Tilchali payvand teng hajmli payvandust va payvandtag bilan ishlash
Tilchali payvand usuli oddiy qalamcha payvand usulining biroz o’zgargan shaklidir. Bunda payvandtag va payvandust novdalarda tplcha kesib olinadi va u qismlarni mustaxkam qilib joylashtirishni osonlashtiradi. Bu usulda qismlarning ko’proq kambiy qatlamlari alokaga kirishadi hamda payvand o’zining birinchi mavsumini kuchli rivojlanish bilan o’tkazadi.
Dastlab xuddi oddiy qalamcha payvand usulidek payvandust va payvandtag tanasi bo’ylab, eniga qiyalatib kesib olinadi. So’ngra payvandtag kesilgan yuzasining yukorpdan boshlab uchdan biri miqdori masofada pichoq tikkasiga solinadi. Pichoqni bproz kiyshaytirib ushlab, tik pastga tushirish kerak. Bu kesimning uzunligi birinchi kesim uzunligining uchdan biri atrofida bo’ladi. Xuddi shu usulda payvandustda ham tplcha kesib olinadi. Tilchalarni shunday joylashtprpb kesish kerakki, payvandustni payvandtakka o’rnatganda, ular o’zaro biri ikkinchisiga kirishi kerak. Bir biriga to’la-to’qis mos tushuvchi tilchalarni kesishga ko’proq tajrpba orqali erishish mumkin. Kesib olingan tilchalar pichoq uchi yordamida biroz ayirilib ochiladi, so’ngra payvand qismlarni bir-biriga itarib, tilchalar ochilgan bushliklarga kiritiladi va kambiy qatlami o’zaro o’stma-o’st tushiriladi. O’rab bog’lash bilan ish to’gatiladi.
Kichikroq payvandustni kattaroq payvandtakka o’rnatish
Agar o’stirilgan payvandtaglar tanlab olingan payvandustlarga qaraganda kattaroq bo’lsa, tilchali payvand usulini payvandtagning yon tomonida amalga oshirish mumkin. Buning uchun dastlab payvandtag kallaklanadi, ya’ni payvand qilish rejalashtirilgan qismidan yuqorisi eniga kesib tashlanadi. So’ngra shu kesim yonboshidan sayok qilib, pastga biroz kesiladi. Bu kesishdan hosil bo’lgan yuzaning ikki chetidagi pustloq va yog’och qismlar to’tashadigan chiziqlari orasidagi masofa payvandust yog’och qismi diametriga teng bo’lishi kerak. Agar birinchi kesish kungildagidek chikmasa, payvandtagdan yana biroz qirqib olish bilan xatoni to’g’rilash mumkin. Yuqorida aytib o’tilgan tartibda tilchalar kesib olinadi. Payvandtagda kesiladigan tilcha chuqurligi kesimning uchdan biridan ham kamroq bo’lishi kerak, maqsad - payvandust o’rnatilganda, kesilgan yuzaspning yuqori qismi payvandtag ustidan chiqib to’rishi kerak. Bunday joylashuv payvanddan keyin jaroxatlarning tezrok bptpb ketpshpga kumak beradi. Hosil bo’lgan payvand yaxshilab o’rab bog’lanadi, payvandtag ustki qismiga bog’ mumidan so’rtilib, zaruriyat bo’lsa, payvand sellofan paket bilan qoplanadi.
Pustloq tagiga qalamcha payvand
Pustloq payvand usuli bo’lgan payvandtag tanasi, payvandust qalamchaga Qaraganda, ancha katta bo’lgan holatlarda ishlatiladi. Bu usulnp amalga oshirish uchun payvandtag pustlog’i yog’ochdan oson ajraladigan bo’lishi kerak.
Dastlab payvandtak kallaklanadi. Kallakdan boshlab, pastga qarab pustloq qatlami tikkasiga tilib kesiladi. Kesimning uzunligi payvandust qalamcha diametrining 4 barobarida bo’lishi kerak. Tilingan pustloqni ikki tomonga tortib, yog’och kismdan ajratiladi.
Payvandust oddiy qalamcha payvand usulidagi kabi qiyalatib kesiladi. Kesish oxirida hosil bo’ladigan ingichka uchli bo’lak yon tomondan kesib, olib tashlanadi.
Payvandustning kesilgan yuzasini payvandtag yog’ochpga qaratpb, ochplgan pustloq ostiga ehtiyotkorlik bilan itarib kirgiziladi. Bunda payvandust kesim yuzasining payvandtag yog’ochpga tegib pshkalanishpga yo’l qo’ymaslik lozim, chunki bunday ishkalanish payvandust kambiy qatlamiga shikaet yetkazishi mumkin. Payvandustni itarib kiritish kesilgan yuzasining biroz qismi payvandtag ustida qoldirilishi bilan tuxtatiladi.
Payvandni maxkam qilib o’rab, ochiq jaroxatlarga bog’ mumidan surtib, sharoit takozo kilsa, sellofan paket bilan qoplash orqali ish tugatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |