Novda uchlaridan parxishlash yo’li bilan maymunjonsimon malinalar ko’paytiriladi. Iyul oyining oxirlari avgust oyining boshlarida malinalardagi o’rinbosar novdalarning uchki qismlari 10 sm chuqurlikda yerga ko’miladi. Natijada kuzga borib malinaning yerga ko’milgan qismlarida yaxshi ildiz sistemasi rivojlanadi.
Malina, shuningdek, olcha, olxo’ri, olma va nokning ba’zi navlari ildiz bachkilaridan ko’paytiriladi.
Kuzda o’sishdan to’xtagan malina sug’oriladi va uning ildiz bachkilari kovlab olinadi. Buning uchun ildiz bachkilari yoniga chuqurchalar kovlanib, ildizlari ochiladi. So’ngra ildiz bachkilari yetarli popuk ildizlari bilan birga asosiy tupdan tok qaychida kesib olinadi. Shu bilan birga, ildiz bachkisining uchi kesilib, 50-60 sm uzunlikda novda qoldiriladi. Asosiy malina ildiz bachkilari yetishtiriladigan plantatsiyada o’simlik qator oralari 2 m va qatordagi o’simlik tuplari orasi 1 m dan qoldiriladi. O’simliklar kuzda yoki erta bahorda eni 40 sm va chuqurligi 30 sm bo’lgan chuqurlarga o’tqaziladi. Asosiy tuplarda birinchi yili ko’pi bilan ikkita, ikkinchi yili uch-to’rttadan va undan keyingi yillarda esa yiliga besh-oltitadan hosil beradigan novdalar qoldiriladi. Bu esa, ko’paytiriladigan ildiz bachkilarining yaxshi o’sishini ta’minlaydi. Ildiz bachkilari yetishtiriladigan bir gektar plantatsiya uchinchi yilga borib o’tqazishga yaroqli 30 mingdan 60 mingtagacha ildiz bachkisi beradi.
Qalamchalardan ko’paytirish
Krijovnik, smorodina, tok, paradizkaning talabga javob beradigan tuplari kam bo’lsa, ularni parniklarda o’tsimon qalamchalardan ko’paytirish mumkin. Qalamchalar may oyining oxirlari iyun oyining boshlarida novdalar avj olib o’sayotgan va yog’ochlanmagan davrda 5-6 sm uzunlikda kesiladi. Qalamchada bir-ikki barg qoldiriladi.
Qalamchalarni o’tqazishdan oldin parnikdagi go’ngning ustki qavati olib tashlanadi, qolgan go’ng esa ag’darib yumshatiladi, so’ngra uning ustiga 8-10 sm qalinlikda parnik tuprog’i va uning ustiga esa 3-4 sm qalinlikda toza yuvilgan daryo qumi solinadi. Qum namlangandan keyin qalamcha oralarida 5x10 sm qoldirib o’tqaziladi. Qalamchalar 1-2 sm chuqurlikda o’tqazilishi lozim. Sayoz qilib o’tqazilganida qalamchalardan kallyus va ildizlar yaxshiroq o’sib chiqadi. Parnik ramasining kattaki-kichikligiga qarab uning tagiga 250 dan 400 tagacha qalamcha joylashtiriladi. Parnikdagi havo nam bo’lishi uchun undagi o’simliklarga suv purkab turiladi va uning harorati 30°dan oshib ketgandagina bir oz shamollatiladi. Parnik oynalari oqlanadi. Qalamchalar ildiz olgan sari asta-sekin sof havoga o’rgatiladi, ularning hammasi ildiz olib bo’lgandan keyin esa parnik ramalari olinadi. Ildiz olgan qalamchalar shu yilning kuzida yoki erta bahorda parnikdan olinadi va yana bir yil ko’chatzorda o’stiriladi.
Parniklar bo’lmasa yuqorida ko’rsatilgan o’simliklarni ko’paytirish jarayoni boshlangan vaqtda ularni asosiy tuplardan ajratib olmagan holda, chala yog’ochlangan qalamchalardan ko’paytirish mumkin. Bu usulda ko’paytirilganida bahorda o’simliklarda shira harakati boshlanguncha o’tgan yilgi novdaning 74 qismi kesiladi. O’simlik tupi atrofidagi tuproq kuchli o’g’itlanadi. Aprel oyining oxirlari may oyining boshlarida yangi novdalar chala yog’ochlangan holatga kelganidan keyin ularni haydab yumshatilgan yerga asosiy shoxlari bilan birga ekiladi, bunda asosiy shoxlarning 4-5 sm i tuproqqa ko’miladi va shu holda yog’och ilmoq bilan mahkamlab qo’yiladi. Shu bilan birga, yangi novdalar tagi chopiladi, lekin ularda, albatta, besh-oltitadan barg qoldiriladi. Bu novdalar yaxshi o’ssa, ikkinchi marta chopiq qilinadi. Birinchi chopiqdan keyin ikki hafta o’tgach, bu novdalar ildizchalar chiqaradi va yangi novdalar chiqaradi. Ildiz olgan novdalar kuzda asosiy tupdan odatdagi tartibda ajratib olinadi.
Bir qancha tadqiqotchilar yashil qalamchalarning muvaffaqiyatli ildiz olishi uchun kornevin, gibberilin kabi boshqa o’stirish moddalaridan foydalanmoqdalar. Chet el (Angliya) tajribasida, keyingi yillarda esa MDH da ham (M. T. Tarasenko tajribalari) tuman usulida ko’p qalamchalarni ildiz oldirish yuzasidan tajribalar o’tkazildi. Bunda issiqxona yoki parnik ichida suv purkaydigan avtomat uskuna yordamida maxsus ko’chatzorda sun’iy usulda hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |