiladi. 
Funksional yo‘nalishdagi tahlilda asarning ijtimoiy ta’sir kuchini aniqlashga 
alohida diqqat qilinadi. Unda o‘rganilayotgan asarning muayyan millat 
ma’naviyatida qanday o‘rin tutishi tekshiriladi. Tahlil qilinayotgan asarning milliy 
adabiy jarayondagi o‘rni, yaratilgan zamonidagi yoki tekshirilayotgan davrdagi 
kishilar tafakkuriga qilgan ta’siriga alohida ahamiyat beriladi. Asardagi qaysi 
obraz yoki tasvir orqali qanday ijtimoiy qonuniyat yoxud muammo yoritilgani 
tekshiriladi. O‘zbek badiiy tahlil amaliyotida funksional yo‘nalishdan keng 
foydalaniladi. Bu yo‘nalish qator ijobiy xususiyatlar bilan birgalikda tendensiozlik, 
matnning badiiy jozibasini e’tibordan qochirish singari salbiy jihatlarga ham 
egadir. 
Badiiy asar falsafiy yo‘nalishda tahlil qilinganda, yozuvchining dunyoqarashi va 
e’tiqodi, olamni ko‘rish, anglash, tushuntirish hamda tasvirlashda tayanadigan 
falsafiy asos tekshiriladi. Bu yo‘nalishdagi badiiy tahlil matndan uzilgan falsafiy 
mushohadalardan iborat bo‘lib qolmasligi kerak. Tekshirilayotgan asar matnidan 
kelib chiqmaydigan har qanday falsafiy-nazariy xulosa amaliy ahamiyat kasb 
etmaydi. 
Psixologik yo‘nalishda o‘rganilayotgan asar muallifi shaxsiyatidagi o‘ziga xoslik, 
adibning asar ustida ishlash usuli, ijodiy jarayon psixologiyasi, shu kechimdagi 


23 
ruhiy holati va uning tahlillanayotgan asarda qoldirgan 
nuqsi,
muallif ruhiy 
dunyosining matn saviyasiga ko‘rsatgan ta’siri kabi jihatlar o‘rganiladi. Tahlilning 
bu yo‘nalishida muallifning tasvir 
uslubini tayin etgan omillar,
shaxsiyatga xos 
jihatlarning badiiy haqiqatga evrilish yo‘sini tekshiriladi. 
Lingvistik yo‘nalishdagi badiiy tahlilda asosiy e’tibor asarning til jihatiga 
qaratiladi. Bu yo‘nalishda asar filologik hodisa sifatida til va tasvir vositalarini 
qo‘llash, tilning tasvir imkoniyatlari doirasida badiiy shakllar yaratish nuqtai 
nazaridan tekshiriladi. Bunda muallifning faoliyati an’anaviylik va novatorlik 
pozitsiyasidan baholanadi. So‘zning o‘z va badiiy ma’nosi, kontekstdagi jozibasi, 
badiiy matn zamiriga yashirilgan mazmun va bu yashirilganlikning hayotiy-estetik 
sabablari singari jihatlarga e’tibor qaratiladi. 
Ta’kidlash kerakki, yuqorida sanalgan yo‘nalishlar deyarli hech qachon bittadan 
qo‘llanilmaydi va hamisha bir nechasi yoxud barchasidan aralash holda 
foydalaniladi. 
Badiiy tahlil bosqichlari 
Jiddiy hozirlikni talab qiladigan ilmiy-estetik jarayon sifatida badiiy tahlil 
muayyan bosqichlarda amalga oshiriladi. Amaliyotda adabiy tahlilning uch 
bosqichi mavjudligi kuzatiladi. Birinchi tayyorlanish bosqichda tadqiqotchi badiiy 
tahlilga imkoniyat hozirlaydi. Ikkinchi, ya’ni, tahlil qilish bosqichida badiiy matn 
tahlil etiladi. Uchinchi bosqich xulosalashdan iborat bo‘ladi va tahlil yuzasidan 
bildirilgan fikrlar muayyan tizim tarzida umumlashtirilib, ilmiy xulosa chiqariladi, 
asarning yutuq va kamchiliklari, o‘ziga xosligi ko‘rsatilib, uning adabiyotdagi 
o‘rni belgilab beriladi. 
Tayyorgarlik bosqichida tahlil etiladigan asar matni sinchiklab o‘rganilishi, tahlil 
kechimida e’tibor qaratiladigan, urg‘u beriladigan jihatlar aniqlanishi, asosiy 
nuqtalar belgilanishi lozim. Shunda tahlilning ikkinchi bosqichi muavaffaqiyatli 
amalga oshirilishi mumkin. 
Bevosita badiiy tahlil amalga oshiriladigan ikkinchi bosqichda matnning 
jozibadorligini ta’minlagan estetik omillar: 
timsollar tizimi,
personajlar ruhiyatini 
ko‘rsatishda qo‘llanilgan usullar, ifoda tarzidagi o‘ziga xoslik, til xususiyatlari 


24 
singari jihatlar tekshiriladi. Tahlil qilinayotgan asarning estetik qimmati, millat 
badiiy tafakkur taraqqiyotidagi mavqei belgilab beriladi. 
Xulosalash-umumlashtirish bosqichida asarning muayyan ijodkor estetik taqdiri va
milliy badiiy tafakkur taraqqiyotida tutgan o‘rni yuzasidan umumlashma 
yo‘nalishdagi to‘xtamga kelinadi. 
Chuqur badiiy tahlilsiz teran badiiy tasvir bo‘lishi gumon. Ko‘p asrlik o‘zbek 
adabiyoti tarixi mobaynida badiiy matn rivoji bilan adabiy fikr, ya’ni, estetik tahlil 
taraqqiyoti yonma-yon keladi. 
Badiiy tahlil ham badiiy matn yaratish borasidagi bosqichlarga bir muncha 
muvofiq keladigan bosqichlarni bosib o‘tdi. Jumladan, yangi o‘zbek adabiyotida 
XX asrning boshlaridan e’tiboran badiiy tahlil asar syujetining qayta bayoni va 
undan ijtimoiy ma’no keltirib chiqarishdan iborat bo‘ldi. Bu xil tahlil uchun 
asarning estetik qimmatini tayin etishdan ko‘ra, uning ijtimoiy ahamiyatini 
ko‘rsatish muhim sanalar edi. Shu sababdan bu bosqichda badiiy matnga 
funksional yondashuv ustuvorlik qildi. 
XX asrning 30-50-yillarida jamiyat hayoti qarama-qarshi sinflar va ular o‘rtasidagi 
ayovsiz kurashlardan iborat degan qarash hukmronlik qildi. Binobarin, badiiy asar 
tahlilida ijtimoiy yondashuv ustuvor bo‘ldi. Badiiy asarlar faqat sinfiy pozitsiyadan 
tahlil qilindi. Sirasini aytganda, bu davrda badiiy tahlil emas, ijtimoiy talqin 
amalda bo‘ldi. Bu xil yondashuvda asarning badiiy jihatlari, jozibasi emas, balki 
qaysi mavzuga bag‘ishlangani, qanday masala ko‘tarib 
chiqilgani, 
qay bir ijtimoiy 
qatlam manfaatiga xizmat qilgani, kimlar qahramon qilib olinganligi kabi jihatlarni 
aniqlash muhim sanaldi. Bu davrda badiiy tahlil asar matnini o‘rganish, muallifni 
anglash yo‘lidan bormadi, balki asar yuzasidan hukm o‘qib, adibning shaxsiy 
taqdirini hal etishga urindi. O‘tgan asrning 90-yillaridan boshlab, milliy adabiyotda 
chinakam tahlilga yuz burilib, asarning jozibasi ta’minlagan, uning zavqi 
noyobligiga sabab bo‘lgan omillar tekshirila boshlandi. 
Insonning ijtimoiy-fiziologik maqomi, uning imkoniyatlari darajasiga 
sog‘lom mantiq bilan yondashila boshlangan zamonaviy adabiyotda hayotni 


25 
mantiqiy yakunga ega hodisa tarzida ko‘rsatishdan uning boshi-oxiri yo‘q uzluksiz 
hodisotlar zanjiri sifatida tasvirlash bosqichiga o‘tildi.
Badiiy tahlil tushunchasi ko‘p asrlar mobaynida o‘z ta’rifiga ega bo‘lmay 
keldi. Tahlilga dastlabki ta’rif Ovrupo adabiyotshunosligida XIX asrning
II yarmidan berila boshlandi. Lekin Botishda badiiy tahlilni interpretatsiya (talqin) 
tarzida tushunishga moyillik kuchli edi. Bunday yondashuv badiiy asarlardan 
ko‘proq ijtimoiy ma’no qidirishga olib kelardi. Adabiyotshunoslik ilmida hozirga 
qadar badiiy tahlil nima, u qanday maqsadlarni ko‘zda tutgan holda amalga 
oshirilishi kerak degan savolga qat’iy javob berilgani yuq. Garchi, Botish 
filologlari tomonidan "Hermenevtika", "Interpretatsiya" nomlari bilan katta-katta 
bir qator kitoblar chop etilgan bo‘lsa-da, tushunchaga aniq ta’rif berilgan emas. 
Har bir olim badiiy asar tahlilini o‘zicha izohlaydi. Metodist olim B. Bobilev 
"Milliy oliy o‘quv yurtlarida badiiy matnni filologik tahlillashning nazariy 
asoslari" mavzuidagi doktorlik dissertatsiyasida badiiy tahlilning maqsadini 
shunday tushuntiradi: "Badiiy matnning filologik tahlilidan asosiy maqsad muallif 
obrazini idrok etishdir, unga yetishishdir. Ayni shu holat badiiy matnni filologik 
tahlil qilishning asosiga qo‘yilishi lozim". Mazkur qarash ko‘p jihatdan, tahlilga 
oid xususiyatlarni qamrab olgan. Darhaqiqat, kitobxon yoki tadqiqotchining 
muallifga yetishishi, uning tajallisiga aylanishi adabiy asarni butun serqirraligi 
bilan anglab yetganligini bildiradi. Badiiy asarni muallif darajasida idrok etish 
san’at namunasiga xos deyarli barcha jihatlarni his etish, asar zamiridagi mantiqiy 
va badiiy ma’noni to‘liq anglash imkonini beradi. Adabiyotshunoslik uchun 
muallif darajasiga yetib, uning holatiga tushib tahlil qilish badiiy asarni 
tushunishning oliy bosqichidir. Ayni vaqtda, badiiy adabiyot namunalari orasida 
muallif istagidan tashqari ma’nolarni tashiydigan, uning mo‘ljalidan ko‘ra og‘irroq 
ijtimoiy-estetik “yuk”ni zimmasiga olgan, muallifning o‘zi kutmagan yoki 
bilmagan holda badiiy kashfiyotlarga aylangan ko‘plab asarlar borligiga adabiyot 
tarixi guvoh. Chunki muallif tasvirlagan badiiy manzara bilan o‘quvchi tomonidan 
idrok etilgan badiiy manzara hamisha ham bir xil bo‘lavermaydi. Ba’zan o‘quvchi 
adib mutlaqo ko‘zda tutmagan, xayoliga keltirmagan, hatto muallifning 


26 
qarashlariga zid, ammo o‘quvchi to‘g‘ri deb hisoblaydigan badiiy xulosaga 
kelinishi ham mumkin. Chunki hayotiy vaziyatning o‘zgarishi, ijtimoiy 
voqelikdagi yangicha holat ba’zan ijodkorning oddiy izhori dilidan chuqur sotsial 
ma’no keltirib chiqaradi. Haqiqiy badiiy asarning umri uzun va u faqat yaratilgan 
dam uchungina mansub bo‘la olmaydi. Taniqli rus psixologi L.S.Vigotskiyning: 
"San’atni ko‘proq darajada kechikkan munosobat deyish mumkin, negaki uning 
dunyoga kelishi bilan ta’sir ko‘rsata boshlashi o‘rtasida hamisha ozdir-ko‘pdir 
zamoniy oraliq bo‘ladi",- degan fikri bunga dalil bo‘la oladi. Zamoniy oraliq 
o‘quvchiga adabiy asardan o‘zi yashayotgan zamonga muvofiq xulosa chiqarish, 
asarning badiiy tizimidan ham davriga mos zavq olabilish imkonini beradi. Usmon 
Nosirning faxriya xarakteridagi iqrori shoir shaxsga sig‘inish qurboni bo‘lib 
ketganidan so‘ng mutlaqo o‘zgacha ma’no kasb etdi, san’atkorni bashoratchi 
maqomiga ko‘tardi: 
Ilhomimning vaqti yo‘q, selday keladi, 
Jalloddek rahm etmay, dilni tiladi. 
Ayondir bir kuni aylaydi xarob... 
satrlari bitilgan fursatda shoir o‘zining qatagon qurboni bo‘lishini xayoliga ham 
keltirmaganligi ayon. Shuning uchun ham bu satrlar Usmon Nosir uchun o‘zgacha 
ma’noga ega bo‘lgan, ammo bugungi o‘quvchi uchun tamomila bo‘lakcha mazmun 
tashiyajagi tushunarli. Shoir Mirtemirning"Betobligimda" she’ridagi: 
Majnuntol tagiga o‘tqazing meni, 
Men uchun yig‘lasin, men yig‘lab bo‘ldim. 
misralari, aslida, bemor san’atkorning tushkun ruhiy holati ifodasi bo‘lgan. 
Bugungi o‘quvchilarning tushunchalari tufayli, mustamlaka zanjirlaridan qutulgan 
zamondoshlarimizning dunyoqarashlari, didlari sababli esa adolatsiz zamondan 
norozi isyonkorning nolasi darajasiga ko‘tarilgan. Badiiy ijod tarixida 
yuqoridagilardan ham ta’sirliroq misollarni juda ko‘p keltirish mumkin. Bu holat 
ko‘rsatadiki, adabiy asarning badiiy tahlili uchun ijodkor obrazini idrok etish, 
muallifning jilvasiga aylanish yagona asos sifatida qaralishi haqiqiy holatga 
unchalik ham mos kelmas, badiiy asar tahlili mohiyatini to‘lig‘icha idrok qilish 


27 
imkonini bermas ekan. Tanishgan badiiy asardan xulosa chiqarish, uni tadqiq qilish 
tahlil etuvchining saviyasi, didi, dunyoqarashi, hayotiy tajribasi va boshqa bir qator 
omillarga bog‘liq ekanligi ma’lum haqiqatdir. Rauf Parfi va unga izdosh bo‘lgan 
ijodkorlarning asarlari aksariyat o‘zbek tanqidchilari tomonidan mutlaqo bir-biriga 
zid tarzda tahlil etib kelinganligi, ularning har biri shoirlarning badiiy niyati, 
san’atkorlik mahoratini o‘zicha anglaganligi ham shuni ko‘rsatadi. Badiiy tahlilni 
asarning estetik unsurlarini qidiradigan faoliyat deb qaraydigan mutaxassislar ham 
bor. Chunonchi, G.N.Taranosova nazarida: "..tahlil adabiy asarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
va jo‘n tushunish o‘rniga fikran ma’noli qism va unsurlarga bo‘lib qabul etishni 
ko‘zda tutadigan ilmiy faoliyatdir". Bu xilda fikrlaydigan mutaxassislarning
qarashlarida asosli o‘rinlar juda ko‘p. 
Darhaqiqat, badiiy tahlilgina adabiy asarni jo‘n, to‘pori qabul etishdan, uni 
hayot hodisasi bilan aralashtirib yuborishdan, “qahramonlarning keyingi taqdiri 
nima bo‘ladi, falonchi pistonchiga uylandimi?”, “Falon asarlarning qahramonlari 
hozir nima qilishmoqda?” singari asarning badiiy o‘ziga xosligini, estetik hodisa 
ekanini yo‘qqa chiqaruvchi qarashlardan qutqaradi. Lekin masalaning boshqa 
tomoni bor: Har qanday asl badiiy asar yaxlit poetik butunlik hisoblanadi va 
mazkur yaxlitlikka daxl qilish uning jozibasini, sehrini yo‘qqa chiqarishi aniq. 
G.Taranosova ham asar tahlilining birinchi tamoyili unga yaxlit hodisa sifatida 
yondashish ekanligini ta’kidlaydi. Lekin olimaning adabiy tahlil mohiyatini 
tushuntiruvchi fikrida badiiy asarni “qismlar” va “unsurlar”ga ajratib o‘rganish 
asosiy tadbir hisoblanadiki, bu hol amaliyotda uning qarashlariga zid keladi. 
Adabiyotshunoslar J.Azizov va G. Usovalarining qalamiga mansub “Adabiy tahlil 
nazariyasi va amaliyoti" risolasida “...tahlil adabiy asarning badiiy mantig‘iga 
singishish maqsad qilib qo‘yilgan ilmiy izohdir” tarzida ta’rif beriladi. Badiiy 
tahlilning asl mantig‘ini aks ettirish jihatidan J.Azizov hamda G.Usovalarning 
qarashlari haqiqatga yaqinroq. Chindanda, "muallif obraziga yetishish" ham, 
"adabiy asarni fikran qism va unsurlarga ajratish" ham o‘z holicha badiiy tahlil 
mohiyatini aks ettira olmaydi. Balki ular badiiy mantiqni kashf etish, unga 
yetishish yo‘lidagi bosqichlardir. Biroq yurtdosh olimlar juftligiga mansub mazkur 


28 
xulosada ham, bizning nazarimizda, kichik bir yoqlamalik borday. Chunonchi, 
unda hayotiy mantiqqa yetishish zarurligi ko‘zda tutilmaydi. To‘g‘ri, badiiy 
adabiyot uchun estetik mantiq birlamchi ahamiyat kasb etadi, ammo bu holat 
asarlardan kelib chiqadigan hayotiy mantiqning muhimligini aslo inkor etmaydi. 
Shuning uchun ham badiiy tahlil tushunchasini xarakterlashda badiiy va hayotiy 
mantiq tushunchalari yonma-yon qo‘yilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, badiiy asar tahlili tushunchasiga 
quyidagicha ta’rif berish mumkin: Badiiy tahlil adabiy asarning hayotiy va badiiy 
mantig‘i hamda estetik jozibasini anglashga yo‘naltirilgan ilmiy faoliyatdir. 
Adabiy tahlilga ana shu tariqa ta’rif berilganda, hodisaga xos deyarli barcha asosiy 
xususiyatlar qamrab olinadi deyish mumkin. Aslida "tahlil" atamasi arabcha bo‘lib, 
"halollash", "eritib yuborish", "murakkab butunni qismlarga ajratish"ma’nolarini 
anglatadi. Ya’ni tahlil deyilganda, badiiy matnning ma’nosi va jozibasining 
halollab berilishi, o‘quvchiga begona bo‘lgan matnni eritib, uning shuuriga 
joylashga qaratilgan faoliyat ko‘zda tutiladi. San’at asaridan kelib chiqadigan 
hayotiy ma’noni topish, estetik unsurlarni kashf etish, o‘rganilayotgan asarning 
boshqa asarlardan farqini aniqlash, muayyan millat yoki insoniyat estetik 
tafakkurini rivojlantirishga qo‘shgan hissasini ko‘rsatish g‘oyat muhim. Ayni 
vaqtda, badiiy zavq manbai nimada ekanini, kitobxonni muayyan asardan 
ta’sirlanishga olib kelgan badiiy omillar, ko‘rkam so‘zning mantiqiy tushunchalar 
doirasiga sig‘maydigan jozibasi qayerdan kelib chiqayotganini aniqlash ham o‘ta 
ahamiyatlidir. 
Badiiy tahlil shakliga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:1) og‘zaki;2) yozma. 
Badiiy asar og‘zaki shaklda ham tahlil qilinadi. Lekin bunday tahlilga yozma 
ravishda tayyorgarlik ko‘rilsa, samaraliroq bo‘ladi. Badiiy tahlil orasida yozma 
shakl keng yoyilgan. Bu tahlil turi faqat aytilgan vaqt uchungina daxldor bo‘lmay, 
keyinchalik, katta zamoniy oraliqlardan so‘ng ham odamlarga ta’sir ko‘rsatishi, 
millat badiiy tafakkurini shakllantira olishi, ajdodlardan avlodlarga meros bo‘lib 
o‘tishi bilan xarakterlanadi. 
Badiiy asar tahlilini undan kuzatilgan maqsadga ko‘ra: 


29 
1) ilmiy (filologik); 
2) o‘quv (didaktik) singari ikki turga bo‘lish mumkin. 
Filologik (ilmiy) tahlil adabiy asarning mantig‘i va estetik xosligini 
anglashga yo‘naltirilgan kuchli hissiy-intellektual faoliyatdir. Ilmiy tahlilda badiiy 
asardan chiqarilgan xulosalarning adabiyotshunoslik ilmi erishgan darajalarga 
muvofiq kelishi talab etiladi. Tahlil jarayonida bildirilayotgan har bir fikr ham 
mantiqiy tushunchalar, ham estetik qonuniyatlar bilan asoslangan bo‘lishi lozimdir. 
Shuningdek, ilmiy tahlilda o‘rganilayotgan asarning umummilliy adabiyotdagi 
o‘rni va milliy tafakkur taraqqiyotiga ta’siri darajasi ko‘rsatilishi ko‘zda tutilishi 
kerak. Filologik tahlil ommaboplikdan yuqoriroq turishini va har qanday adabiy 
hodisaga mutaxassis nazari bilan qaralishini taqozo qiladi. Ilmiy tahlildagi asosiy 
narsa badiiy asarning badiiyligini, ta’sirchanligini, jozibasini, sehrini ta’minlagan 
jihatlarni ko‘rsata bilishdir. Filologik tahlil ilmiy, estetik faoliyat natijasidir. U, 
asosan, bir kishi tomonidan amalga oshiriladi. Ilmiy tahlil bilan shug‘ullanayotgan 
mutaxasis vaqt jihatidan ham, imkoniyat jihatidan ham cheklanmagan bo‘ladi. 
Ilmiy tahlilni amalga oshirayotgan kishi faqat o‘zi belgilab olgan bosh maqsadga 
qarab intiladi. U o‘quv tahlili estetik-pedagogik faoliyat bo‘lib, o‘quvchilarni 
barkamol shaxs sifatida shakllantirish kabi pedagogik maqsadga erishish uchun 
amalga oshiriladi. Oquv tahlili mobaynida o‘qituvchi asarni tanlash imkoniga ega 
emas. Tahlil etiladigan asar muayyan vaqt davomidagina tekshirilishi, bu 
jarayonda o‘quvchilarning yosh va intellektual darajasiga muvofiqlashtirilishi 
lozim bo‘ladi. Shu jihatdan didaktik tahlil filologik tahlilga nisbatan 
murakkabroqdir. Adabiy asarni didaktik tahlil etish jarayonida o‘qituvchi va 
o‘quvchi faoliyati quyidagi uch yo‘nalishda uyushtirilishi mumkin: 
A) muallifga yoki matnga ergashib yoxud yalpi tahlil; 
B) asardagi obrazlarga tayanib tahlil qilish; 
V) o‘quv tahlilini muammoli tarzda amalga oshirish. 
Birinchi yo‘nalishda adabiyot o‘qituvchisi faqat badiiy matnga suyanadi va 
matn mantig‘ini, uning tartibini aslo o‘zgartirmagan holda asar zamiridagi 


30 
ma’noning jozibani u o‘quvchilarga ko‘rsata boradi. Bu usulni tekstual tahlil usuli 
deyish mumkin va bunda o‘qituvchi ko‘proq faoliyat ko‘rsatadi. 
Ikkinchi yo‘nalishda o‘qituvchining e’tibori asardagi personajlarga qaratiladi 
va obrazlar ruhiyatini anglab borish jarayonida asarning badiiy ma’nosi 
o‘zlashtiriladi. Adibning san’atkorlik mahorati ham badiiy obrazlarning qanchalik 
jonli va ta’sirchan ishlanganligini tahlillash asnosida ochib boriladi. Bu yo‘nalishni 
timsoli tahlil yo‘li deyish mumkin va bu yo‘nalishda o‘quvchilarning ham 
anchagina faol ishtirok etishlariga imkoniyat bo‘ladi. 
Uchinchi yo‘nalishda esa tahlil asosan o‘quvchilar tomonidan olib borilishi 
ko‘zda tutiladi. O‘qituvchi talabalar oldiga muammo qo‘yadi va ularga bu 
muammoni yechish yo‘llarini ko‘rsatadi. Asar tahlili jarayonida o‘quvchilar faqat 
bilgan tushunchalaridangina foydalanib qolmay, bir qator yangi estetik-mantiqiy 
tushunchalarni o‘zlashtirib ham olishadi. Negaki, ular jamoa bo‘lib ishlaydilar. 
O‘zaro fikr almashadilar, bahslashadilar. Tabiiyki, bu jarayonda o‘quvchilarning 
ma’naviy olamida ham, aqliy dunyosida ham muayyan o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. 
O‘quv tahlilning bu usuli muammoli tahlil deyiladi. Alohida ta'kidlash kerakki, 
tahlilning aytilgan usullari bir-birini inkor qiluvchi alohida yo‘nalishlar emas. 
Adabiy ta’lim amaliyotida tahlilning har uch usuli deyarli hamisha aralash, 
qorishiq holda keladi. Tekstual tahlilni obrazlarga tayanmay turib amalga oshirib 
bo‘lmaydi. Muammoli tahlilni ham badiiy matnga asoslanmay bajarish mumkin 
emas. Har qanday muammo matndan kelib chiqishi, har qanday mustaqil fikr ham 
matnning sehr-u jozibasini ochishga xizmat qilishi joiz. Tekstual tahlilda matnning 
maromini buzmaslik, muallif yurgan yo‘lga, u o‘rnatgan badiiy tartibga rioya qilish 
ustuvor bo‘ladi, lekin tahlilning qolgan ikki turida ham badiiy matn asosiy o‘rin 
tutadi. Shu ma’noda, har qanday tahlil mohiyat e’tibori bilan tekstual tahlildir. 
Tekstual tahlil ko‘proq 6-7-sinf o‘quvchilari bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarda 
qo‘llaniladi. Ayniqsa, kichikroq hajmli nasriy asarlarni didaktik tahlil etishda bu 
usul juda qo‘l keladi. Ta'kidlash joizki, asar yuzasidan amalga oshiriladigan har 
qanday faoliyat faqat matnga tayanishi, matndan kelib chiqishi, matnning 
jozibasini ochishga xizmat qilishi lozim. Shuning uchun ham har qanday usulda 


31 
o‘quv tahlilini amalga oshirishdan oldin, albatta, o‘quvchilar badiiy matn bilan 
yaxshi tanish bo‘lishlari shart. Aks holda tahlildan kuzatilgan maqsadga erishib 
bo‘lmaydi. Katta hajmli epik asarlar ko‘proq yuqori sinflarda o‘rganiladi. Ularni 
o‘rgatishda timsolli tahlil usulidan foydalanish yaxshi samara beradi. Chunki 
o‘rganiladigan asar hajman katta, ajratilgan vaqt esa qisqa bo‘lgani uchun ularni 
tekstual tahlil qilishning imkoni yo‘q. Bunday vaqtlarda asosiy e’tibor 
o‘rganilayotgan asardagi obrazlarga qaratiladi. Timsollarning ruhiyati, o‘ylari, 
kechinmalari, xatti-harakatlari, sa’jiyalari ham hayotiylik, ham badiiylik nuqtai 
nazaridan tahlil qilinadi va shu yo‘sinda muallifning badiiy mahorati namoyon 
etiladi. O‘quvchilar timsollarni jonli odamlar, o‘z taqdiriga, o‘ziga xos insoniy 
tabiatga ega tirik kishilar tarzida qabul qilishlariga erishish kerak. Shundagina, bu 
timsollar tuygan tuyg‘ular o‘quvchilarga ham yuqadi, ta’sirlantiradi, binobarin, 
tarbiyalaydi. Shuningdek, badiiy timsollarning ijobiy va salbiy guruhlarga 
ajratilishiga yo‘l qo‘ymaslik, har bir badiiy timsolning qarama-qarshi tabiatli kishi 
nuqtai nazaridan qanday baholanishi mumkinligiga e’tibor qaratilishi lozim. 
Atrofimizdagi odamlarni jo‘ngina yaxshi va yomonga ajratish noto‘g‘ri 
bo‘lganidek, badiiy timsollarni ham ijobiy va salbiyga ajratib tashlash to‘g‘ri 
emasligini o‘quvchilar ongiga quyi sinflardanoq singdirib borish zarur. Olam 
cheksiz va o‘ta murakkab bo‘lgani kabi, odam ham g‘oyat murakkab va tabiatning 
qirralari adadsiz tovlanishlarga ega bo‘lgan mavjudotdir. Shuning uchun ham 
murakkab insonning timsolini qandaydir tavsifiy qolipga tushirib quyish uning 
qiyofasini nursizlantiradi. Hayotdagi har bir alohida odam to‘liq yechimi hech 
qachon topilmaydigan muammodir. Badiiy adabiyot ana shu adoqsiz muammoning 
qirralarini butun murakkabligi, jilvalari, soyalari va tovlanishlari bilan tasvir etish 
orqali o‘quvchini o‘zgani his etishga, begona kishining dardini anglashga 
odatlantiradi. Timsoliy tahlil natijasida har bir o‘quvchida tabiati, yo‘nalishi va 
qiziqishlari xarakteriga qarab, bola ruhiyatida muayyan sifatlar hosil qilinadi. 
Qandaydir shaxslik fazilatlari shakllantiriladi. Adabiy asarni muammoli tahlil 
qilish yo‘li milliy metodika ilmida juda kam o‘rganilgan bo‘lib, adabiy ta’lim 
amaliyotida ham uning qo‘llanilish doirasi ancha tor. Bu usulning nazariy jihatlari 


32 
ishlab chiqilmaganligi uchun ham adabiyot o‘qituvchilarining ko‘pchiligi uni qay 
yo‘sinda tadbiq etishni bilishmaydi. Ayrim novator, o‘z ustida ishlaydigan va 
izlanadigan o‘qituvchilargina muammoli usul bilan badiiy tahlil qilishga qo‘l 
uradilar. Badiiy asar muammoli tahlil etilganda, o‘quvchilarning fikri chegara 
bilmaydi, xayoloti erkin parvoz qiladi, badiiy va hayotiy muammoni o‘z 
tushunchasi hamda tajribasidan kelib chiqib hal etishga urinadi. O‘quvchilar puxta 
muammoli tahlil qila olishlari uchun badiiy matn bilan yaxshi tanishibgina qolmay, 
uni to‘liq hazm qilgan bo‘lishlari ham kerak. Chunki o‘zlashtirilgan fikr 
uyg‘otadi, singdirilgan hissiyot, tuyg‘u qo‘zg‘atadi. 
Muammoli usul bilan tahlil etishda o‘quvchilarni shunchaki bahsga tortish 
kerak emas, balki ularning butun kuchi badiiy matnning mag‘zini ochishga 
yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Muammoli tahlil samara berishi uchun matnga
o‘quvchilar hayotiy tajribalari va egallagan bilimlari darajasidan kelib chiqib erkin 
yondasha olishlari zarur. Misol uchun, Sofoklning "Shoh Edip" asari o‘rganiladi. 
Agar mazkur asar muammoli yo‘l bilan tahlil etiladigan bo‘lsa, o‘qituvchi bolalar 
oldiga: "Edip aybdormi yoki gunohkor?" tarzida savol qo‘yish va o‘quvchilardan 
o‘z fikrlarini badiiy matnga tayangan holda asoslashlarini talab etishi mumkin. 
Gunoh, gunohkorlik, ayb, aybdorlik, qismat, unga ishonish, kibr, inson ma’naviyati 
singari tushunchalar atrofida fikr yuritish jarayonida o‘quvchilar Edip shaxsining 
ulkan fojiasini yaqindan bevosita his etadilar. O‘zlarining hayotiy va ma’naviy-
axloqiy tajribalaridan kelib chiqib Edip va atrofidagilarning xatti-harakatlariga 
baho beradilar. 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish