II. Vegetativ ko’paytirishning sun’iy usullari. 1. To’pni bo’lish – ko’paytirishning eng oddiy usulidir. Bu usul bilan odatda ildizpoyali o’simliklar ko’paytiriladi, ayniqsa, kuchli to’pli va katta miqdordagi bachkili, ya’ni ildiz yoki ildizpoyadan o’suvchi novdalar.
Kovlab olingan to’p o’tkir belkurak, toqqaychi yoki pichoq bilan teng bo’laklarga bo’linadi, bunda har bir ildizda 2-3 tadan novda yoki kurtak bo’lishi kerak. Erta bahorda gullovchi o’simliklarni kuzda bo’lib ekish kerak. Yoz va kuzda gullovchi o’simliklarni kuzda bahorda bo’lish mumkin.
Ildiz bachkilarni sun’iy hosil qilish mumkin. Buning uchn baxorda to’pni ikki qarama – qarshi tomoni kesib qo’yiladi va kuzda bu kesilgan yerlarda hosil bo’lgan quyuq bachkilarni bo’lish, qalamcha payvand qilish va xokazolarga ishlatiladi.
III.Qalamcha payvand qilish – o’simliklarni ma’lum qismlarini ildiz ottirish yo’li bilan vegetativ ko’paytirish usuli. Qalamchalar poyali, ildizli, bargli bo’lishi mumkin.
Poya qalamchalari. O’z vaqtida ular quyidagi guruhlarga bo’linadi: a) yog’ochlangan qalamchalar smarodina va boshqalar. 15-30 sm. uzunlikdagi pishgan qalamchalar kuz yoki bahorda tayyorlanadi. Ularni 60-70 0 burchak ostida 1, 2 kurtakni yer ustida qoldirib qoldirib ekiladi, bunda qalamchaning ildiz otayotgan qismiga ko’proq xavo tegib turishi kerak. Ekilgan qalamchalarni, albatta, sug’orish va nam saqlashni ta’minlash (mulchalash) kerak. Yog’ochlashgan qalamchalarning ildiz otishi xamma o’simliklarda ham bo’lavermaydi va bunday xollarda yarim yog’ochlashgan qalamchalar ishlatiladi.
b) Yarim yog’ochlashgan qalamchalar. Ular bargli va xali po’sti to’liq pishmagan bo’ladi. Ekish uchun 2-3 ta kuzli qalamchalar qo’llaniladi, ularning uzunligi esa turlicha bo’lishi mumkin (tugunchalar orasidagi uzunlikka ko’ra).
v) yashil qalamchalar, ya’ni pishmagan va bargli o’sayotgan novdalar. Oynavon issiq binoda yashil qalamchalar bilan ko’paytirish erta bahordan boshlanadi va yoz o’rtalarigacha davom ettiriladi; ochiq yerda bu ko’paytirish usuli yosh novdalar paydo bo’lishi bilan qo’llaniladi.
Turli o’simliklar qalamchalarining ildiz otish muddatlari turlicha. Geran, gulxayri, ochiq yerning yog’ochli o’simliklar qalamchalari tez ildiz otadi (6-8 kunda). Ko’pgina ignabargli o’simliklar ekilgandan so’ng 3-4 oydan so’ng va xatto 6 oydan keyin ildiz otadilar. Archa juda sekin ildiz otadi. Uning qalamchasini qishda issiqxonaga ekib, ustini yopib, yaxshilab isitish kerak. Baxorda o’simlikning bir qismi ildiz otadi.
Qalamcha bilan payvandlash uchun faqat sog’lom, ishlab chiqarish va manzara xususiyatlari tekshirilgan tuplar qo’llaniladi: o’tsimonlarning 1 dan 3-5 yoshdagisi, daraxtsimonlarning – 10 yoshgachasi.
Qalamcha bilan payvandlashda tozalikka rioya qilish kerak. Asbob – uskuna, qo’l. Idishlar oziqlantiruvchi muhit (substratlar) va xokozalar bo’lishi zarur. Shu maqsadda, ish boshlashdan oldin yashiklar, tuvaklar, so’rilar, issiqxonalar marganetsli nordon kaliyning kchli eritmasi (qora rangda) bilan dezenfektsiya qilinadi.
Qalamcha bilan payvandlanganda ildiz otishi uchun, o’stirish omillarini ishga solish katta rol o’ynaydi. Xozirgi vaqtda indolil yog’li kislota va geterauksin juda kam miqdorda keng ishlatiladi. Qalamchalarning tutib ketishiga kesish sifati ham ta’sir qiladi. U juda tekis, silliq bo’lishi kerak. Shuning uchun qalamchalarni o’tkir asbob bilan kesish tavsiya qilinadi, bunda turli kasalliklar rivojiga yordam beruvchi g’adir-budir va va kesilgan yaralar hosil bo’lmaydi. Barglari ketma-ket joylashgan o’simliklarda tuganak tagidan novda o’qiga kichik burchak (50-70 0) ostida kesiladi; barglari bir-biriga qarama-qarshi joylashgan o’simliklarda esa tuganak tagidan novda o’qiga perpendikulyar qilib kesiladi. Yuqori kesimi esa kurtak tagidan olinadi.
Yosh o’sayotgan novdalarga ona o’simlikning o’tgan yilgi qismidan olingan “tovonli” qalamchasini payvand qilish yaxshi natija beradi. Qalamchalarning tutib ketishi ularning o’simlik shox-shabbasida joylashishiga ham bog’liq. Yosh novdalar yaxshi ildiz otadi. Qalamchalarni namlik bilan to’yinganligi (85-95 %) talab qilinadi. Xo’jalikda maxsus uskuna mavjud bo’lmasa, qalamchalarga ob-xavoga qarab, xar bir soatda 1-2 marta suv purkaladi. Bug’lanishni kamaytirish uchun barg sirti, barg plastinkasining uzunligi 1/3 yoki ½ qismiga kamaytiriladi. Ayrim xollarda qalamchalar barglardan to’liq tozalanadi.
Bargi va tanasi semiz o’simliklarning qalamchalari yaxshi ildiz otishi uchun, oldin birmuncha quritib, keyin esa substratga ekish kerak. Sutsimon shiraga ega o’simliklarning qalamchalari oldin 45-50 0S li suvda yuvilib, so’ng substratga ekiladi. Ularni yuvmasdan ekish shunga olib keladiki, sutsimon shira qotib, tomirlarni berkitib qo’yadi va bunday qalamchalari ildiz otmaydi, chirib, nobud bo’ladi.
Qalamcha bilan payvandlashda yumshoq substrat zarur, chunki qalamchaning pastki qismi yaxshi aeratsiya bo’lishi kerak, bu esa ildiz otishga yordam beradi. Qalamchani ildiz otishi uchun eng yaxshi substrat kul qumidir. Unga 50 % torf qo’shish mumkin. Qalamchalarning ildiz otishiga yorug’lik ham kuchli ta’sir ko’rsatadi. Qalamchalar bilan payvand qilish tik quyosh nurlari zararlidir. Qalamchalarning ekish chuqurligi xam katta axamiyatga egadir: chuqurlik uncha katta bo’lmasligi zarur. Yog’ochlashgan qalamchalardan tashqari, barcha qalamchalar qumga yuzaki (1-2 sm va undan kamroq) ko’miladi. Xavo xarorati 12-18 0 dan past bo’lmasligi kerak. Ko’pgina dorivor o’simliklar 18-22 0 da, issiqsevarlari esa 28-30 0 da yaxshi ildiz otadi. Substrat xarorati xavo xaroratidan 3-5 0 yuqori bo’lishi kerak. Shu maqsadda qalamchalar isitiluvchi so’rilar yoki issiqxonalarga ekiladi.
Ildizli va ildizpoyali qalamchalar bilan ko’pgina ildizpoyali o’simliklarni ko’paytirish mumkin. Shu maqsadda ildizpoyali yoki ildizlarni 5-8 sm uzunlikda bo’laklarga bo’lib, oldindan tayyorlangan, tagiga qum sepilgan egatlarga qadaladi. Taxminan gorizontal qalamchalar ustidan qum va tuproq 2-3 sm qalinlikda solinadi. Ildizli va bachki ildizli qalamchalar bilan yaxshi ko’payuvchi o’simliklar yengil yetishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |