Mazkur ishchi o‘quv dasturi Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti Kengashining 2020 yil " " dagi yig‘ilishida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etilgan.



Download 15,59 Mb.
bet139/154
Sana30.04.2022
Hajmi15,59 Mb.
#596133
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   154
Bog'liq
Доривор усимликлар Уруғчилик ва кучатчилик УМК 24 11 2021 й охири

Tilchali yonlama payvand
Tilchali yonlama payvand payvandtag diametri payvandust qalamchaga qaraganda ancha katta bo’lgan holatlarda ishlatiladigan yana bir qalamchapayvand usulidir. Bu usulda ham payvand qismlar mustaxkam birpqishp uchun tilcha kesib olish mumkin, ammo bu shart emas. Payvandtag tanasida tekis va silliq kiem tanlab olinadi. Tanlab olingan pastki qismidan pichoqni 30 daraja burchak ostida 3-5 mm chuqurlikka botirib kesiladi.
Hosil bo’lgan kesimdan 2-5 sm yuqorirokdan novda tanasi bo’ylab tikkasiga sayoz to’g’ri kesim olinadi va bu kesim birinchi kesim chuqurligida u bilan to’tashtiriladi. Ikkinchi kesim eni payvandust diametrpdan bproz uzunrok bo’lishi kerak. Dar bir payvand usulida bajarilgani kabi, payvandust va payvandtag yog’och va pustloq qismlari o’rtasidagi kambiy qatlamlarning o’zaro ustma-ust tushishiga ishonch hosil qilish kerak, agar tushmasa, payvandtagdan yana bproz kesib olish orqali kerakli ulchovlar hosil qilinadi.
Lozim toiilsa, kesishdan so’ng ochilgan yuza o’rta qismida, xuddi birinchi kesimga parallel qilib, tilcha kesiladi.
Payvandust novda eni bo’ylab uning yarmigacha uzun qiyalatma kesma olinadi. Bu kesishdan so’ng payvandust va payvandtag bir-biriga qanchalik mos tushganligi tekshirib kuriladi va, kerak bo’lsa, qismlar kushpmcha kesishlar orqali moslanadi. Tilcha kesma kushish kuzda to’tilgan bo’lsa, payvandust ostidan yuqoriga qarab tik pichoq solinadi. Payvandustdagi tplcha kesmanpng uzunlpgp payvandust ostida olingan yuza uzunligining uchdan biri atrofida bo’ladi.
Tayyor payvandust payvandtakka kambiy qatlamlarni kamida bir tomondan ustma-ust tushirish orqali o’rnatiladi.
Payvand o’rab bog’lanadi hamda, boshqa payvand turlari tavsifida aytib o’tilganidek, tegishli ravishda parvarish qilinadi.
18







121.rasm.

122.rasm.

123.rasm.







124.rasm.

125.rasm.

126.rasm.







127.rasm.

128.rasm.

129.rasm.







130.rasm.

131.rasm.

132.rasm.







133.rasm.

134.rasm.

135.rasm.







136.rasm.

137.rasm.

138.rasm.







139.rasm.

140.rasm.

141.rasm.







142.rasm.

143.rasm.

144.rasm.







145.rasm.

146.rasm.

147.rasm.







148.rasm.

149.rasm.

150.rasm.







151.rasm.

152.rasm.

153.rasm.









.

154.rasm.

155.rasm.









156.rasm.

157.rasm.

158.rasm.









159.rasm.

160.rasm.

161.rasm.









163.rasm.

164.rasm.

165.rasm.







166.rasm.

167.rasm.

168.rasm.







169.rasm.

170.rasm.

171.rasm.







172.rasm.

173.rasm.

174.rasm.







179.rasm.

180.rasm.

175.rasm.







176.rasm.

177.rasm.

178.rasm.











181.rasm.

182.rasm.

183.rasm.








184.rasm.

185.rasm.






MEVALI DARAXTLARNI PAYVAND QILIShNING UMUMIY QOIDALARI

Urug’li meva daraxtlari (olma va nok). Urug’li meva daraxtlarini, xuso’san, olma va nokni ko’paytirish uchun payvandtag diametridan biroz kichik diametrli ko’rtak otgan novdalar tanlab olinadi. Payvandust novdalar qishki uyqu davrida, kech bahor yoki erta kuzda kesib yig’ib olinishi mumkin. Qishki uyqu davrida yig’ib olingan novdalar bahorda o’sish jarayonidagi payvandtaglarga ulash uchun saqlanishi mumkin. Olib qo’yilgan novdalar kuzda ham ishlatilishi mumkin, lekin bu paytga kelib, daraxtlardan yashang ko’rtakli novda kesib olib, payvand qilgan afzalroq bo’ladi. Ko’rtaklarni tanlab olpshda ularning yetishib tulishganligiga e’tibor berish kerak.


Uyqudagi payvandustni uyqudagi payvandtakka ulash uchun oddiy qalamcha, tilchali, iskana yoki tilchali yonlama payvand usullarpdan foydalanpladp. Mahalliy sharoptnp xnsobga olgan holda kech bahor va erta kuzda T-simon va kesma ko’rtakpayvand usullardan foydalanish yaxshirok natija beradi. Kech bahorda uyqudagi ko’rtakli novda bilan birga yaxshi pishib yetilgan ko’rtakka ega yangi novda ham ishlatilishi mumkin. Olma va nok navlarini ko’paytirishda payvandtag uchun ularning o’z urug’laridan unib rivojlangan ko’chatlardan foydalansa bo’laveradi. Shu bilan birga tuproqdan tarqaluvchi kasalliklariga chidamli payvandtag navlarpga ulash ham yaxshi natijalar beradi.
Danakli meva daraxtlar. Danakli meva daraxtlarini ko’rtakpayvand orqali ko’paytirish osonrok va qulayrok hisoblanadi. Ko’rtakli payvandust novdalar daraxtlar qishki uyqudaligida yoki bahorgi o’sish mavsumida yig’ib olinishi mumkin. Yig’ib olish jarayonida ko’rtaklar shakliga ahamiyat berish kerak, yumalok ko’rtaklardan odatda gullar nish ursa, uchli ko’rtaklardan novdalar o’sib chiqadi. Vegetativ ko’rtaklarni ajratib olish uchun yana bir belgi - bu bir novdada bir nechta ko’rtak joylashgan bo’lsa, eng markazda joylashgani uchli shaklga ega bo’lib, aynan shu ko’rtak vegetativ bo’lib chiqadi. Uning atrofidagi gul ko’rtaklar o’zib yoki ishkalanib, tushirib yuborilishi mumkin.
Qishki uyqu davrida yig’ib olingan ko’rtakli novdalar bir necha oygacha saqlab turilishi mumkin, ammo o’sish mavsumida kesib olingan novdalar imkon qadar tezrok ishlatib yuborilishi lozim. Ko’rtakpayvandni amalga oshirish uchun, payvandtag faol o’sish jarayonida bo’lishi, uning pustloq kavati yog’och qismidan osongina ajralishi kerak. T-simon ko’rtakpayvand usulpdan yoz va kuzda foydalanish mumkin. Turli daraxt turlari uchun ko’rtakpayvandning eng qulay vaqti - iyun oyidan sentyabr oyigacha bo’lgan davr oraligidagi turli paytlardir. Bahorda ham ko’rtakpayvandni amalga oshirish mumkin. Ammo bu davrda payvandustlar daraxtlarda halp pishib yetilmagani va ko’rtakpayvand uchun yaroksiz ekanligi sababidan saqlab qo’yilgan uyqudagi payvandust novdalardan foydalanishga to’g’ri keladi. Ko’rtakpayvandni amalga oshirish vaqtida payvandtag yuqori uchdan bir qismini kesib tashlash ko’p uchraydigan holat. Kesishdan keyin payvandtagning yangi qo’yilgan ko’rtakdan yuqori qismi rivojlanadigan payvandust uchun tirgak vazifasini o’tashi mumkin. Payvandtagda avj oladigan har qanday novda rivoji darhol tuxtatilishi lozim, aks holda payvandust rivojdan tuxtab, qurib qoladi.
Ba’zi bir daraxt turlari payvandtaglarida kesimlar chuqurrok olinadigan bo’lsa, daraxt tanasidan okib chiqadigan mum payvand qilingan ko’rtaknpng me’yorpy rivojlanishiga tusqinlik qiladi. Shuning uchun payvandning T - shaklini kesishda pichoqni faqat pustloq qatlampda yurgpzpsh kerak. Bodom navlarini kupaytirish uchun payvandtag sifatida o’z danagpdan o’sib chiqqan bodom ko’chatlaridan foydalanish mumkin. Agar tuproq tarkibi bilan bog’liq muammolar bo’lsa, bodom ko’rtaklari odatda chidamlirok shaftoli ko’chatlariga payvand qilinadi. Shaftoli navlari ham shaftoli ko’chatlariga payvand qilinaveradi, namgarchiliq yuqori joylarda esa olxo’ri payvandtaglarga ulanishi mumkin.

Download 15,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish