Mazkur majmua Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/34
Sana25.01.2023
Hajmi1,53 Mb.
#902229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34
Bog'liq
Badiiy matn tahlili МАЖМУА

 
Abdulla Qahhor. Anor (hikoya) 
Uylar toʻla non, och-nahorim bolam, 
Ariqlar toʻla suv, tashnai zorim bolam. 
Oʻtmishdan. 1936 y 
Turobjon eshikdan hovliqib kirar ekan, qalami yaktagining yengi zulfinga 
ilinib tirsakkacha yirtildi. Uning shashti qaytdi. Joʻxori tuyayotgan xotini uning 
qoʻlidagi tugunchani koʻrib, kelinsopni kelinning ustiga qoʻya chopdi. Kelin 
lapanglab agʻanadi, chala tuyilgan joʻxori yerga toʻkildi. 


51 
Turobjon tugunchani orqasiga bekitib, tegishdi: 
– Akajon, degin! 
– Akajon! Jo-on aka!.. 
– Nima berasan? 
– Umrimning yarmini beraman!.. 
Turobjon tugunchani berdi. Xotini shu yerning oʻzida, eshik oldida oʻtirib 
tugunchani ochdi-da, birdan boʻshashib ketdi va sekin boshini koʻtarib eriga 
qaradi. Oʻz qilmishiga gerdayib turgan Turobjon uning koʻziga jiqqa yosh koʻrib: 
– Nima ekanini bildingmi? – dedi. – Asalarining uyasi! Turgan-bitgani asal! Mana, 
mana, siqsang asal oqadi. Bunisi oq mum, harom emas – shimsa ham boʻladi, 
chaynasa ham boʻladi. 
Xotin yengini tishlab bir nuqtaga qaraganicha qoldi. 
– Yo, qudratingdan, ishonmaydi-ya! – dedi Turobjon keltirgan matoni titkilab. – 
Mana, chaynab koʻr! Koʻrgin, boʻlmasa innaykeyin degin… 
Turobjon qizardi. U bir zamon betob oʻrtogʻini yoʻqlab eltgan tarvuzini, bemaza 
chiqqan boʻlsa kerak, sigirning oxurida koʻrib shunday xijolat boʻlgan edi. 
Hovli yuzida aylanib yurgan oqsoq mushuk toʻkilgan joʻxorini isqab koʻrdi, 
maʼqul boʻlmadi shekilli, Turobjonga qarab shikoyatomuz “myau” dedi. 
– Tur, joʻxoringga qara! Uni koʻr, mushuk tegdi. 
Xotin turayotib baralla yigʻlab yubordi. 
– Bu yer yutkur qanday balo ekan!.. Odamlarday gulutaga, tuzga, kesakka 
boshqorongʻi boʻlsam-chi! 
Turobjon doʻppisini boshidan oldi va qoqmoqchi boʻlganida koʻzi yirtiq yengiga 
tushdi, yuragi achidi: endi uch-toʻrt suv yuvilgan yangigina yaktak edi! 


52 
– Axir, boshqorongʻi boʻl, evida boʻl-da! – dedi doʻppisini qoqmasdan boshiga 
kiyib. – Anor, anor… Bir qadoq anor falon pul boʻlsa! Saharimardondan suv 
tashib, oʻtin yorib, oʻt yoqib bir oyda oladiganim oʻn sakkiz tanga pul. Akam 
boʻlmasa, ukam boʻlmasa… 
Er-xotin tek qolishdi. Xotin joʻxorini tuyib boʻldi, uni qo’lidan tog’orachaga 
solayotib toʻngʻilladi: 
– Havasga anor yeydi deysiz, shekilli… 
– Bilaman… Axir, nima qilay? Xoʻjayinimni oʻldirib pulini olaymi, oʻzimni 
hindiga garov qoʻyaymi? Gʻalatimisan oʻzing? 
Xotin ovqatga unnadi, erining “boshqorongʻi boʻl, evida boʻl-da”, degani unga 
juda alam qildi, xoʻrligi keldi, oʻpkasi toʻldi. 
Ovqat pishdi. Qozonning zangi chiqib qoraygan goʻjaga qatiq ham rang kirgiza 
olmadi. Turobjon ikki kosa ichdi, xotini esa hanuz bir kosani yarimlay olmas edi. 
Uning imillashini koʻrib Turobjonning koʻziga negadir oqsoq mushuk koʻrindi. 
Mushuk yirtilgan yengini esiga tushirdi, avzoyi buzildi. Uning avzoyidan “Esiz 
joʻxori, qatiq, oʻtin” degan maʼnoni anglab xotin, koʻngli tortmasligiga 
qaramasdan, kosani boʻshatdi, ammo darhol tom orqasiga oʻtib koʻzlari qizargan, 
chakka tomirlari chiqqan holda qaytdi. 
– Hali tugʻilmagan bolani yer yutkur deding-a, – dedi Turobjon borgan sayin 
tutaqib. 
Xotin indamay dasturxonni yigʻishtirib oldi, qozonga suv quyayotib, eshitilar-
yeshitilmas dedi: 
– Oʻsha asalning puliga anor ham berar edi. 
– Berar edi! – dedi Turobjon zaharxanda qilib. – Anor olmay asal oldim! 
– Albatta berar edi! Albatta anor olmay, asal olgansiz! 
Mana shunday vaqtlarda til qotib ogʻizda aylanmay qoladi, mabodo aylansa, 
mushtning xizmatini qiladi. 


53 
Ajab qildim, – dedi Turobjon titrab, – jigarlaring ezilib ketsin! 
Bu soʻz unga qanday taʼsir qilganini faqat boshqorongʻi xotingina biladi. Turobjon 
bu gapni aytdi-yu, xotinining ahvolini koʻrib achchigʻidan tushdi, agar izzat-nafs 
qoʻysa hozir borib uning boshini silar va: “Qoʻy, xafa boʻlma, jahl ustida aytdim”, 
der edi. 
– Kishining yuragini qon qilib yuborasan, – dedi anchadan keyin. – Nainki men 
asal olsam! Asal otliqqa yoʻq, hali biz piyoda-ku! Xoʻjayinga bir oshnasi sovgʻa 
qilib kelgan ekan, bildirmasdan… oʻzidan soʻrab ozrogʻini oldim… Oʻzi berdi. 
Tansiq narsa, xursand boʻlarmikansan debman. Yo tansiq emasmi? Umringda 
necha marta asal yegansan? Oʻzim umrimda bir marta yeganman: Shokirxoʻja 
qandolatchi asal qiyom qildirayotganda qozoniga ammamning joʻjasi tushib 
ketgandi, shu joʻjani yalaganman… 
Turobjonning bu soʻzlari xotinining qulogʻiga notayin bir gʻuldirash boʻlib kirar 
edi. Uning Turobjon bilan uy qilganiga uch yil boʻlib kelayotir, nazarida, bu odam 
shu uch yildan beri gʻuldirab kelgan, hozirgisi shuning davomiday edi. Ittifoq, bu 
kun, nima boʻldi-yu, uch soʻzni ravshanroq aytdi: “Jigarlaring ezilib ketsin”, dedi. 
Olamda uning suyangani eri, birdan bir orzusi – anor edi, birdaniga har ikkisi ham 
yoʻqqa chiqdi. Xotin uyga kirib ketdi. Anchadan keyin darchadan xira shuʼla 
tushdi. Turobjon ham kirdi. Xotin darcha yonida, bir tizzasiga boshini qoʻygan, 
qoramtir – kul-rang osmonga qarab oʻtirar edi. Turobjon tikka turib qoldi. 
Tokchadagi beshinchi chiroq pixillab yonar, uning atrofida katta bir parvona 
aylanar edi. Turobjon ham darcha yoniga oʻtirdi. Shiftning qayeridir “qirs” etdi, 
qayerdadir kaltakesak chirqilladi, Turobjonning qulogʻi jingʻilladi. U ham 
osmonga – xira yulduzlarga qaradi. Masjiddagi keksa baqaterak orqasidan 
koʻtarilgan qizgʻish oʻt koʻkka olovli iz qoldirib juda yuqoriladi va goʻyo osmonga 
urilganday chilparchin boʻlib, “poʻp” etdi. 
– Mushak, – dedi Turobjon, – Mullajon qozining bogʻida. Mullajon qozi beshik 
toʻyi qilgan. 
Xotin indamadi. 
– Shahardan toʻralar ham chiqqan, – dedi Turobjon yana. 


54 
Xotin yana indamadi. U Mullajon qozining bogʻini koʻrgan emas, ammo taʼrifini 
eshitgan. Bu bogʻni koʻz oldiga keltirib koʻrdi: bogʻ emas, anorzor… Anor 
daraxtlarida anor shigʻil, choynakday-choynakday boʻlib boʻlib osilib yotipti. 
– Bitta mushak uch miri, – dedi Turobjon, – yuzta mushak otilsa… bir tangadan 
yuz tanga. Bir miridan kam – yetmish besh tanga boʻladi. 
Er-xotin uzoq jim qolishdi. Turobjon ogʻzini katta ochib ham esnadi, ham uf 
tortdi. 
– Ma, buni tik, – dedi u yaktagini yechib, – ma! 
Xotin yaktakni olib yoniga qoʻydi, aftidan, hozir tikmoqchi emas edi. 
– Boʻl, – dedi Turobjon, birpasdan keyin, – ol… Senga aytyapman!.. 
– Ha, buncha!.. Turtmasdan gapira bering… Tikib qoʻyarman, buncha qistov… 
Turobjonning tepa sochi tikka boʻldi. 
– Hay, sening dimogʻ-firogʻing kimga! Xoʻsh, nima deysan? 
– Men sizga bir narsa deyapmanmi? Tikib qoʻyarman. 
– Har narsaga roʻzgʻor achchiq boʻla bersa… qiyinroq boʻlar, – dedi Turobjon 
yaktagini kiyayotib, – kambagʻalchilik… 
– Kambagʻalchilik oʻlsin! 
Xotin bu gapni shikoyat tarzida aytdi, ammo Turobjon buni taʼna deb tushundi. 
– Nima, men seni olganimda kambagʻalligimni yashirganmidim? Erkaboyga 
oʻxshab chimildiqqa birovning toʻni, kavush-mahsisini kiyib kirganmidim? 
Bunday armoning boʻlsa hali ham serpulroq odamga teg. 
– Ikkita anor uchun xotiningizni serpul odamga oshirgani uyaling! 
Bu gap Turobjonning hamiyatiga tegdi. “Jigarlaring ezilib ketsin” degani xotiniga 
qancha alam qilgan boʻlsa, bu gap Turobjonga shuncha alam qildi. 


55 
– E, hoy, anor olib bermadimmi? – dedi Turobjon mayin tovush bilan, ammo bu 
mayin tovushdan qoʻrqqulik edi, – sira anor olib kelmadimmi? 
– Yoʻq! – dedi xotini birdan boshini burib. 
Turobjonning boshi gʻovlab, koʻzi tindi. 
– Oʻtgan bozor kuni yegan anoringni oʻynashing olib kelganmidi?! 
– Oʻynashim olib kelgan edi! 
Turobjon bilolmay qoldi: xotinining yelkasiga tepib, soʻngra oʻrnidan turdimi, yo 
turib keyin tepdimi; oʻzini obrezning oldida koʻrdi. Xotin, rangi oppoq, koʻzlarini 
katta-katta ochib unga vahimali nazar bilan qarar va boshini chayqab pichirlar 
edi: 
– Qoʻying… Qoʻying… 
Turobjon uydan chiqib ketdi. Birpasdan keyin koʻcha eshigi ochilib-yopildi. 
Xotin uzoq yigʻladi, eriga qattiq gapirganiga pushaymon boʻldi, oʻzini qargʻadi, 
oʻlim tiladi; yigʻidan tolib tashqariga chiqdi. Qorongʻi, uzoq-yaqinda itlar hurar 
edi. Koʻcha eshigini ochib u yoq-bu yoqqa qaradi – jimjit. Guzar tomonda faqat 
bitta chiroq miltillar edi. Samovarlar yotgan. Qaytib uyga kirdi. Tom orqasida 
xoʻroz qanot qoqib qichqirdi. Koʻcha eshigi ochildi. Xotin to burilib qaraguncha 
Turobjon katta bir tugunni orqalab kirib keldi. U tugunni uyning oʻrtasiga 
tashladi. Bir choyshab anor har tomonga yumalab ketdi, bir nechasi obrezga 
tushdi. Turobjon xotiniga qaradi. Uning rangini koʻrib xotin qoʻrqib ketdi – bu 
qadar oqargan! Turobjon oʻtirib peshonasini ushladi. Xotini yugurib oldiga keldi 
va yelkasiga qoʻlini qoʻydi. 
– Qayoqqa bordingiz? – dedi entikib. – Nima qildingiz? 
Turobjon javob bermadi. Uning vujudi titrar edi. 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish