Mazkur ishchi o‘quv dasturi Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti Kengashining 2020 yil " " dagi yig‘ilishida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etilgan.


Parxishlarni ildiz oldirish usullari



Download 15,59 Mb.
bet133/154
Sana30.04.2022
Hajmi15,59 Mb.
#596133
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   154
Bog'liq
Доривор усимликлар Уруғчилик ва кучатчилик УМК 24 11 2021 й охири

Parxishlarni ildiz oldirish usullari.
“ O’simlik qalamchalarini ildiz oldirish va yoz o’rtasida barglari tamom rivojlanib yetgan ko’chatlarni ko’chirib o’tqazish usullarini men ayniqsa yangi duragay nok navlarini ko’paytirish va shu bilan birga ularning sifatini yaxshilash uchun muvaffaqiyat bilan qullanmoqdaman; –deydi I.V.Michurin (Tanlagan asarlar –Toshkent –1961)”. Bu usullar quyidagidan iborat. Bahorning ikkinchn yarmida bo’yi 20 sm gacha bo’lgan bir yillik yoki ikki yillik1 novdada, shoxlagan novda bo’lsa ham mayli (9-rasmga qaralsin) — parxish qilish uchun belgilangan qalamcha A ning pustlog’i V 5—8 mm kengligida halqaday qilib kesib olinadi va novdaning pustlog’i olingan qismiga darhol oldindan tayyorlab qo’yilgan rezinka naycha (trubka) S kiydiriladi; naychaning bo’yi 60 mm, tashqi diametri 12 mm, devorlarining qalinligi 2 mm bo’lishi kerak.

Yangi asbob— qalamchani ildiz oldirish uchun ishlatiladigan


parxish naychasi.

Demak, naychaning ichki diametri 10 mm bo’ladi. Ana shu rezinka naychaning o’rtasidan kichkina o’tkir po’lat naycha yordami bilan har ikkala devorida bittadan ikkita teshik ochiladi2; teshikni o’yganda po’lat naychani bir tomonga qaratib burash kerak; so’ngra rezinka naychaning yarmi boshidan to har ikkala devoridagi teshikkacha uzunasiga kesiladi.


S hu tariqa tayyorlangan rezinka naycha pustloq V ko’chirib olingan joyga kiydiriladi. Naycha ana shu halqa chegarasidan yuqoriroq va pastroq o’tadigan chiziqlar bo’ylab qalamcha pustlog’ini mahkam o’rab oladi. Kesilgan rezinka naychaning qolgan qismidagi har ikki bo’lagi to’g’ri burchak ostida bukilgan shisha naycha D ning ichiga kiritiladi; shisha naychaning ichki diametri 12 millimetr bo’lishi kerak; bukilgan shisha naycha topilmasa, to’g’ri shisha naycha F dan foydalanish mumkin; bunday shisha naychaning bo’yi 10 sm, ichki diametri 12 mm bo’lishi kerak (10-rasmga qaralsin).


10-rasm. Kalamchani ildiz oldirish uchun
ishlatiladigan to’g’ri parxish naichasi.

Shu bilan birga rezinka novda pustlog’ini mahkam siqib turmog’i uchun qalamchaning rezinka naycha bilan o’rab olingan joyi yo’g’on ip bilan chalkashtirib bog’lanadi va ustidan suyuq bog’ mumi surkaladi; rezinka naychaning ochiq qolgan uchi tiqin bilan bekitiladi (11-rasmga qaralsin).


So’ngra shisha naycha tikka qilib bog’lanadi va ochiq qolgan og’zidan ichiga qaynatilgan sovuq suv solinadi; naychadagi suv bug’ga aylanib, kamaya borgan sari ustiga qaynatilgan sovuq suvdan yana quyib turish zarur; suvning bo’zilishiga yo’l qo’ymaslik uchun haftada bir marta shishadagi suvni to’kib, o’rniga endigina qaynatib sovutilgan toza suv solish kerak.
Bunday parvarish rejimi o’simlikning turiga va naviga qarab 5 haftadan 7 haftagacha davom etadi. Shu davrda rezinka naycha ichida dastlab novdaning pustlog’i ko’chirib olingan joyning ikki cheti «qaynaydi» (kallyus ) hosil bo’ladi), so’ngra ildnzlar paydo bo’ladi; novdaning naychadan yuqorigi qismi esa barg sistemasi yetkazib beradigan va pustloqning halqa shaklida ko’chirib olinishi sababli ichida ildiz paydo bo’lishi va pastga qarab harakat qilishdan parxish kilinayotgan novdaning naychadan yuqori qismining tuxtab qolgan oziq moddalarning to’planib qolishi orqasida juda yug’onlashib ketadi. “Novdada to’planib qolgan oziq moddalar zapasi qalamchaning pushtaga o’tqazilgandan keyin yashab ketishini ta’minlaydi. Shu tufayli iyulda havo issq bo’lsa ham, qalamchaning barglari qurib ketmaydi; hozirgi vaqtda men bu ishni noklar o’stida olib bormoqdaman; –deydi I.V.Michurin (Tanlagan asarlar –Toshkent –1961)”. Nok navlarining ko’pchiligida ham yozda barglarning nobud bo’lmaganini ko’rish mumkin. Olmalarga kelsak, olma navlarining juda ozini istisno qilganda, bu protsess faqat «qaynash» (kallyus hosil bo’lish) bilan chegaralanadi; kallyus h osil qilgan qalamchalar kesib olinib pushtaga o’tqazilganda barglarini to’kib yuboradi va pushtada faqat kelasi yili ildiz otadi.


Parxish naychasi kichida ildiz paydo
bo’lishi va parxish qilinayotgan novdaning naychadan yuqori qismining yo’g’onlashishi.

Qalamchalar naycha naycha o’rnatlgan kundan 5 yoki 7 hafta o’tgandan keyin kesib olinib, pushtaga o’tqaziladi. Parxishlarning ikkinchi vegetativ generatsiyasidan, ya’ni ko’chatlardan olingan qalamchalarda emas, balki ilgari parxish qilib ildiz oldirilgan o’simliklardan olingan qalamchalarda ildizlarning rivojlanish protsessi ancha oson va tez o’tadi.


Aftidan, o’simlik bu jarayonga moslanib, o’zida osonlik bilan ildiz otish xususiyatini rivojlantirsa kerak. Nokning ba’zi navlari, masalan, mashhur navlardan Olive de Serrning urug’idan chiqarilgan duragay ko’chatlari (12-rasmga qaralsin) bir yozda qalamchalaridan ildiz otib, ikki vegetativ generatsiya berishga ulguradi. Bu yo’l bilan voyaga yetgan daraxtlarning shoxlaridan meva ko’rtaklari bilan birga olingan novdalarni osonlik bilan ildiz oldirish va natijada eski navlardan o’z ildizidan oziqlanadigan va hosil beradigan past bo’yli daraxtlar yetishtirish mumkin.
Qalamchalarni ildiz oldirishda bu usul metodologiya va texnika jihatlari mukamammal ishlangani taqdirda kelajakda bog’dorchilik ishida katta o’zgarish yasashi mumkin.
B u usulda ildiz oldirilgan daraxtlar payvand qilingan daraxtlarga qaraganda ancha ilgari mevaga kiradi. “So’zimning oxirida shuni aytishim kerakki, men tajriba uchun nokdan olingan bir necha qalamchani kallyus hosil bo’lgandan keyin, lekin ildizlari o’smasdan burun kesib olib pushtaga o’tqazgan edim –deydi I.V.Michurin (Tanlagan asarlar –Toshkent –1961)”.
Olive de Serr noki urug’idan chiqqan duragay ko’chatning parxish naychasida ildiz oldirilgan qalamchasi.
Pushtaga o’tqazilgan qalamchalarning barglari birmuncha shikastlansa ham, qalamchalarning o’zi jarayonni eson-omon o’tqazib, bahorda ildizlari o’sib ketadiganga o’xshaydi. Bunday bo’ladigan bo’lsa, balki shisha naycha bilan suvdan foydalanmasdan, uning o’rniga qalamchaning halqaday qilib ko’chirib olingan joyini uzunasiga kesilgan rezinka naycha bilan o ’rab quya qolsa ham bular; bunda ham rezinka naychaning uzunasiga kesilgan joyiga suyuq bog’ mumi surkaladi hamda yuqoridan va pastdan pustloqda zich tortilib ip bilan bog’lanadi.

Parxish naychasida oldi-rilgan ildizi bilan birga kesib olingan qalamcha.




1Duragay ko’chat qancha yosh bo’lsa, qalamcha shuncha tez ildiz oladi, aksincha, keksa daraxtlardan olingan qalamchalar ancha qiyinlik bilan tutadi.
2 Har bir teshikning diametri qalamchaning diametridan taxminan 2 millimetr kichik bo’lishi kerak; qalamchaning diametrini pustlog’i halqaday qilib ko’chirib olinadigan joyning yonidan ulchash kerak.



Download 15,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish